Научная статья на тему 'ALI QUSHCHI FAOLIYATINI TADQIQ ETISHDA IBROHIM MO‘MINOVNING ROLI'

ALI QUSHCHI FAOLIYATINI TADQIQ ETISHDA IBROHIM MO‘MINOVNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
358
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibrohim Mo‘minov / Ali Qushchi / faylasuf / alloma / iste’dod / falsafa / meros / talqin. / Ibrahim Mominov / Ali Kushchi / philosopher / scholar / talent / philosophy / heritage / interpretation.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ibodova, Nasiba Komilovna

Mazkur maqolada Akademik Ibrohim Mo‘minovning Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy haqidagi fikr va qarashlari to‘g‘risida so‘z boradi. Ulug‘bekning eng iste’dodli shogirdlaridan biri, o’z davri Ptolemeyi deb shuhrat qozongan alloma Ali Qushchi asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o’ziga xos o’rin tutishi haqidagi qarashlari talqin etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF IBRAHIM MOMINOV IN THE RESEARCH OF ALI KUSCHI'S ACTIVITY

This article talks about academician Ibrahim Mominov's thoughts and views about Alovuddin Ali ibn Muhammad Kushchi Samarkandi. One of the most talented students of Ulugbek, Allama Ali Kushchi, who was famous as the Ptolemy of his time, has been interpreted.

Текст научной работы на тему «ALI QUSHCHI FAOLIYATINI TADQIQ ETISHDA IBROHIM MO‘MINOVNING ROLI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

ALI QUSHCHI FAOLIYATINI TADQIQ ETISHDA IBROHIM

MO'MINOVNING ROLI

Ibodova Nasiba Komilovna

TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslami boshqarish instituti O'zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Akademik Ibrohim Mo 'minovning Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy haqidagifikr va qarashlari to 'g'risida so 'z boradi. Ulug'bekning eng iste'dodli shogirdlaridan biri, o'z davri Ptolemeyi deb shuhrat qozongan alloma Ali Qushchi asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o 'ziga xos o 'rin tutishi haqidagi qarashlari talqin etilgan.

Kalit so'zlar: Ibrohim Mo 'minov, Ali Qushchi, faylasuf, alloma, iste'dod, falsafa, meros, talqin.

ABSTRACT

This article talks about academician Ibrahim Mominov's thoughts and views about Alovuddin Ali ibn Muhammad Kushchi Samarkandi. One of the most talented students of Ulugbek, Allama Ali Kushchi, who was famous as the Ptolemy of his time, has been interpreted.

Key words: Ibrahim Mominov, Ali Kushchi, philosopher, scholar, talent, philosophy, heritage, interpretation.

KIRISH

Ma'lumki, sobiq Sho'ro davrida milliy respublikalardan chiqqan qahramonlar, sarkardalar, davlat arboblari, mutafakkirlarni ko'z-ko'z qilish, ulardan faxrlanish rasman bo'lmasa-da, ta'qiqlab qo'yilgan edi. Markaziy Osiyo va butun dunyoda ulug' bir saltanat, davlat barpo etgan Amir Temur va temuriylarning tarixda tutgan muhim roli va shavkatini ko'rsatish uchun Ibrohim Mo'minov Ali Qushchidek olimlarning jahon tamaddunida, ilm taraqqiysida tutgan o'rnini ilmiy isbotlab berishni o'ziga maqsad qilib qo'ydi. Mirzo Ulug'bekning shogirdi bo'lgan va "Ziji ko'ragoniy"da 1054 ta yulduz nomi kashf etilgan bo'lsa, bunda Ali Qushchining ham xizmatlari borligi tabiiydir. Ibrohim Mo'minov Ali Qushchi hayoti va ijodini yoritish bilan dunyo xalqlari tarixida Markaziy Osiyo allomalari qonuniy va muhim o'rin tutganligiga alohida urg'u berish maqsadida ushbu tadqiqotiga qo'l urgan.

O'rta Osiyo qadimiy va boy madaniy merosga ega bo'lib, bu ma'naviy sarchashmalar, ayniqsa, IX-XII asrlarda misli ko'rilmagan darajada yangi o'zanga kirgan. Farg'oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Roziy, Ulug'bek singari

