Научная статья на тему 'SHARQ EPIK AN’ANALARIDA QADIMGI MIFOLOGIK DUNYOQARASH VA AXLOQIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI'

SHARQ EPIK AN’ANALARIDA QADIMGI MIFOLOGIK DUNYOQARASH VA AXLOQIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1794
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma'naviy meros / sharq dostoni / mifologik dunyoqarash / insonning axloqiy qadriyatlari / sharqona mentalitet. / spiritual heritage / oriental epic / mythological worldview / moral values of the individual / oriental mentality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Po‘Latova, Dildor Akmalovna

Maqolada sharq dostonlarida aks etgan axloqiy qadriyatlarning asosiy jihatlari tahlil qilinadi. Qadimgi sharq miflariga asoslangan epik asarlar inson axloqi prizmasidan uning hayoti va faoliyatining, butun jamiyatning muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Insonning qahramonlik, mardlik, sadoqat, fidoyilik, halollik, adolat, ezgulik kabi axloqiy qadriyatlari, sharqona tafakkurini shakllantirishda sharq dostonlarining o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SHARQ EPIK AN’ANALARIDA QADIMGI MIFOLOGIK DUNYOQARASH VA AXLOQIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI

This article analyzes the main aspects of moral values that are reflected in the oriental epics. Epic works based on ancient oriental myths are viewed through the prism of human morality as an essential component of his life and activity and society as a whole. Particular attention is paid to the role of oriental epic works in the formation of the oriental mentality and such moral values of the individual as heroism, courage, loyalty, devotion, honesty, justice, virtue.

Текст научной работы на тему «SHARQ EPIK AN’ANALARIDA QADIMGI MIFOLOGIK DUNYOQARASH VA AXLOQIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI»

SHARQ EPIK AN'ANALARIDA QADIMGI MIFOLOGIK DUNYOQARASH VA AXLOQIY QADRIYATLAR UYG'UNLIGI

Po'latova Dildor Akmalovna

falsafa fanlari nomzodi, professor TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi mudiri

ANNOTATSIYA

Maqolada sharq dostonlarida aks etgan axloqiy qadriyatlarning asosiy jihatlari tahlil qilinadi. Qadimgi sharq miflariga asoslangan epik asarlar inson axloqi prizmasidan uning hayoti va faoliyatining, butun jamiyatning muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Insonning qahramonlik, mardlik, sadoqat, fidoyilik, halollik, adolat, ezgulik kabi axloqiy qadriyatlari, sharqona tafakkurini shakllantirishda sharq dostonlarining o'rni va ahamiyatiga alohida e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy meros, sharq dostoni, mifologik dunyoqarash, insonning axloqiy qadriyatlari, sharqona mentalitet.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются основные аспекты нравственных ценностей, нашедших свое отражение в восточных эпосах. Эпические произведения, основанные на древних восточных мифах рассматриваются через призму нравственности человека как сущностного составляющего его жизнидеятельности и общества в целом. Особое внимание уделено роли восточных эпических произведений в формировании восточного менталитета и таких нравственных ценностей личности, как героизм, мужество, верность, преданность, честность, справедливость, добродетель.

Ключевые слова: духовное наследие, восточный эпос, мифологическое мировоззрение, нравственные ценности личности, восточный менталитет.

ABSTRACT

This article analyzes the main aspects of moral values that are reflected in the oriental epics. Epic works based on ancient oriental myths are viewed through the prism of human morality as an essential component of his life and activity and society as a whole. Particular attention is paid to the role of oriental epic works in the formation of the oriental mentality and such moral values of the individual as heroism, courage, loyalty, devotion, honesty, justice, virtue.

Key words: spiritual heritage, oriental epic, mythological worldview, moral values of the individual, oriental mentality.

