UO'T 631.313.2:314.2
DALA YUZASIDA MAYIN TUPROQ QATLAMINI HOSIL QILADIGAN MOSLAMA BILAN JIHOZLANGAN MOLA-TEKISLAGICHDAN FOYDALANISHNING TEXNIK-
IQTISODIY KO'RSATKICHLARI
Raxmatov, Olimjon Orifjonovich GulDU, T.f.f.d., (PhD). O'qituvchi.
Annotatsiya. Maqolada dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama bilan jihozlangan mola-tekislagichdan foydalanishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha hisoblashlarning natijalari keltirilgan. Hisoblashlarga ko'ra dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama bilan jihozlangan mola-tekislagich yerlarga ekish oldidan ishlov berishda foydalanilganda mehnat sarfi 78,82 foizga va ekspluatatsion xarajatlar esa 23,94 foizga kamaydi. Bunda yillik iqtisodiy samara moslama bilan jihozlangan bitta mola-tekislagichga 20 986 977,7 UZS ni tashkil etadi.
Аннотация. В статье представлены результаты расчетов по определению технико-экономических показателей использования при применении мала-выравнивателя, оборудованного разработанным приспособлением, при предпосевной обработке полей затраты труда снижаются на 78,82%, а эксплуатационные расходы - на 23,94%. При этом годовой экономический эффект на один мала-выравниватель, оборудованный приспособлением, составляет 20 986 977,7 UZS.
Annotation. The article presents the results of calculations to determine the technical and economic indicators of use when using a low leveler equipped with the developed device; during pre-sowing cultivation of fields, labor costs are reduced by 78.82%, and operating costs - by 23.94%. At the same time, the annual economic effect per one small leveler equipped with a device is 20,986,977.7 UZS.
Kalit so'zlar: mola-tekislagich, mehnat sarfi, ekspluatatsion xarajatlar, iqtisodiy samara.
Ключевые слова. мала-выравнивател, трудозатраты, эксплуатационные затраты, экономическая эффективность.
Keywords. grinding machine, labor cost, operating costs, economic efficiency.
Kirish. Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va agroklasterlar hamda fermer xo'jaliklarini yuqori unumli qishloq xo'jaligi texnikalari bilan ta'minlash hisobiga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida intensiv usullarga o'tish ushbu sohani barqaror va samarali rivojlantirishda eng muhim yo'nalish hisoblanadi.
Ma'lumki, yerlarni ekishga tayyorlashdagi asosiy vazifa dalalar yuzasini tekislash, talab darajasida zichlash va undagi yirik kesaklarni maydalab, mayin tuproq qatlamini hosil qilishdan iborat. Hozirgi paytda mamlakatimizda bu maqsadda MV-6,0, MV-6,5 hamda xo'jaliklarda mavjud bo'lgan boshqa (asosan turli ko'rinishdagi yasama) mola-tekislagichlardan keng foydalaniladi [1, 2]. Ammo ular ma'naviy eskirgan, yerlarga minimal va tejamkorlik bilan ishlov berish kabi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ular qo'llanilganda yerlarga talab darajasida ishlov berish uchun bir joydan ikki-uch martalab o'tishi talab etiladi. Bu esa yerlarni ekishga tayyorlash uchun mehnat sarfi va boshqa xarajatlarning, jumladan yonilg'i sarfining ortishiga, tuproqning ortiqcha zichlanishi va undagi namning yo'qotilishiga, ish unumining pasayishi hamda qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish muddatlarining cho'zilib ketishiga olib keladi.
Asosiy qism. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda QXMITI da tuproqqa ko'rsatadigan bosimi tez va yengil rostlanadigan hamda iz yumshatkichlar va dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslamalar bilan jihozlangan keng qamrovli osma mola-tekislagich
ishlab chiqilgan hamda uning tajriba nusxasi tayyorlanib, sinovlari o'tkazilgan [3-6].
