Научная статья на тему 'SAKKOKIY DEVONI ADABIY MANBA SIFATIDA'

SAKKOKIY DEVONI ADABIY MANBA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
642
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turkiy shoir / qasida janriga / Xutbai davovin / Iroq va Xuroson / Ulugʻbekka / Xalil Sulton / Xoja Muhammad Porso / Arslon Xoja Tarxonlar / ilm-fan / adabiyot / san’at va madaniyat. / turkic poet / qasida genre / Khutbay Davin / Iraq and Khorasan / Ulugbekka / Khalil Sultan / Khoja Muhammad Porso / Arslan Khoja Tarkhanlar / science / literature / art and culture.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. Yaxshimurotova

Mazkur maqolada o'z davri sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri bo’lgan Sakkokiy haqida so’z boradi. U mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida naqadar mashhur shaxs ekanligini yoritgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SAKKOKIY’S DIVANS AS A LITERARY SOURCE

This article tells about Saccochi, one of the talented representatives of the poetry of his time. He explained how famous he is as a ghazal poet and qasidanavis poet in the development of classical literature.

Текст научной работы на тему «SAKKOKIY DEVONI ADABIY MANBA SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SAKKOKIY DEVONI ADABIY MANBA SIFATIDA Yaxshimurotova Zarnigor Yashin qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7093669

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'z davri she'riyatining iste'dodli vakillaridan biri bo'lgan Sakkokiy haqida so'z boradi. U mumtoz adabiyot taraqqiyotida g'azalgo'y va qasidanavis shoir sifatida naqadar mashhur shaxs ekanligini yoritgan.

Kalit so 'zlar: turkiy shoir, qasida janriga, Xutbai davovin, Iroq va Xuroson, Ulug'bekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar, ilm-fan, adabiyot, san'at va madaniyat.

ДИВАН САККОКИ В КАЧЕСТВЕ ЛИТЕРАТУРНОГО ИСТОЧНИКА

Аннотация. В данной статье рассказывается о Саккоки, одном из талантливых представителей поэзии своего времени. Он объяснил, насколько он известен как поэт-газель и поэт-касиданавис в развитии классической литературы.

Ключевые слова: тюркский поэт, жанр касыда, Хутбай Давин, Ирак и Хорасан, Улугбекка, Халил Султан, Ходжа Мухаммад Порсо, Арслан Ходжа Тарханлар, наука, литература, искусство и культура.

SAKKOKIY'S DIVANS AS A LITERARY SOURCE

Abstract. This article tells about Saccochi, one of the talented representatives of the poetry of his time. He explained how famous he is as a ghazal poet and qasidanavis poet in the development of classical literature.

Keywords: turkic poet, qasida genre, Khutbay Davin, Iraq and Khorasan, Ulugbekka, Khalil Sultan, Khoja Muhammad Porso, Arslan Khoja Tarkhanlar, science, literature, art and culture.

KIRISH

Bizgacha ma'lum bo'lishicha Sakkokiy Movarounnahrda tug'ilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulug'bek saroyida o'tkazgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: „Turkiy alfozining bulag'osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, binning shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag'oyat va binning latif g'azaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur" („Xutbai davovin"). Sakkokiy xalqining boy og'zaki ijodini, salaflari asarlarini puxta o'rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko'p ish qilgan.

Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat go'zalliklarini tasvirlagan. G'azallarida ma'no va shakl birligini saqlab, so'z o'yinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik g'oyalari ilgari surilgan. Bunday g'oyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon bo'lgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sakkokiy o'zbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulug'bekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar va boshqalar) yozgan va zamonasining ulug' shaxslarini madh etgan. Qasidalaridan birida Ulug'bekni xalqning mehribon hukmdori, ma'rifatparvar va buyuk olim sifatida ulug'laydi. Shunday ma'rifatparvar podshoh bilan zamondosh bo'lganidan faxrlanadi va: Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi, degan misralarini yozgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta ta'sir ko'rsatgan; o'zbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Sakkokiy g'azallarining o'ziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir g'azallarining asosiy qahramoni oshiq, mag'shuqa va raqib timsollari. Shoir g'azallari va qasidalari devon qilib to'plangan bo'lsada, to'liq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Sakkokiy devoni Londonda, Britaniya muzeyida va O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 7685) saqlanadi.

