UO'T 631.331.99
MOLA-TEKISLAGICH TEKISLAGICHINING PARAMETRLARINI
MAQBULLASHTIRISH
Kengesbayev Rustem Bazarbayevich QQXAI, tayanch doktorant
Utepbergenov Bazarbay Kengesbayevich
QQXAI, t.f.n., dos
Rasuljonov Abduraxmon Ravshanbek o'g'li QXMITI, t.f.PhD, k.i.x. abduraxmon [email protected]
Annotatsiya. Maqolada yerlarga ekish oldi ishlov beradigan keng qamrovli osma mola-tekislagich tekislagichi parametrlarining maqbul qiymatlarini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan ko'p omilli tajribaviy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Ko'p omilli tajribalar Xartli-3 (Ha3) rejasi bo'yicha o'tkazildi. Tekislagichning ish ko'rsatkichlariga eng ko'p ta'sir ko'rsatadigan omillar sifatida tekislagichning egrilik radiusi va balandligi hamda agregat xarakat teziligi qabul qilindi. Baholash mezoni sifatida tuproqning uvalanish darajasi, ya'ni o'lchami 25 mm dan kichik bo'lgan fraksiyalar miqdori, dala yuzasidagi notekisliklarning o'rtacha kvadratik chetlanishi va tortishga solishtirma qarshilik qabul qilindi. Olingan natijalarga ko'ra agregatning 6,0-8,0 km/h harakat tezligida mola-tekislagich kam energiya sarflagan holda talablar darajasidagi ish sifatini ta'minlashi uchun u tekislagichining egrilik radiusi 31,44-32,75 cm va balandligi 41,04-41,54 cm oralig'ida bo'lishi lozimligi aniqlandi.
Аннотация. В статье приведены результаты многофакторных экспериментальных исследований по определению оптимальных значений параметров выравнивателя широкозахватного навесного мала-выравнивателя для предпосевной обработки почвы. Многофакторные эксперименты проводились по плану Хартли-3 (Ha3). В качестве факторов, оказывающих наибольшее влияние на показатели работы выравнивателя, были приняты радиус кривизны и высота выравнивателя, а также скорость движения агрегата. В качестве критериев оценки использовались степень крошения почвы, то есть количество фракций размером менее 25 mm, среднеквадратическое отклонение неровностей поверхности поля и удельное тяговое сопротивление. По полученным результатам установлено, что при скорости движения агрегата 6,0-8,0 km/h мала-выравниватель обеспечивает качество работы на требуемом уровне при низком энерогопотреблении, если радиус кривизны его выравнивателя находится в пределах 31,44-32,75 cm, а высота в пределах 41,04-41,54 cm.
Abstract. The article presents the results of multifactorial experimental studies to determine the optimal values of the parameters of the leveler of a wide-reach mounted small leveler for pre-sowing tillage. Multifactorial experiments were carried out according to the Hartley-3 (Ha3) plan. The radius of curvature and height of the leveler, as well as the speed of movement of the unit, were taken as the factors that have the greatest impact on the performance of the leveler. The degree of soil crumbling, that is, the number of fractions less than 25 mm in size, the standard deviation of the field surface irregularities and the specific traction resistance were used as evaluation criteria. According to the results obtained, it was found that at a speed of 6.0-8.0 km/h, the leveler is small-the leveler ensures the quality of work at the required level with low energy consumption if the radius of curvature of its leveler is within 31.44-32.75 cm, and the height is within 41.04-41.54 cm.
3-jild, 4-son 93
Kalit so'zlar: keng qamrovli mola-tekislagich, tekislagichning egrilik radiusi va balandligi, tuproqning uvalanish darajasi, dala yuzasidagi notekisliklarning o'rtacha kvadratik chetlanishi, tortishga solishtirma qarshiligi, agregat harakat tezligi.
Ключевые слова: широкозахватный мала-выравниватель, угол кривизны и высота выравнивателя, степень крошения почвы, среднеквадратическое неровностей поверхности поля, удельное тяговое сопротивление, скорость движения агрегата.
