Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ALISHER NAVOIYNING "ARBA'IN" ASARIDA "SUNANI TERMIZIY"DAGI HADISLAR TALQINI
Jambilov Mansur Rasuljonovich
Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi o'qituvchisi
+998 90 188 12 17 ANNOTATSIYA
Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni "Hadis ilmida iqtido qilinadigan yagona olim" deb yozsa, boshqa biri esa uni "Birinchilardan bo'lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi ".Ayniqsa, muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson tushunishi mumkin bo'lishiga sabab ekanini alohida ta 'kidlash joiz.
Kalit so'zlar: Hadisi sharif va uning turlari, "Arba'in" asarlar, "arba'in"navislik an'analari, Imom Buxoriy hadislari, Imom Termiziy hadislari, zaif va hasan hadislar.
Ученые времен нашего прадеда мухаддисов, имама Исы Ат-Тирмизи, высоко ценили его заслуги в науке о хадисах. Один из них пишет, что имам Ат-Тирмизи является «единственным ученым, которому следует следовать в науке о хадисах», а другой свидетельствует, что он «одним из первых разделил хадисы на достоверные, хасанские и слабые». отмечая, что это причина, которую человек может понять.
Ключевые слова: хадис Шариф и его виды, «арбаинские» произведения, «арбаинские» традиции повествования, хадисы имама Бухари, хадисы имама Тирмизи, слабые и хасанские хадисы.
Dunyo ulamolari buyuk ilm sohibi bo'lgan hamda yuksak e'tirofga munosib ko'rilgan bobokalonimizning ibratli hayot yo'llari va boy ma'naviy merosini har tomonlama o'rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.Xususan,"Arba'in" asarida Navoiy hazratlari Termiziy hadislarining ayrimlaridan mahorat bilan foydalangan va biz asarni o'rganish jarayonida bevosita muhaddis asariga murojaat qilamiz.
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4-hadis
Abu Sa'id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ikki xislat mo'minda jam bo'lmaydi: baxillik va badxulqlik", dedilar"
Mo'min ersang qilib durringni nisor,
El bila ravshan ol nechukkim sham.
Negakim, Tengri hech mo'minda,
Buxlu badxoyliqni qilmadi jam.[1,2-b]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hadis mazmunida faqat ikki xislat tilga olinadi: baxillik va yomon xulqlik. To'rtlikda Navoiy hadis mazmuniga mos badiiy vositatanlaydi. O'zini musulmon deb atovchi kishi, xuddi sham'dek, xalqmanfaatlari yo'lida nur sochmog'i kerak. Zero, tangri taolo hamkishilarda shu ikki xislatni mujassam qilgan emas. Hadisda baxillik va yomon xulqlik alohida ko'rsatiladi. Bunga sabab, agar kishida shu ikki xislat birgalikda bo'lsa, u ma'lum darajada insoniylik qiyofasidan chiqadi. Demak, hadis mazmuni kishining ana shu ikki xislatini tark etishga undaydi. Shuningdek, quyidagi hadis mazmuni "Sunani Termiziy" (3-juz,511-bet.Abvabul bir va sila) da "Baxillik haqida"gi" bobining 1962-hadisida (hukmi: zaif ) zikr etilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim odamlarga shukr qilmasa, Alloh azza va jallaga ham shukr qilmabdi", dedilar" Ulki xoliqg'a shukr der, avval Shokir o'lmoq kerak xaloyiqdin. Kimki, maxluq shukrini demagay, Demagay dag'i shukr xoliqdin. [1,2-b]
Hayotiy dunyoda nimaiki mavjud bo'lsa, insonning rizq-ro'zi,sihat-salomatligi, baxti-saodati va zurriyoti uchun berilgandir."Qur'on" oyatlari va Muhammad alayhissalomning sunnatlaridan muxtasar xulosalar qilsak, yuqoridagi fikrimizga chuqur ishonch hosil qilamiz. Bu borada, "Qur'on"da "Inson" surasi borligi ham inson mavqei bosh o'rinda ekanligiga dalil.
