Научная статья на тему 'MORFOLOGIYAGA DOIR MASHQLAR MISOLIDA KREATIVLIKNI OSHIRISH USULLARI'

MORFOLOGIYAGA DOIR MASHQLAR MISOLIDA KREATIVLIKNI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
573
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / metodologiya / sifat / sifat yasalishi / yasovchi qo`shimchalar atama / lug`at / pedagogik mahorat / bilim / malaka / ko`nikma / muammoli vaziyat / yozma nutq / baholash mezonlari. / method / methodology / quality / formation of quality / formative adverbs term / vocabulary / pedagogical skills / knowledge / competence / skill / problem situation / written speech / evaluation criteria.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh. Karimova

Ushbu maqolada VI sinf o`quvchilariga sifat so`z turkumi va uning yasalishi yuzasidan nazariy ma`lumotlarni interfaol usullarda o`rgatish, ularning nutqida yasama sifatlarning to`g`ri qo`llanilishiga erishish, so`z boyligini oshirish yo`llari ko`rsatib o`tiladi. Tavsiya etilgan metod va uslublar og`zaki va yozma nutqni rivojlantirishga, lug`at boyligini to`ldirishga, ifodaning imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE CREATIVITY ON THE EXAMPLE OF EXERCISES ON MORPHOLOGY

In this article, there are many ways to teach students of the VI class theoretical information about adjectives and their formation in interactive ways, to achieve the correct use of artificial adjectives in their speech, and to increase vocabulary. will be shown. The recommended methods and techniques serve to develop oral and written speech, to fill the vocabulary, and to further expand the possibilities of expression.

Текст научной работы на тему «MORFOLOGIYAGA DOIR MASHQLAR MISOLIDA KREATIVLIKNI OSHIRISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MORFOLOGIYAGA DOIR MASHQLAR MISOLIDA KREATIVLIKNI OSHIRISH

USULLARI Karimova Shahlo

Oriental oliy talim muassasasi dotsent v.b., PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.7093650

Annotatsiya. Ushbu maqolada VI sinf oquvchilariga sifat sosz turkumi va uning yasalishi yuzasidan nazariy malumotlarni interfaol usullarda orgatish, ularning nutqida yasama sifatlarning togri qollanilishiga erishish, sosz boyligini oshirish yollari korsatib o'tiladi. Tavsiya etilgan metod va uslublar og^zaki va yozma nutqni rivojlantirishga, lug'at boyligini to ldirishga, ifodaning imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Kalit so^zlar: metod, metodologiya, sifat, sifat yasalishi, yasovchi qo'shimchalar atama, lug'at, pedagogik mahorat, bilim, malaka, konikma, muammoli vaziyat, yozma nutq, baholash mezonlari.

СПОСОБЫ ПОВЫШЕНИЯ КРЕАТИВНОСТИ НА ПРИМЕРЕ УПРАЖНЕНИЙ ПО

МОРФОЛОГИИ

Аннотация. В данной статье будет показано множество способов обучения учащихся VI класса теоретическим сведениям о прилагательных и их образовании интерактивными способами, добиться правильного употребления искусственных прилагательных в своей речи, увеличить словарный запас. Рекомендуемые методы и приемы служат для развития устной и письменной речи, пополнения словарного запаса, дальнейшего расширения возможностей выражения.

Ключевые слова: метод, методика, качество, формирование качества, формообразовательный аффикс, лексика, педагогические умения, знания, компетентность, умения, проблемная ситуация, письменная речь, критерии оценки.

WAYS TO INCREASE CREATIVITY ON THE EXAMPLE OF EXERCISES ON

MORPHOLOGY

Abstract. In this article, there are many ways to teach students of the VI class theoretical information about adjectives and their formation in interactive ways, to achieve the correct use of artificial adjectives in their speech, and to increase vocabulary. will be shown. The recommended methods and techniques serve to develop oral and written speech, to fill the vocabulary, and to further expand the possibilities of expression.

Keywords: method, methodology, quality, formation of quality, formative adverbs term, vocabulary, pedagogical skills, knowledge, competence, skill, problem situation, written speech, evaluation criteria.

