Научная статья на тему 'MIRZO ABDULQODIR BEDILNING HAYOTI VA IJODIGA OID CHIZGILAR'

MIRZO ABDULQODIR BEDILNING HAYOTI VA IJODIGA OID CHIZGILAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
392
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / Chor unsur / Irfon / borliq / vaxdati-mavjud / Boburiy hukmdorlar / Arestotil / Aflotun / India / Chor unsur / Irfan / existence / Babur rulers / Aristotle / Plato

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Zokirov, Mirzo

Maqolada mutafakkir Mirzo Bedil hayoti va ijodini o’rganish dolzarb mavzulardan biri ekanligi, faylasufning asarlari va ularni o’rganish katta ahamiyatga molik ish topayotganligi, shuningdek, asarlarda bizni o’rab olgan olam haqidagi qarashlarning o’ziga xosligi haqidagi falsafiy mohiyatiga bog’liq muammolariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DRAWINGS ON THE LIFE AND CREATION OF MIRZA ABDUL QADIR BEDIL

In the article, the study of the life and work of the thinker Mirzo Bedil is one of the current topics, the works of the philosopher and their study are of great importance, as well as the problems related to the philosophical nature of the views about the world that surrounds us in the works. focused.

Текст научной работы на тему «MIRZO ABDULQODIR BEDILNING HAYOTI VA IJODIGA OID CHIZGILAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

MIRZO ABDULQODIR BEDILNING HAYOTI VA IJODIGA OID

CHIZGILAR

Zokirov Mirzo

TDSHU 1 - bosqich magistranti email: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada mutafakkir Mirzo Bedil hayoti va ijodini o'rganish dolzarb mavzulardan biri ekanligi, faylasufning asarlari va ularni o 'rganish katta ahamiyatga molik ish topayotganligi, shuningdek, asarlarda bizni o 'rab olgan olam haqidagi qarashlarning o'ziga xosligi haqidagi falsafiy mohiyatiga bog'liq muammolariga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Hindiston, Chor unsur, Irfon, borliq, vaxdati-mavjud, Boburiy hukmdorlar, Arestotil, Aflotun

ABSTRACT

In the article, the study of the life and work of the thinker Mirzo Bedil is one of the current topics, the works of the philosopher and their study are of great importance, as well as the problems related to the philosophical nature of the views about the world that surrounds us in the works. focused.

Key words: India, Chor unsur, Irfan, existence, Babur rulers, Aristotle, Plato

АННОТАЦИЯ

В статье уделяется внимание актуальности изучения научного наследия Мирзо Бедиля, а так же его взгляды на филососфскую сущность окружающего нас мир и связанные с ним проблемы.

Ключевые слова: Индия, Чор унсур, Ирфан, существование, правители Бабурдов, Аристотель, Платон.

KIRISH

Hozirgi zamonda yosh avlodni ota-bobolarimizdan qolgan axloqiy ma'naviy va diniy falsafiy meroslardan foydalangan holda tarbiyalash, unutilgan an'analar va qadriyatlarni zamonaviy metodlar yordamida dars jarayonlariga kiritish natijasida milliylik hamda o'zlikni saqlab qolgan axloqan va ma'nan yetuk komil avlodlarni tarbiyalash uchun har tomonlama chuqur tahlil bilan yechim topish muhim vazifadir. Darhaqiqat yozuvchi va shoirlarni inson ruhiyating muhandislari deyishadi. Odam bolasining inson bo'lib shakllanishida, uning qalbida pokiza iymon va e'tiqod, insonparvarlik, yurtsevarlik, adolat, shafqat va muhabbat, o'zgalar dardi bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

yashash singari ezgu tushuncha va tuyg'ular barq urushida - bu nafis san'atning o'mi va ahamiyati beqiyos, almashtirib bo'lmasdir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganlaridek, "Farzandlarimizni ota - bobolarimizning shonli an'analari ruhida, bugungi dunyoning shaxs kamolotiga xizmat qiladigan yutuqlar asosida tarbiyalashda kitobning rolini boshqa narsa bilan almashtirib bo'lmaydi"1. Shunday ekan har bir adabiy asar insonning ma'nan va axloqan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Ozod va obod Vatan hamda erkin fuqarolik jamiyatni sog'lom va barkamol insonlargina yarata oladi. Shuning uchun ham barkamol avlod tarbiyasi davlatimizning CHëcaTHHHHr ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, komil inson g'oyasini buyuk faylasuf Mirzo Bedil falsafasida tadqiq etishda ham o'ziga yarasha ma'no va mazmun mujassamdir. Zero, ushbu g'oya o'zining falsafiy asosi hamda tarixiy ildizlari bilan bugungi kunda ham muhim ahamiyatga egadir.

