Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND ADABIY MUHITI (Sulton Ulug‘bek Mirzo saroyi adabiy majlislari misolida)'

TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND ADABIY MUHITI (Sulton Ulug‘bek Mirzo saroyi adabiy majlislari misolida) Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Qorayev Sh.M.

Jahon adabiyotshunosligida muayyan millat ma’naviy merosiga, ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan adabiy jarayonlarni o‘rganish adabiyotshunoslikning adabiy-estetik kategoriyasi sifatida o‘ziga xos ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. Binobarin, adabiy jarayonlar, badiiy asarlar tahlili, turli metodlar asosida matnning talqin tamoyillarini o‘rganish va ilmiy-estetik tafakkurni shakllantirgan asoslarni belgilash adabiyotshunoslik rivoji va takomiliga zamin yaratadi. Yangi O‘zbekiston adabiyotshunosligida adabiy jarayonlar, adabiy muhitlar, saroy adabiyoti vakillari merosini tadqiq etish yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar fan tarixi asosida uning nazariyasi taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Binobarin, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan bir davrda o‘zbek adabiyoti tarixida saroy adabiyoti va adabiy majlislarining tutgan o‘rnini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND ADABIY MUHITI (Sulton Ulug‘bek Mirzo saroyi adabiy majlislari misolida)»

TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND ADABIY MUHITI (Sulton Ulug'bek Mirzo saroyi adabiy majlislari misolida)

Qorayev Sh.M.

f.f.d., dotsent.

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11147542 Jahon adabiyotshunosligida muayyan millat ma'naviy merosiga, ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan adabiy jarayonlarni o'rganish adabiyotshunoslikning adabiy-estetik kategoriyasi sifatida o'ziga xos ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. Binobarin, adabiy jarayonlar, badiiy asarlar tahlili, turli metodlar asosida matnning talqin tamoyillarini o'rganish va ilmiy-estetik tafakkurni shakllantirgan asoslarni belgilash adabiyotshunoslik rivoji va takomiliga zamin yaratadi.

Yangi O'zbekiston adabiyotshunosligida adabiy jarayonlar, adabiy muhitlar, saroy adabiyoti vakillari merosini tadqiq etish yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar fan tarixi asosida uning nazariyasi taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiladi. Binobarin, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan bir davrda o'zbek adabiyoti tarixida saroy adabiyoti va adabiy majlislarining tutgan o'rnini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek (1394-1449) hukmronlik qilgn 1409-yildan 1449-yillarda Movarounnahr poytaxti Samarqandda fan, madaniyat va adabiyot gullab yashnagan. Bir so'z bilan aytganda, bu zamonda o'lkamizda Ikkinchi Renessans davri kuzatilgan. G'iyosiddin Xondamirning yozishicha, "oliy martabali podshoh Mirzo Ulug'bek ilmu fazilati ko 'pligi tufayli hazrat Sohibqiron Amir Temurning aziz avlodlari ichida to'la ustunlikka ega edi va hamisha oliy himmatini olimlar vafozillar tarbiyasi va rioyasi uchun qaratardi. Davlati zamonida ul toifadan ko'pchiligi Samarqand shahrida yig'ilgan va bu podshohning davlatu iqboli soyasida g 'oyatda farog 'at va to'kin-sochinlikda hayot kechirgan edilar [1, -B. 520]". Shuningdek, mumtoz adabiyotni rivojlangani haqida ham Abduqodir Hayitmetov "Temuriylar davri o'zbek adabiyoti" kitobida shunday yozgan: "Movarounnahrda ham bu yillarda o 'zbek tilidagi adabiyot o 'z rivojida yangi pog 'onaga ko 'tarildi. Adabiy jarayonda o 'zbek va forsiyzabon shoirlar barobar huquqqa ega bo'lib, turkiy she'r xaridorlari qancha ko'p bo'lsa, forsiy she'r talabgorlari ham ulardan kam emas edi. Adabiy muhitni bevosita Ulug 'bekning o 'zi boshqarar, Samarqandda o 'sha davrning eng yaxshi shoirlari jam' bo 'lgan edilar [2, -B.8]".

Temurxon naslidin Sulton Ulug'bek, Ki olam ko 'rmadi sulton aningdek.

Aning abnoyi jinsi bo 'ldi barbod,

Ki davr ahli biridin aylamas yod.