6-hadis
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"Haqiqatda, biz uni {insonni) to'g'ri yo'lga boshqardik, u gohi shukr, gohi noshukurlik qiladi", shuningdek, ko'plab boshqa oyatlarning mazmuni ham avvalo insonlar shukri-qadriga yetish lozimligini ko'rsatadi.Demak, har bir kishi yaratilgan narsalarning shukrini qilishi,ne'matlarning qadriga yetishi lozim, har bir narsaning qadr-qimmatiga yetish insonning burchi; hattoki taom tanovuli, suv ichgandan keyin aytiladigan "Alhamdu liüahi", ya'ni "Allohga shukr" iborasi tabiiy mavohib-ne'matlarning qadrini anglash, uni olib kelgan va yetishtirgan kishilar mehnati hurmatiga, e'zozlash uchun aytilgan madh so'zidir. Demak, kishilar,avvalo bir-birlarining qadr-qimmatlariga yetishlari kerak. Kimki ushbu xislatdan mustasno bo'lsa, demak yaratganga ham shukr qilmagan bo'ladi.Ushbu hadis talqini Imom Termiziyning "Sunani Termiziy" asari 1955-hadisida, Imom Tabaroniyning "Al-Mo'jamul avsat"( 4-juz) asari 51-hadisida, Haysamiyning "Majmauz zavoid" (8-juz) kitobi 184-hadisida, Suyutiyning "Al-Jamius sag'ir" asari 9009-hadisida, Imom Ahmadning "Musnadi Ahmad" (13-juz) kitobi 246-hadisida, Abu Dovudning "Sunani Abu Dovud" asari 4811-hadisida uchraydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Ogoh bo'linglar! Albatta, dunyo mal'undir, undagi bor narsa mal'undir, faqat Allohning zikri mustasno", deyayotganlarini eshitdim"
Dunyovu har ne andadur mavjud Boldi haq lanati giriftori. Gayri haq zikrikim, erur zokir Tengrining rahmati sazovori. [1,3-b]
Termiziy, Ibn Moja, Dorimiylar rivoyat qilgan.Muallif bu yerda hadisning qisqaroq shaklini tanlagan. Aslida hadisning to'liq shakli quyidagicha: "Ogoh bo'linglar! Albatta, dunyo mal'undir, undagi bor narsa mal'undir, faqat Allohning zikri va unga yaqin bo'lgan narsalar hamda olim va tolibi ilm mustasno".
Bayhaqiyning rivoyatida "Allohning zikri va unga olib boradigan narsalar mustasno", deyilgan bo'lsa, Abu Shaybaning rivoyatida "Yaxshilikni o'rganuvchi va o'rgatuvchi mustasno", deyilgan. Bazzorning rivoyatida esa, "Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish mustasno", degan jumla qo'shimcha qilingan. Ya'nikim, bu
8-hadis
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
dunyodagi kop narsalar o'tkinchi, ularga mehr qo'yish ham nomunosib ishdir.Alloh zikridan bo'lak bu dunyodagi har narsa la'natlangan.Zeroki, ta'lim oluvchilar hamda olimlar buyuk kishilar sifatida bundan mustasno qilingan.Quyidagi hadis mazmuni Termiziyning "Sunani Termiziy" (4-juz,151-bet.Abvabuz zuhd)da "Rasulimiz alayhissalomning zuhdlari" bobida 2322-hadisda (hukmi:hasan hadis), "Sunani Ibn Mojja" (5-juz,558-bet.Zuhd kitobi) da "Dunyo misoli" bobi 4112-hadisda (hukmi:hasan hadis), "Sunani Dorimiy' (1-juz,350-bet.Muqaddima)da "Ilm va olimning fazli bobida" 331-hadisda ( hukmi:hasan hadis) ham o'z ifodasini topgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Dinorning quliga la'nat bo'lsin! Dirhamning quliga la'nat bo'lsin!" dedilar". Rahmat ozodag'aki ul olmas Dinoru dirhamin jave qo'lga. Lek la'nat angaki qul bo'lg'ay: Xoh dinoru xoh dirhamg'a. [1,3-b]
