Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK HUKMRONLIGI DAVRIDA TIBBIYOT ILMINING TARAQQIYOTI'

MIRZO ULUG‘BEK HUKMRONLIGI DAVRIDA TIBBIYOT ILMINING TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abduraxmonova K.R

Dunyoda eng buyuk davlat bu shubhasiz salomatlik hisoblanadi [1, B. 5]. Shu sababdan ham azaldan ota-bobolarimiz tabobat ilmini rivojlantirishga harakat qilishgan. Tabobat bashariyat madaniyatining muhim bo‘lagi bo‘lib, jamiyat rivoji bilan yonma-yon taraqqiy etadi[2, B. 76]. Insonlar o‘zini, tabiatni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosini tadqiq qilishi natijasida empirik bilimlar vujudga kelib, bu bilimlar kishilar qo‘lida to‘plangan. Aytish mumkinki, tabobat-jamiyatning sog‘liqni saqlashga oid tajribalari asosida bilim, malaka va ko‘nikmaning hosil bo‘lishidir[3, B. 5]. Bu ko‘nikmalarning ilmiy jihatdan isbotlanishi va adabiyotlarning paydo bo‘lishi natijasida tabobat maktablari, tib ilmini o‘rgatuvchi muassasalar vujudga kelgan. O‘rta asrlarga kelib esa ta‘lim olish diniy muassasalar qoshida tashkil qilinishi va o‘qitish chog‘ida tabobatga doir adabiyotlardan keng foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK HUKMRONLIGI DAVRIDA TIBBIYOT ILMINING TARAQQIYOTI»

MIRZO ULUG'BEK HUKMRONLIGI DAVRIDA TIBBIYOT ILMINING TARAQQIYOTI

Abduraxmonova K.R

o'qituvchi,

O 'zbekiston Milliy universitet Tarix fakulteti "Antropologiya va etnologiya " kafedrasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11154479 Dunyoda eng buyuk davlat bu shubhasiz salomatlik hisoblanadi [1, B. 5]. Shu sababdan ham azaldan ota-bobolarimiz tabobat ilmini rivojlantirishga harakat qilishgan. Tabobat bashariyat madaniyatining muhim bo'lagi bo'lib, jamiyat rivoji bilan yonma-yon taraqqiy etadi[2, B. 76]. Insonlar o'zini, tabiatni hayvonot olami va o'simliklar dunyosini tadqiq qilishi natijasida empirik bilimlar vujudga kelib, bu bilimlar kishilar qo'lida to'plangan. Aytish mumkinki, tabobat-jamiyatning sog'liqni saqlashga oid tajribalari asosida bilim, malaka va ko'nikmaning hosil bo'lishidir[3, B. 5]. Bu ko'nikmalarning ilmiy jihatdan isbotlanishi va adabiyotlarning paydo bo'lishi natijasida tabobat maktablari, tib ilmini o'rgatuvchi muassasalar vujudga kelgan. O'rta asrlarga kelib esa ta'lim olish diniy muassasalar qoshida tashkil qilinishi va o'qitish chog'ida tabobatga doir adabiyotlardan keng foydalanilgan.

XIV asrning 60-70-yillarda O'zbekiston hududida markazlashgan Temuriylar hukmronligi davrida ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalar bilan birgalikda boshqa fanlar qatori tabobatning rivojiga ham katta ahamiyat berilgani tarixiy manbalarda o'z aksini topgan. Janglarda yaradorlarni davolash uchun yuzlab tabiblarga bo'lgan ehtiyoj sababli temuriylar davrida barcha shaharlarda bitta masjid, bitta madrasa, bitta karvonsaroy, bitta shifoxona faoliyat olib borgani fikrimizni tasdiqlaydi [4, B. 79]. Temuriylar saltanatida Sharq va G'arb tibbiyoti yutuqlarini o'rganishga sharoit yaratilganligi ham tibbiyotning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur hukmronlik davrlarida saltanatda tabobat ilmiga e'tibor yuqori bo'lgan.

Xalq sog'lig'ini saqlash, bemorlarni davolash, yetim-yesirlar haqida g'amho'rlik qilish sohasida muhim ishlar amalga oshirilgan. Bunday yuksalish ayniqsa, Temurning nabirasi Ulug'bek hukmronlik davrida tez sur'atlar bilan davom etgan. Mirzo Ulug'bek o'z davrida tibbiyot ilmiga qiziqib tabiblarning ilmiy faoliyatini o'rgangan. Bular Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari kitobi" hamda Muiddin Juvayniyning "Nigorston" ("Go'zallik") asarlari hisoblanadi. Olim Bartoldning yozishicha Mirzo Ulug'bek Muiddin Juvayniyning "Nigorston" ("Go'zallik") asarlarini qiziqib o'qigan. "Nigorston" asarida axloq, tibbiyot

masalalari muhokama qilingan, sog'liqni saqlash to'g'risida maslahatlar berilgan. Temuriylar saltanatida sog'liqni saqlash ishlari nazorat qilinadigan "Do rush-shifo" faoliyat yuritgani manbalarda keltirilgan. Tibbiyotdagi tabiblik va davolashning xilma-xil usullari musulmon renessansi davri Mirzo Ulug'bek hukmronligida Mavlono Fayzulloh, Mansur ibn Muhammad, Sadiduddin al-Kozaruniy as-Sadidiy, Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chaqminiy [5, B. 10], Sayid Jurjoniy [6, B. 55.], Mavlono Farrux [7, B. 145.], Nizomiddin Sheroziy [8, B. 243], Mavlono Alauddin Koshiy [9, B. 98] kabi zamonasining mashhur tabiblari yashab o'tganlar.

