BADIIY PSIXOLOGIZM VA UNING ILMIY-NAZARIY KRITERIYLARI
Tangirov Ro'ziboy
Termiz davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6687033
Annotatsiya. Maqolada badiiy psixologizm, uning mohiyati haqida so'z boradi. Badiiy psixologizmning kelib chiqishi adabiyot inson obrazini tasvirlay boshlagan davrlarga borib bog'lanadi. Aynan o'sha davrlardan boshlab adabiy qahramon xatti-harakatlarining asosini tashqi holatlarigina emas, balki uning ichki holatlari, intilish va ehtiyojlari tashkil eta boshlagan. G'arb adabiyotshunosligida bu hodisa psixopoetika (badiiy psixologiya) deb ataladi. Zamonaviy dunyo adabiyotshunosligida badiiy adabiyotni psixopoetik nuqtai nazardan tahlil va talqin qiluvchi bir qancha nazariy qarashlar, usul va metodlar ishlab chiqilganligi haqida fikrr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Psixopoetika, badiiy psixologizm, kriteriya, psixologik omillar, ijtimoiy ong.
ХУДОЖЕСТВЕННЫЙ ПСИХОЛОГИЗМ И ЕГО НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ
Аннотация. В статье рассматривается художественная психология и ее сущность. Истоки художественной психологии восходят к тому времени, когда литература стала изображать человека. С этого времени в основе поведения литературного героя лежали не только его внешние обстоятельства, но и его внутренние состояния, стремления и потребности. В западной литературе это явление называется психопоэтикой. В современной мировой литературе считается, что сложился ряд теоретических взглядов, методов и приемов, анализирующих и интерпретирующих художественную литературу с психопоэтической точки зрения.
Ключевые слова: Психопоэтика, художественный психологизм, критерии, психологические факторы, общественное сознание.
ARTISTIC PSYCHOLOGISM AND ITS SCIENTIFIC-THEORETICAL CRITERIA Abstract. The article deals with artistic psychology and its essence. The origins of artistic psychology go back to the time when literature began to portray human beings. From that time on, the basis of a literary hero's behavior was not only his external circumstances, but also his internal states, aspirations and needs. In Western literature, this phenomenon is called psychopoetics. In the modern world literature, it is thought that a number of theoretical views, methods and techniques have been developed that analyze and interpret fiction from a psychopoetic point of view.
Keywords. Psychopoetics, artistic psychologism, criteria, psychological factors, social consciousness.
So'zning har qanday badiiylashtirilgan shakli, u og'zaki yoki yozma bo'lishidan qat'iy nazar, inson ma'naviy-psixologik olamiga ta'sir o'tkazishi jihatidan muhimdir. Badiiy asar tayyor holga kelgan taqdirda ham, o'quvchisini topmaguniga qadar, o'zining yetakchi estetik vazifasini bajara olmaydi. Faqat badiiy asarning o'quvchi bilan "muloqoti" boshlangan nuqtada u jonlanadi, retseptiv mohiyat kasb etadi. Xuddi shu nuqtada badiiy psixologizm mexanizmi ishga tushadi. So'zlovchi yoki yozuvchi badiiy bayoni, tasvir usuli, psixologik ifodalash uslubi
КРИТЕРИИ
KIRISH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jonlanadi. So'z ilmining yetakchi namoyondalari asarlarida qayd etilishicha: «obrazli qilib aytilgan so'z kishi ruhini o'ziga bo'ysundiradigan bir holat kasb etadi. Bu shundayki, ma'lum bir ishlar kishiga ko'rinmasdan, ular haqida biror fikr yuritilmasidan va uni e'tirof etilmasdan turib, ular kishiga xush keladi, ba'zilaridan esa kishi o'zini tiyadi. Bir so'z bilan aytganda, bunday narsadan odam bezovtalanadi, lekin bu bezovtalik ongli ravishda bo'lmay, balki nafsoniy -psixologik ta'sirlanganlik natijasida bo'ladi".