Ma'lumki, dinor va dirham-arab pul birliklari. Hadisning asosiy maqsadi boylikka, mol-dunyo orttirishga mukkasidan ketuvchi xasis, baxil, sudxo'r va poraxo'r kishilar tangri taoloning la'natiga giriftor bo'lishi muqarrarligini ko'rsatishdan iborat. Darhaqiqat, mol-dunyoga hirs qo'ygan, mukkasidan ketgan kishilarning oxiratiqanday bo'lishi ma'lum. Ularning to'plagan mol-dunyosidan na xalqqa, na o'z ahli baytlariga foyda bor. Bunday kishilar o'z qadriyatlariga,sihat-salomatligiga ziyon qiladilar, bola-chaqalari va zurriyotlariga katta zarar keltiradilar. Ular aslo-aslo huzur-halovat, osoyishtalik, xotirjamlik nima ekanligini tasavvur qila olmaydilar. Lekin oxiratda mol-dunyo foyda berarmikin? Hadis mazmunidan har qanday boy-badavlat kishi tangrining la'natiga sazovor bo'lar ekan, degan xulosa chiqarmaslik kerak, chunki umr bo'yi halol va pokiza mehnat ilinjida orttirilgan boylik albatta, halol hisoblanadi. Hadisda esa, faqat yuqoridaaytganimizdek, mol-dunyo, boylikka, harom yo'llar bilan erishuvchi kishi la'natlanadi. Darvoqe', boshqa bir hadisda xuddi shunday kishilarga ta'rif beriladi: "Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, qiyomat kunida do'zaxdan boshqa narsaga erishmaydi" Lekin, ming afsuski, bunday kishilar jamiyatimizda istagancha topiladi. "Menga pul va yaxshi taom bo'lsa yetarli"deyuvchilar juda ham ko'p. Axir dunyoda bundan ham muazzamroq, ulug' ishlar ko'p-ku! Hadis yashash mohiyatini mol-dunyodan iborat
9-hadis
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
deb bilgan kimsalarga muxtasar javobdir. Ushbu baytlarda mazmuni ifodalangan hadis bir necha manbalarda zikr etilgan.Jumladan, Imom Termiziyning "Sunani Termiziy" asari (4-juz,185-bet.Abvabuz zuhd)2375-hadisida (hukmi:zaif hadis), Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" asari 2887-hadisida, Imom Zahabiyning "Siyari A'lomun nubalo" (8-jild) kitobi 301- hadisida, Suyutiyning "Al-Jamius sag'ir" asari 7266-hadisida qayd etilgan.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Majlislar omonatdorlikdir", dedilar"
Qaysi majlisdakim eshitsang so'z,
Bilgil ul soz sanga omonatdur.
Gar ani ozga yerda naql etsang,
Ul amonatg'a bu xiyonatdur. [1,3-b]
Hazrat Navoiy bu yerda ham o'z odatiga ko'ra uzun bir hadisning ma'lum qismini keltirgan. Hadisning to'liq shakli quyidagicha: "Majlislar omonatdorlikdir. Faqat uchta masjlis mustasno: harom qon to'kish yoki harom farj yoxud nohaq mol o'zlashtirish"Demak, nohaq qon to'kish, zino va o'g'irlik kabi jinoyatlarga guvoh bo'lgan kishi ko'rganini omonat deb bilib yashirib yurmasligi kerak, balki uni kerakli kishilarga yetkazishi lozim.Hadis va Navoiy to'rtligi mazmunidan shu ma'no kelib chiqadi: Biror majlis va kengashda ishtirok qilib, eshitgan har so'z va fikrni boshqalarga yolg'on, qo'shib, bo'rttirib yetkazish omonatga xiyonat qilish bilan barobar, zero o'sha majlisda aytilgan har bir so'z eshituvchiga omonatdir. Ulug' Navoiyning har bir asarida bu xususida fikrlar mavjud. "Befoyda so'zni ko'p aytma, foydali so'zni ko'p eshiturdin qaytma", "Oz degan - oz yanglishar" kabi hikmatli so'zlari ham hadis mazmunini teranroq anglashga xizmat qiladi. Hadis, avvalo majlis va kengashlarda eshitilgan so'z vaxabarlarni omonatda saqlashni yoki to'g'ri, buzmasdan, qo'shmasdan yetkazishni ta'kidlaydi va shunga da'vat qiladi. Bu hadis "Sunani Termiziy" (3-juz,509-bet.) da "Majlislar omonatdir" bobida 2322-hadis, "Sunani Abu Dovud" (5-juz,121-bet.Odob kitobi) da "Gap kotarish yurish" bobida 4869-hadis, "Musnadi Ahmad" (23-juz,45-bet.Musnadi Jobir ibn Abdullo) da 14693-hadis, "Musnadi Ahmad" (23-juz,105-bet.Musnadi Jobir ibn Abdullo) da 14792-hadis, "Musnadi Ahmad" (23-juz,297-bet.Musnadi Jobir ibn Abdullo) da 15062-hadisda ham zikr etilgan.