Va lek ul ilm sori topti chun dast,

Ko 'zi oldinda bo'ldi osmon past.

Rasadkim bog'lamish - zebi jahondur,

Jahon ichra yana bir osmondur.

Bilib bu nav' ilmi osmoniy

Ki, andin yozdi "Ziji Ko 'ragoniy".

Qiyomatg'a degincha ahli ayyom,

Yozarlar oningsh ahkomidin ahkom [3, B. 230].

Temuriylar an'anasiga muvofiq, Ulug'bek Mirzo saroyida ham o'z davrining mashhur shoirlari ishtirokida adabiy majlislar o'tkazilgan. Navoiy "Majolis un-nafois"da Ulug'bek Mirzoning she'riyatga moyilligi haqida yozgan: "Donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag 'oyat ko 'p erdi. Yetti qiroat bila Qur 'oni majid yodida erdi. Hay'at va riyoziyni xo'b bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog'ladi va holo aning ziji oroda shoe'dur. Bovujudi bu kamolot goho nazmg 'a mayl qilur erdi [3, -B.413]" va quyidagi bayt Mirzo Ulug'bekka nisbat berilgan. Harchand mulki husn ba zeri nigini tust, Sho 'xy makun ki chashmi badon dar kamini tust.

(Mazmuni: Go'zallik mulki qo'l ostingda bo'lsada, sho'xlik qilmag'ilki, yomonlarning ko 'zi seni kuzatmoqdalar).

Navoiy fikrlariga asoslanib, Mirzo Ulug'bekning she'riyatga bo'lgan moyilligi hamda ixlosmandligi va temuriy mirzolar o'rtasida shakllangan an'ana uning huzurida doimiy ravishda she'rxonlik kechalarini tashkil etilishiga asosiy sabab bo'lgan, deyish mumkin: "Ulug'bekyuksakmadaniyatli kishi bo'lgan. Uo'z tili va turkiy (chig'atoy, eski o'zbek) tilidan tashqari, arab va fors tillarini yaxshi bilgan. U she'rlar ham yozib turgan. Afsuski, bu she'rlarning matnlari so 'nggi davrlargacha noma'lum bo'lib qolayotir. Faqatgina birgina davrimizga yaqin zamonda yashagan shoir uning she'rlaridan namuna keltiradi.

Shunisi diqqatga sazovorki, Ulug'bekning buyuk zamondoshlari adiblar Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy Mirzoning shoirlik mahoratini yuqori baholaganlar [4, -B.54]". Abduqodir Hayitmetov ham "Temuriylar davri o'zbek adabiyoti" asarida Ulug'bekning she'r yozganligi, nazmni tushunganligi va shoirlarni o'ziga yaqin tutganligi haqida boshqa adabiyotshunoslar fikriga uyg'un holda jumladan shunday degan: "Ulug'bekning o'zi ham she'rlar yozar, shoirlarga o 'zini yaqin tutar, uning she'r haqidagi tushunchalari nihoyatda yuqori bo 'lganini Sakkokiy o'z qasidalarining birida alohida ta'kidlab o'tgan. Ulug'bek Movarounnahrdagi shoirlar bilangina emas, Xurosondagi forsiyzabon va

turkiyzabon ijodkorlar bilan ham do 'stona munosabatda bo 'lgan. Masalan, Ulug 'bek Mavlono Lutfiy she'rlarini XV asrning g 'oyatda mashhur shoiri Salmon Sovajiy she'rlari bilan teng ko'rgan [2, B.8]." Ulug'bekxon bilur Lutfiy kamolin, Ki rangin she'ri Salmondin qolishmas [5, B 106].

Vohid Zohidovning "Ulug' shok ijodining qalbi" kitobida ham Ulug'bek sarayidagi ana shunday adabiy muhit qalamga olingan: "Temurning o 'g'li Shohrux o'zining yosh o'g'li Ulug'bekni Samarqandning, 1411 yilda esa butun Movarounnahrning hokimi qilib tayinlaydi. Ulug'bek ilm, adabiyotga qiziqadi, ularni chuqur egallaydi, o 'zining poytaxtini bezashga harakat qiladi. Ko 'p go 'zal, muhtasham binolar soldiradi, ba'ziyerlardan atoqli olimlarni keltiradi, olimlarga, shoirlarga hurmat bilan munosabatda bo 'ladi.