Ushbu maqolada dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama bilan jihozlangan mola-tekislagichdan foydalanishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha hisoblashlarning natijalari keltirilgan.
Moslama bilan jihozlangan mola-tekislagich(MMT-8)dan foydalanishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari RD Uz 63.03-98 «Испытания сельскохозяйственной техники. Методы расчёта экономической эффективности испытываемой сельскохозяйственной техники» va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida aniqlandi [7-14]. Bunda ishlab chiqilgan moslama bilan jihozlangan mola-tekislagich amaldagi MV-6,0+6 BZTX-1,0 agregati bilan taqqoslandi [1]. Ma'lumotlar jadvalda keltirilgan.
Jadval
Dastlabki ma'lumotlar va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar hisobi
'S Ko'rsatkichlarning qiymati
T/r Ko' rsatki chlarning nomi os ai B Mavjud mashinalar Taklif etilayotgan mashina
1 2 3 4 5
A. Boshlang'ich ma'lumotlar
1. Agregat tarkibi: Case Puma 180 Case Puma
- traktor MV-6,0+6 BZTX- 180
- mashina 1,0 MMT-8,0
2. Massasi, kg:
- traktor G1 6850 6850
- mashina Go 1410 1650
3. Chakana narx, UZS:
- traktor Sot 657000000 657000000
- mashina Soo 42300000 49500000
4. Asosiy vaqtdagi ish unumi, ha/h Wo 4,20 5,60
5. Vaqtdan foydalanish koeffitsienti:
- smena Ksm 0,69 0,80
- ekspluatatsion Kek 0,61 0,72
6. Asosiy vaqtdagi ish unumi, ha/h Wo 4,20 5,60
7. Vaqtdan foydalanish koeffitsienti:
- smena Ksm 0,69 0,80
- ekspluatatsion Kek 0,61 0,72
8. Yillik yuklanish, h:
A) me'yoriy: - traktor Tmt 1380,0 1380,0
- mashina Tmj 140,0 140,0
B) hududiy: - traktor Txt 1380,0 1380,0
- mashina Txj 140,0 140,0
9. Xizmat ko'rsatuvchi xodim, kishi: - traktorchi - ishchi Kt Ki 1 2 1
10. 1 soatli tarif stavkasi, UZS: - traktorchi - ishchi Tbt Tbi 8208,74 7981,56 8208,74
11. YoMM sarfi, kg/ha U 4,70 4,22
12. 1 kg kompleks yonilg'ining narxi, UZS S 15000,00 15000,00
13. Renovatsiya uchun ajratma koeffitsienti: - traktor uchun - mashina uchun at a 0,125 0,120 0,125 0,120
14. Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash uchun ajratma koeffitsienti: - traktor uchun - mashina uchun Ch Chj 0,045 0,200 0,045 0,200
15. Chakana narxni balans narxga o'tkazish koeffi-sienti K 1,10 1,10
B. Iqtisodiy ko'rsatkichlar hisobi
1. Balans narxi, UZS: - traktor Bj=KSot - mashina Bj=KSoj B Bt Boj 722700000 46530000 722700000 54450000
2. Umumiy ish haqi, UZS/ha Z=(Tbt+Tbi)/Wsm Z 8497,66 1832,31
3. 1 soat vaqtdagi ish unumi, ha: - smenadagi: Wsm=KsmWo - ekspluatatsiya vaqtdagi: Wek=KekWo Wsm Wek 2,90 2,56 4,48 4,03
4. Yillik hududiy yuklanish, ha Wx=WekTxj Wxm Wxya 358,68 564,48
Moslama bilan jihozlangan mola-tekislagichdan foydalanishdagi yillik mehnat sarfidan iqtisod miqdori:
Ey.m= (Zm - Zya)-Wx =(1,171 - 0,248)564,48 = 521,01 kishi/h.
