DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462
MIRZO BEDIL FALSAFASIDAGI AXLOQIY VA ESTETIK QARASHLARI
TALQINI
Sh. Sattorova
O'zMU, Falsafa (sohalar bo'yicha) mutaxassisligi, 2 kurs magistranti
Maqolada, mutafakkir Mirzo Bedil falsafasida axloqiy va estetik qarashlarni o'rganish dolzarb mavzulardan biri ekanligi, olim asarlarida axloqiy va estetik qarashlarning o'ziga xosligi haqidagi falsafiy mohiyatiga bog'liq muammolariga e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: Dunyoqarash, ontologiya, ijtimoiy falsafa, axloq falsafasi, estetika, yaxshilik, yomonlik, ezgulik.
The article deals with the actual problem of studying moral and aesthetic views in the philosophy of Mirzo Bedil. The author draws attention to the uniqueness of the moral and aesthetic views of the thinker, which have their own philosophical essence.
Keywords: worldview, ontology, social philosophy, moral philosophy, aesthetics, good, evil, goodness
Osib kelayotgan yosh avlodni ota-bobolarimizdan qolgan axloqiy manaviy va diniy falsafiy meroslardan foydalangan holda tarbiyalash, unutilgan odatlar va qadriyatlarni zamonaviy metodlar yordamida dars jarayonlariga kiritish natijasida milliylik hamda ozlikni saqlab qolgan axloqan va manan yetuk komil avlodlarni tarbiyalash uchun har tomonlama chuqur tahlil bilan yechim topishdir.
Darhaqiqat yozuvchi va shoirlarni inson ruhiyating injinerlari deyishadi. Odam bolasining inson bo'lib shakllanishida, uning qalbida pokiza iymon va e'tiqod, insonparvarlik, yurtsevarlik, adolat, shafqat va muhabbat, o'zgalar dardi bilan yashash singari ezgu tushuncha va tuyg'ular barq urushida - bu nafis sanatning o'rni va ahamiyati beqiyos, almashtirib boTmasdir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganlaridek, "Farzandlarimizni ota - bobolarimizning shonli an'analari ruhida, bugungi dunyoning shaxs kamolotiga xizmat qiladigan yutuqlar asosida tarbiyalashda kitobning rolini boshqa narsa bilan
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462
almashtirib bo'lmaydi"[1]. Shunday ekan har bir adabiy asar insonning manan va axloqan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi.
O'zbek xalqining vatandosh siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, o'z zamondoshlari va ilm ahllari tomonidan taqdirlanib, Abulma'oni laqabi bilan shuhrat qozongan Hindistonning ulug' shoiri va faylasufi Mirzo Abdulqodir Bedilning diniy-falsafiy va ahloqiy qarashlari o'z davrida ham hozirgi kunda ham o'rganishi dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Mirzo Bedil asarlari ham islom dinining tasavvufiy ruhida ham, falsafiy ruhda ham, hinduviylik ruhida ham yozilgan bo'lib uning barcha ijodlari axloqiy jihatdan juda yuksak baholanadi. Shuning uchun biz har bir alloma asarlarini ham Bedil asarlarini ham chuqur organib talimga va yosh avlod tarbiyasiga yo'naltirishimiz darkor.
Bedil asarlari ayniqsa 19-asrdan O'rta Osiyoda keng tarqalgan. Ular falsafiy fikrga boyligidan Bedil Turkistonda "Abulma'oniy" ("Ma'nolar otasi") degan nom olgan. Olim Jafar Xolmo'minov o'zlarining ""Abulma'oniy manaviyati" Bedil hayoti va falsafiy qarashlariga chizgilar" - monagrafiyasida bunga shunday izoh berganlar: "Bedil ta'qib etishlardan qutulish va og'ir paytlarda nazmiy va nasriy asarlarida aytilgan falsafiy va ijtimoiy fikr-mulohazalarini boshqacha tarzda izohlash, boshqa bir ma'noga ham burish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida ana shu murakkab usulda ijod qildi. Natijada, murakkab she'riy uslub - "Sabki hindiy"ni eng yuksak cho'qqiga ko'tardi va ushbu yo'nalishning eng yorqin namoyandasiga aylandi. Bedilning ushbu uslubdagi maqom va martabasi shu darajada ediki, undan keyingi shoir va olimlar gohida mazkur uslubni "Sabki Bedil" - Bedil uslubi nomi bilan ham atashgan"[2]
Bedilning qarashlari asosan she'riyat, shaklida ifodalanadi, bu qoida tariqasida yorqin chuqur o'ylangan obrazlar va badiiy ramziylik bilan to'yingan. Boshqacha qilib aytganda, Bedilning dunyoqarashi, uning ontologiyasi va epistemologiyasi, ijtimoiy falsafa, axloq falsafasi, estetikasi badiiy tushunchalar shaklida paydo bo'lgan.
Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasining muhim xususiyati undagi axloqiy tushunchalarning o'ziga xos talqinidir. Bedil o'z ijodi davomida asosiy e'tiborni axloq masalalariga qaratadi. Buning sababi esa, XVIII asrda Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy holat, adolatsizlik, insoniy qadriyatlarning toptalishi, milliy va diniy nizolar, uning oqibatida bu o'lkaning ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma'naviy inqirozidir. Bularning barchasi faylasuf-shoirni befarq qoldirmagan. Mirzo Bedil axloqiy qarashlarining muhim xususiyatlari shundan iboratki,
unda axloqiy tushuncha va tamoyillarning mohiyati bir-biriga
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462
qarama-qarshi qo'yilgan holda yoritib berilgan. Masalan, yaxshilik - yomonlik bilan, muloyimlik - qattiqlik bilan, sabr - qanoat - nafs, hirs kabi illatlarga qarshi qo'yilgan holda, ularning afzalliklari, shuningdek, insonning hayoti, ruhiy kamolotiga tasiri
Mutafakkir - shoir Mirzo Bedil falsafasida yaxshilik va yomonlik, adolat, ishq-muhabbat kabi axloqiy tushuncha va tamoyillar katta o'rin egallagan. [3]
Bedil axloqiy qarashlarida yaxshilik va yomonlik tushunchalariga alohida e'tibor qaratar ekan, yning fikricha insonning o'zi baxt saodati yo'lida ezgulikka intilishi, o'zgalar baxtini o'z baxti deb bilishi, insonlar muvaffaqiyatidan quvonishi, komillikning belgisi sanalishi, yaxshilik fazilatini madh etadi. U inson faqat hayotda yaxshi fazilati bilangina uzoq umr yashashi mumkinligini e'tirof etib o'tadi. Demak, baxtu-saodatimiz va farovon hayotimiz har birimizning g'ayrat-shijoatimizga mehnatsevarligimiz hamda fidokorligimizga bog'liq.
Bedil insondagi nuqsonlarini yomonliklarida ko'radi. U yomonlikni kasb etgan odamlarni do'zax bilan tenglashtiradi. Bu haqda Bedil shunday deydi: Qaydakim yomon fel bo'ldi rahnamo Jahannam shundadir, bilib qo'y, ammo Yaxshilik urug'in sepsang har tomon Jannat mevasini beradi shu on. [4]
Mirzo Bedil insonning axloqiy qadriyatlarini sinchiklab o'rganar va tahlil qilar ekan, barchaning xulq-odobi bir xil emasligi, yaxshi xulq bor joyda yomon, yani salbiy xislatlar ham borligiga o'z e'tiborini qaratadi: Yaxshilik, yomonlik mo'lu ko'l bunda, Qilmishing holidan ogoh bo'l bunda. Ko'ling olur ulkim, qo'lini olding, Barchaning foydasi qo'lma-qo'l bunda. [4]
Olim, kishilar orasida saxiylar va baxillar, yaxshi-yu yomonlar, halol va nopoklar borligini ko'rib, insonda oliyjanob xislatlarni rivoj toptirish yo'llarini izlaydi.
Bedilning axloqiy qarashlari bilan birgalikda uning estetik qarashlarini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Bedil estetikaga oid maxsus risolalar qoldirmagan. Lekin, ayniqsa, "Tilismi xayrat" ("Hayrat tilsimi"), "Nukot" ("Maktublar")da, "Turi marifat" ("Ilmi Sinay"), "Muhiti azam" ("Buyuk Ummon"), "Irfon" ("Bilim") asarlarida - g'azal va ruboiylarda tabiat, san'at, inson go'zalligi, go'zallikning mohiyati haqidagi she'r, haqida juda ko'p qiziqarli
ochib
berilgan.
fikrlarni uchratamiz.