KIRISH

Ona tili darslarida nazariy malumotlarni beruvchi darslarni tashkil qilish shakli, mavzu qamrovi, o'quvchilarning psixologik xususiyatlari, o'quv materiali shakli va hajmi, talimga tanlangan usullar, o'quv xonasining imkoniyatlariga qarab rejalashtiriladi. O'qituvchining kreativ yondashuvi, bilimi, tajriba va malakasi-yu pedagogik mahorati ayni mana shu usullardan to'g'ri va maqsadli foydalanish bilan olchanadi. Zeroki talim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qollash oquvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantiradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Misol uchun, ot soz turkumi mavzusini o'tishda "M"dan "m" gacha o'yinini o'tkazish mumkin. Bunda qisqa fursatda oquvchbi kerakli sozni topib ishlatishi talab etiladi. Deylik, taxminan savol, topshiriqlar quyidagicha bo'ladi. 1. Yelim. 2. Arab harfi. 3. Ish sur'atini belgilovchi mezon. 4. Doim. 5. Aza. 6. Musiqiy atama. 7. Zarur. 8. Yilning ma'lum fasli. 9. Oshkor, ayon, aniq. 10. Dardga davo dori. 11. Vafot etgan. 12. Noaniq. 13. Jazoga hukm qilingan. 14. Bebahra, benasib. 15. O'qituvchi, ustoz. 16. Azim, ulkan, ulug'vor. 17. Shakllangan, joylashgan. 18. Mashina, asbob, apparat va shunga o'xshash narsalarning ichki tuzilishi. 19. Hurmat va ehtiromga sazovor. 20. Eng ko'p miqdor. 21. Qamariy yil hisobida birinchi oyning nomi. 22. Og'irlik o'lchovi. 23. Mahkam.

Berilgan jumladan tushirib qoldirilgan so'z ("m"dan "m"gacha)ni toping: Kosib yangi tikilgan kavushlarga (yelim) surkab, avaylab tokchaga taxlay boshladi.

Morfologiya bolimi mavzulari ichida, umuman ona tili mavzulari ichida sifat mavzusini o'quvchi yengil hazm qiladi, oson ozlashtiradigandek tuyuladi, biroq ahamiyatli o'rinlari, murakkab savollar paydo qiladigan jihatlari ham yo'q emas.

Dars mavzusi: Sifatning yasalishi

Darsning ta'limiy maqsadi: sifatlarning yasalishi, sifat yasovchi qo'shimchalar haqida ma'lumot berish.

Tarbiyaviy: o'quvchilarda oilaga va ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg'usini uyg'otish, insonparvarlik xususiyatlarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqida yasama sifatlarning qo'llanilishini o'stirish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlarda to gri yechimni qisqa fursatda topish ko'nikmasini rivojlantirish

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, rangli rasmlar, marker, gul, kompyuter, proyektor.

Darsning usuli: noan'anaviy, interfaol dars. "Ijodkorlik daqiqasi" "Aqliy hujum", "Tushunchalar tahlili " metodi, klaster

Mashg'ulot. Salomlashilgandan so'ng uyga vazifa tekshiriladi.

"Tong" mavzusidagi matn yuzasidan "Ijodkor o'quvchi" ta'limiy musobaqasi o'tkaziladi. Unda o'qituvchi matnni o'qib beradi, davomini esa o'quvchilar ijodkorligiga tayangan holda davom ettirishlari kerak boladi.

SHUKRONALIK

Tong... Oppoq, nafis va beg'ubor tong yorishib kelayotir! Quyosh o'zining zarrin nurlari ila hayot davomiyligini aks etayotgandek ko'rinadi. Ko'zlarimni quyosh jilvalariga qadayman. Quloqlarim esa beixtiyor tabiatni, tong musiqasini tinglashga shay. Ko'hna bu ochunning jamoliga boqib to'ymayman! Atrofga yoqimli bo'y taratayotgan turfa gullarda go'zallik mujassam.

