Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK – ZABARDAST OLIM, ILM-FAN, MADANIYAT XOMIYSI'

MIRZO ULUG‘BEK – ZABARDAST OLIM, ILM-FAN, MADANIYAT XOMIYSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mulladjanova R.A.

Mirzo Ulug‘bek fanning juda ko‘p sohalari: matematika, astronomiya, musiqashunoslik va tarix ilimlari bo‘yicha zabardast olim, ilm – fan, madaniyat xomiysi sifatida tarixda qoldi. Olimning me’rosi XVII asrdan beri butun dunyo ilmiy jamoatchiligining diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratib kelyapti. Mirzo Ulug‘bek ilmiy me’rosini o‘rganishda sharq va g‘arbda salmoqli asarlar yaratildi: Jon Grivs, Tomas Xayd, Frensis Beyli, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold, YE.Knobl, T.N.Qori Niyoziy, G‘.Jalolov va boshqalar. Biroq, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Jadidi Ko‘ragoniy” asari xususida XV-XVII asrlarda bitilgan juda ko‘p sharhlar deyarli o‘rganilmagan. Olim astranomiya, matematika, musiqashunoslik va tarix ilmlari sohasida qalam tebratgan olim. Uning “Tarix-i arba’ ulus” esa, u yaratgan asarlari orasida alohida o‘rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK – ZABARDAST OLIM, ILM-FAN, MADANIYAT XOMIYSI»

MIRZO ULUG'BEK - ZABARDAST OLIM, ILM-FAN, MADANIYAT XOMIYSI Mulladjanova R.A.

p.f.n., dotsent, Nizomiy nomidagi TDPU. https://doi.org/10.5281/zenodo.11153874

Mirzo Ulug'bek fanning juda ko'p sohalari: matematika, astronomiya, musiqashunoslik va tarix ilimlari bo'yicha zabardast olim, ilm - fan, madaniyat xomiysi sifatida tarixda qoldi. Olimning me'rosi XVII asrdan beri butun dunyo ilmiy jamoatchiligining diqqat-e'tiborini o'ziga qaratib kelyapti.

Mirzo Ulug'bek ilmiy me'rosini o'rganishda sharq va g'arbda salmoqli asarlar yaratildi: Jon Grivs, Tomas Xayd, Frensis Beyli, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold, YE.Knobl, T.N.Qori Niyoziy, G'.Jalolov va boshqalar. Biroq, Mirzo Ulug'bekning "Ziji Jadidi Ko'ragoniy" asari xususida XV-XVII asrlarda bitilgan juda ko'p sharhlar deyarli o'rganilmagan.

Olim astranomiya, matematika, musiqashunoslik va tarix ilmlari sohasida qalam tebratgan olim. Uning "Tarix-i arba' ulus" esa, u yaratgan asarlari orasida alohida o'rin tutadi.

Mazkur asar Mirzo Ulug'bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida 1425 yili yozib tugatilgan. Asar "Ulus-i arba'-yi Chingiziy" ("Chingiziylarning to'ri ulusi") va "Tarix-i arba' ulus" ("To'rt ulus tarixi") nomlari bilan mashxur edi. Asar xaqida negadir polkovnik Mayls "Shajarat ul-atrok" ya'ni, "Turk (xoqon)larining shajarasi" deb ataydi [1, B. 182a]. Ammo mavzuga doir manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, asarda Chingizxonning ulug' ajdodi Buzunjon qoondan va Movorounnahrni XIII-XIV asrlarning I-yarmida idora qilgan Chig'atoyxon avlodi tarixini o'z ichiga olgan qismi "Ulus-i arba'-yi Chingiziy" yoki "Tarix-i arba' ulus" deb ataladi. Faqat Yofas o'g'lon va uning o'g'li Turkxon xamda farzandlari, tatar -mo'g'ul bilan turk tabaqalari "Shajarat ul-atrok" asosida yozilgan. Asar xaqida V.V.Bartold o'zining bir qator ilmiy risolalari "Turkiston mo'g'ul bosqinchiligi davrida", "Ulug'bek va uning davri" kabi asarlarida shunday fikrlarni bildirgan: "Shohruhning o'g'li va taxt vorisi Ulug'bek (1449 yili o'ldirilgan) "To'rt ulus tarixi"ni bitgan. Asar o'z nomiga ko'ra mo'g'ullar imperiyasining to'liq tarixini o'z ichiga oladi. Ulug'bekning bu asari bizgacha yetib kelmagan, lekin ba'zi manbalarda, xususan Xondamirning "Habib -us-siyar" asarida undan olingan parchalar uchraydi. Bu parchalardan ko'rinib turibdiki, mo'g'ullar davlati tarixi muallif Xondamir yashagan davrgacha bayon qilingan. Ammo muallif o'sha podshohliklar haqida to'la ma'lumot bermaydi, aksincha, xonlarning nomlarini qayd etish bilan kifoyalangan xolos" [2, s. 105].