KIRISH

Har bir xalqning milliy o'zligini anglash ma'naviy merosini o'rganishdan boshlanadi. Sharq xalqlarining ma'naviy merosi esa azaldan chuqur axloqiy qadriyatlar bilan yo'g'rilgan. «Vafo ham sadoqat, poklikni kuylash Sharq adabiyotida qadim-qadimlardan davom etib kelayotgan muqaddas mavzulardan biridir. Sharqning buyuk shoirlari bu g'oyalarni turli janlarda g'oyat ehtiros va so'nmas ixlos bilan tasvirlaganlar. Bu mustahkam axloqiy kodeks xalqlarimiz turmushiga, ongiga singib, katta ijtimoiy ma'no kasb etib keldi»,- deb yozgan sharqshunos olim Najmiddin Komilov.[1] Darhaqiqat, jasorat, saxovat, mardlik, vafo, sadoqat, halollik, fidoiylik kabi axloqiy qadriyatlar badiiy so'z san'atining eng qadimiy shakllaridan biri bo'lgan epik asarlarda o'z ifodasini topa boshlagan.

ADABIYOTLAR VA METODLAR Ma'lumki, epos1, xalqning qahramonona o'tmishini, orzu-umidlarini bayon tarzida ifodalaydigan og'zaki yoki yozma shakldagi badiiy asardir. Bu asarlar sekin-asta taraqqiy qilib, she'riy va nasriy yo'lda mukammal badiiy asarlarga aylandi. Lirik asarlarda voqelik lirik qahramon yoki ijodkorning his-hayajonini, ruhiy kechinmalari orqali aks etsa, eposda voqelik ijodkor ideali, dunyoqarashi doirasida tasvirlanadi.

Epik asarlarning asosini qadimgi asotiriy tafakkur - mif (afsona)lar tashkil etgan. Mifologiya - miflarni o'rganuvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri va kishilarninng tabiiy va ijtimoiy hodisalarninng mohiyatini anglashda ilk bosqich hisoblanadi. «Asotir tafakkur (afsonaviy fîkrlash), - deb yozadi sharqshunos faylasuf Muhammadjon Qodirov, - insonning dunyoga va bilvosita ijtimoiy munosabatlarga bo'lgan munosabatini muayyan butunlikda ifodalash shakllaridan biridir. U garchi xayoliy bo'lsa ham, bu dunyoning paydo bo'lishi, tabiiy tartibning ma'nosi haqidagi savolga berilgan birinchi javobdir».[2]. Shu tariqa asotiriy tafakkur bashariyat o'zligini anglashning ilk shakli sifatida vujudga keldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Ibtidoiy jamoa davrida dunyo asosan mifologik obrazlar orqali tasavvur qilingan. Qadimdan inson o'zini o'rab turgan olamni, odatda ikki toifaga, ya'ni do'st va dushman kuchlarga, yaxshi yomon, oq va qoraga bo'lib tasavvur etganlar. Bunday tasavvular o'zining yorqin ifodasini asotiriy tafakkurda - afsona, rivoyat, ertak, eposlarda topgan.Ularda tabiat va jamiyat hodisalari, shuningdek, g'ayritabiiy hodisalar afsonaviy qahramonlar devlar, ajdaho, qushlar, bahaybat hayvonlar va h.k.lar timsolida umumlashtirilib tasvirlangan. Ularda ibtidoiy insonlarning o'ziga xos ojiz tomonlari bilan birga, ulkan jasorati va qahramonligi, ayniqsa, yaxshilik va

1 «Эпос» - юнонча суздан олинган булиб, х,икоя деган маънони англатади.

7

ezgulikning yomonlik va yovuzlik ustidan, yorug'likning zulmat ustidan g'alabasiga bo'lgan chuqur ishonch tuyg'usi, olijanob maqsad va intilishlari o'z ifodasini topgan.