O'quvchilar matnni diqqat bilan eshitib, matnda keltirilgan sifatlarni eslab qolishga harakat qiladi. Matnni tuzishda ijodkorlik bilan yondashib, badiiy so'z san'atidan mohirlik bilan foydalana olgan holda matnni davom ettiradilar. Shuningdek, matndagi sifatlarni yaxshi eslab qolgan o'quvchilar rag'batlantiriladilar.

"Bizdan sizga savollar" o^yini

Sinf o'quvhilari bunda guruhlarga bo'linadi, o'tilgan mavzulari yuzasidan har bir guruhga 2 tadan savol beriladi. Yoki bir guruh ikkinchisiga, ular esa boshqasiga ketma-ket savol beradilar. Savollar quyidagilar bo 'lishi mumkin:

1-guruh: Qanday so'zlar sifat so'z turkumiga oid bo'ladi?

Sifatlar gapda qanday gap bo'lagi bo'lib keladi?

2-guruh: Sifatlar qaysi so'z turkumiga bog'lanadi?

Mustaqilso'zlar bilanyordamchi so'zlar qanday farqlanadi?

3-guruh: Sifatlar qanday so'roqlargajavob bo'ladi?

Sifatlarning qanday turlarini bilasiz?

4-guruh: Qanday so'z yasovchi qo'shimchalarni bilasiz?

5-guruh: So'z tarkibi nimlardan iborat bo'ladi?

Qo'shimchalar vazifasiga ko'ra necha turga bo'linadi?

Shundan so'ng musobaqada faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Guruhlar yigib borayotgan ball e'lon qilinadi.

Yana bir interfaol usuldan foydalanish mumkin: "Zanjir" o'yini o'tkaziladi. Har bir guruh a'zosi o'z ismlarining bosh harfi bilan boshlanadigan sifatlarga misollar topib, gulni bir-birlariga tezkorlik bilan uzatishadi. Ikkilanib qolgan yoki xato qilgan o'quvchi zanjirni uzgan hisoblanadi va o'yindan chetlashtiriladi. 2-o'yin sifatlardan atoqli otlarga o'tgan sifatlarga navbat bilan misollar keltirishga qaratiladi.

Yangi mavzu bayoni: Muammoli vaziyat paydo qilish bilan boshlanadi. O'quvchilarning qo'llariga magnitli qog'ozga so'z yasovchi qo'shimchalar yozilgan holda tarqatiladi va doskaga boshqa so z turkumlari yozib qo yilgan bo ladi. Masalan, qayna, qadr, pul, yugur...

O'quvchilar qo'lidagi qo'shimcha qaysi so'zga birikib, yangi so'z hosil qilsa, shu so'z tagiga yopishtirib qo'yadi. Qolgan o'quvchilar uning javobi to'g'ri bo'lsa, daftarlariga yozib borishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. M: qadr + don qo'shimchasini mos ekanligini bilib tagiga yopishtiradi.

Hech bir so'zga birikolmaydigan qo'shimchlar doska chetiga yopishtiriladi.(Chalg'itish uchun shakl yasovchilar qo shib qo yiladi).

O'quvchilarga Sifatlarning yasalishi "slayd" orqali tushuntiriladi. Sifatlar ikki xil usul bilan yasaladi: So'z yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali va so'zga so'zni qo'shish orqali:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT NATIJALARI

Slaydga - gulli mato, tadbirkor kishi, serhasham uy, g'amxo'r qiz suhbatlashayotgan holati tasvirlanadi.

O'sha rasmlarga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shilib, sifat hosil qilinishi tushuntiriladi. Masalan: mato, tadbirkor kishi, serhasham uy, g'amxo 'r so'zlari tahlil qilinadi. So'z yasovchi qo'shimchalarning vazifasi, asosga qo'shilib, sifat hosil qilishi boshqa so'z turkumlaridan sifatlarning yasalishi tushuntiriladi.

