MODIFIKATSIYASI VA UNING MA'NOSI
Qurbonova Feruza Ilhomovna
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi Irrigatsiya va Agrotexnologiyalar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13896943
Annotatsiya. Ushbu maqolada modifikatsiya hodisasi o'z-o'zidan adabiy-badiiy va tarixiy jarayonlarga ham tegishlidir. Butun holatda mavjud bo'lgan janrlardan, masalan, xalq qahramonlik eposidan boshqa epik janrlarning shakllanishi, o'zgargan shaklda qayta tug'ilishi janr genezisiga oid tadqiqotlarda o'z aksini topgan. Modifikatsiya tushunchasi barcha adabiy-badiiy jarayonlargagina emas, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ham xos hodisa hisoblanadi. Muayyan mezonlar, qonuniyatlar turlarining boshqalari bilan ma'lum chegaralarda qo'shilishi, o'zgarishga uchrashini bildiradi.
Аннотация. В данной статье феномен модификации как таковой относится к литературным, художественным и историческим процессам. Формирование и возрождение других эпических жанров из существующих жанров, например, народного героического эпоса, находит отражение в исследованиях жанрогенеза. Понятие модификации — явление, характерное не только для всех литературных и художественных процессов, но и для экономической, социальной и культурной жизни общества. Это означает, что одни критерии и виды законов сочетаются с другими в определенных пределах и изменяются.
Abstract. In this article, the phenomenon of modification per se refers to literary, artistic and historical processes. The formation and rebirth of other epic genres from existing genres, for example, folk heroic epics, is reflected in the research on genre genesis. The concept of modification is a phenomenon characteristic not only of all literary and artistic processes, but also of the economic, social and cultural life of society. It means that certain criteria and types of laws are combined with others within certain limits and change.
Kalit so'zlar: modifikatsiya, badiiy adabiyot, qadriyatlar erk, adolat, odob-axloq, mehr-oqibat, darddoshlik, xalq og'zaki ijodi.
Ключевые слова: модификация, художественная литература, ценности, свобода, справедливость, нравы, доброта, сострадание, фольклор.
Keywords: modification, fiction, values, freedom, justice, manners, kindness, compassion, folklore.
Badiiy adabiyot tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida bir xil vazifani bajarib kelgan. U har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzum, har bir jug'rofiy hududda o'sha xalqning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Kishilardagi eng oliy umumbashariy qadriyatlar erk, adolat, odob-axloq, mehr-oqibat, darddoshlik, ma'rifatparvarlikni yoqlab, zulm, haqsizlik, jaholat va insonlik sha'niga nomunosib ochko'zlik, zulm-zo'ravonlik, xiyonat, qo'rqoqlik, yolg'on, kibr, maqtanchoqlikni qoralagan. Davr va jamiyat a'zolarining orzu-intilishlarini o'zida aks ettirgan badiiy adabiyot zamon bilan hamnafas o'z-o'zini isloh qilib kelgan.
Xalqning ruhiy, ma'naviy talabini qondirishni o'z oldiga maqsad qilgan badiiy adabiyot hayotni obrazli ifodalaganligi tufayli insonlar qalbiga yaqin. Shuning uchun ham xalqning ko'ngliga tez yo'l olgan. Xalq og'zaki ijodidan tortib mumtoz asarlargacha va hozirda yaratilayotgan eng sara badiiy ijod namunalarining adabiy-estetik qimmati, xalq ma'naviy mulki sifatidagi nodir va noyobligi shu bilan izohlanadi.
XX asrda o'zbek adabiyoti, jumladan, milliy nasrda pandnoma-didaktika o'z o'rnini ijtimoiy muammolar bilan bog'liq voqelik tasviriga bo'shatib berdi.
Badiiy asarlarni tekshirishda germenevtik yondashuv usuliga o'tilishi davr taqozosi sifatida yuzaga keldi. Insonlararo munosabatlar, ular o'rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar o'rnini inson botiniga qaratilgan, o'z-o'zi bilan kurashayotgan, kamchilik va nuqsonlardan holi bo'lmagan, o'zini tanishga intilayotgan inson tasviri egalladi.