Mirzo Abdulqodir Bedil O'rta Osiyoda o'tmishning yirik mutafakkirlaridan biri sifatida yaxshi tanishdir. U o'z vaqtida O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Mirzo Abdulqodir Bedil fors-tojik adabiyotining ëpKHH shoiri, mumtoz va novator yaratuvchisi bo'libgina qolmay, o'z zamonasining ajoyib faylasufi, ko'zga ko'ringan olimi ham edi. U adabiyot va falsafa sohasida qimmatbaho va boy meros qoldirdi. Afsuski, Bedilning asarlari bizning davrimizgacha deyarlik o'rganilmasdan qolib keldi. To'g'ri, o'tmishda ba'zi bir olimlar Bedilning tarjimai xoli to'g'risida to'la bo'lmagan ma'lumotlar bayon qildilar, Bedil kitoblaridan maqolalar keltirib, uning ayrim qarashlariga qisqa tavsiflar berdilar. Masalan fors biografik yozmalarda, Mirg'ulom Ali Ozod Belg'iromiyning "Hazonai Omirasida"2 Bedilning hayoti, faoliyati va ijodi to'g'risida juda muhim, lekin nihoyatda qisqa tarixiy ma'lumotlar bor.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muhammad Siddiq Hasanxonning "Sham'i Anjuman" 3nomli xotiranomasida ham Mirza Abdulqodir Bedil to'g'risida umumiy mazmunga ega bo'lgan ma'lumotlar bor. Bu manbalardan tashqari, qo'qonlik tarixchi Hakimxon Xoji Muhammadxon tomonidan o'zbek tilida yozilgan "Muntaxabul tavorix"4 kitobini ham aytib o'tish darkor. Muallif bu kitobda Bedil haqida qisqacha gapirib, Bedilni Avrangzeb podshohlik davrining "Mirzo Malikushshuarrosi" 5deb nomlagan.

1 Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik - Xalq so'zi, 2017 yil, 16 iyun

2 M. a^h 03og Be^pHpoMHH. Xa30HaH OMupa, ^nrorpa^HK Hamp, BoMÖan, 1800, 152— 166-6eraap.

3 M CugguK XacaH. fflaMM AH®yMaH,_ 1876, 82— 86-6eraap.

4 XaKnMxoH xo^h MyxaMMag. Mynraxa6y^ "TaBopux, ^nrorp Hamp" - TomKeBT, 1877, 104-6eT.

5 I.M.Muminov. Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari - Toshkent, 1958

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Tojik adabiyotining namunalari" (1940 y.), G'afur G'ulomning Sharqdan boraman" (1943 y.), Y. E. Bertelsning "Bedil haqida mulohazalar" nomli maqolasida (1945 y.), S. Ayniyning "Mirzo Abdulqodir Bedil" (1945 y.), X.S. Ayniyning "Bedil va uning Irfon poemasi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi va hokazo kitoblar hamda maqolalarda Tojikiston va O'zbekistonda keng aholiga yaxshi tanish bo'lgan shoir va mutafakkirning ijodi to'g'risida qimmatli ma'lumotlar uchratamiz.

