MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI
I. Xidirov
Qo'qon DPI Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11192550
Annotatsiya. Maqolada myehnat faoliyatimizda hamda ijtimoiy hayotdagi ishtirokimizda bevosita yoki bilvosita soliqlar va majburiy to 'lovlar borasida fikr yuritilgan, O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzilishi masalalariga atroflicha to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: soliq, moliyalashtirish, byudjet, davlat byudjeti, mahalliy byudjet, ish haqi.
Abstract. Gender equality issues in the governance of the education system include ensuring that everyone, regardless of gender, enjoys equal educational opportunities. This issue remains relevant not only for women and girls, but also for men and boys. In this regard, the following article deals with issues of gender equality in the management of the educational system.
Key words: education, gender, principle, decision, gender equality, Gender sensitization.
O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliq va boshqa majburiy to'lovlar hisobiga shakilantiriladi.
Biz o'zimizning mehnat faoliyatimizda hamda ijtimoiy hayotdagi ishtirokimizda bevosita yoki bilvosita soliqlar va majburiy to'lovlarga duch kelamiz. Bunga mehnat faoliyatimizga bog'liq bo'lgan soliq va to'lovlarni yohud ijtimoiy hayotdagi ishtirokimizda duch keladigan soliqlar va majburiy to'lovlarni misol keltirishimiz mumkin.
Mehnat faoliyatimizga bog'liq bo'lgan soliq va to'lovlar sarasiga;
- ish haqidan olinadigan daromad solig'i;
- boshqa daromadlardan olinadigan soliq va to'lovlar (bunga bir martalik daromaddan olinadigan soliqlar)ni misol keltirishimiz mumkin.
Demak, Biz o'zimizning mehnat faoliyatimizda hamda ijtimoiy hayotdagi ishtirokimizda bevosita yoki bilvosita soliqlar va majburiy to'lovlarga duch kelamiz va soliq to'lovchiga aylanar ekanmiz. Shuning uchun insonlar biror ishda ishlasalar ularga nisbatan STIR (Soliq to'lovchining identifikasion raqami) joriy qilinadi va shu raqam orqali mazkur soliq to'lovchining soliqqa tortilishi bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakillantiriladi.
Odatda soliq va majburiy to'lovlar davlat byudjeti va byudjyetdan tashqari maqsadli fondlarga yo'naltiriladi. Soliq va majburiy to'lovlar to'lov turlaridan kelib chiqib davlat byudjeti ikkita byudjetga yo'naltiriladi;
- Respublika byudjetiga;
- Mahalliy byudjetga.
Respublika byudjetini respublikada markazlashadigan soliq va majburiy to'lovlar tashkil
etadi.
Mahalliy byudjet viloyatlar, Qoraqalpog'iston respublikasi, Toshkent shahar byudjetidan tashkil topadi, shuningdek:
viloyatlar byudjetlari viloyatlar byudjetlari hamda viloyatlarga buysunadigan tumanlar va shaharlar byudjetlaridan;
Qoraqalpog'iston respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston respublikasiga byudjeti va Qoraqalpog'iston respublikasiga buysunadigan tumanlar va shaharlar byudjetlaridan;
Toshkent shahar byudjeti Toshkent shahar byudjeti va Toshkent shahriga buysunuvchi tumanlar byudjetlaridan tashkil topadi.
Shu o'rinda;
Soliq to'lovchilar (Soliq sub'yekti), Soliq ob'yekti, Soliq bazasi, Soliq stavkasi, Soliq summasi kabi tushunchalarni bilish talab etiladi. Shuning uchun bu tushunchalarga izoh berish lozim deb topildi:
Soliq to'lovchilar (Soliq sub'yekti) - zimmasiga soliq to'lash mashburiyati yuklatilgan shaxslar (Yuridik shaxslar, Jismoniy shaxslar)
Soliq ob'yekti - soliqni hisoblab chiqarish uchun asos bo'lgan manbaa(Faoliyat, daromad, egallagan yer maydoni, ishlatilgan suv hajmi, avtomobillarga quyilgan yoqilg'i hajmi va h.k.).
