Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARNI BIRINCHI MARTA QO‘LLASH SHAROITIDA METODOLOGIK ASOSLARI'

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARNI BIRINCHI MARTA QO‘LLASH SHAROITIDA METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari / Jahon iqtisodiyoti / daromad / foyda / inflyatsiya / metodologik asos / takomillashtirish / global muammolar / Yalpi milliy daromad / samara.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Eshpulatova Z.B., Tugilov J.

Maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarni birinchi marta qo‘llash sharoitida metodologik asosini takomillashtirish masalalari, yani daromadlar hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda metodologik asosini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar yoritilgan. O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarni birinchi marta qo‘llash sharoitida, amalga oshirayotgan ishlar va o‘zgrishlar keltirib o‘tilgan. Maqola mavzuga doir xuloa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARNI BIRINCHI MARTA QO‘LLASH SHAROITIDA METODOLOGIK ASOSLARI»

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARNI BIRINCHI

MARTA QO'LLASH SHAROITIDA METODOLOGIK ASOSLARI

Eshpulatova Z.B.

SamISI "Buxgalteriya hisobi va statistika" kafedra dotsenti, PhD

Tug'ilov J. TDIU SF BH-121 guruh talabasi

Anotatsiya: Maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarni birinchi marta qo'llash sharoitida metodologik asosini takomillashtirish masalalari, yani daromadlar hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda metodologik asosini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar yoritilgan. O'zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarni birinchi marta qo'llash sharoitida, amalga oshirayotgan ishlar va o'zgrishlar keltirib o'tilgan. Maqola mavzuga doir xuloa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Jahon iqtisodiyoti, daromad, foyda, inflyatsiya, metodologik asos, takomillashtirish, global muammolar, Yalpi milliy daromad, samara.

Jahon iqtisodiyotida COVID-19 yangi shtammlari, inflyatsiya va qarzdorlik darajasining o'sishi, daromadlardagi tengsizliklar kabi global muammolar namoyon bo'lmoqda. 2021 yilda jahon bank guruhining bergan ma'lumotlariga ko'ra aholi jon boshiga milliy daromad eng yuqori bo'lgan ko'rsatkich «Bermudida - 117730, Shvetsariyada - 85500, Norvegiyada - 82500, AQShda - 65850 AQSh dollari», eng past bo'lgan ko'rsatkich «Mozombik - 490, Malavi - 380, Burundi - 280 AQSh dollari» ekanligi qayd etilgan.1 Yalpi milliy daromadlarni ko'paytirish korxonalarda yaratilayotgan tovar va xizmatlar qiymati hajmini oshirishni taqozo etadi. Masalan, birgina 2021 yilda Apple kompaniyasining daromadi 365,82 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Shu sababdan ham barcha mamlakatlarda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar daromadlarini oshirish hamda axborotlarning taqqoslanuvchanligi va ishonchligiga erishish dolzarb masala hisoblanadi. Buning uchun esa daromadlar hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga uyg'unlashtirish talab etiladi.

Jahonda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarni (MHXS)larni birinchi marta qo'llash sharoitida daromadlar hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda metodologik asosini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda shartnomalar bo'yicha daromadlarni tan olish, zamonaviy metodlar asosida tushumlarni baholash, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tarkibini shakllantirish hamda daromadlarga oid moliyaviy hisobotlarni axborot foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiqlashtirish kabi masalalar o'z yechimini

1 https://gtmarket.ru/ratings/gross-national-income-ranking

topgan. Lekin, ushbu erishilgan natijalarning rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar amaliyotiga joriy qilinishi to'liq amalga oshirilgan emas. Bundan tashqari, korxonalarning daromadlarga oid hisob siyosatini MHXSlar asosida shakllantirish, daromadlarni korxonalarning faoliyat turlaridan kelib chiqib tasniflash, daromadlarni zanjirli tizimda tan olish, baholash va hisobotlarda aks ettirish masalalari hanuzgacha o'z yechimini to'liq topgan emas.