Dunyoni asotir tafakkur orqali tasvirlash diniy tasavvurlar bilan bog'liq bo'lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan ifodalashdir. Ammo u tabiat va inson jamiyati haqidagi asrlar davomida to'plangan bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo'lgan. Mantiqiy fikrlashga asoslangan falsafagina inson tafakkurini afsonaviy an'analar va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog'lab qo'ygan zanjirlardan xalos qilish imkoniyatini berdi. Shu jihatdan epik asarlar ularning yaratilgan davriga qarab, qahramonlarning nomlari saqlanib qolsa-da, hodisalar bayonida mantiqiylik ustivorlik qilib bordi. Shunga ko'ra, jamiyat rivojlanishi bilan uning syujetlari ham hayot talablari asosida asta-sekin o'zgarib bordi. Bu jarayonning mohiyati professor Muhammadjon Imomnazarovning quyidagi fikrlarida o'zining aniq ifodasini topgan: «insoniyat ma'naviy takomilining ilk davri - ibtidoiy jamoa va qadimgi dunyo asosan asotir tafakkurga tayanadi. Tom ma'nodagi badiiy adabiyot bizning mintaqada faqat Qur'oni karim nozil bo'lishidan bir oz oldin paydo bo'la boshladi....Islom ma'rifatchiligi boqichining mohiyati shundaki X-XI asrlarda yashab o'tgan ulug' qomusiy allomalarimiz islomgacha insoniyat hosil qilgan barcha bilimlarni qiyosiy tadqiq etib, insoniyat anglab yetgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid e'tiqodiga muvofiq ekanligiga amin bo'ldilar.... Inson ma'naviy takomilidagi bu inqilobiy o'zgarish natijasida insoniyat Ibtidoiy jamoa, qisman Qadimgi dunyo va O'rta asrlar odamning asosiy fikrlash tarzi bo'lmish asotir tafakkur darajasidan yuqori ko'tarilib, mantiqiy tafakkur (ya'ni sabab-oqibat bog'lanishlari asosida fikr yuritish), timsoliy tafakkur (ya'ni, o'z qarashlarini ramz va timsollar vositali ifodolash), tarixiy tafakkur (turli manbalar orqali aniqlangan ma'lumotlarga tayanib xulosalar qilish) kabi hozirgi zamonning asosiy tafakkur turlari va ular asosida qator murakkab tarkibli tafakkur turlari (ilmiy tafakkur, badiiy tafakkur va h.k.) mukammal shakllana boshladi».[3]

Insoniyat tarixidan ma'lumki, qadimdan mavjud xalqlar va elatlar o'zlarining epik qahramonlari orqali o'zlarining ezgu orzu-umidlari, ideallarini ifoda etishgan. Ularda insonning tabiatga, insonga, umuman olamga bo'lgan munosabatida axloqiy qadriyatlar ustivorlik qilgan. Bu esa jamiyatda kishilarning o'zaro munosabatlarini muayyan tartibga solishda muhim vosita bo'lgan. Xususan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining ilk yozma manbasi bo'lgan «Avesto»da ham qadimgi hind, xitoy, yunonlarliklarni yozma manbalarida bo'lgani kabi insoniyatninng farovon hayot haqidagi, poklik va rostlik, mehnat, ahillik haqidagi g'oyalarni tarannum etdi. «Avesto»da yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o'rtasidagi kurash davom etib,

Scientific Journal Impact Factor

yaxshi fikr, yaxshi so'z, yaxshi xulqning tantanasi ko'rsatiladi. Kishilar yaxshilik, baxt saodat, quyosh nuri va issiqlikni yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yib, baxt o'lkasi va baxtsizlik o'lkasi degan afsonalarni yaratganlar. Ulardagi baxt o'lkasi bilan baxtsizlik o'lkasi haqidagi g'oyalar keyinchalik nafaqat adabiyot, balki falsafiy fikr rivojiga chuqur ta'sir ko'rsatgan. Masalan, Platonning ideal davlat, Forobiyning fozil shahar haqidagi ta'limotlarining shakllanishida ularning ta'siri kuchli bo'lgan.