Soliq bazasi - soliq solish ob'yektidan imtiyoz va chegirmalar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Soliq stavkasi - soliq bazasiga nisbatan soliq belgilash me'yori (foizli, eng kam oylik ish haqiga nisbatan baravari miqdori, absolyut miqdor, so'm)
Soliq summasi - soliq ob'yektiga (soliq bazasiga) soliq stavkasini qo'llash natijasida vujudga kelgan, to'lashga yo'naltirilgan summa)
Bu manzarani quyidagi jadval asosida ko'rish mumkin:
O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzilishi
Ish haqidan olinadigan daromad solig'i bo'yicha:
Ish haqidan olinadigan daromad solig'i jami hisoblangan (daromad) summaga nisbatan soliq stavkasini qo'llash orqali hisoblab chiqariladi. Jami hisoblangan (daromad) summa tarkibi hisoblangan ish haqi, ustama, mukofot, bir martalik to'lov, moddiy yordam kabi to'lovlarning yig'indisidan tashkil topadi. Hozirgi kunda ish haqidan olinadigan daromad solig'i stavkasi 12% qilib belgilangan.
Hisoblandi: Jami hisoblandi IHDS Summa (qo'lga)
Ish haqi Ustama Mukofot Bir martalik to'lov va h.k. 1+2+3+4+5 6x12% 6-7
1 2 3 4 5 6 7 8
Boshqa daromadlardan olinadigan soliq yohud soliq deklaratsiyasi bo'yicha:
O'zbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligida jismoniy shaxslarning daromadlaridan progressiv stavkalarda soliq undirilishi ko'zda tutilgan. Bir vaqtning o'zida bir nechta manbalardan daromad olayotgan jismoniy shaxslarning daromadlarini to'lov manbalarida to'liq soliqqa tortish soliq organlari tomonidan yakuniy hisob-kitob taqdim etilgan jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar jami yillik daromadlari to'g'risida deklaratsiyani topshirish orqali, davlat va jamiyat oldidagi konstitutsiyaviy burchlarini bajarish barobarida jami daromadlari, to'lagan soliqlari miqdori va o'zlarining jamg'arib boriladigan pensiya badali bo'yicha shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag'lar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishadi.
Shuningdek, deklaratsiya taqdim etish natijasida ularga soliqning ortiqcha to'langan qismini boshqa soliqlardan bo'lgan qarzi uchun o'tkazish yoki boshqa soliqlardan qarzi bo'lmagan taqdirda qaytarib olish imkoni yaratiladi.
Bundan tashqari, asosiy bo'lmagan ish joylaridan daromad olgan jismoniy shaxslar deklaratsiya taqdim etish jarayonida amaldagi soliq qonunchiligida ko'zda tutilgan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Masalan: I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar o'z mulkida bo'lgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo'yicha to'langan soliqlarni jami yillik deklaratsiyani taqdim etish orqali qaytarib olishlari mumkin. Chunki, ular Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismiga asosan daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to'rt baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lashdan ozod qilingan.
Shularni e'tiborga olgan holda, daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyaning kimlar tomonidan topshirilishi, taqdim etish tartibi va muddatlari yuzasidan yana bir bor tushuntirish berib o'tamiz.
Deklaratsiyani kim topshiradi?
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga asosan 2021 yil davomida:
- mulkiy daromad olgan (agar bu daromadlarga to'lov manbaida soliq solinmagan bo'lsa);
- fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida daromad olgan;
- asosiy bo'lmagan ish joyidan moddiy naf tarzidagi daromad olgan;
- ikki yoki undan ko'p manbadan soliq solinadigan daromad olgan;
- O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan daromad olgan;
- soliq agentlari bo'lmagan manbaalardan daromadlar olgan O'zbekiston Respublikasi rezidentlari 2018 yilning 1 apreliga qadar jami yillik daromadlari to'g'risida deklaratsiya topshirishlari lozim.