Yetuk qomusiy olimlardan biri 1404-yilda Samarqandda tug'ilgan Mirzo Ulug'bekning shogirdi Ali Qushchining tabobatga doir "Al-Mo'jaz fi-t-tibb" ("Tabobat haqida qisqacha kitob") nomli asari ham ma'lum. Shuningdek, Mirzo Ulug'bekning shaxsiy tabibi Burhonuddin Nafis ibn Avaz al-Kirmoniy "Sharh ul-asbob va-l-alomot" ("Sabablar va belgilar kitobiga sharh") asari muqaddimasida o'zi asli Kirmon shahridan ekanini, Mirzo Ulug'bek tomonidan chaqirib olinganini bayon qilgan. Burhonuddin Nafis ibn Avaz al-Kirmoniy Ulug'bekni "amirzoda muqis ud-din Ulug'bek Ko'ragon" deb sharaflaydi. "Sharh ul-asbob va-l-alomot"ning O'zR FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanayotgan 2872-nusxasining mundarijasida 458 ta kasalliklar hamda dorilar nomi qayd etilgan. Nafis ibn Avaz al-Kirmoniyning "Dori tayyorlash san'ati" nomli asari ham bo'lgan. Bu kitobda muallif oddiy va murakkab dorilar retseptini tuzish, ularni tayyorlash va ishlatish usullarini bayon etadi [10, B. 98]. Nafis ibn Avaz al-Kirmoniy Ulug'bek madrasasida ham tibbiyot ilmidan dars bergan. Turli sohalarga oid kitoblar yozgan, lekin bizgacha ularning ko'pi yetib kelmagan.

Shuningdek, Mirzo Ulug'bek davrida tabiblar o'rtasida mohir jarrohlardan biri Tojiddin Hakim murakkab operatsiyalarni amalga oshirgan [11, B. 101]. Tojiddin Hakim ko'z kataraktasini operatsiya yo'li bilan davolagan.

Fors tilida yozilgan "Risola dar tashrihi badani inson" ("Inson badanining anatomiyasi haqida risola") nomli asar muallifi Mansur ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf ibn Faqih Ilyos odam anatomiyasi xususida yozilgan ushbu asarni Amir Temurning suyukli nabirasi va valiahdi Pir Muhammad Bahodirga bag'ishlaydi [12, B.5.]. Asar "Tashrih bi-t-tasvir" ("Suvratli anatomiya") yoki "Tashrihi Mansuriy" ("Mansurga atalgan anatomiya") nomlari bilan ham mashhur bo'lib, yillar davomida tibbiyotga oid muhim qo'llanma sifatida madrasalarda foydalanib kelingan.

XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida hoji Zayn ul-Attor, Muhammad Sabzavoriy, Al-Joniy Muhammad al-G'ijduvoniy kabi mashhur hakimlar asarlarida bugun eng davosi qiyin xastaliklarni oson va zararsiz davolash usullari haqida fikr yuritilgan. Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" nomli tarixiy asarida tabiblar hamda davolashda dorivor giyohlardan (qalampirning

shifobaxshligi xususida) foydalanish xususidagi qimmatli ma'lumotlari ham keltiriladi. Mirzo Ulug'bekka tegishli nefrit payola haqida ham malumotlar mavjud bo'lib, nefrit piyolalar zaxarni aniqlashga yordam bergan. Piyolaga zaxarli ichimlik solinsa, nefrit o'z rangini o'zgartirgan. Aynan Mirzo Ulug'bek foydalangan nefrit payola bugungi kunda Buyuk Britaniya muzeyida saqlanadi.

G'arb tibbiyoti kasalliklar sababini tashqi omillar misol uchun, viruslar va mikroorganizmlar, Sharq tibbiyoti esa kasallik manzarasini ichki omillar orqali ko'rib chiqadi (misol uchun, organizm himoya faoliyatining kuchsizlanishi). G'arb tibbiyotining asosiy davolash usuli tashqi omillar ta'siriga barham berish, to'xtatish hisoblansa, Sharq tibbiyotida esa davolash kasalliklarga qarshi organizmning ichki himoya ta'sirini ishlab chiqish va mustahkamlashni nazarda tutadi.