Hattoki ba 'zan ota (Shohrux) bilan o 'g'il o 'rtasida ba 'zi olimlarni, shoirlarni o'ziga olish ustida janjallar ham bo'lar edi. U (Ulug'bek) o'zi solgan muhtasham binolarda, madrasa hujralarida, o 'zining saroyida olimlarga, shoirlarga (Kamol Badaxshiy va h.k.) joy berardi.

Ulug'bek she'r yozish bilan mashg'ul bo'lsada, adabiyotni sevsada, lekin asosan, aniq fanlarni (astronomiya, matematika va h.k.) atroflicha egallaydi, zamonining mashhur astronomlaridan ko 'plarini o 'z qo 'lida saqlaydi, ularga juda katta ham shohona, ham olimona iltifot va muhabbat ko 'rsatadi [6, B.44-45]. "

Ulug'bek sarayi shoiriaridan Mavlono Badaxshiy Ulug'bek Miïzo zamonidagi fozil va mashhm- yod^da^an biri bo'lganki, "(Badaxshiyga) Mirzo(Ulug 'bek)ning dag 'i ko 'p iltifoti bor ermish [3, B.302] ",-deb yozadi Navoiy "Majolis un-nafois"da. Mavlono Badaxshiy "Fozil kishilar jumlasidandir, Samarqand shahrida, Ulug 'bek ko 'ragon zamonida so 'zamollikda oliy martabaga erishdi va o 'sha zamon shoirlariningyetakchisi bo'ldi. Nomi zikr etilgan sulton (Ulug'bek) va shul zamon akobirlari uning so'zamolligiga tan bermishlar. Mavlono Badaxshiyning ham mazkurpodshoh (Ulug'bekMirzo) madhida aytganpokiza qasidalari bor.

Mavlonoyi muazzam Aloiddin Shoshiykim, ilmi hikmat(falsafa)da zamonasining yaktosi erdi, mashoyixdan xoja Hasan Attor. va shuarodan xoja Ismatullo Buxoriy birlan Kamol Badaxshiy Mirzo Ulug 'bekning sharofatli zamonida maydonga chiqqan olimlar, tariqat mashoyixlari va shuaro jumlasidandir [7, B.15]." Davlatshoh Sama^andiyning "Tazkirat ush-shuaro"siga asoslanib, Ulug'bek Miïzo sarayi majlislarida ishtirok etgan shori^ jumlasiga Mavlono Bisotiy Sama^andiy, Mavlono Xayoliy Buxoriy, Mavlono Burnnduq, Xoja Rustam Xaiyoniy va Tohiï Abivaráiylami ham kiritish mumkin. Tarixchi Xondamiming yozishicha, "Xoja Abdulmo 'min Mirzo Ulug 'bek majlisining xos nadimi va maxsus bazmining ulfati edi. Ta'bi latif va zehni o'tkirligi tufayli Samarqandning zarif va

fozil kishilaridan ustun va tengsiz edi [1, B.527]." Bo'riboy Ahmedov ham "Tarixdan saboqlar" kitobida Ulug'bekning saroyida ko'plab olimlar va shoirlar yashab ijod etganiga to'xtalgan: "Mirzo Ulug'bekning saroyi madaniyat va ilmu tafakkurning haqiqiy markaziga aylanib, bu yerda o 'nlab olimlar, shoirlar osudalik bilan hayot kechirganlar va ijod qilganlar. Yirik matematik va astronomlar Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Mavlono Mu'iniddin Koshoniy va Ali Qushchi, yetuk mudarrislar Said Imomiddin va Mavlono Muhammad Xavofiy, mashhur sharhchi va tibb olimi Burhoniddin Nafis ibn Avaz Kirmoniy, zabardast shoirlar Xiyoliy, Ismatullo Buxoriy, Kamol Badaxshiy va yirik adabiyotshunos hamda tilshunos, mohir pedagog xoja Fazlulloh Abullaysiy shular jumlasidandir. Ulug'bek saroyda va harbiy yurishlar vaqtida ham olimlar va shoirlar bilan mushoiralar va munozaralar o 'tkazgan va o 'zi ham unda faol ishtirok etgan [8, B.121] ".