Shu o'rinda shakldosh, ma'nodosh, zid ma'noli qo'shimchalar haqida ham ma'lumot berib o'tish maqsadga muvofiq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Sifatlar tarkibiga ko'ra tub va yasama sifatlarga bo'linadi. Tarkibiy qismlarga bo'linmaydigan sifatlar tub sifatlar, asos va so'z yasovchi qismdan iborat bo'lgan sifatlar esa yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo'shimchalar qo'shish yoki so'z qo 'shish yo'li bilan hosil qilinadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun 328-mashq yozma bajariladi. To'g'ri va xatosiz bajargan o'quvchilar rag'batlantiriladilar. O'zlashtirishga qiynalgan o'quvchilar o'qituvchining diqqat markazida bo'ladi. Savol va topshiriqlar asosan ular bilan ishlanadi. Ularga individualyordam ko'rsatiladi. O'quvchilar qo'llarida oldindan tayyorlangan quyidagi: Yasama Tub

sifat sifat shaklidagi ko'rsatkichlar bo'ladi.

O'qituvchi tomonidan aralash o'qilgan sifatlarni (katta, shirin, shiroyli, odobli, guldor, sariq, oq, serdaromand, qizil, bezarar, shinam, yaxshi, basavlat, nodon, unumsiz, sho'x, vijdonsiz, tetik, ziyrak, sirdosh, shaxsiy, oddiy, zulmkor, achchiq) tezlikda tub yoki yasama sifatlarga ajratilib qaysi sifatga oid ekanligini qo'lidagi ko'rsatkichlar orqali ko'rsatib boradilar. Yuqoridagi ko'rsatkichlar orqali ajratib beradilar. Bu o'yin ham o'qituvchi tomonidan ziyraklik bilan kuzatib boriladi. Faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. O'zlashtirishga qiynalayotgan o'quvchilar ham o 'qituvchi nazaridan chetda qolmasligi kerak. 34 martagacha xato qilgan o'quvchiga qo'shimcha topshiriq - tarqatma materiallar beriladi. Ballar yig'ilib, g'olib guruh e 'lon qilinadi.

Muammo shu tarzda yechiladi. Darslikdagi 328-mashq yozma daftarda bajariladi. Uyga vazifa qilib, 329-mashq beriladi, dars so'ngida baholar eshittirilib, g'olib guruh e'lon qilinadi, faol qatnashgan o'quvchilar rag'barlantiriladi. O'zlashtirishga qiynalgan o'quvchilar qo'shimcha darslarga jalb qilinadi. XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi dars ishlanmasida keltirilgan metodik tavsiya va ko'rsatmalardan boshqa mavzular o'zlashtirlishida ham foydalanish mumkin. Masalan, ot yasalishi, fe'l yasalishi va h.k. Bunday ilg'or pedagogik texnologiyalarning har qanday shaklidan to'g'ri va maqsadli foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlash, vaziyatni tahlil qila olish va qisqa fursatda xulosa chiqara bilishga o'rgatadi. Ularning nutqidagi lug'at tarkib boyishiga, muomalada o'rinli foydalanishga yordam beradi. O'quv jarayoni maqsadlaridan kelib chiqqna holda tanlangan bunday usullarni qo'llash o'quvchilarning til olamiga qiziqishini oshiradi, so'z saltanati naqadar keng va go'zal, maftunkor ekanini anglatishga yordam beradi, ulardagi ijodkorlikni rivojlantiradi, ilmiy-nazariy bilimlarini boyitishga keng imkon yaratadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Ozbek tili va adabiyoti talimida zamonaviy pedagogic texnologiyalar. Fan dasturi. Toshkent, 2016.

2. Omonov H., va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent,2009.

3. Nurmonov A va boshq. Hozirgi ozbek adabiy tili. Darslik. Akademik litsey II kurs uchun.Toshkent,"Ilm-ziyo", 2010.

4. Gulomov A, Asqarova M. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, ''O'qituvchi', 2003.

5. HOJIYEV A. Ozbek tili morfemikasi va soz yasalishining nazariy asoslari. Toshkent, Fan, 2010.

6. Jamolxonov H. Ozbek tilining nazariy fonetikasi. Toshkent, Fan, 2009

7. Rahimov S, Umurqulov B. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, "O'qituvchi", 2003.

8. Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi ozbek adabiy tili. Oquv qo'llanma. Toshkent, 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.