13-hadis
14-hadis
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Maslahat so'ralgan kishi ishonilgan odamdir", dedilar" g'aliz, tushunarsiz. taklif: "Maslahat so'ralgan kishi ishonchga sazovordir"
Har kishikim birovni mahram etib, Mashvaratda amini roz etti, Gar yoshurdi bilib saloh so'zin, Uzini qalbu hiylasoz etti. [1,4-b] Termiziy, Nasoiy, Hokimlar rivoyat qilgan.
Imom Buxoriy "Adabul-mufrad"da ushbu hadisning nomiga bir bob ochib, unda quyidagi rivoyatni keltirgan:
"Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kimdan bir musulmon birodari maslahat so'raganda unga noto'g'ri yo'l ko'rsatsa, unga xiyonat qilibdi", dedilar"
Matndagi al-mustashor-maslahatchi, yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi,mu'taman-ishonchli, ishonilgan shaxs demakdir. Albatta, har birxalq yoki qavmning boshliqlari, rahbar va oqsokollari bo'ladi. Ular xalq bilan birgalikda katta-kichik ishda maslahatchi bo'lishlari,tabiiy. Bu shaxslar xalq, odamlar orasida o'z obro'-e'tibori, ishonchgasazovor ekanliklari bilan ajralib turadilar. Chunki xalqning turmushi, yashash sharoitlari, umuman, baxt-saodati ko'p holda maslahatchiga aloqadordir. Yaxshi, to'g'ri maslahat beruvchi kishilar kam. Nega deganda, hamma ham shunday xalq e'tibori va hurmatiga sazovor bo'la olmaydi. Yaxshi maslahatchi, ma'lum ma'noda, eng yaxshi inson, boshqalarning yaxshi-yomon, issiq-sovuq kunlarida ular bilan birga bo'luvchi, to'g'ri yo'l eshiklarini ochuvchi kishilardir. "Qur'-on"dagi "Oli-Imron" surasi 159-oyatida :
"Ishlaringizda ularga maslahat soling" oyati har qanday ish maslahat orqali amalga oshsa, mustahkam bo'ladi, yoki "maslahatli to'y tarqamas" iboralarini to'la mustahkamlaydi. Islom tarixidan ma'lumki, Muhammad payg'ambar nafaqat erlar, balki ayollar yig'inida ham ishtirok qilgan, ularning fikr va mulohazalarini eshitgan sahih maslahatlar berib, ularning ishonchlarini to'la qozongan. Hadis har ishni maslahat asosida oshirish kerak, degan g'oyani ilgari sursada, maslahatni faqat ishonchli kishilar, aqli zukko, ko'pni ko'rgan va eshitgan kishilar bilan kelishishni, maslahat zimmasida katta omonat, ma'suliyat turganligini ta'kidlaydi. Ushbu hadis
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mazmuni "Sunani Termiziy" (4-juz, 180-bet. Abvabuz-zuhd)ning 2369-hadisida (hukmi: sahih hadis), "Sunani Abu Dovud" (5-juz, 217-hadis. Kitabul adab) ning 217-hadisida (hukmi: sahih hadis), "Sunani ibn Moja" (5-juz, 305-bet. Kitabul adab)ning 3745-hadisida (hukmi: sahih) berilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kishi musulmonchiligining go'zalliklaridan biri - behuda narsalarni tark etishidir", dedilar". Kimki islom ko'zgusida tilar Har zamon o'zga bir safo mavjud, Kechsun ul nav' barcha ishidinkim, Tengri rozi emas, ulus xushnud. [1,6-b]