Key words. a wide-ranging small leveler, the angle of curvature and height of the leveler, the degree of crumbling of the soil, the standard deviation of the surface of the field, the specific traction resistance, the speed of movement of the unit.
Kirish. Jahon qishloq xo'jaligida yerlarga ekish oldidan sifatli ishlov berishning resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan mashina va qurollarning yangi turlarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish orqali ularning ish sifatini oshirish hamda energiya-materialhajmdorligini kamaytirish yo'nalishida ilmiy-texnikaviy yechimlarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan bir qator maqsadli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda [1]. Jumladan, ushbu yo'nalishda dala yuzasini sifatli tekislaydigan keng qamrovli osma yer tekislash mashinalarini ishlab chiqish va ularning tuproq bilan o'zaro ta'sirlashishida resurstejamkorlikni ta'minlaydigan parametrlarini asoslashga doir ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta'kidlanganlardan kelib chiqib, QXMITI da keng qamrovli osma mola-tekislagichning konstruksiyasi ishlab chiqildi. Keng qamrovli mola-tekislagich markaziy va o'ng hamda chap yon seksiyalardan tashkil topgan [2]. Yon seksiyalar markaziy seksiya bilan bo'ylama sharnirlar bilan bog'langan va gidrosilindrlar vositasida ish holatidan transport holatiga va transport holatidan ish holatiga o'tkaziladi. Mola-tekislagichning har bir seksiyasi ko'ndalang va ularni bir-biri bilan bog'lovchi bo'ylama bruslardan tashkil topgan bo'lib, harakat yo'nalishi bo'yicha birinchi bo'lib joylashgan ko'ndalang brus tekislaydigan, ikkinchi brus esa zichlaydigan ishchi qismlar bilan jihozlangan. Markaziy seksiya qo'shimcha ravishda osish qurilmasi, yon seksiyalar esa tuproqyoygichlar bilan jihozlangan.
Tadqiqot materiallari. Ushbu maqolada mola-tekislagich tekislagichining nazariy va bir omilli tadqiqotlarda olingan natijalarni tekshirib ko'rish hamda ularning maqbul qiymatlarini aniqlash maqsadida Xartli-3 (Ha3) rejasi bo'yicha ko'p omilli tajribalar o'tkazildi [3, 4].
Tekislagichning quyidagi parametrlari uning ish ko'rsatkichlariga eng ko'p ta'sir ko'rsatadigan omillar sifatida qabul qilindi: tekislagichning egrilik radiusi, tekislagichning balandligi va agregat harakat teziligi. Ular quyidagicha shartli belgilandi: X1 - tekislagichning egrilik radiusi; X2 - tekislagichning balandligi; X3 - agregatning harakat tezligi. 1-jadvalda ularning belgilanishlari, o'zgarish oraliqlari va sathlari keltirilgan.
1-jadval
Omillarning nomlanishi va o'lchov birligi Omillarni belgilanishi Omillarni variasiya oralig'i Omillarning sathlari
quyi (-1) asosiy (0) yuqori (+1)
1. Tekislagichning egrilik radiusi, cm Xi 5 з0 з5 40
2. Tekislagichning balandligi, cm X2 5 з0 45 50
3. Agregatning harakat tezligi, km/h Хз 1,0 6,0 7,0 8,0
Tajribalarda olingan ma'lumotlarga QXMITI ning eksperimentlarni rejalashtirish laboratoriyasida ishlab chiqilgan «PLANEXP» dasturi bo'yicha ishlov berildi. Bunda dispersiyaning bir xilligini baholashda Koxren kriteriyasidan, regressiya koeffitsiyentlari
qiymatini baholashda Styudent kriteriyasidan, regression modellarning adekvatligini baholashda Fisher kriteriyasidan foydalanildi.