Mirzo Ulug'bek hukmronlik davrida eski shifoxonalar qayta ta'mirlangan, ba'zi shifoxonalar madanli suvlar bo'yida qurilgan. Shifoxonalar atrofida manzarali daraxtlar ekilgan va bog'lar barpo qilingan. Bunday tadbirdan ko'zlangan maqsad shundan iborat ediki, bemorlarni davolashda ekologik toza havo, xushmanzara tabiat terapiyasidan foydalanish kutilgan natijani berishiga ishonch bo'lgan. Shuningdek, toza ichimlik suvi bilan xalqni taminlashga ham katta ahamiyat berilgan. Sababi, Temuriylar davrida yuqumli kasalliklar bo'lgan. Aynan yuqumli kasalliklarni oldini olish uchun tozalikka etibor qaratilgan, hovuz, kanal, ariqlar qazilgan. Gippokrat "Tabiat davolaydi, tabib unga yordam beradi" — degan edi. Bu yerda Gippokrat "tabiat" deganda organizmning o'z tabiatini, uning kasalliklarga qarshi kurashish xususiyatini ko'zda tutgan edi [13, B. 8].

Ulug'bek davrida olimlarga katta hurmat bilan ham qaralgan, hayoti va

faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mashhur tabiblar, jumladan, Muhammad Mazid, Mavlono Baqo, Shohali ibn Sulaymon, Sultonali Samarqandiy va Ubaydulloh Kahhol kabilar faoliyat olib borgan. Shifoxonalarda ishlovchi tabiblarga yuqori maosh to'langan, hukmdorlarning maxsus farmoni bilan ularning maoshi olimlar, munajjimlar, tarixnavis va

muhandislarning maoshiga tenglashtiril-gan.Tabiblar asosan to'rt unsur yer,

suv, havo va olov, ya'ni mijozning ho'l, quruq, issiq va sovuqligini aniqlaganlar. Ular tomirlardagi pulslarning o'nlab turlarini bilgan va shu unsurlar orqali kasalliklarni da'volaganlar. Turli xil dorivorlar va turli haroratli va maxsus tayyorlangan suvlar bilan da'volash Ulug'bek davrda ham keng tarqalgan edi. Dunyoning eng mashhur hammomlarning aksariyati O'rta Osiyoda joylashgan bo'lib, Samarqandda 10 ga yaqin hammomlar mavjud bo'lgan. Sulton Muhammad

madrasasi, Abu Lays, Registondagi Mirzo Ulug'bek hammomlari o'sha davrning eng mashhur inshootlari hisoblangan [14, B. 56]. Bemorlarni empirik tibbiy bilimlar hamda nazariy va amaliy bilimlar orqali davolashgan. O'sha davr tibbiyot fanining rivojini kuzatar ekanmiz, bu jarayonda fan va amaliyot uyg'unligi hamma davrlardan ham kuchliroq bo'lganligini anglab yetamiz.

Xulosa shuki, Temur va uning avlodlari davrida ayniqsa, Mirzo Ulug'bek davrida boshqa sohalar qatori tibbiyot rivojiga katta ahamiyat berilgan.

Saltanatda dorixonalar, shifoxonalar, kutubxonalar qurilib, bemorlarni davolashga

katta ahamiyat berilgan. O'nlab mashhur tabiblar yetishib chiqib, tib ilmi nodir durdonalari yaratilib, bemorlarni davolashda bir qator davolash usullari qo'llanildi. Bugungi kunda tibbiyot rivojida fundamental manba bo'lib kelmoqda.

Adabiyotlar:

1. Хдсаний М. Табобат уммонидан томчилар. Тошкент. УзССР "Медицина" 1989. 5-бет.

2. Эпифанцева А., Эпифанцев А. Народная медицина-культурный слой истории общества// Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. М.2011.-№5.-С.76.

3. Nyiegwen A. Modernity in traditional medicine: Teses and dissertations. -Umea: International school of public health, 2011. - P.5.

4. «Уложение Тимура», Казань, 1894, с. 79.

5. Саховатли инсонлар ва саломатлик посбонлари. - Тошкент: Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006. -Б.10.

6. Уролов А.С. Амир Темур салтанатининг даволовчи муассасалари// Амир Темур ва унинг дунё тарихида тутган урни мавзусидаги халкаро конференция тезислари. -Тошкент, 1996.

7. Медицина. Амир Темур жахрн тарихида.-Тошкент: Шарк, 2001. - Б.

145.

8. Шарофиддин Али Яздий. Зафарнома. - Тошкент: Шарк, 1997. - Б. 243.

9. Кадыров А. А. История медицины Узбекистана. — Т.: Изд-полигр. об-ние им. Ибн Сины, 1994. - Б. 98.

10. Рустамова Х.Е. Стожарова Н.К. Нурмаматова КЧ., Абдурашидова Ш.А. ТИББИЁТ ТАРИХИ. - Тошкент: -2014. -Б.98.

11. Кадыров А. А. История медицины Узбекистана. — Т.: Изд-полигр. об-ние им. Ибн Сины, 1994. - Б.101.

12. Mahmud Hasaniy, tarix fanlari doktori / "Hurriyat" gazetasi. -T.2009.

13. Qodirov A.A. Tibbiyot tarixi: darslik. Т.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2005. — S b.

14. Уролов A.Aмир Темур салтанатининг даъволовчи муассасалари... -Б.

56.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.