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

fan darg'alarining dunyo sivilizatsiyasiga qo'shgan ulkan hissasi bugun haqli ravishda e'tirof etilmoqda, ularning asarlari qayta-qayta chop etilmoqda, bu noyob durdonalarni tadqiq qilish borasida salmoqli va ko'zga ko'rinarli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda IX-X asrlarda Buxoro va Urganch kabi shaharlar ma'rifat beshigi, ilmiy hayot gurkiragan eng muhim fan markazlari bo'lsa, XV asrga kelib Samarqand ham ana shunday qizg'in ilmiy hayot poytaxtiga aylangan edi. Ulug'bek astronomiya maktabi Yaqin va O'rta Sharqda dong taratgan nihoyatda muhim ahamiyatga ega maskanlardan biri sifatida tabiiy fanlar rivojida o'z o'rni va mavqeyiga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Samarqandda (XV asr) tashkil topgan Ulug'bek astronomiya maktabi O'rta Osiyoda, Yaqin va O'rta Sharqda tabiiy fanlar tarixida alohida hamda g'oyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi hech shubhasizdir. Jahonning barcha olimlari tomonidan bu haqiqat e'tirof qilinadi. Mana shu ahvolni e'tiborga olib, Ulug'bekning izchil va sevikli shogirdi, o'sha zamon Ptolomeyi deb nom chiqargan Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiyning bir risolasi - "Risolayi dar falakiyot" yoki "Risolayi dar ilmi hay'at" asarlari g'oyat qimmatlidir1.

Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy (1403, Samarqand — 1474, Istanbul) ham Ulug'bekning eng iste'dodli shogirdlaridan biri, o'z davri Ptolemeyi deb shuhrat qozongan allomadir. Ali Qushchi Temur qarorgohi boshlig'ining o'g'li. Ulug'bek saroyida qarchig'aylar boqqani uchun uni "Qushchi" deyishgan. Ali Qushchi boshlang'ich ma'lumotni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiyda tahsil ko'radi), o'z ma'lumotini oshirish uchun 1414-yilda Eronning Kirmon shahriga boradi va u yerdagi madrasada 3 yil ta'lim oladi, ayniqsa, tabiiy fanlarni, xususan, falakiyot, riyoziyotni puxta o'rganadi, 1417-yilda Samarqandga qaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulug'bek madrasasi qurilayotgan edi. Ali Qushchi madrasada ham ta'lim olishni davom ettiradi. Qozizoda Rumiy va G'iyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini o'rganadi. Madrasani bitirgach, shu yerda falakiyot va riyoziyotdan mashg'ulotlar olib boradi, ilmiy ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. Ulug' bek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda "Hisob risolasi" va "Astronomiya risolasi" asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obro' qozonadi. 1428-yilda Ulug'bek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu yerda Ulug'bek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishda davom etadi. Ulug'bekning "Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari yozilishida Ali Qushchining ham hissasi katta. 1438-yilda Ulug'bek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xitoydan qaytib kelgach, "Matematika va astronomik jug'rofiya" asarini yozadi.

1 Муминов И. "Али Кушчининг бир рисоласи ^акида" "Фан ва турмуш" 1967. 5-сон. 23-бет.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

I.Mo'minov Alisher Navoiyning Mirzo Ulug'bek va bevosita uning tashabbusi bilan Samarqandda barpo etilgan muhtasham observatoriya haqidagi quyidagi baytlarni hayajonlanmasdan o'qish mumkin emasligi haqida yozadi.

"Rasadkim bog'lamish zebi jahondur,

Jahon ichra yana bir osmondur.

Bilib bu nav' ilmi osmoni,

Ki-ondin yozdi Zichihgurgoni".

1449-yilda Ulug'bekning vahshiylarcha o'ldirilishi, observatoriyaning buzib yuborilishi reaksion musulmon ruhoniylarining hamda ular inkivizitsiyasining eng sharmandali va yovuzlik ishlaridan biri edi,- deb baho beradi I.Mo'minov.

Ulug'bek vafotidan (1449) so'ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan, degan taxminlar bor. Rivoyatlarga qaraganda, kutubxonadagi kitoblarning ko'p qismini Ali Qushchi Samarqand yaqinidagi Hazrat Bashir qishlog'iga ko'chirgan. Ko'p o'tmay, ta'qiblardan qochib, Ali Qushchi Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo'ladi. U avval Karmana va boshqa shaharlarda yashab, 1465-yilda Turkiyaning Istanbul shahriga boradi. Turk sultoni Muhammad II (1451-81) taraqqiyparvar shaxs bo'lib, o'z atrofiga olim va shoirlarni to'plar edi. Ali Qushchining dong'ini eshitgan sulton uni saroyga xizmatga taklif qiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. Ali Qushchi Turkiyada qator fan sohalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan.

Ali Qushchidan 20 dan ortiq ilmiy asar meros bo'lib qolgan. U ko'p olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Ali Qushchining "Ulug'bek zijiga sharh" asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U "Zij"ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. Ali Qushchi asarlarining ko'pchiligi Turkiyadagi Ayo-So'fiyo madrasasi kutubxonasida saqlanib qolgan.