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ibn Sinoning ushbu fikrida so'zning tinglovchi va o'quvchiga ta'siri undagi ma'naviy-psixologik ta'sirlanish bilan bog'liqligi, ya'ni retseptiv jarayon ekaniga alohida diqqat qaratilgan. Badiiy so'z hodisasi insonlar jamiyatiga aynan ularning o'zlarini o'zlariga tavsiflash, ta'riflash, tasvirlash, ko'rsatish orqali ta'sirlantirish san'atidir. Bu serkulyativ jarayon bo'lib, ijtimoiy-tarixiy, maishiy-biografik, individual-psixologik hodisa va holatlarni kuzatish, ulardan ta'sirlanish, shu ta'sir doirasidan chiqmagan holda yoki shu holatga tushib tasvirlash, bayon etish, pirovard natijada boshqalarni ham ta'sirlantirishi kabi murakkab bosqichlardan tashkil topadi. Ayni jarayonni ilmiy-nazariy tushunchalar tarzida qayd etadigan bo'lsak, birinchisi "ijodiy jarayon", ikkinchisi "retseptiv jarayon" deb nomlanadi. Badiiy psixologizm dialogik hodisa bo'lib, shu ikki jarayon o'rtasida sodir bo'ladi. Professor Abdurauf Fitrat bu jarayonni quyidagi jumlada qisqa va aniq tarzda shunday ifodalaydi: "Adabiyot - fikr, tuyg'ularimizdag'i to'lqunlarni so'zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to'lqunlarni yaratmoqdir".
TADQIQOT NATIJALARI
A.Fitrat bunday shaklan lo'nda, usluban sodda, ilmiy jihatdan aniq ta'rifga tasodifan kelib qolgan emas, albatta. U bir mutafakkir sifatida Sharq nazariy adabiyotshunosligiga oid bilimlarni o'ziga singdirgan, ularni zamonaviy g'arb adabiyotshunosligi bilan uyg'unlashtirgan edi. Darhaqiqat, badiiy so'z hodisasi, ijodiy jarayon o'zbek mumtoz adabiyotida azaldan mavjud hodisa edi. O'zbek xalqining "Alpomish", "Go'ro'g'li" kabi turkum eposlarida obrazlar ichki olamini yoritish uchun qo'llangan psixologik usullar asar badiiyatini ta'minlashi bilan birga, badiiy psixologik tasvir takomili uchun bir muhim bosqich vazifasini o'tagan. "Go'ro'g'li" turkum dostonlarida bu jihat juda ochiq ko'rinadi. Har bir obraz boshqa obrazlar bilan muloqot jarayonida xarakter xususiyatlarini yanada kengroq namoyon etadi. Ularning keskin burilishlar, favqulodda vaziyatlardagi holatlarini aks ettirishda bu jihat yaqqol ko'rinadi. Ayniqsa, "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonida qahramoning chiltonlar g'orida Xizr alayhissalom bilan uchrashuvi, "antaxur sharobi"ni ichishi, xalq qahramoniga aylanishiga oid epizodidagi psixologik tasvir har qanday yozuvchiga namuna bo'larlik darajada mukammalligi bilan o'quvchini hayratga soladi. Xususan, "Alpomish" eposidagi qator badiiy psixologik unsurlar Boybo'ri, Boysari, Alpomish, Barchinoy, Qaldirg'och, Qorajon, Maston kampir, Toychaxon kabi obrazlarning ruhiyatini, ichki olamini ifodalashga xizmat qilgan. Jumladan, Alpomishning murodtepaga chiqish oldidan o'z-o'ziga aytgan monologida uning psixologik holati, ikkilanishi tasvirlangan.Demak, badiiy psixologizmning kelib chiqishi adabiyot inson obrazini tasvirlay boshlagan davrlarga borib bog'lanadi. Aynan o'sha davrlardan boshlab adabiy qahramon xatti-harakatlarining asosini tashqi holatlarigina emas, balki uning ichki holatlari, intilish va ehtiyojlari tashkil eta boshlagan. G'arb adabiyotshunosligida bu hodisa psixopoetika (badiiy psixologiya) deb ataladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MUHOKAMA