Belgilangan tartibga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan chet ellik jismoniy shaxs ham o'tgan soliq davri uchun daromadlar to'g'risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Ma'lumot uchun: Soliq kodeksining 22-moddasiga asosan soliq to'lovchiga to'lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs to'lov manbai hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining rezidentlari.
Soliq kodeksining 19-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o'n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O'zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti deb e'tirof etiladi. Misol: Chet ellik fuqaro kontrakt asosida ishlash uchun 2020 yilning 1 sentyabrida O'zbekistonga keldi. 2021 yil yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi tashqarisiga 20 kunga chiqib ketib, qaytib keldi.
Chet ellik fuqaro O'zbekiston hududida jami 194 kun (2021 yil yanvar oyida 20 kunni chegirib, 2020 yilning 1 sentyabridan 2021 yilning 1 apreligacha hisoblaganda) turdi. Binobarin, u soliq solish maqsadida O'zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. Shu sababli bunday toifadagi fuqarolar ham 2020 yilda olingan daromadlari bo'yicha 2021 yilning 1 aprelidan kechiktirmasdan deklaratsiya taqdim etishi lozim. Deklaratsiya taqdim etish muddatlari
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiya yuqorida ta'kidlanganidek, tegishli daromad olingan yildan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi. Agar 1 aprel dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelsa, deklaratsiya undan keyingi birinchi ish kunidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 36-moddasi) taqdim etilishi shart.
Chet ellik jismoniy shaxs - O'zbekiston Respublikasining rezidenti soliq solinishi lozim bo'lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo'lsa, uning O'zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to'g'risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim.
Agar chet ellik jismoniy shaxs - O'zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo'lsa, joriy yil uchun daromadlar bo'yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. Deklaratsiyaga ilova qilinadigan hujjatlar
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to'g'risidagi deklaratsiya shakli O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan "Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorning (ro'yxat raqami 2439, 2013 yil 22 mart) 2-ilovasida keltirilgan.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiyaga belgilangan shakldagi to'langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i summalari haqidagi ma'lumotnoma ilova qilinadi.
Jismoniy shaxs ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega bo'lsa, barcha manbalardan ma'lumotnoma taqdim etishi zarur.
Fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar olgan shaxslar ularni yaratish va ulardan foydalanish uchun zarur materiallar olish, bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlarni (olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda) chegirishga haqlilar. Ushbu xarajatlar hujjatlar (nazorat-kassa mashinasi yoki terminal cheklari, kvitansiyalar, shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar va hokazo) bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Grant ko'rinishida daromadlar olgan jismoniy shaxslar deklaratsiyani topshirayotganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasining tegishli xulosasini ham taqdim etishlari kerak.
Mol-mulkni (avtotransport, bino va inshootlar, turar va noturar joylar) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar ijara shartnomalari nusxalarini deklaratsiyaga ilova qilishlari shart.
Mamlakatdan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlardan soliqni hisobga olish huquqiga ega bo'lgan shaxslar ushbu daromadlardan to'langan soliq summalari haqida chet davlat vakolatli organi tasdiqlagan ma'lumotnomani taqdim etadilar.
Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, eng kam ish haqining to'rt baravarini chegirish tarzidagi imtiyozga ega bo'lgan shaxslar imtiyozga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari va deklaratsiyada ko'rsatishlari lozim. Deklaratsiyani taqdim etish usullari.
Deklaratsiya bevosita jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga, pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek, elektron shakldagi axborot tarzida va Internet tarmog'i orqali taqdim etilishi mumkin.
Deklaratsiya soliq organiga shaxsan taqdim etilganda davlat soliq organining tegishli bo'limiga topshiriladi.
Pochta orqali yuborilayotgan deklaratsiya konvertga solinadi va soliq to'lovchining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi manziliga jo'natiladi.
Elektron hujjat tarzida tayyorlangan deklaratsiyani soliq to'lovchi bevosita yoki axborot vositachisi (elektron hujjatlar aylanmasi bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatuvchi yuridik shaxs) orqali jo'natishi mumkin. U elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, bunda belgilangan shakl to'liq to'ldirilgan bo'lishi kerak.