Imon haqida hadis kitoblarining birida shunday bitilgan:"Imon nima,— degan savolga Muhammad alayhis-salom aytdilar:-Imon Alloh taologa, uning maloikalariga, kitoblariga,payg'ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshi-yomonligiga mutlaqo ishonish demakdir". Shunday ekan imonning pokligi salomatligi va go'zalligi komil mo'min-musulmon bo'lishga kifoya qiladi. Hadis mazmuni va Navoiy to'rtligidan anglash mumkinki, kishi o'ziga aloqador bo'lmagan ishlarga aralashsa, uning imoniga putur yetadi. Negaki, shunday ishlar oqibatida turli xil nizolar, ko'ngil xiraliklar chiqishi, muqarrar. "Yetmish yillik ibodat bir behayolik natijasida barbod bo'ladi", deyiladi bir kitobda"Qur'on"ning juda ko'p oyatlari, Muhammad payg'ambarning hadislari, avvalo imon pok bo'lishiga, xususan o'ziga aloqador bo'lmagan ishlarga qo'l urmaslik, ko'pso'zlik, vaysaqilik kabi kasalliklardan saqlanishga da'vat qiladi. "Qur'on"ning Mo'minun surasi 3 - oyatiga diqqat qilaylik:
"Mo'minlar ko'p gapirishga e'tirozli bo'ladilar", ya'ni mo'min kishining fazilatlaridan biri -ko'p gapirish, laqmalik, vaysaqilik yoki o'ziga tegishli bo'lmagan so'zlardan voz kechishida ko'zga tashlanadi.Hadis kishilarni avvalo imon pokligiga da'vat qiladi, o'ziga aloqador bo'lmagan har qanday ishdan voz kechishni taklif qiladi.Yuqoridagi bayt mazmuni "Sunani Termiziy" (4-juz,148-bet.Zuhd kitobi) ning 2317-hadisida (hukmi: sahih), "Sunani ibn Moja" (5-juz,461-bet. Kitabul fitan) ning 3976-hadisida (hukmi: sahih) berilgan.
30-hadis
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, "Arbain" singari axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan asarlarni mutolaa qilish, Termiziy singari ulug' insonlar hadislaridan bahramand bo'lish va unga amal qilish bugungi kun yoshlari uchun har tomonlama ma'naviy zaruratdir. Hazrat Navoiy ham shuni anglab o z davri ma'naviyati rivojiga salmoqli hissa qo'shgan. Chunki mazkur asar komil inson tarbiyasi uchun beminnat xizmat qilishi, shubhasizdir.
REFERENCES
1. Alisher Navoiy "Arba'in" asari. Nashrga tayyorlovchi Suyima Ganiyeva.Toshkent "Fan".2000
2. Абул Х,асан Муслим ибн ал-Х,ажжож. Сахихи Муслим. Дору Тоййиба. Риёз.2008.
3. Абу Исо ат-Термизий. Сунан ат-Термизий. Дору кутубул-илмийя. Байрут.
4. Мухаммад ибн Исмоил Ал-Бухорий. Ал-Адаб Ал-Муфрад. Мактабатул Маориф. Риёз. 2011.
5. Мухаммад ибн Абдуррахмон ибн Абдуррохим Муборакфурий. Тухфатул-Ахвазий шархи Жомеъут-Термизий. Дорул-Кутубул илмийя.Байрут. 2008
6. Мухаммад Шамсул-Х,ак Ал-Азим Ободий. Авнул-Маъбуд ала шархи Сунани Абу Довуд. Дор ибн Х,азм. Байрут.2010.
7. Нуриддин Мулла Али ибн Султон Мухаммад Ал-Х,арвий Ал-К,ори. Миркот Ал-мафаатих Шархи Мишкат Ал-Масобих. Дорул-Фикр. Байрут.2002
2008.