Husayn Qulixoin Azim Obodiyning "Nishtari ishq" kitobida berilgan ma'lumotga qaraganda, Mirza Abdulqodir Bedil barlos degan turkiy qabilasidan bo'lgan. Ma'lumki, bu qabila o'zbek xalqining tashkil topishida qatnashgan etnik komponentlaridan biri bo'lgan. Mirza Bedil 1644 yilda (1054-yil hijriy) Hindistonda, Azimobodda (Bengaliya), harbiy xizmatchi oilasida to'g'ilgan. Bedil Dehlida 1721-yilda (1133-yil hijriy) vafot etgan. Abdulqodir Bedil juda ham murakkab vaziyat mavjud bo'lgan bir sharoitda hayot kechirdi va ijod qildi. Bu davrda Hindistonda ham, O'rta Osiyoda ham feodal tuzumining ichki qarama-qarshiliklari keskinlashgan edi. Bu vaqtlarda Hindistonda Shoh Jahon (1628 - 1658) va Avrangzeb (1658 - 1707) podshohlik qilib, Avrangzeb vafot etgandan keyin, 1707 - 1720 yillar davomida Boburiylar imperiyasi taxtida 15 dan ortiq hukmdor o'zgardi. Shuni ham eslatib o'taylikki, ana shu davrda G'arbiy Yevropa davlatlari Hindistonda yangi mustamlakalarni egallab olishni kuchaytirdilar.

Husayn Qulixon Azim Obodiyning "Nishtari ishq"ida, Muhammad Siddiq Hasanxonning "Sham'i anjuman"ida xabar berilishicha, Bedil yoshligida fanlarni zo'r iste'dod bilan o'rgangan. Bedil 10 yoshidayoq arab tilining grammatikasi "Kofiya" kitobini yaxshi bilar edi, fors adabiy tilini to'la ravshida o'rgangan edi. Mirza Bedil bolalik chog'ida otasining vafotiga bag'ishlab she'rlar yozgan, deb aytishadi. Biroq shoirning o'zi xabar berishicha, u faqat yigirma yashar o'spirinlik chog'ida she'rlar yoza boshlagan va xalqqa tanilgan. Bedil onasi hamda tog'asining e'tibor berib qilgan g'amxo'rligi bilan o'z bilimini mustaqil ravishda oshirib bordi. Kamol topayotgan shoir-faylasufning tog'alari - Mirza Qalandar va Mirza Zarif uning tarbiyachilari bo'ldilar. Mirza Qalandar navkarlikda xizmat qildi; yozishni bilmasada, biroq, she'r to'qirdi, erkin va ravshan aql egasi edi. Mirza Zarif huquq ta'limotlaridan yaxshi xabardor bo'lib, teolog ham edi. Ular o'sha vaqtning shayx Kamol va boshqa mashxur kishilari bilan yaqin aloqada bo'lganlar. Bedilning shayx Kamol to'g'risida yozishicha, u boshqa shayxlardan falsafani va adabiyotni yaxshi bilishi bilan farqlangan. Shayx Kamol hind adabiy tilini bilgan, hind falsafasining muhim masalalarini yecha olishga mohir bo'lgan. Bedil esa ayrim falsafiy muammolarni u bilan hind tilida gaplashib, muhokama qilgan. Mirza Bedil o'zining "Chor unsur" nomli kitobida, masalan shayx Kamol unga ilohiyot va falsafani

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

o'qitganini hikoya qiladi. Shu kitobda Bedil yana hind falsafasining muhim qoidalarini yozib olganligini, lekin hindcha yozilganligi uchun bu qoidalarni fors-tojik tilida yozilgan "Chor unsur"ga kirita olmaganligini yozadi. Bundan tashqari Bedil, ehtimol, hind falsafasini fors tiliga tarjima qilingan "Упанишад четирех Вед" dan ham asosli ravishda o'rgangan bo'lsa kerak, bu asar "Sirlar sirk" nomi bilan 1656 yilda bosilib chiqdi. Shayx Kamol vafot etgandan keyin Bedil o'z ijodini yanada chuqurroq rivojlantirishga harakat qilib, shoh Fozil va Mirza Abdulqosimda ta'lim olishni davom ettiradi, shuningdek adabiyotlarni mustaqil o'qish yo'li bilan ham o'z bilimini oshirib boradi. Bedil yoshligida faqirlar bilan aloqada bo'ldi. Faqirlik o'sha vaqtlarda darvishlar harakati tufayli keng tarqalgan edi. Bedil ularning ta'sirida bo'ldi. Ammo, ularning real hayotdan yiroqlashtiruvchi g'oyalari mutafakkir Bedil uchun yot edi, shuning uchun ham u shayxlardan, darvishlardan, faqirlardan chetlashadi. Shundan keyin Bedil Avrangzebning o'g'li Muhammad A'zamshohga navkarlik xizmatiga kiradi, lekin ko'p vaqt o'tmasdan o'z umrini butunlay fan va adabiyotga bagishlaydi.