Shuningdek, deklaratsiyani Davlat soliq qo'mitasining my.soliq.uz - "Elektron soliq xizmatlari" portalidagi "Soliq deklaratsiyalarini yuborish" interaktiv xizmati orqali ham jo'natish mumkin.
Soliq to'lash muddatlari
Soliq to'langan sana quyidagilardir:
- bankdagi hisobvaraqdan to'langan taqdirda - bankdagi hisobvaraqlardan mablag'lar hisobdan chiqarilgan kun;
- naqd pul mablag'lari kiritilgan taqdirda - bank kassasiga mablag'lar to'langan sana.
Jismoniy shaxslar - O'zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig'ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag'idan chet el valyutasida to'lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'langan sanada Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo'yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lash to'lov xabarnomasida ko'rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Eslatib o'tamiz, soliqni to'lash muddatlarini buzish to'lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e'tiboran muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun (to'lov kuni ham shunga kiradi) 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo'ladi.
Shuningdek, daromadlar to'g'risida deklaratsiyani o'z vaqtida taqdim etmaslik O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 174-moddasi uchinchi qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilib, eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Shularni e'tiborga olgan holda, daromadlaringiz to'g'risidagi deklaratsiyani oxirgi muddat - 1 aprelni kutmasdan yashash joyingizdagi davlat soliq inspeksiyasiga o'z vaqtida taqdim etishingizni maslahat beramiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli qarori "2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi"
2. O'zbekiston Respublikasining 02.09.2019 yildagi O'RQ-562-son " Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" qonuni
3. Xilolaxon, Xilolaxon Saidova. "TA'LIM SIFATINI TAMINLASHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI." Moloduye uchenuye 1.7 (2023): 107-109..
4. Xilolaxon, Xilolaxon Saidova. "TA'LIM SIFATINI TAMINLASHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI." Moloduye uchenuye 1.7 (2023): 107-109.
5. Ustadjalilova, K. (2022). IMPROVING THE MECHANISMS OF THE SYSTEM OF ADVANCED TRAINING OF UNIVERSITY TEACHERS USING ALTERNATIVE METHODS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).
6. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.
7. Umarovna, Radjabova Gavhar. "FEATURES OF THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES AND THE PROBLEM OF INTERACTION OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS WITH EMPLOYERS." E Conference Zone. 2022.
8. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "CONCEPTUAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISM OF THE UNIVERSITY MANAGEMENT SYSTEM. " International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).
9. Xusnida, Madaminova. "SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF TEACHERS'PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.
10. Rashidovna, MadaminovaKhusnida. "DEVELOPMENT OF INDEPENDENT THINKING SKILLS OF CHILDREN IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-47.
11. NURMATOVA, MI. "THE NATURE AND THEORETICAL DESCRIPTION OF THE CONCEPT OF" ECONOMIC COMPETENCE"." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 16-20.
12. Nurmatova, M.I. "TEORETICHYeSKOYe OPISANIYe PONYATIYA "EKONOMICHYeSKAYA KOMPENSATSIYA"." SOVREMENNAYA NAUKA: AKTUALNHYe VOPROSH, DOSTIJENIYA I INNOVASII. 2022
13. Rahmonova, Manzura. "THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN." Interpretationandresearches 1 (2023).
14. Shokirovna, R. M. (2024). SMART TEXNOLOGIYALAR" NING ILG 'OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAGI O 'RNI VA ILMIY NAZARIY ASOSLARI "TA'LIM MENEJMENTI" FANI TAHLILIDA. Science and innovation, 3(Special Issue 18), 694-697.
15. Sultonmurodovna, Otajonova Maftuna. "FORMATION OF INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS BASED ON TIME MANAGEMENT TECHNOLOGIES." Open Access Repository 9.12 (2022): 143-149.
16. Sultanmurodovna, Otajonova Maftuna. "Essential Characteristic and Advantage of "Time Management"." Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance 3.10 (2022): 32-36.