Saroy shoirlaridan yana biri Mavlono Xayoliydir. Tarixchi Xondamir "Habib us-siyar"dagi "Mirzo Ulug'bek Go'ragon zamonasi fozillari zikrida" bobida yozishicha, "Mavlono Xayoliy Buxoriy saroy shoirlari qatoridan o 'rin olgan bo 'lib, Xoja Ismatullohga nisbatan shogirdlik yo 'lini tutgan. Uning she'rlaridan esimda qolgan ushbu ikki bayt yozilib, diqqatingizga havola etilmoqda: Ey ishqing o 'qiga oshiq dil nishon, Xalq seni g'amingda, sen esa pinhon. Qo 'nalg 'am goho dayr, goh masjid makon, Uyma-uy izlayman seni har qachon [1, B.128]".

Samarqand taxtiga Ulug'bek kelgach, Xalil Sulton saroyi shoiri Xoja Ismatullo saroy xizmatini tark etadi: "Nomizikretilgansulton (Ulug'bek) undanshe'raytishni yolvorib so'radi. (Shuning uchun) zaruratdan ul hazrat (Ulug'bek) madhida bir necha qasida yozdi. Oxiri she'r yozmay qo'ydi. (Shunday bo'lsa ham) uning sharofatli majlisi shoirlar tilagi va fozillar to 'planadigan joy bo 'lib qoldi. Mavlono Bisotiy Samarqandiy, Mavlono Xayoliy Buxoriy, Mavlono Burunduq Buxoriy, Xoja Rustam Xuryoniy va Tohir Abivardiy Xoja Ismat bilan suhbatdoshu asrdosh akobir va shoirlar jumlasidandir. Xoja Ismatning vafoti Ulug 'bekKo 'ragon zamonida 1436 (829 hijriy) yili sodir bo 'lgan [9, B.148] ". Biroq ayrim tarixchilar aksincha Ismat Buxoriy Ulug'bek Mirzoning ham saroy shoiri bo'lganligi va unga aruzni o'rgatganligi to'g'risida ma'lumot bergan [10, B.73]. Ismat Buxoriyning Ulug'bekka bag'ishlangan "Dar borai Ulug'bek" qasidasidan quyidagi satrlarni keltirish mumkin:

Ulug'beksultone, ki az haybati boisash,

Zaru boh amin cho 'yad, ba har shabihi sheru nar.

Chu Suqrotu Buqrot, base chovushu darbon,

Chu Xurshedu Jamshidat, base bandavu chokar.

Zi bahsi tu dar hay'at Arastu shud mulzam,

Zi nutqi tu dar hikmat shud bo' Ali mahzar [11, B.92].

(Mazmuni: Ulug'bek shunday sultondirkim, uning haybatidan barcha nafs qullari erkak sherdan qo 'rqqani kabi omonlik tilaydilar. U Suqrot va Buqrot kabi hikmat eshiklarini ochuvchi, uning eshigida Xurshid va Jamshiddek buyuk shohlar ham banda va askar bo 'lishga yaraydi. Uning hay'atidan Arastu mulzam bo 'ldi. Uning hikmatli nutqidan Ibn Sino mahzar bo 'ldi.)

Xoja Ismat Buxoriy devonidagi qasidalardan 13 tasi Mirzo Ulug'bekka bag'ishlangan.

Samarqand adabiy muhiti namoyandasi Mavlono Sakkokiy va boshqa saroy shoirlari Ulug'bek Mirzo majlislarida doimiy qatnashishgan va o'z she'rlarini ushbu yig'inlarda o'qishgan. Sakkokiyning Ulug'bek majlislari qalamga olingan quyidagi baytlari bunga yaqqol misoldir:

Yoxud gul vuslalarindin tikib bir xil'ati zebo, Bu majlista keturmakka tilodim asli voloni... Erur ul Shah Ulug'bekkim, hamesha tig'i adlindin, Qilur din ishini ravshan, Bihishti soni(y) dunyoni. Ayo shoho, hunarparvar, hunarning qadrin ortturding, Muhassan qildi altofing bukun she'rimg'a she'roni. Falak yillar kerak sayr etsayu keltursa ilkingga, Meningtek shoiru turkiyu saningtek shohi dononi. Bo'lur erdi Ali Og'o bu Sakkokiy havodori, Eshitsa erdi ul bu kun muningtek she'ri g'arroni. Hamisha majlising bo'lsun, behishtu guluston rashki, Nisor etsun qadumungda falak lu-lu loloni[7, B.194].