Mirza Bedil, har bir kishi ma'lum hunarni, ma'lum kasbni o'rgansin, deb talab qildi, ishyoqmaslar va faqirlarni tekinxo'rlar deb tanqid qildi. U o'zining "Chor unsur" degan kitobida bunday deb yozdi:

"To fazlu hunar oinapardoz nashud, 3-iqbol dare ba run kas boz nashud"6.

Ma'nosi: "Hunar egallamaguncha, kishi yuziga iqbol eshigi ochilmadi".

Bedil ko'p sayohat qildi, Hindiston asl hayotining xilma xil tomonlarini ko'zdan kechirdi. O'z davrining olimlari, shoirlari va rassomlari bilan yaqin aloqada bo'ldi. Masalan, ko'p yillar davomida do'st bo'lgan hind rassomi Itup Chatr to'g'risida xotira yozgan. Bularning hammasi Mirza Bedil qarashlarida sufizmdan, mistitsizmdan panteizmga —"vaxdati-mavjud"ga o'tish evolyusiyasida muhim rol o'ynadi.

Mirza Bedil xalqni jabrlovchilarga, zolimlarga nafrat bilan qaradi, mustabid hukmdorlarni qoraladi. Muhammad A'zamshohning o'z sha'niga bag'ishlab maqtovli she'rlar yozib berish to'g'risidagi taklifini rad qildi. Bedil bunday yozgan edi.

"Bedil, moro xarzadaroi shon nest, Mazdi miru sitoishi sulton nest. 3-in dast kalome, ki zi mo meshunavi, G'ayr va isxori xizmati yoron nest"7.

6 Бедил. Куллиёт. «Чор унсур». Литогр. нашр., Бомбей, 1299 й. X., 101-бет, .

7 Бедил. Куллиёт. Суз боши

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Ma'nosi: "Bedil, bemaza gapirishlik mening sha'nimdan emas. Men sultonlarni maqtamayman, shahzodalar sharafiga madh aytmayman. Mennng she'rlarimda birovning madhiga aytilgan misralar bo'lsa, do'stlar va maslakdoshlarim sha'niga aytilgandir".

Mirza Bedil o'z nazariy ishlarini davom ettira borib, hind, arab, fors, O'rta osiyo xalqlari adabiyoti, san'ati, falsafasining katta boyliklarini o'rgandi; o'z davrining madaniyatli kishisi bo'lib yetishdi. U Jomiy, Sa'diy, Attor, Hofiz, Navoiyga kabi va boshqa shoir-olimlarning asarlarini ehtiros va qunt bilan o'rgandi. Sa'diyning oliyjanob fikrlari hamda uning o'tkirligi Bedilga o'z ta'sirini o'tkazganligini alohida ko'rsatib o'tish kerak. Sa'diyning ta'siri bilan u o'ziga "Bedil" (ya'ni. «dilsiz») degan taxallus qo'ydi, haqiqatda esa Mirzo Abdulqodir ajoyib qalb egasi, aqlli, ziyrak fikrli kishi edi. Abdulqodirning "Bedil" taxallusi: " o'z qalbini sevgan, ko'nglini o'z ishiga (fanga, adabiyotga) bergan" degan ma'noni bildiradi deb o'ylaymiz. Bedil falsafa tarixini o'rgandi. Ma'lumki, hind, arab, Eron va O'rta Osiyo madaniyatining rivojlanishiga faqat Pifagor, Aflotun, Aristotel (Arastu), Gippokrat, neoplatonchilar ta'limotlarigina emas, qadimgi zamon materialistik falsafasi, xususan Demokrit va Epikur qarashlari ham ta'sir ko'rsatdi. Mirza Bedil Aristotelni yuksak darajada hurmat qilgan. O'zining "Irfon" nomli kitobida Aflotunni bir-ikki so'z bilangina eslagan xolos, ammo shu dostonning bir necha sahifasini Aristotelga hamda uning qarashlarini tahlil qilishga bag'ishladi. Sharqning barcha mashhur mutafakkirlari kabi Bedil xam Aristotelni "donolikning birinchi muallimi", "butun inson tabiatining mukammallanish namunasi" 8 deb atadi. Bedil Aristotel nomi bilan adolatni haqqoniyatni, bilim va ma'rifatni, o'z vataniga nisbatan halol va sofdil bo'lishlikni kuylaydi. Shundan keyin Bedil Aristotelning fizikasi, borlik, materiya, shakl haqida to'xtab, Aristotel muvaffaq bo'lgan bilimlar bilan chegaralanib qolmoq yaramaydi, deb ta'kidlaydi. Borliq va inson muammolari Mirza Bedil ijodida asosiy o'rin tutdi. Lekin bu masalalar uning ko'p sonli asarlarida turlicha ifoda qilinadi. Bedilning ijodiy faoliyati 1670-yilda boshlandi va XVIII asrning 20-yillari boshigacha, ya'ni 50 yildan oshiq davom etdi. Ana shu yarim asr davomida uning qarashlari murakkab evolyusiya yo'lini o'tdi. Buni iqror etgan mutafakkirning o'zi quyidagicha yozadi:

'She'ram, ki ba sad zabon furud omadaast, Dar chandin vaqtu on furud omadaast. Tavrot nabud, to biguyam ki xama Yakbora zi osmon furud omadaast"9.

8 I.M.Muminov. Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari - Toshkent, 1958

9 Begun. KyOTHëT. PyôonëT..., 29-6eT.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Ma'nosi: "Yuz xil tilda, ya'ni mazmunda aytgan mening she'rlarim turli vaqtlarda aytilgandir. Mening she'rlarim tavrot emaski, ularni birdan osmondan tushgan desam".

Shu fikrni Bedil yana suyidagi satrlarda ifoda kildi:

Ma'nosi: «Bedil, mening she'rlarimdagi bekorchi gaplar uchun meni ayblama! Inson tani nazmida tirnoq va junlarga o'xshash behis unsurlar borligini esda tut".

Mirza Bedil zo'r mehnat qobiliyatiga ega bo'lib, ijodi juda ham unumli bo'lgan. U 120 ming misradan ortiq; she'r va 20—25 bosma varoqdan iborat nasr yozgan. Uning "Kulliyot"11 nomli asarlar to'plamiga 16 ta kitob kirgan. Bulardan tashqari, Bedil asarlarining qo'lda ko'chirilgan ko'p sonli nusxalari ham borki, ularni Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro, Leninobod, Stalinobodda, hozir ham topish mumkin. Bedil asarlarining, bizning nuqtai nazarimizcha, eng -muhimlarini quyidagilar.

I. Bedilning katta asari "Chor unsur"("Turt unsur") nasrda yozilgan bo'lib, unga Bedilning ayrim she'rlari qo'shimcha qilingan. Bu asar, taxminan, 1703-yilda yozib tamomlangan. Bu asarda Bedil o'z hayotini hikoya qilib berish bilan anchagina avtobiografik ma'lumotlar beradi. Shu bilan bir qatorda, bu kitobning ayniqsa so'nggi ikki bobida muallif to'rt unsur, ya'ni: havo, suv, yer, olov to'g'risida; o'simliklar, hayvonlar va odamning paydo bo'lishi to'g'risida so'zlaydi. Shuningdek u mutlaq ruh, ruh va narsa haqida gapiradi, din hamda ruhoniylarning roli to'g'risidagi o'z fikrlarini ifodalab beradi. Lekin, bu kitobda parilar, jinlar, uyqu, tush ko'rsh va hokazolar to'g'risida turli-tuman hikoya va afsonalar bor. Shunday bo'lsa ham "Chor unsur" Bedilning tarjimai holini, uning dunyoqarashlarini o'rganish uchun muhim manbadir.