Ulug'bek maktabi namoyandalari va xususan, Ali Qushchining asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o'ziga xos o'rin tutadi. Ali Qushchi dunyo moddiy narsalardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda bo'lib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga Yerning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytgan.

Ali Qushchi XVI-XVII asrlarda O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. "Hisob risolasi" asaridan O'rta Osiyo madrasalarida o'quv qo'llanmasi sifatida foydalanilgan. Bu asarda hindlar arifmetikasi (o'nlik sanoq tizimi), falakiyotshunoslar arifmetikasi (oltmishlik sanoq tizimi) va geometriya (handasa) haqida yangi fikrlar aytilgan. "Kitob ul -Muhamadiya" asarida Ali Qushchi sonlardan ixtiyoriy natural darajali ildiz chiqarish usullarini va Nyuton binomi formulasini ko'rsatadi, uning bu usullari hozirgi vaqtda

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Ruffini — Gorner sxemasi deb nom olgan usulga o'xshashdir. Bu asarida Ali Qushchi kvadrat ildizini, umuman N-darajali ildizni taqribiy hisoblash formulalarini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi ildiz ishorasi Turkiston olimlari asarlarida qo'llanilmagan: ildiz so'zlar bilan yozilgan. Ali Qushchi bu asarida birinchi bo'lib asoslagan "musbat" va "manfiy" atamalari, ularning tatbiqi matematika tarixida katta ahamiyatga ega. G'arbiy Yevropaga "musbat" va "manfiy" sonlar XV asr oxirlarida pizalik Leonardo asarlari orqali tarqalgan. Kitobda uzunlik (masofa), kesmalar va yuzlarni o'lchash va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari bayon qilingan. Bu asarda trigonometriyadagi tekis uchburchaklar trigonometriyasi, sinus va kosinus teoremalari bayon etiladi, ba'zi shakllarning sirtlarini hisoblash uchun taqribiy formulalar beriladi, bu formulalar Ali Qushchidan oldin o'tgan olimlar asarlarida uchramaydi. Kitobda keltirilgan sinuslar jadvalidagi sinus funksiyasining 14-A-0171 qiymatlari hozirgi zamon qiymatlaridan deyarli farq qilmaydi.

Ali Qushchi uchburchakning yuzini topish usulini ham bergan. Hozirgi ilmiy tadqiqot ishlari ko'rsatishicha, Ali Qushchi asarlaridagi to'g'ri chiziqli trigonometriyaga doir ko'p masalalar birinchi marta berilgan ekan. Uchburchaklarni yechish masalasida konuslar teoremasini Koshiy va Ali Qushchi, birinchi marta ishlatganlar (Yevropada 1593-yilda birinchi marta Viyet tatbiq etgan). Ali Qushchi "Astronomiyaga oid risola" asarida Ulug'bek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlarning natijasi o'laroq, yulduzlar va sayyoralarning harakati, past (perigey), yuqori (apogey) masofalari haqidagi, fazoda har bir sayyoraning o'rni, Quyosh uzoqligi haqidagi hisoblashlar va jadvallarni keltirgan, Oy va Quyosh tutilishi masalalarini ham juda aniq, to'g'ri va ilmiy tarzda tushuntirib bergan. Yuqorida aytilgan "Astronomiya risolasi"da Ali Qushchi tuzgan dunyo xaritasi berilgan. Xaritada asosan shimoliy yarim shar chegaralari ko'rsatilgan; xaritadagi ko'ndalang chiziqlar iqlimlar chegarasini ifodalaydi. Ekvatorning sharqiy yarim sharidagi uzunlik "3332 farsang" — taxminan 20 ming kmga to'g'ri keladi. Xarita bir qadar sxematik tarzda tuzilganligiga, uning haqiqatga mos kelmaydigan joylari borligiga qaramay, u O'rta Osiyo xaritashunosligining bir namunasi sifatida ahamiyatga ega. Ali Qushchi matematika fanidan o'qish kitoblari va qo'llanmalar ham yozgan. U Samarqand ilmiy maktabi an'analarini davom ettirib, bu ilmiy maktabning fan sohasidagi katta yutuqlarini O'rta, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga tarqatishda faol ishtirok etadi. Ali Qushchi vafotidan so'ng uning shogirdlari — Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqalar uning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.