Temuriylar davrining ko'zga ko'ringan tarixchilaridan biri Xondamir (880 (1475) - 941 (1534-35) o'zining "Xulosatul axbor" va "Habib -us-siyar" asarlarini yozishda "Tarix-i arba' ulus" dan keng foydalanganligi shubxasiz. Masalan, "Habib -us-siyar"ning Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Chig'atoy ulusi teppasida turgan avlodi tarixiga bag'ishlangan birinchi juzining to'qqizinchi maqolasi va uchinchi juzining birinchi qismi to'liq "Tarix-i arba' ulus"ga asoslangan.

XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan tarixchilar uchun xam Mirzo Ulug'bekning bu asari birinchi manba bo'lib xizmat qilgan. XVI asrning boshida yozilgan muallifi noma'lum "Tavorix-i guzida, nusratnoma" asari ham "Tarix-i arba' ulus" ga asoslanib yozilgan asarlar jumlasiga kiradi.

Bundan tashqari, XVI asr boshida yozilgan ""Zubdat - ul osor" asarining muallifi turk-mo'g'ul xalqlarining tarixini bayon etar ekan, "Tarix-i xoniy" asaridan foydalandim", - deb aytadi. Bu bilan muallif "Tarix-i arba' ulus" dan foydalanganiga ishora qiladi [3, V 86 a].

"Tarix-i arba' ulus" asarining yaratilishida Mirzo Ulug'bekning shaxsan o'zi ishtirok etganligiga xech bir shubhaga o'rin yo'q. Buni boshqa tarixchilarning asarlari ham tasdiqlaydi. Masalan, XVI asrning mashhur tarixchilaridan yana biri Mirzo Muhammad Haydar (1500-1551) ham Ulug'bekning tarix ilmi sohasida ham samarali va mashaqqatli mehnat qilganligini aytadi. Mirzo Muhammad Haydar o'zining "Tarix-i Rashidiy" asarida shunday degan: "Donishmand podishoh Mirzo Ulug'bek bir tarixiy asar yozdi va unga Ulus-i arba'" deb nom qo'ydi [4, V 85 a].

Tahlil etilgan adabiyotlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, "Tarix-i arba' ulus" tarixchi olimlar jamoasi tarafídan, Mirzo Ulug'bekning bevosita ishtiroki va rahbarligi ostida yozilgan.

Mirzo Ulug'bek "Tarix-i arba' ulus" asarini yozishda bir qator tarixchilarning asarlaridan foydalangan, masalan: mashhur astronom Abu Ma'shar Balxiy (886 y. vafot etgan), yirik olim va sayyoh Rashiduddin Votvot (1088-1182), yirik tarixchi va davlat arboblari Alouddin Otamalik Juvayniy (1226-1283), Rashiduddin Fayzulloh Hamadoniy (taxminan 1247-1318) va boshqalar. Olim tafsir va xadis kitoblaridan xam unumli foydalangan: Nizomiy va Xo'jandiydan olingan she'riy parchalari shular jumlasidandir. Mirzo Ulug'bek mazkur asarini yozishda yana tarix, geografíya, astronomiya kitoblaridan xam foydalangan va buni olimning o'zi e'tirof etadi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Tarix-i arba' ulus"ning nushalari juda kam. Asar bir qancha tarixiy, geografík manbalar asosida yozilgan. Asar yetti bobdan iborat. Asarning eng muhim - uning yettinchi bobidir. Bu bobda Chig'atoy ulusining Chingizxon zamoni (1227 y) dan, to Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 y) gacha bo'lgan tarixi hikoya qilinadi.

Bu bobda e'tiborga molik ma'lumotlar juda ko'p. YA'ni, Chig'atoy ulusi tarixi, 636 (1238) yili Buxoroda bo'lib o'tgan Mahmud Tarobiy rahbarligidagi xalq qo'zg'oloni, Chig'atoy ulusi bilan Elxoniylar davlati o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, Chig'atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotida Barlos amirligining xususan Qorachor no'yon, Ijil no'yon, Alangiz no'yonlarning tutgan o'rni, Duvaxon ( taxminan 690 (1291) - 706 (1306) va Kepekxon (709 (1309), ikkinchi marotaba 718 (1318) - 726 (1326) davrida yurtni obod qilish yo'lida olib borilgan ishlar ya'ni: Balh va Andijon shaharlarning qaytadan tiklanishi, yurtda olib borilgan ma'muriy va moliyaviy islohotlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Tormoshirin (726 (1326) - 734 (1334) ning Xindistonga qilgan yurishi, Chig'atoy ulusining XIV asrning 40-50 yillaridagi siyosiy ahvoli, amir Qozog'onning huruji haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mirzo Ulug'bekning "Tarix-i arba' ulus" asari o'zbek davlatchiligi tarixini o'rganishda nihoyatda muhim manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar:

1. The Shajarat ul-Atrak, or Geneological Tree of the Turks and tatars transl and abrid. By Glonel Milles, London, 1832, b. 182a

2. В.В. Бартольд.Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Соч. т. 1, Москва, 1963, с. 105.

3. "Зубдат - ул осор" Узбекистон ФА Шаркшунослик институти кутубхонасининг кулёзмаси, инв. №608. В 86 а.

4. "Тарих-и Рашидий" Узбекистон ФА Шаркшунослик институти кутубхонасининг кулёзмаси, инв. №1430. В 85 а.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.