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462
Bedilning estetik merosiga keng nazar tashlasak, u o'z maktublarida ko'pincha san'at vakillari, san'atkorlar haqida zavq - shavq bilan yozar, o'z iste'dodini ilohiy in'om sifatida taqdim etar edi. Bedil estetikasining eng muhim tamoyili shundaki, u o'z maktublarida san'atda mazmunning yuksak ahamiyati, badiiy ijodning ma'naviy tarbiyaviy roli haqida yozadi. San'atga hurmat va ehtirom namunasi uning "Komde va Madan" dostonida keltirilgan.
"Komde va Madan" qissasi ilk o'rta asr hikoyasi bo'lib, uning markaziy obrazida - oshiq va ma'shuqa - hunar, san'at vakillari turadi. "Komde va Madan"ning yozilgan yili 1712 shu yilda deb e'tirof etilgan va qissa 900 oyatdan iborat bo'lib, 10 bobni o'z ichiga oladi. [5]
Olim, haqiqiy san'at erkin bo'lishi va erkinlikda u o'zini ko'proq ochib bera olishi, shundagina samimiy va ulug'vor holatga olib kelishi tug'risida fikrni bildiradi. Ushbu she'riy qissada u musiqa va raqs haqida hayrat bilan gapiradi. Uning Komde raqsini tasvirlariga etibor qaratsak, raqsning ritmi va nozikligini his qilish mumkin.
Базми шах бе рухаш хузур надошт,
Бо хозирон чарог нур надошт.
Qissada ashula va raqslar shu qadar chiroyli va badiiy tasvirlanganki, bunda Bedilning raqs va qo'shiqchilik san'atini qanchalik tushunganligidan dalolat beradi. Bedil san'at haqidagi fikrlarini bildirib, san'at vakillari uchun yaxshi mukofotni taklif etadi.
Bedilning "Komde va Mudan" she'ridagi qiziq fikrlaridan yana biri shuki, haqiqiy san'at moddiy manfaatdan ustun bo'lishi kerak. "Madan qo'mondonning oyoqlariga marjon otganda, u shohning g'azabidan ham, sovg'aning qiymatidan ham qo'rqmaydi". Bu yerda Bedil san'at vakillari yoki haqiqiy bilimdonlar iste'dodini qadrlashi mumkinligini tasvirlaydi.
Biroq, Bedil estetikasida ideal go'zallikni mutlaqlashtirmaydi. U moddiy go'zallikni mutlaq go'zallikning bir ko'rinishi sifatida ta'riflaydi. (Ya'ni, go'zallikka Alloh albatta homiydir). Buni "Tilismi xayrat" she'rining butun matnidan osongina bilib olish mumkin.
Makoni husn beruni makon ost,
Nishonash benishon sozi nishon host.
Bu she'r syujetida mutafakkirning naqadar iste'dodli va ko'p qirrali ekanini ko'ramiz.
Umuman olganda, Mirzo Bedil inson hayotining manosini axloqiy go'zallikda deb bilar ekan, axloqiy qadriyatlar
umumlashgan holda komil insonni aks ettiradi. Mutafakkirning
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462
takidlashicha, bu dunyo go'zallik va ezgulik namunalariga to'la. Shuning uchun ham unga befarqlik yotdir. Bedil insonning hayotini doimiy harakatda, izlanishda, o'qish-o'rganish va ilm-hunarni egallashda, deb biladi. Inson hayotining manosini axloqiy go'zallikda ko'radi. Axloqan go'zal insongina o'zidan yaxshi nom qoldirib, mazmunli hayotga musharraf bo'la oladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik - Xalq so'zi, 2017 yil, 16 iyun
2. Qarang: https: //kh-davron. uz/kutubxona/j ahon/j afar-muhammad-abulmaoniy-manaviyati-bedil-hayoti-va-falsafiy-qarashlariga-chizgilar
3. Мухаммадиева О. Мирзо Абдукодир Бедилнинг ижтимоий ахлокий карашлари. - Тошкент, Фан ва технология, 2010, - 6 бет
4. Шоислом Шомухдмедов таржималари: https://ziyouz.uz/jahon-sheriyati/fors-tojik-sheriyati/mirzo-bedil/
5. Qarang: http://komron. info/crp/DostoniKomdevaMadaniBediliDehlavi_crp/
April, 2022