Modifikatsiya tushunchasi barcha adabiy-badiiy jarayonlargagina emas, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ham xos hodisa hisoblanadi. Muayyan mezonlar, qonuniyatlar turlarining boshqalari bilan ma'lum chegaralarda qo'shilishi, o'zgarishga uchrashini bildiradi. Lug'aviy ma'nosiga ko'ra modifikatsiya - turlanish, ko'rinish, shaklini o'zgartirish, o'zgargan shakl, holat (masalan, qirov, do'l muzning bir shakli kabi), deganidir.
Modifikatsiya eng qadimgi lotincha so'z bo'lib, unga "Poeticheskiy slovar Kvyatkovskogo" kitobida shunday ma'no berilgan: "Modifikatsiya - (qadim lat. modifikatio -qaror topgan mezon-o'lchovlar, latincha modus - mezon, ko'rinish, obraz, ko'chma xususiyat va lat. fasio - qilmoq, amalga oshirmoq), qayta barpo qilish, nimaningdir yangi xususiyat kasb etish bilan shakl o'zgartirilishi. Texnikada modifikatsiya - tushunchasi ostida yo yangi texnologiya yoki qandaydir biron qurilmaning yangi modellari paydo bo'lishi tushuniladi. Mas., stanoklar, maishiy texnika, avtomobillar modifikatsiyasi".
Ko'rinib turibdiki, modifikatsiya tushunchasi asosida faylasuf Spinozaning mashhur substansiya va modus haqidagi umumfalsafiy qarashlari yotadi. "Falsafiy lug'at"da ko'rsatilishicha: "Modus - o'lchov, mezon, usul, yo'l, tariqa, tarz degan ma'nolarni bildirib keladi. Predmetning muayyan holatlardagi xususiyatini ifodalaydi. Atribut (o'ziga xoslik)dan shu jihati bilan farq qiladi. Spinozaga ko'ra, modus substansiyaning barcha o'tkinchi (ko'chuvchi) holatlarini ifodalovchi vosita hisoblanadi. Uning borligi o'ziga emas, substansiya va uning xossasiga bog'liq bo'ladi. Modusda, o'zining paydo bo'lishini yagona, abadiy, chegarasiz moddiy subtansiyada topadigan narsalarning abadiy ko'payuvchanligi va ko'chuvchanlik sifati aks etadi".
Demakki, modus o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa o'z navbatida moddiy va ma'naviy jarayonlardagi doimiy o'zgarishlar, shuning natijasida yangi modellarning paydo bo'lishini ta'min etadi. "Xorijiy so'zlar lug'ati"dagi ushbu muxtasar ta'rif fikrimizni yanada oydinlashtiradi: "Modifikatsiya - 1) fr. modil - qayta barpo bo'lish, yangi xususiyatlarning maydonga kelishi; 2)fication -lat. modificatio - bir tipdagi texnik vositalarning asosiy modeldan muayyan farqlanadigan modeli".
Modifikatsiya hodisasi o'z-o'zidan adabiy-badiiy va tarixiy jarayonlarga ham tegishlidir. Butun holatda mavjud bo'lgan janrlardan, masalan, xalq qahramonlik eposidan boshqa epik janrlarning shakllanishi, o'zgargan shaklda qayta tug'ilishi janr genezisiga oid tadqiqotlarda o'z aksini topgan.
Modifikatsiya tushunchasi barcha adabiy-badiiy jarayonlargagina emas, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ham xos hodisa hisoblanadi. Muayyan mezonlar, qonuniyatlar turlarining boshqalari bilan ma'lum chegaralarda qo'shilishi, o'zgarishga uchrashini bildiradi. Lug'aviy ma'nosiga ko'ra modifikatsiya - turlanish, ko'rinish, shaklini o'zgartirish, o'zgargan shakl, holat (masalan, qirov, do'l muzning bir shakli kabi), deganidir.