«Zardusht g'oyalari, -deb yozgan edi professor Najmiddin Komilov, -Turon, Eron, Yunon xalqlarining tafakkuriga chuqur singib bordi, shu asosda poklik va rostgo'ylik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy axloq shakllandi.[4] Unda «...dunyoni yangicha anglash falsafasi yuzaga keldi, odamlarda yaratuvchilik, ijodga ruhlantiruvchi solim bir ishonch, yorug'lik, yaxshi hayotga intilish ishtiyoqi qaror topdi».

O'zining g'oyaviy-badiiy mukammalligi va chuqur insonparvarlik yo'nalishlari bilan muhim va axloqiy qadriyatga ega bo'lgan eposlarlar qatoriga shumerliklarning «Gilgamish», yunonistonlik Gomerning «Iliada» va «Odisseya», hindlarning «Mahobhorat», «Ramayana», «Kalila va Dimna» («Pancha-tantra») Markaziy Osiyo xalqlarining «Go'ro'g'li», «Alpomish», «Manas», «Qirqqiz», «Gershasp», «Qayumars», «Jamshid», «Erxubbi», «To'maris», «Shiroq», «Siyovush», «Rustam» kabilar kiradi. Ularda qadimgi tarixiy voqealarning badiiy shaklda aks etishi bilan birga, dunyoning ibtidosi va intihosi, dunyoni mifologik obrazlar orqali anglash, insonning tabiatga, umuman, hayotga munosabatini, axloqiy qadriyatlarning turli estetik usullar orqali ifodalanishini ko'rish mumkin.

Jumladan, «Mahobhorat»ning Muqaddimasi shunday misralar bilan boshlanadi: Kim yengadi hayot-mamot jangida? Chin botirlik deya nima atalar... Kim haq bo 'lib chiqar tengsiz bahsda? Qo 'shiqlarda kimlar ko 'proq maqtalar? Kimki o 'zin o'zgalar-chun ayamay Sof va yorqin haqiqat deb kurashsa, U yengadi hayot-mamot jangida. Qora, yovuz kuchlar-la makrga qarshi Kim jang qilsa odil, muqarrar, Buni chin botirlik deb atalar. Tama, hasad, g'arazsis -xolis Inson baxt-iqbolin ko 'zlagan kimsa

9

Haq bo 'lib qoladi shu tengsiz bahsda.

Kishi bo 'lsa halol, mard, oliy himmat

U kim bo 'Imasin, qayda turmasin,

Afsona, qo 'shiqlar to 'qilar albat.

Bundan asarning asosiy leytmotivini qadimiy qahramonlar, ulaming jasorati va saxovati, mardligi, halolligi, oliy himmatligi, adolatliligi va shu kabi axloqiy qadriyatlari tashkil etishini anglab olish mumkin.

Hind eposi «Pancha-tantra» («Besh kitob») qadim zamonlardayoq «Kalila va Dimna» nomi bilan Markaziy Osiyoda ma'lum va mashhur edi. Professor Suyima G'aniyevning yozishicha: «Kalila va Dimna»ning eng katta fazilati shundan iboratki, u yaratilganidan beri o'tgan barcha zamonlarda, xuddi kechagina yozilgan asardek, o'z ta'sir kuchini yo'qotmay keldi. Undagi hikmatlar, o'git va pandlar, ajoyib hikoyatlar, masal, maqol va matallar avlodlardan avlodlarga o'tib, yanada keng shuhrat tutdi.[5]