Zamonaviy dunyo adabiyotshunosligida badiiy adabiyotni psixopoetik nuqtai nazardan tahlil va talqin qiluvchi bir qancha nazariy qarashlar, usul va metodlar ishlab chiqilgan. Ular orasida A.A.Potebnya, D.I.Ovsyaniko-Kulikovskiy, Z.Freyd, J.Lakan, K.Yung qarashlari keng tarqalgan. A.Potebnyaning fikricha, badiiy asarlarda obrazlar muhim bo'lib, har qanday obraz o'ziga xos individual psixologik xususiyatlarga ega bo'ladi. Zigmund Freyd shaxsning individual harakatlari uning faoliyatini psixologik tahliliga asos bo'lishi haqidagi g'oyani ilgari surgan. Jak Lakanning "psixoanaliz struktura"sida esa butun asar yaxlit psixologik tuzilma degan qarashlar yetakchilik qiladi. Bundan tashqari Alfred Adler, Karl Yung, Rene Uellek, Ostin Urren kabi olimlar badiiy asar va undagi poetik obrazlar yaratilishida psixologik mexanizmlarning o'rniga alohida e'tibor qilishgan. Olimlarning fikricha, psixologizm «yozuvchi shaxsini tip va betakror individuallik sifatidagi psixologik tahlili ijodiy jarayoni bo'lib, u yoki bu badiiy asarning yaratilish qonuniyatlari va tipologiyasi, nihoyat, adabiyotning o'quvchiga ta'sirini o'rganadi". Demak, badiiy psixologizm uch asosiy yo'nalishda rivojlanuvchi nazariy masalalarning o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, bu masalalarga e'tibor badiiy adabiyotda, xususan, nasrda so'nggi yillarda ancha faollashdi. Buning bir qancha ijtimoiy, badiiy-falsafiy hamda psixologik omillari mavjud.
• Birinchidan, ijtimoiy hayotimizda ro'y bergan qator o'zgarishlar, mustaqil o'zbek jamiyatining shakllanishi, inson omiliga, avvalgidek ulkan mexanizmning bitta vinti deb emas, balki individual sub'ekt, shaxs sifatida qarash kuchaydi.
• Ikkinchidan, badiiy-estetik qarashlarimizda yangi estetik idealni shakllantirishga intilish, dunyoni yangicha ko'rish ehtiyoji paydo bo'ldi.
• Uchinchidan, globallashuv jarayonini boshdan kechirayotgan inson omiliga munosabat masalalari, jahon adabiyotida bo'lgani kabi, o'zbek nasrida ham qator o'zgarishlarning yuzaga kelishiga asos bo'ldi. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, dissertatsiyamizning o'zak muammosi sifatida tadqiq etilayotgan badiiy psixologizm masalasi madaniy-tarixiy, falsafiy-psixologik, badiiy-estetik mohiyat kasb etishi bilan birga, muhim nazariy tushuncha sifatida zamonaviy o'zbek adabiyotshunosligi takomili uchun xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy o'zbek adabiyoti materiallari asosida ayni badiiy hodisaga xos nazariy kriteriylarni umumlashtirish, yangi qirralarini aniqlash zaruratini ko'rsatadi. Zamonaviy adabiyotshunoslik ilmidagi "badiiy psixologizm" tushunchasi bugungi kunda semantik jihatdan yetarlicha aniq emasdek taassurot uyg'otadi. Tadqiqotchilar umumiy va amaliy xarakterdagi ishlarida bu terminni bot-bot qo'llaydilar. Ammo unga xos kriteriylarni belgilashda fikrlar mazmuni ba'zan qarama-qarshi kelib qolgan holatlar ham uchrab turadi. Chunki badiiy psixologizm adabiyotshunoslar diqqat markazida turgan nisbatan murakkab hodisalardan biri hisoblanadi: uning o'ziga xos xususiyatlari va ko'p jihatliligi, bir tomondan, muammoni o'rganish jarayonida ko'pgina fanlarga oid bilimlarni talab etishida (psixologiya, falsafa, estetika, adabiyotshunoslik fanlari sarhadlarini qamrashida) namoyon bo'lsa, boshqa tomondan - adabiyotshunoslikning barcha asosiy muammolari bilan bevosita aloqadorligida ko'rinadi. Mumtoz va zamonaviy adabiyotshunoslikda badiiy ijoddagi psixologizm masalasi ko'p marta ko'tarilgan. Mazkur muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning serobligi va uni ko'p jihatdan (nazariy, adabiy-tarixiy, analitik nuqtai nazarlardan) o'rganish mumkin ekanligigiga qaramasdan, bugungi kunda quyidagilarning yetishmasligi yaqqol sezilib qolmoqda:
- badiiy psixologizmga xos nazariy kriteriylar to'la-to'kis aniqlanmagan;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
- badiiy psixologizm prinsiplarining o'zgarib borishi, har bir davr, adabiy muhit, individual ijodkor asarlarida uning nisbatan farqli ko'rinishlarda namoyon bo'lish tabiati e'tibordan chetda qolib keladi;
- terminologik aniqlik yetishmaydi. Turli tadqiqotlarda bu terminning xilma-xil shakl o'zgarishlariga uchrashi kuzatiladi;
- metodologik jihatdan badiiy psixologizm hodisasiga nisbatan turli tahlil metodlarining umumlashtirilgan kompleks talqin shakli mavjud deya olmaymiz. Demakki, konkret ijodkor, konkret badiiy asar psixologik tahlilini amalga oshirish uchun dastlab ushbu nazariy-metodologik muammolar xususida bir to'xtamga kelib olish zarurati bor. A.B.Esin: "Psixologizm - bu adabiyotning o'ziga xos vositalari ko'magida xayoliy (to'qilgan) shaxs (adabiy personaj) his-tuyg'u, fikr va kechinmalarini yetarlicha to'liq, batafsil va chuqur qilib tasvirlash", degan ta'rifni beradi. L.Ya.Ginzburgning ta'kidlashicha, psixologizm personaj ichki dunyosining ratsional, soddalashtirib tasvirlanishi bilan baqamti emas, balki: "Badiiy psixologizm qahramonning o'zini tutishidagi xayolga ham kelmagan, nogahoniy, tasodifiy qarama-qarshiliklardan boshlanadi". V.V.Kompanyes tomonidan psixologizm tasvir usulidan ko'ra, muallif psixologiyasini badiiy aks ettirish vositasi deb tushuniladi. A.Iezuitov esa adabiyotda psixologizm muammosini o'rganar ekan, mazkur tushunchaning ko'p ma'noli ekanligini qayd etadi. Ularni uchga bo'lib ta'riflaydi:
"1) so'z san'atining tug'ma belgisi, uning uzviy xususiyati, badiiyatining isboti...;
2) badiiy ijod mahsuli, muallif, uning personajlari va yanada kengroq - yozuvchi shaxsiyati va u yaratgan qahramonlar obrazi orqali ochiladigan jamiyat psixologiyasining (sinf, tabaqa, ijtimoiy guruh, davr va h.k.) ifodasi va aksi...;
3) ongli va belgilovchi estetik tamoyil"
Keltirilgan iqtiboslar masalani izohlashdagi xilma-xillikni, adabiyotshunoslikda psixologizm muammosiga yondashuvlar har tomonlama kechayotganini va bu terminning keng va tor ma'nolari borligini ko'rsatadi. Bizningcha, psixologik tahlil bobidagi mahoratni belgilashda mazkur ta'riflardan badiiy asar tabiatidan kelib chiquvchilarigina eng muhimlari hisoblanishga loyiq. Aynan shu xususiyat va kriteriylarni belgilab olish va ularni badiiy psixologizmga xos yangi xossalar bilan boyitish u yoki bu badiiy asar yaratilishining qonuniyatlarini o'rganishda qo'l keladi. Masala mohiyatini uzil-kesil belgilab olishning murakkabligi psixologizmning mazmuniy-shakliy sifatlari bilan izohlanadi. Agar adabiyotshunoslarning aksariyati (A.I.Pavlovskiy, F.M.Xatipov, A.B.Esin) qahramonlar ichki olamini badiiy tasvirlash usulini psixologizm deb hisoblashsa, uning bugungi adabiy-nazariy tushunchalar