II. "Irfon" ("Bilim") nomli doston Bedilning hajm jihatidan eng katta va mazmun jihatdan eng boy asaridir, u asar 10 ming satrdan ham oshiqroq. Bedilning aytishicha, bu doston 1711-1712 yillarda yozib tamomlangan. Bu asarda sotsiologiya, falsafa, teologiya, tarix, tabiat va adabiyotning xilma-xil masalalariga to'xtab o'tilgan. Bedil shu asarida, diniy-teologik, sufiylik terminlarini ishlatib, materiya, mayda bo'lakchalar, jonsiz tabiat to'g'risida, o'simliklar va hayvonot dunyosining kelib chiqishi to'g'risida muhokama yurgizib, o'z fikrlarini ifodalaydi. Fayalasuf, borliq-hasti va yo'qlik - nesti haqida, provard - fano va abadiylik - baqo to'g'risida,

10EegH^ Ky^HëT. Cy3 6omu.

11 Eegra. Ky^HëT, ^HTOip. Hamp. EoM6en, 1299 xh®. h„ (1882).

'Bedil, dar nusxai ramuzi ash'or, Aybam nakuni ba nuktahoi bekor, Hush dor, ki dar nazmi vujudi inson Chun noxunu must uzvi balans bisyor"10.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

mavjudiylik - vujud va hech nima — adam to'g'risida yozadi; u bu kategoriyalami o'zicha tahlil qiladi va ta'riflaydi. Bedil bilish nazariyasi masalalariga ham kop e'tibor beradi. U sezgi a'zolari orqali bilish va ratsional bilishni tahlil qiladi, ob'yekt va sezgi, tushuncha va fikr, aql va Mutlaq rux to'g'risida gapiradi. Bedil hind idealistik falsafasining "jonning kuchib yurishi" -"tanosux" haqidagi ta'limotini, shuningdek mutakallimlar hamda mistik sufiylarning taqdirga ishonish -"tavakkal" to'g'risidagi ta'limotini tanqid qiladi.

Hozirgi davrda ma'naviy tahdid va inson ongini egallashga oid hurujlar ko'p uchraydigan zamonda yashayotganligimiz tufayli biz avvalo o'sib kelayotgan yosh avlodni ota bobolarimizdan qolgan ma'naviy boylik orqali tarbiyalashimiz eng dolzarb masalardan biri sifatida katta o'rin tutmoqda. Xususan, Mirzo Bedil ham va unining ma'naviy dunyosi juda mukammaldir. Biz mutafakkir yashagan davrga qaraydigan bo'lsak, ayni Boburiylar sulolasi gullab yashnagan davrga to'g'ri keladi. Asli kelib chiqishi Shahrisabzlik barlos urug'iga borib taqalsa ham Bedil o'z umrini Hindistonda o'tkazgan. Biz Bedil hayoti haqida asosan usha davrda yashab ijod etgan yozuvchi, shoirlar, hamda faylasuflarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Bedil o'z asarlarida o'z hayoti haqida ma'lumot bergan va uning ikki eng yirik asari "Chor unsur" va "Irfon' asarlari juda katta ahamiyatga ega bo'lgan asardir, shuning uchun bu ikki asarni barcha yosh avlodga o'qib o'z dunyoqarashlarini rivojlantirib olishlari va o'z ma'naviy dunyosini boyitish imkoni juda kattadir. Bedil asarlarida faqat diniy yoki ilmiy qarashlar emas, balki insonni o'rab turgan olamning barcha xususiyatlriga to'xtalib o'tgan. Bu har bir o'quvchiga keng ma'noda bilimga ega bo'lishiga ulkan imkon yaratadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik - Xalq so'zi, 2017 yil, 16 iyun

2. М. Али Озод Белриромий. Хазонан Омира, литографик нашр, Бомбай, 1800,

3. М Сиддик Хасан. Шамъи Анжуман,_ 1876, 82.

4. Хакимхон Хожи Мухаммад. Мунтахабул таворих, литогр нашр, Тошкент, 1877,

5. Muminov I.M. Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari - Toshkent, 1958

6. Мухаммадиева О. Мирзо Абдукодир Бедилнинг ижтимоий ахлокий карашлари. - Тошкент, Фан ва технология, 2010,

7. Bedil. Chor unsur. Tahiyai Rahimi Bobobek// Sadoyi Sharq.- 2007.- № 9-12.2008.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.