Tajriba natijalariga ko'rsatilgan tartibda ishlov berilib, baholash mezonlarini adekvat ifodalovchi quyidagi regressiya tenglamalari olindi: tuproqning uvalanish darajasi bo'yicha (%):
U1 = 84,751 + 1,5X1 + 0,55X2 + 1,14X3 - 0,599X12 + 0,313X1X2 +
+ 0,313X1X3 + 0,137X2X3 - 0,249X32; (1)
dala yuzasidagi notekisliklarining o'rtacha kvadratik chetlanishi bo'yicha (±cm): U2 = 1,525 - 0,024X1 - 0,034X2 - 0,069X3 + 0,185X12 +
+ 0,004X1X3 + 0,018X22 + 0,045X32; (2)
tortishga solishtirma qarshilik bo'yicha (kH):
U3 = 1,481 + 0,087X1 + 0,031X2 + 0,086X3 - 0,046X12 +
+ 0,004X1X2 + 0,004X1X3 - 0,006X22 + 0,036X32 (3)
Olingan regressiya tenglamalari va ular bo'yicha qurilgan grafiklar (1-2-rasmlar) tahlilidan ko'rinib turibdiki, barcha omillar baholash mezonlariga sezilarli ta'sir ko'rsatgan.
Regressiya tenglamalari U1 mezon 80% dan katta hamda U2 mezon 2 sm dan kichik, U3 mezon minimal qiymatga ega bo'lish shartlaridan yechilib, 6,0-8,0 km/h ish tezligi oralig'ida to'la egri sirtli tekislagich quyidagi parametrlarga ega bo'lishligi aniqlandi (2-jadval).
Vi, % 86
84
82
80 -1,0
1, 2 va 3 mos ravishda X3 - 1, 0 va + 1 bo'lganda 4.10-rasm. Tuproqning uvalanish darajasini X1 va X2 omillarga bog'liq ravishda o'zgarishi
1, 2 va 3 - mos ravishda X3 - 1, 0 va + 1 bo'lganda 4.11-rasm. Dala yuzasidagi notekisliklarning o'rtacha kvadratik chetlanishini X1 va X2 omilga bog'liq ravishda o'zgarishi
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 4-son https://iurnal.qurilishtalim.uz
95
1, 2 va 3 - mos ravishda X3 - 1, 0 va + 1 bo'lganda 4.12-rasm. Tortishga qarshilikni X1 va X2 omilga bog'liq ravishda o'zgarishi
2-jadval
To'la egri sirtli ^ tekislagich parametrlarining maqbul qiymatlari_
X3 X1 X2
Kodlangan Natural Kodlangan Natural Kodlangan Natural
- 1 6,0 - 0,451 32,746 - 0,692 41,540
0 7,0 - 0,657 31,715 - 0,727 41,365
1 8,0 - 0,712 31,440 - 0,792 41,041
Demak, 6,0-8,0 km/h ish tezliklarida dala yuzasini kam energiya sarflangan holda talab darajasida sifatli ishlov berilishini ta'minlash uchun tekislagichning egrilik radiusi 31,44-32,75 cm va uning balandligi 41,04-41,54 cm oraliqlarida bo'lishi lozim.
Bunda tuproqning uvalanish darajasi 82,52-83,68 % ni, dala yuzasidagi notekisliklarning o'rtacha kvadratik chetlanishi 1,65-1,72 cm va tortishga solishtirma qarshilik 1,36-1,49 kN/m ni ni tashkil etadi.
ADABIYOTLAR
1. Raxmatov O.O. Keng qamrovli mola-tekislagichga dala yuzasida mayin qatlam hosil qiladigan moslama ishlab chiqish va parametrlarini asoslash. Dis. ... t.f.f.d. - Gulbahor, 2023. -150 b.
2. Barlibaev Sh.N. Mola-tekislagichning texnologik ish jaryonini takomillashirish va parametrlarini asoslash. Dis. ... t.f.f.d. - Gulbahor, 2020. - 156 b.
3. Джонсон Н., Лион Ф. Статистика и планирование эксперемента в технике и науке. Методы обработки данных / Пер. с англиского. - Москва: Мир, 1990. - 610 с.
4. Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. - Ташкент: Укитувчи, 1993. - 336 с.
3-jild, 4-son 96