va asar ko'p qatlamliligi tizimida tutgan o'rnini belgilashga bo'lgan urinishlar yetarli samarani bermaydi. Modomiki, muhokama doirasiga badiiy tasvir va ifoda vositalari (portretlar, psixologik peyzaj va detallar) hamda "predmetlar olami bilan bog'lanmagan, tasviriyligi yaqqol ko'rinib turmaydigan narsalar - personajlar ruhiyatini ifodalash"ham kiradi. Personajlar ruhiyatini ifodalashning o'zini ba'zilar uslubga (A.B.Esin), ayrimlar obrazli mazmunga (I.I.Vinogradov), boshqa birovlari shakliy-mazmuniy sifatga xos xususiyat deya tushunishgani uchun ham bu borada aniq bir to'xtamga kelish murakkablashadi. Shunday qilib, badiiy psixologizmning aniq kriteriylariniyaratishdagi qiyinchiliklar "psixologizm", "psixologik tahlil", psixologik tasvir" tushunchalarining qorishib ketishi psixologizmni badiiy asarning tarkibiy qismi, asliy sifati yoki
darajasi sifatida qat'iy belgilash; psixologizm va ritorik uchburchak (muallif - qahramon -kitobxon) o'rtasidagi o'zaro munosabatni aniqlashdagi noaniqliklar bilan shartlanadi.
Adabiyotshunoslikdagi psixologizm muammosiga bag'ishlangan ishlarni bir-biriga chog'ishtirish: nazariy yondashuvlarda yakdillik yo'qligini; asarlardagi individual-mualliflik psixologizmi masalalari yuzasidan ishlarning serobligini; XIX adabiy psixologizmining eng ko'pishlanganligini; XX asr psixologizmi va uning jahon adabiyotidagi dinamikasiga bag'ishlangan qiyosiy-tarixiy ishlarning mavjud emasligini ko'rsatdi.
Badiiy psixologizmning XIX va XX asrdagi jahon nasri namunalari tadqiqi, ba'zi hollarda ijtimoiy tuzumlar, inqilobiy qarashlar,konservativ ko'rsatmalar asosida shakllangan nazariy kriteriylari zamonaviy o'zbek adabiyoti namunalarida ham muayyan darajada o'z aksini topgan. Xususan, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon va Oybek romanlarida psixologik tasvirning nisbatan an'anaviy - dialogik zidlov, chog'ishtirma, monologik tahlil shakllari, Abdulla Qahhorda adabiy qahramonning botin kolliziyasi, Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovlar nasrida real tarixiy vaziyat va inson botinining mushtarak badiiy tahlili, Murod Muhammad Do'st, Erkin A'zam va Ahmad A'zamlarda shaxs psixologiyasining difonik va polifonik tasvirlari, Nazar Eshonqul, Isajon Sultonlarda esa metaforizatsiyalashtirilgan psixologik tasvir tamoyillari ko'zga tashlanadi. Bularning barchasi zamonaviy o'zbek nasrida badiiy psixologizm tamoyillarining o'zgarib, rivojlanib borganini ko'rsatishi bilan bir qatorda, o'z adabiy muhiti doirasida badiiy psixologizm prinsiplariga sezilarli yangiliklar qo'shganidan dalolat beradi.
1. Имомова Г. Психологик изтироблар: Рух,ият тасвирида диалог ва монолог. - Тошкент.: "Ёзувчи", 1992. 21 б.
2. Йулдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. - Тошкент.: "Фан", 2008. -158 б.
1996. - 152 б.
4. Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. - Тошкент: О^Ье^Ш^ 2008. - 533 б.
5. Мирк;осимова М., Рустамова М. Жанр ва майорат. - Тошкент: Миллий кутубхона, 2007. - 69 б.
6. Мирзаев С. ХХ аср узбек адабиёти. - Тошкент: Янги аср авлоди,2005. - 418 б. 38. Назаров Б. Узбек адабиёти танк;идчилиги. - Тошкент: Фан, 1979. - 284 б.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar:
3. Йулдошев Адабиёт укитишнинг илмий-назарий асослари. - Тошкент: Укитувчи,