Ali Qushchi asarlari qo'lyozmalari Toshkent Sharqshunoslik institutida, Dushanbe, Sankt-Peterburg, Mashhad, Istanbul, Oksford, Leyden (Niderlandiya) va

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Aya-So'fiyo (Turkiya) kutubxonalarida saqlanmoqda2 va bu olimning ilmiy faoliyati, asarlarning ayrimlari tadqiq etilgan.3

Uning 1403-1424-yillarda yaratilgan "Risolayi dar falakiyot" asarini o'rgangan I.Mo'minov mazkur risola O'zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida 9276-raqamli qo'lyozmalar ichida va 3356-raqam bilan hisobga olingan kitobda ekanligini qayd etgan. Bu kitob asarning boshlang'ich qismda aytilganidek muqaddima, ikki maqola, ikki bo'limdan iborat. Muqaddimaning o'zi ham ikki qismga ajratilgan. Birinchi qismda handasa bilimining asoslari - nuqta, chiziq, sath, to'g'ri, egri chiziqlar, mutasavi, to'g'ri mutasavi chiziqlar, doira tushunchalari batafsil izohlangan. Har bir tushuncha to'g'risida mukammal ma'lumotlar keltirilgan.

Ikkinchi qismda esa tabiiyotga doir boshlang'ich bilim bayon qilingan va hamma narsaning ikkiga bo'linishi aytilgan, ya'ni murakkab va ko'k, osmon, yulduzlar, yer jismlari, to'rt unsur (o't, suv, havo, tuproq), ulardan kelib chiqqan barcha narsalar dunyo, olam unsurlari deya ta'riflanadi.

Falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, mutafakkir Ali Qushchi Ulug'bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning yaqin shogirdi.

Amir Temur tomonidan Samarqandda to'plangan olim, yozuvchi va me'morlar XV asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo'shganlar. Ulug'bek madrasasi va rasadxonasi ham o'z davrining akademiyasidir. Bu akademiya A.Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. XV asrning 2-yarmida ilmiy va madaniy markazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan o'ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan.

Ali Qushchi Ulug'bek akademiyasining jahonga tanilishida katta hissa qo'shgan mutafakkirlarning eng oldingi safida turgan olimlarning biri. Uning fan oldidagi xizmatlari beqiyos, asarlari bilim manbayi, umri esa har birimiz uchun ibrat va namunadir.

REFERENCES

1. Ali Qushchi: Astronomiyaga oid risola, T., 1968;

2. Ahmedov B., Ulug'bek, T., 1965;

3. Nosirov A., Ali Qushchi, T., 1964;

4. Ahadova M., O'rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari, T., 1983;

2 Каранг: Али Кушчи: Астрономияга оид рисола, Т., 1968;

3 Каранг: Ахмедов Б., Улугбек, Т., 1965; Носиров А., Али Кушчи, Т., 1964; Асадова М., Урта осиёлик машхур олимлар ва уларнинг математикага доир ишлари, Т., 1983; Абдурахмонов А., Улугбек академияси, Т., 1993.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

5. Abdurahmonov A., Ulug'bek akademiyasi, T., 1993.

6. M.Xayrullayev, R.Nosirov I.M.Mo'minov. O'zbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar.// O'zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1998, 12-son. 78-79-b.

7. Samatov Sh.B. Akademik Ibrohim Mo'minov xotirasi.// O'zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1998, 12-son. 75-b.

8. Jalolov A. Ibrohim Mo'minov - alloma, arbob va inson. //O'zbekistonda ijtimoiy fanlar №12. 1998. 34-b.

9. S.SHermuxamedov I.Mo'minovning hayoti va faoliyati haqida //O'zbekistonda ijtimoiy fanlar №12. 1998. 29-b

10. Shayxova X, Nazarov K. Umuminsoniy qadriyatlar va ma'naviy kamolot. T.: O'zbekiston», 1992. 32-b

11. Yunusova, G. S., & Kazimova, G. K. (2020). WRITTEN SPEECH AS A TYPE OF SPEECH ACTIVITY WHEN LEARNING A LANGUAGE. Theoretical & Applied Science, (5), 218-220.

12. roHycoBa r., AcpopoBa M. Muhammad Boltayev is a human scientist. International Journal of Applied Research,2020 https://www.allresearchjournal.com/archives/2020/vol6issue5/PartD/6-5-56-482.pdf

13. roHycoBa r. Ba 6ornKanap. Methods of teaching the uzbek language in higher education. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 2021, Volume 27, Issue 2, Pages 5525-5532 10.47750/cibg.2021.27.02.559 https://www.cibgp.com/article 11080.html

14. roHycoBa r. The doctrine of Abdulqadir Giylani and qadiriya. IIUMEngineering Journal. (Scopus) Published Online: 15December 2021 https://www.nveo.org/index.php/journal/article/download/2661/2297/2699

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.