Sakkokiy Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlardan biridir. Uning devoni qo'l yozma holiday saqlanib qolgan. Shoir yozgan qasidalar uning qachon yashagani haqida ma'lumot beradi. Xususan, temuriyzodalar Xalil Sulton bilan Mirzo Ulug'bekka bag'ishlagan qasidalari shoirning taxminan 14-asrning 70-80-yillarida tug'ilib, 15-asrning o'rtalarida vafot etganidan ma'lumot beradi.

Alisher Navoiyning "Majolisun nafois"da yozganidan bo'lak "Xutbai davovun"da ham Sakkokiy haqida shunday ma'lumotlarini qoldirgan: "...uyg'ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag'osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiykim,birining shirin ab'yoti ijtihodi Turkistonda beg'oyat va birining latif g'azaliyoti intishiori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo'lg'ay". Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o'z zamonasida juda mashhur bo'lganini hamda she'riyatining xalq va ijod ahli orasida keng yoyilganini ko'rsatadi. Sakkokiy - adibning taxallusi. Uning nomi ma'lum emas. «Sakkokiy»ning ma'nosi «pichoqchi» demakdir. Bu adib shug'ullangan kasbga ishora. Sakkokiyning tug'ilgan va vafot etgan yillari ma'lum emas. Ammo u yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud. Bu qasidalar aniq bir tarixiy shaxslarga bag'ishlangan. Ular orasida Xalil Sulton, Arslon Xo'ja Tarxon, Xo'ja Muhammad Porso va Ulug'beklar bor.

Ma'lumki, Xalil Sultonning hukmronlik yillari 1405-1409- yillarga to'g'ri keladi. Arslon Xo'ja Tarxon Ahmad Yugnakiyning«Hibat ul-haqoyiq» asarini ko'chirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444- yilda Samarqandda sodir bo'lgan edi. Mirzo Ulug'bekning hayot sanalari esa 1394-1449- yillarga oid. Agar qasida yozish ancha murakkab ish bo'lib, buning uchun muayyan ijodiy tajriba to'planishi zarurligini e'tiborga olsak, Xalil Sultonga bag'ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405-1409- yillar) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini his etish mumkin. Demak, Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida,ehtimolki oxirgi choragida tug'ilgan. Sakkokiy o'zbek va fors-tojik tilidagi manbalarni puxta o'rganib chiqqan, ulardan o'z asarlarida ijodiy foydalangan. Adib asarlarini mutolaa qilish jarayonida Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Sa'diy, Xo'ja Hofiz Sheroziy singari mashhur adiblardan ijodiy oziqlanganini his etish mumkin. Ammo turkiy tilda yaratilgan asarlar Sakkokiy ijodiga kuchliroq ta'sir ko'rsatgan.

Ayniqsa, xalq og'zaki ijodi Sakkokiy ijodining gurkirab ketishida muhim omil bo'lgan. Sakkokiy - g'azalnavis shoir. Uning g'azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Adibning Ulug'bek haqidagi qasidasi ham mashhur. Qasidada Ulug'bekning odil shoh, zakovatli inson sifatidagi qiyofasi mahorat bilan chizib berilgan. Bular Sakkokiyning o'zbek adabiyoti uchun qo'shgan munosib hissasidir.

Sakkokiy ijodi zamondoshlarimiz zavq-u ehtiromiga har doim sazovor bo'laveradi. Ayni shu xislatlari bilan u ulkan tarbiya maktabi bo'lib ham qolaveradi.

XV asrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, adabiyot, san'at va madaniyatning XII-XIII asrlarga nisbatan keng taraqqiy etishi tasodifiy bir hol emas edi. Chunki, Amir Temur

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tomonidan asos solingan temuriylar davlatining poytaxti Samarqandga dunyodagi o'z kasbining mohir usta va naqqoshlari, shoir va xattotlari yig'ildi hamda keyingi davrlar uchun ham bu manba vazifasini o'tadi.

Ulug'bek Mirzo davrida Movarounnahrda nafaqat aniq fanlar, balki badiiy adabiyot ham yuksak darajada taraqqiy etganligi qator manbalardan ma'lum. Hatto turkiy qasidachilikning taraqqiyoti bosqichi ham shu davrga to'g'ri keladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Sakkokiy XV asr qasidago'ylar ichida eng ko'p turkiy qasidalar yozgan shoir bo'lib, bizgacha shoir qasidalari va g'azallari jamlangan devonining 2 ta noto'liq, deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o'rtalarida ko'chirilgan nusxa) 2079, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko'chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan. Sakkokiy devonida bir hamd, bir na't va o'n bir madh qasida mavjud. Madh qasidalarning bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, beshtasi Ulug'bek Mirzoga (ushbu qasidalarning bittasi Shohrux sultonga bag'ishlangan degan fikrlar ham mavjud), to'rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag'ishlangan. Jami qasidalar 4G7 bayt yoki 8I4 misrani tashkil etadi.