Ergash Ochilov "Barhayot siymolar" kitobida saroy shoiri Sakkokiy haqida jumladan shunday yozgan: "Buyuk munajjim va yirik davlat arbobi bo 'lgan Mirzo Ulug'bek o 'zi olim podshohgina bo 'lib qolmay, ilmu fan, adabiyot va san 'at ahliga g 'amxo 'rlik qilib, moddiy va ma 'naviy jihatdan ularni hamisha qo 'llab-quvvatlab kelgan. Sakkokiy ijodi ayni shu davrda (1409 - 1449) gullab - yashnaganini e'tiborda tutsak, shoirning ham ma 'rifatparvar podshoh homiyligidan bahramand bo'lganiga ishonch hosil qilamiz. Uning Ulug'bekka bag'ishlab qasidalar yozgani ham buning isbotidir.

Ulug'bek saroyida ko'pgina olim va shoirlar to'plangan bo'lib, Sakkokiy ularning peshqadamlaridan edi. Sakkokiy Mirzo Ulug'bekka bag'ishlab, 5 ta qasida yozgan [12, B.282]. Adabiyotshunos Q.Munirov shoirni o'zbek qasidachiligining otasi deb atagan: "Sakkokiyning qasidachilik borasidagi mahoratini nazarda

tutadigan bo'lsak, shak-shubhasiz, uni o'zbek qasidachiligining asoschisi desak yanglishmaymiz. U ulug' shoir Lutfiy bilan bellasha oladigan shoir darajasida bo'lgan [13, B.210]" Albatta bu ikki buyuk o'zbek shoirining yuksak she'riy mahorati va iste'dodi haqida Alisher Navoiy "Xutbai davovin" asarida shunday jumlalarni keltirib o'tgan: "Uyg'ur iborati fusaxosindin va turkiy alfozining bulag'osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag'oyat va birining latif g'azaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud bo'lgay [14, B.458]" Bundan ko'rinadiki, temuriylar saroyi shoiri Sakkokiyning go'zal qasidalari va betakror g'azallari nafaqat Samarqand adabiy muhitida, balki butun Movarounnahrda mashhur bo'lgan. Sakkokiy Mirzo Ulug'bek she'riyat kechalarida doimo xizmatda qilib, uni o'z she'rlarida madh etgan hamda sultonga bag'ishlangan qasidalari bunday yig'ilishlarda o'qilgan:

Siyosat yuritib Shoho, aningtekfitnani bosding, Yo 'q, ul imkonikim, qo 'ysa qiyomatga tekin aslo. Qachon qahringga uchrosa bo 'lur dushman yeri do 'zax, Vale do 'stlar bila bazming erur doim bihisht oro. Shahanshoho! Falakdurkim, saningdek shoh davrida Muningtek ko 'p jafo qilg 'ay maningtek xasta jonig 'o. Holo, Sakkokiy, mehnatdin malul bo 'lma, oxir bir kun, G 'ariblar holini so 'rg 'ay "Mug 'is ud-dinu vad-dunyo ". Falakqadro! Maning xudyo'q hunardo fazlim, asrosang, Valekin piri ojizman mani Tangri uchun asro. Adu maqhur, oting mashhur, ishing aysh, eshiking nusrat, Ne turlikkim, muroding bor, muhassil bo'libon borcho[15, B.260]. Sakkokiy qasidalarida Mirzo Ulug'bek adabiy bazmlarini - she'riy majlislarini zikr etganini ko'rish mumkin. Albatta bunday she'riyat kechalari Sakkokiy singari shoirlarning kamolotiga, mamlakat bo'ylab ovozi taralishiga, tanilishiga xizmat qilgan.

Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"da Mavlono Muhammad Olim she'ridan parcha keltirar ekan, uning "Samarqand ulamosidin Ulug'bek Mirzo bila hamsabaq va musohib erdi. Ammo bag'oyat daler va sho'xta 'b va xiyra kishi erdi [3, B.298]," deb aytib o'tgan. Navoiyning qaydlaridan Muhammad Olimning adabiy majlislarda qatnashganini anglash mumkin.

Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro"sida Mirzo Ulug'bek adabiy majlislarining mazmun-mohiyati to'g'risida shunday yozilgan: "Ulamoyu fuzalo Sayfiddin Isfarangiy devonini Ulug'bek ko'ragon majlislarida o'qir, uning so 'zlarini Asiriddin Axsikatiy so 'zlaridan ortiq ko 'rar edilar[9, B.60]." Tarixiy va

adabiy manbalarga asoslansak, Boysunqur Mirzo Dehlaviyning, Ulug'bek esa Nizomiyning "Xamsa"sini xush ko'rgan: "Shu da'vo tufayli har ikki podshoh o'rtasida ko'p tortishuvlar bo'lib, har birlari bir shoirga hamiyat ko'rguzur erdilar"[9, B.60-61]." Ana shu e'tirofdan kelib chiqsak, Ulug'bekning she'riyat kechalarida Nizomiy "Xamsa"si va she'rlari o'qilgan hamda bu borada bahs-munozara^ olib borilgan.

Naql qilinishicha, Ulug'bek adabiy yig'inlari nadimi (suhbatdoshi) "Said Imod Xubonziy fozil va xushta'b kishi erdi. U mana bu voqeani hikoya qilgan: "Mirzo Ulug'bekning majlislaridan birida Firdavsiyning "Shohnoma"si o'qildi. Mirzo undagi ba'zi she'rlarning ma'nosini (echishni) ahli majlisga havola qildi. Movarounnahrlik bir kishi "Shohnoma"ni mirzoga, uning yaqinlari va mahramlariga xush kelmaydigan bir ohangda o'qidi. Mirzo taajjublandilar va men (Xubonziy)ga murojaat qilib, "Ushbu so'z aslida qaerdin chiqqan?",deb so'radilar. "Xurosondin chiqqan", - deb javob qildim , movarounnahrliklar mening ziddimni olib, "Ha, xurosonliklar o'z majlislarida (bu lafzni) shunday talaffuz qiladilar", - dedilar Men so'zimni davom etib, "Xurosonda biron she'rni yoki boshqa narsani o'qiganlarida buzib o'qiydilar, masalan, "zafar askan"("zafar maskani") "so'zini zafarboz" ("zafar o'yini") deb o'qiydilar"- dedim. Mirzo javobimdan mamnun bo'ldilar va kaminaga xos choponlarni in'om qilib, "minba'd mening huzurimda "Shohnoma" bunaqa buzib o'qilmasin!" -deb amr qildilar [7, B.225]."

"Fununul-balog'a" asari muallifi Shayx Ahmad Taroziy ham Mirzo Ulug'bek zamonida yashab, ijod etgan. Shayx Ahmad Taraziy haqida adabiyotshunos Abduqodiï Hayitmetov shunday yozgan: "Shayx Ahmad asarni ("Fununul-balog 'a "ni) yozishga jasorat bilan kirishar ekan, tadqiqotni o 'z davrining shohi va allomasi Ulug'bekka bag'ishlashga qaror qiladi va uni "saltanat daryosining gavhari va ma'dalat konining javhari, saxovat boronining abri va shijoat beshasining babri, farosat sipehrining mohi, kayosat mulkining shohi, shahanshohi a 'zami shahriyori a 'lam, sohib ussayful qalam, ma 'dani lutfi karam, moliki riqobi umam, farmondehi turk, arab va ajam, mag'isiddin vad-davron Amir Ulug'bek Ko 'ragon ",-deb ta 'rif va tavsif qiladi "[2, B. 24]". Shahriyori zamona, faxri mulk, Sohibi minnat, charxu chor arkon. Shohi odil, Ulug'bek - ulkim erur -Dodxoh eshikinda No 'shirvon. Podshohiki xidmatinda kamar, Bog 'ladi Royu, Qaysaru, hoqon. Shahriyoriki, dodu adli bila, Adlidin yer yuzi erur yakson.

Qon bo 'lur charx bag'ri sahmindin -

Razm holinda olsa el(al)ga kamon.

Xusravo, nogoh olsa el(al)ga sino,

El(al)ga zarrin sipar tutar Kayvon [16, B.23].

Mazkur risolada bizga nomlari noma'lum bo'lib kelgan ko'plab samarqandlik shoirlarning she'rlaridan misollar mavjud. Jumladan unda Qutbiddin Saroyi ijodidan quyidagi misol keltirilgan:

Yiporyanglig' sochinkim tunyarodi,

Yorug 'luq jumla olamdin yarodi.

Hazimat bo 'ldi ersa Rum shohi,

Xabar angladi Hindiston sipohi.