Olib borilgan texnik-iqtisodiy hisoblashlar shuni ko'rsatdiki, ishlab chiqilgan moslama bilan jihozlangan mola-tekislagich (MMT-8,0) yerlarga ekish oldidan ishlov berishda foydalanilganda mehnat sarfi 78,82 foizga va ekspluatatsion xarajatlar 23,94 foizga kamayadi. Bunda yillik iqtisodiy samara moslama bilan jihozlangan bitta mola-tekislagichga 20 986 977,7 UZS ni tashkil etdi.
Xulosa
Ishlab chiqilgan moslama bilan jihozlangan mola-tekislagich yerlarga ekish oldidan ishlov berishda foydalanilganda mehnat sarfi 78,82 foizga va ekspluatatsion xarajatlar esa 23,94 foizga kamaydi. Bunda yillik iqtisodiy samara moslama bilan jihozlangan bitta mola-tekislagichga 20 986 977,7 UZS ni tashkil etdi.
ADABIYOTLAR
1. Qishloq xo'jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo'yicha namunaviy texnologik kartalar 2016-2020 yillar uchun (1-qism). - Toshkent, 2016. - 138 b.
2. Система машин и технологий для комплексной механизации сельскохозяйственного производства на 2011-2016 г. Част I. Растениеводство. - Ташкент, 2013. - 199 с.
3. Tukhtakuziyev A., Rasuljonov A., Rakhmatov O.O. Researching the angle oscillations forming the soft layer on the field surface of breaking levelers // American Journal of Applied Science and Technology (ISSN-2771-2745) VOLUME 02 ISSUE 09 Pages 13-21.
4. To'xtaqo'ziev A., Abdulxaev X., Raxmatov O.O. Dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama bilin jihozlangan mola-tekislagich // Raqamli texnologiyalar, innovatsion g'oyalar va ularni ishlab chiqarish sohasida qo'llash istiqbollari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. - Andijon, 2021. - B. 304-306.
5. Rasuljonov A., Raxmatov O.O. Mola-tekislagichning zichlagichi va dala yuzasida mayin qatlam hosil qiladigan moslamasining birinchi qatordagi tishlari orasidagi bo'ylama masofani o'rganish bo'yicha tajribaviy tadqiqotlarning natijalari // Zamonaviy mashinasozlikda innovatsion texnologiyalarni qo'llashning ilmiy asoslari: Tajriba va istiqbollar. Xalqaro miqiyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. IV-qism. - Namangan, 2022. - B. 427-431.
6. Raxmatov O.O. Dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama bilin jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagich // Fan va innovatsiya 2022: Rivojlanish va ustuvor yo'nalishlari. Respublika miqiyosida ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. I-qism. -Namangan, 2022. - B. 117-119.
7. УзРД 63.03-98 "Испытания селскохозяйственной техники. Методы расчета экономической эффективности испытываемой селскохозяйственной техники". - Ташкент, 1998. - 49 с.
8. ГОСТ Р. 53056-2008. Методы экономической отсенки. - М.: Стандартинформ, 2009. - 20 с.
9. Спирин Н.А., Лавров В.В. Методы планирования и обработки резултатов инженерного эксперимента. - Екатеринбург: ГОУ ВПО Уралский государственный технический университет - УПИ, 2004. - 258 с.
10. Matchonov R. D., Usmonov A. S. Agrosanoat mashinalari: Ma'lumotnoma. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002. - 295 b.
11. Выгодский М. Я. Справочник по высшей математике. - Москва: Наука, 1972. -
872 с.
12. Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishda talab etiladigan mehnat va moddiy resurslar sarfi me'yorlari. QXIITI, - Toshkent: 2016. - 80 b.
13. Нормативно-справочный материал для экономической отсенки селскохозяйственной техники. - М.: АгроНИИТО, 1988. - 202 с.
14. https://agriline.uz/-/traktory/CASE-IH/Puma-180--c228tm2511m7337
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 1-son https://iurnal.qurilishtalim.uz
124