Sakkokiy Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlardan biridir. Uning devoni qo'l yozma holiday saqlanib qolgan. Shoir yozgan qasidalar uning qachon yashagani haqida ma'lumot beradi. Xususan, temuriyzodalar Xalil Sulton bilan Mirzo Ulug'bekka bag'ishlagan qasidalari shoirning taxminan 14-asrning 70-80-yillarida tug'ilib, 15-asrning o'rtalarida vafot etganidan ma'lumot beradi.

Alisher Navoiyning "Majolisun nafois"da yozganidan bo'lak "Xutbai davovun"da ham Sakkokiy haqida shunday ma'lumotlarini qoldirgan: "...uyg'ur iboratiningfusahosidin va turk alfozining bulag'osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiykim,birining shirin ab'yoti ijtihodi Turkistonda beg'oyat va birining latif g'azaliyoti intishiori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo'lg'ay ".

Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o'z zamonasida juda mashhur bo'lganini hamda she 'riyatining xalq va ijod ahli orasida keng yoyilganini ko'rsatadi. Sakkokiy - adibning taxallusi. Uning nomi ma'lum emas. «Sakkokiy»ning ma'nosi «pichoqchi» demakdir. Bu adib shug'ullangan kasbga ishora. Sakkokiyning tug'ilgan va vafot etganyillari ma'lum emas. Ammo u yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud. Bu qasidalar aniq bir tarixiy shaxslarga bag'ishlangan. Ular orasida Xalil Sulton, Arslon Xo'ja Tarxon, Xo'ja Muhammad Porso va Ulug'beklar bor.

MUHOKAMA

Ma'lumki, qasida yozish ancha murakkab ish bo'lib, buning uchun muayyan ijodiy tajriba to'planishi zarurligini e 'tiborga olsak, Xalil Sultonga bag'ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405-1409- yillar) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini his etish mumkin. Demak, Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida,ehtimolki oxirgi choragida tug'ilgan. Sakkokiy o'zbek va fors-tojik tilidagi manbalarni puxta o'rganib chiqqan, ulardan o'z asarlarida ijodiy foydalangan. Adib asarlarini mutolaa qilish jarayonida Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Sa'diy, Xo'ja Hofiz Sheroziy singari mashhur adiblardan ijodiy oziqlanganini his etish mumkin. Ammo turkiy tilda yaratilgan asarlar Sakkokiy ijodiga kuchliroq ta'sir ko'rsatgan.

Ayniqsa, xalq og'zaki ijodi Sakkokiy ijodining gurkirab ketishida muhim omil bo'lgan. Sakkokiy - g'azalnavis shoir. Uning g'azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Adibning Ulug'bek haqidagi qasidasi ham mashhur. Qasidada Ulug'bekning odil shoh, zakovatli inson sifatidagi qiyofasi mahorat bilan chizib berilgan. Bular Sakkokiyning o'zbek adabiyoti uchun qo'shgan munosib hissasidir. Sakkokiy ijodi zamondoshlarimiz zavq-u ehtiromiga har doim sazovor bo'laveradi. Ayni shu xislatlari bilan u ulkan tarbiya maktabi bo'lib ham qolaveradi. XULOSA

Sakkokiy XV asr qasidago'ylar ichida eng ko'p turkiy qasidalar yozgan shoir bo'lib, bizgacha shoir qasidalari va g'azallari jamlangan devonining 2 ta noto'liq, deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o'rtalarida ko'chirilgan nusxa) 2079, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko'chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan.

Sakkokiy devonida bir hamd, bir na't va o'n bir madh qasida mavjud. Madh qasidalarning bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, beshtasi Ulug'bek Mirzoga (ushbu qasidalarning bittasi Shohrux sultonga bag'ishlangan degan fikrlar ham mavjud), to'rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag'ishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.

REFERENCES

1. Sakkokiy. G'azallar. — T.: 1966;

2. G'azallar, qasida. Kitobda: Hayot vasfi. — T.: 1988

3. O'zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.

4. Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka, M., 1963;

5. Mallayev N., O'zbek adabiyoti tarixi, lkitob, 2nashr, T., 1976;

6. Ma'naviyat yulduzlari, T., 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.