Modifikatsiya eng qadimgi lotincha so'z bo'lib, unga "Poeticheskiy slovar Kvyatkovskogo" kitobida shunday ma'no berilgan: "Modifikatsiya - (qadim lat. modifikatio -qaror topgan mezon-o'lchovlar, latincha modus - mezon, ko'rinish, obraz, ko'chma xususiyat va lat. fasio - qilmoq, amalga oshirmoq), qayta barpo qilish, nimaningdir yangi xususiyat kasb etish bilan shakl o'zgartirilishi. Texnikada modifikatsiya - tushunchasi ostida yo yangi texnologiya yoki
qandaydir biron qurilmaning yangi modellari paydo bo'lishi tushuniladi. Mas., stanoklar, maishiy texnika, avtomobillar modifikatsiyasi".
Ko'rinib turibdiki, modifikatsiya tushunchasi asosida faylasuf Spinozaning mashhur substansiya va modus haqidagi umumfalsafiy qarashlari yotadi. "Falsafiy lug'at"da ko'rsatilishicha: "Modus - o'lchov, mezon, usul, yo'l, tariqa, tarz degan ma'nolarni bildirib keladi. Predmetning muayyan holatlardagi xususiyatini ifodalaydi. Atribut (o'ziga xoslik)dan shu jihati bilan farq qiladi. Spinozaga ko'ra, modus substansiyaning barcha o'tkinchi (ko'chuvchi) holatlarini ifodalovchi vosita hisoblanadi. Uning borligi o'ziga emas, substansiya va uning xossasiga bog'liq bo'ladi. Modusda, o'zining paydo bo'lishini yagona, abadiy, chegarasiz moddiy subtansiyada topadigan narsalarning abadiy ko'payuvchanligi va ko'chuvchanlik sifati aks etadi".
Demakki, modus o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa o'z navbatida moddiy va ma'naviy jarayonlardagi doimiy o'zgarishlar, shuning natijasida yangi modellarning paydo bo'lishini ta'min etadi. "Xorijiy so'zlar lug'ati"dagi ushbu muxtasar ta'rif fikrimizni yanada oydinlashtiradi: "Modifikatsiya - 1) fr. modil - qayta barpo bo'lish, yangi xususiyatlarning maydonga kelishi; 2)fication -lat. modificatio - bir tipdagi texnik vositalarning asosiy modeldan muayyan farqlanadigan modeli".
Demak, badiiy modifikatsiya keng ko'lamli estetik hodisalardan hisoblanadi. U birinchi navbatda adabiy ta'sir va an'analarga estetik munosabatdan kelib chiqadi. Davr va shu davr o'quvchisining ehtiyojiga qarab an'anaviy shakllarining o'zgarishga uchrashi badiiy modifikatsiyaning qonuniyligini ko'rsatadi. Modifakatsiya hodisasining yana bir sababi adabiy jarayondagi estetik mezonlarning o'zgarishi, ijodkorlarning adabiyotga boshqacha nuqtai nazar bilan qaray boshlashidir. Bunda shakl o'zgarishiga uchragan har bir badiiy komponent yoki bir butun adabiy janrning o'zi muallif ijodiy individualligining estetik belgisi sifatida voqe bo'ladi. Modifikatsiya jarayonida bir yo'la bir nechta badiiy komponentlar (kompozitsiya, syujet, obraz, detal, uslub kabi)ning bir asar doirasida uyg'unlashuvi hodisasi kamdan-kam uchrasa-da, bu estetik hodisa pirovard oqibatda janr modifikatsiyasiga olib keladi.
REFERENCES
1. Алексеева М.А. Модификация поэтических мифологем XIXBeKa в творчестве Б.Пастернака 1910-х годов.
2. Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. Adabiy asar. -Toshkent: Fan, 1978, I jild.
3. Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. Toshkent: Fan, 1979, II jild.
4. Boltaboev H. Nasr va uslub. Hozirgi o'zbek nasrida uslubiy izlanishlar. -T.: Fan, 1992.
5. Karimov H. Davr va inson. T., Fan, 1992.