O'zbekistonda 2021 yildan e'tiboran aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug'urta tashkilotlari, yirik soliq to'lovchi hisoblangan korxonalarga MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzish amaliyoti joriy etildi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish»2 maqsadining qo'yilishi ham tashkilotlarda daromadlar hisobini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Shu bilan birga o'z yechimini kutayotgan qator muammolar, jumladan daromadlarni tan olish bosqichlarini belgilash, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni mazmun va tarkibiy jihatdan qayta ishlab chiqish, boshqa umumlashgan daromadlarni tan olish va aks ettirish, daromadlarga oid buxgalteriya hisobi schyotlarini mazmun va mohiyati jihatidan takomillashtirish, hisobotning shaffofligi va taqqoslanuvchanligiga erishish masalalari dolzarbdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

Birinchidan, mazkur vazifalarning samarali bajarilishini ta'minlash korxonalarda daromadlar hisobini takomillashtirish yuzasidan ilmiy izlanishlarni olib borishni taqozo etadi;

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni, 2019 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son «O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2021 yil 4 avgustdagi PQ-5210-son «Auditorlarni sertifíkatlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorlari hamda mazkur sohaga oid bo'lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar asosida maksimal darajada Moliyaviy Hisobotning Xalqaro standartlarga muvofíqlashtirishni amalga oshirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.2019 hhh 19 CeHTa6pjarH n^-3946-COH «Y36ckhctoh

2 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HjeHTHHHHr 2022 hhïï 28 aHBapjara nP-60-COH "2022-2026 HH^apra My.T/Ka.i.iaHraH mra y36eKHCTOHHHHr TapaKKnëT CTpaTerwiCH TyfpHCHja'rH PapMOHH. https://lex.uz/docs/5841063

Республикасида аудиторлик фаолиятини ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида»ги К,арори.

2. 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori.

3. 2021 yil 4 avgustdagi PQ-5210-son «Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori.

4. З.Б.Эшпулатова. "Иктисодий субъектларда даромадлар хдсоби методологиясини такомиллаштириш (халкаро стандартлар асосида)" Samarqand: "STAR-SEL" MCHJ. Nashriyot - matbaa bo'limi, 2023. ISBN: 978-9910-752-36-0;

5. Baratovna E. Z. Other comrehensive income, accounting structure and their improvement //Thematics Journal of Economics. - 2021. - Т. 7. - №. 2.

6. Baratovna E. Z. CONCEPT AND CONTENT OF OTHER COMPREHENSIVE INCOME, ACCOUNTING PRINCIPLES AND WAYS TO IMPROVE //Eurasian Journal of Academic Research. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 84-89.

7. Baratovna E. Z. The First Application of International Financial Reporting Standards //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 4. - С. 5254.

8. Ветошкина Е. Ю., Эшпулатова З. Б. УЧЕТ ДОГОВОРОВ С ОБРАТНОЙ ПОКУПКОЙ //Учет, анализ и аудит: их возможности и направления эволюции. - 2022. - С. 13-19.

9. Эшпулатова Зайнаб Баратовна 15-СОН М^ХСНИНГ ТУРТИНЧИ ^АДАМ МОДЕЛИ АСОСИДА ТУШУМНИ ТАН ОЛИШНИНГ УСЛУБИЙ ТАРТИБИ // JMBM. 2022. №8.

10. Baratovna E. Z. THE FIRST APPLICATION OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 109111.

11. Eshpulatova Zaynab (2021) "ACCOUNTING FOR RECOGNITION OF ENTERPRISES INCOME (ACCOUNTS) IN ACCOUNTING WITH INTERNATIONAL STANDARDS AND "FINANCIAL REPORTING CONCEPTUAL FUNDAMENTALS", Euro-Asia Conferences, 3(1), pp. 137-139.

12. ЭШПУЛАТОВА З. Б. RECOGNITION OF INCOME: ALLOCATE THE TRANSACTION PRICE TO THE PERFORMANCE OBLIGATIONS IN THE CONTRACT //Экономика и финансы (Узбекистан). - 2021. - №. 3. - С. 16-22.

13. Эшпулатова Зайнаб Баратовна. ДАРОМАДНИ ТАН ОЛИШ: ОПЕРАЦИЯ НАРХИНИ БАЖАРИЛИШЛАРГА ОИД МАЖБУРИЯТЛАРГА ТА^СИМЛАШ // Экономика и финансы (Узбекистан). 2021. №3 (139).

14. Eshpulatova, Z., 2021. ACCOUNTING OF REVENUE FROM CONTRACTS WITH CUSTOMERS ACCORDANCE WITH INTERNATIONAL STANDARDS. International Finance and Accounting, 2021(2), p.25.

15. Eshpulatova Z. THE DIGITAL ECONOMY RELIES ON THE INTERNATIONAL STANDARDS OF THE FINANCIAL REPORT ON THE

INCOME STATEMENT //DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR. - 2021. - C. 120.

16. Eshpulatova, Z., 2020. DETERMINATION OF INCOME AND PROFIT AS AN ELEMENT OF FINANCIAL STATEMENTS. International Finance and Accounting, 2020(1), p.20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.