To 'lub hindu cheriki ko 'kka, yerga,

Tuzub bu gunbadi hazroda nerga [16, B.2].

Asarda Samarqand adabiy muhiti namoyandalari Jaloliy, Shams Qisoriy, Abu Siyoqa, Mavlono Sharif, Hotifiy, Xoja Aqcha Kindiy, Bu Nasaq kabi o'zbek shoirlari ijodidan ham baytlar keltirilgan. "Funun ul-balog'a"da forsiy tilda asar yozgan va nomlari bizga ma'lum bo'lgan klassik shoirlardan tashqari Imom Ziyovuddin Forsiy, Jalol Samarqandiy, Xayoliy, Umid Kamoliy, Mavlono Sayfîddin, Xoja Hasan Muhammad, Muhammad Ganjaviy, Shayx Nosir, Azmiy, Muhammad Asil, Xoja Tohiriddin, Tohir Sanjariy, G'avvos Gunbadiy, Mujiriddin Boylaqoniy, Shaydo, Urboniy, Gulshaniy kabi o'nlab yangi ijodkorlarga duch kelamizki, bu adabiyot tarixchilari oldiga ularni o'rganish bo'yicha yangi masalalarni qo'yadi [2, B.9].

Umuman olganda, adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov "Temuriylar davri o'zbek adabiyoti" kitobida yozganidek, Taroziyning "Funun ul-balog'a" asari shu davr (Ulug'bek davri) o'zbek adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o'rganishga qimmatli materiallar berishi shubhasiz [2, B.9].

Muxtasar qilib aytganda, Mirzo Ulug'bekning adabiy majlislari o'z davrida ilmu-fan va adabiyotni gullab yashnashiga olib kelgan. Temuriylar davri renessansi nomini olgan bu davr yuzlab olimlar, tariqat peshvolari, buyuk so'z san'atkorlarining o'nib, o'sishiga va voyaga yetib, kamolot kasb etishiga zamin yaratgan.

Adabiyotlar:

1.G'iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar. T.: O'zbekiston, 2013.

2.Hayitmetov A. Temuriylar davri o'zbek adabiyoti. T.: Fan, 1996.

3.Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. To'qqizinchi jild. T.: G'.G'ulom nomidagi NMIU, 2012.

4.Temur va Ulug'bek davri tarixi. (Bosh muharrir Ahmadali Asqarov) T.:Qomuslar bosh tahririyati - 1996.

5.Lutfiy. Sensan sevarim. T.. G'.G'ulom nomidagi ASN, 1987.

6.Zohidov V. Ulug' shoir ijodining qalbi. T.: 0'zbekiston-1970.

7.Amir Temur va Ulug'bek zamondoshlari xotirasida.T.: O'qituvchi, 1996.

8. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T.: O'qituvchi, 1994.

9.Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo'stoni. ("Tazkirat ush-shuaro"dan). T.: G'.G'ulom nomidagi ASN, 1981.

10.Herman Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. T.: G'.G'ulom nomidagi ASN, 1990.

11.Xoja Ismat Buxoriy. Devon. Nashrga tayyorlovchi: Ahmad Karamiy. Ishkon. Tehron.2010.

12.Ochilov E. Barhayot siymolar. T.: O'zbekiston , 2012.

13. Ma'naviyat yulduzlari. (Muharrir F.Hasanov). T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2011.

14.Alisher Navoiy. Asarlar. To'rtinchi tom. T.: Toshkent BAN, 1965. 15.Sakkokiy. Mavlono Sakkokiy devoni. (Nashrga tayyorlovchi:

M.Hasanova). T.: Mumtoz so'z, 2017.

16.Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog'a. T.: Xazina,1996.

17. Qorayev Sh. Navoiy adabiy majlislari. Qarshi, "Qashqadaryo ko'zgusi OAV", 2019.-B.144.

18. Qorayev Sh. Navoiy majlislari. T.: "Lesson - Press", 2020.-B.324.

19. Qorayev Sh. Navoiy majlislari. Qayta to'ldirilgan nashr. T.: "Lesson -Press", 2021.-B.312.

20. Qorayev Sh. Temuriylar davri adabiy majlislari (Alisher Navoiy qarashlari asosida). Monografiya. T.: Donishmand ziyosi, 2021.-B.272.

21. Qorayev Sh. Temuriy shoirlar tazkirasi. Qarshi, Intellekt, 2023.-B.172.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.