Sharq epik an'analari rivojida Konfusiy ta'limoti alohida o'rin tutadi. Bilim (chji) va uning kelib chiqishi haqida fikr yuritib, Konfusiy uni qadimgi kitoblarni o'rganish va qadimgi ajdodlar tajribasidan iqtibos qilishda, deb bildi. Uningcha, bilimning asosini, manbaini qadimgi rivoyatlar va solnomalar tashkil etadi. Shuning uchun, konfusiychilikka jamiyat taraqqiyotidagi ilgarigi va yangi tajribaga tanqidiy munosabatda bo'lish, ulardan xulosalar chiqarish xos bo'lmagan, har qanday yangi hodisa eski tajriba nuqtai nazaridan baholanar va o'tmishga borib taqalar edi. Masalaning bunday qo'yilishi Xitoy o'tmishini ideallashtirishga olib keldi. Natijada Xitoyda daotsizm va buddaviylik g'oyalari ham mavjud bo'lishiga qaramay, aynan konfusiychilik mil.av II asrdan to XX asr boshlariga qadar rasmiy mafkura mavqeini saqlab keldi.

Axloqiy qadriyatlar o'zining yorqin ifodasi topgan epik janrga mansub mashhur asarlardan biri Abulqosim Firdavsiyning (940-1020) «Shohnoma»sidir. U qadimiy afsonalar, qahramonlik dostonlarini va Eronning Iskandar Zulqarnayn davridan boshlab Sosoniy shohi Yazdigard III ning o'limi (651 yil)gacha bo'lgan tarixini o'z ichiga oladi. Asarning bosh qahramonlari Rustam, Suhrob, Kova, Isfandiyor, Giv, Siyovush, Bejan, Mazdak Lumbak va boshqalar; shohlardan Iskandar va Bahrom.

«Shohnoma»ning asosini - vatanni ulug'lash, xalq qudrati va bahodirlarini madh etish, shuningdek, yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi azaliy va abadiy kurash

g'oyalari tashkil etadi. Mutaxassislar bu g'oyalar «Avesto»ga kirgan qadimiy diniy aqidalar, afsona va rivoyatlardan boshlanganligini qayd qiladilar.

Firdavsiy insonni aql sohibi sifatida ulug'laydi, uni hech kimga ozor bermaslikka, yomonlikning urug'ini sochmaslikka da'vat etadi. Uning fikricha, kimki o'zgalarga yomonlikni ravo ko'rsa, uning o'zi falokatga duchor bo'ladi: Agar kishida bo 'Imasa aql, Dono uni elga qo 'shmaydi butkul. Tinglasang gar butun bu dostonni sen, Bilarsan badfe'llik asosini sen. Har kim yaxshilikni etsa saranjom, Dunyoda qoldirarfaqatyaxshi nom... Yomonlik urug'in sepma jahonda, Ziyonu zararin ko 'rursan jonda. [6]

Firdavsiy yaxshi xulq va ezgu amalni insonni yomonlikdan asrovchi muhim qadriyat sifatida ta'riflaydi:

Adolatli bo 'lsang va imoni pok, Diling bo 'lmagay hech mahal chok-chok. Agar badqiliqsan, zahar bedavo, Falakdan boshinga kelar ming balo. [7]

Sharq mumtoz adabiyotining buyuk vakili Alisher Navoiy ham «Xamsa» asarini yaratishda afsonalardan keng foydalangan. Unda inson, uning axloqiy fazilatlarini ulug'lashda qadimgi afsonalardan vosita sifatida foydalanganligi haqida quyidagilarni yozgan:

Men xastaki bu raqamni chektim, Tahriri uchun qalamni chektim, Yozmoqda bu ishqi jovidona, Maqsudum emas edi fasona. Mazmunig'a bo 'ldi ruh mayli, Afsona edi aning tufayli. Lekin chu raqamg 'a keldi mazmun, Afsona anga libosi mavzui. [8]

Buyuk mutafakkir yaratgan badiiy obrazlar orqali komil insonga xos vafodorlik, xalollik, rostgo'ylik, qanoatlilik, bilimdonlik, fidoiylik kabi fazilatlarni ulug'laydi.

Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida «Adab...» ga bag'ishlagan maqolatida shunday deydi:

Bo 'lmas adabsiz kishilar arjumand, Pasi etar ul xaylni charxi baland. [9]

«Qanoat...» haqidagi yettinchi maqolatida yozadi: ...Ulki etib tarki qanoat shior, Aylab ani ul tama ' el ichra xor. Iz tilasang ayla qanoat tama ', Masnadi izzat uzadur «Man qan 'a». [10]

Ya'ni, «Izzat tilar ekansan, qanoat tama' qil. «Qanoat qilgan»ning joyi izzat taxtidir».

Shunday qilib, axloqiy qadriyatlarni ulug'lash Sharq epik an'analarining muhim xususiyati bo'lib, asrlar davomida nafaqat adabiyot balki falsafiy tafakkur rivojiga ham kuchli ta'sir ko'rsatdi, sharqona mentalitetning shakllanishida ustivor omilga aylandi. Shu bilan birga nafaqat Sharq, balki G'arb xalqlari madaniyati, adabiyoti, falsafasiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. «Qadimiy madaniyat makoni bo'lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik jaylanishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta'minladi va Sharq bilan G'arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog'lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishtiruvini ta'minlovchi halqa vazifasini o'tadi»,- deb yozgan sharqshunos olima Fozilaxon Sulaymonova.[11] Shuningdek, Gopatshoh bilan Minotavr, yunon mifologiyasi Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo'lgan mif, afsona va folklor asarlari o'rtasidagi o'xshashlikning mavjudligi aniqlaganligidan kelib chiqib, o'zaro munosabat, bir madaniyat va adabiyot ikkinchisini boyitishi uzoq o'tmishdan boshlanganganligini ta'kidlagan. XULOSA

Sharq madaniyatining Yevropaga ta'sirida tarjimaning roli katta bo'lgan. XII asrga kelib, arab tilida yaratilgan ilmiy, falsafiy, badiiy asarlarning avval lotin tiliga, undan keyin boshqa g'arb tillariga ag'darish avj olgan. Xususan, «Ming bir kecha», «Kalila va Dimna», «Sindbandnoma» asarlari g'arb kitobxonlari tomonidan zo'r qiziqish bilan qabul qilingan. Bu haqda tarix falsafasining asoschilaridan G.Gerder shunday degan: «Hind va Eron afsonalaridan arablar va ulardan xristian xalqlari romanlariga o'tgan parilar, «1001 kecha» qissalari ... nozik ma'nolarni, haqiqatni

xayoliy libosga o'rab ifodalash, hayotiy hikmatlarni zargarona tarashlab taqdim etish, zavq-shavqli damlarni bekorga o'tkazmaslik yo'lini o'rgatdi».[12].

Shunday qilib, sharq epik an'analaridagi nafaqat badiiy syujet, tarixiy va afsonaviy voqealar, balki ulardagi chuqur hayotiy hikmatni tashkil etgan axloqiy qadriyatlar ham kitobxonlar e'tiborini o'ziga jalb etar ekan, asrlar davomida yanada sayqallashib bordi.

Ijtimoiy hayot globallashib borayotgan hozirgi davrda axloqiy qadriyatlarning o'rni beqiyos katta. Shuning uchun ham, yoshlar ongi va xulq-atvorida sharqona mentalitetimizga xos yuksak fazilatlarni, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida Sharq epik an'analiridan foydalanish kutilgan natijalarni beradi, deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Komilov N. Tafakkur karvonlari. -T.,2011 .B.58.

2. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o'rta asrlar). -T.TDShI, 2010.

3. Imomnazarov M. Adabiyot va ma'naviyat.(Mintaqa mumtoz adabiyotining ijtimoiy mavqei haqida).//Xorijiy Sharq xalqlari adabiyoti va adabiy manbashunosligining dolzarb masalalari.Xalqaro anjuman materiallari. -T.,2010. -B.11.

4. Homidov H. «Avesto» fayzlari. -T.,2001.

5. Kalila va Dimna.S. G'aniyev tarjimasi. -T.,1992

6. Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. -T.,2011.

7. O'sha asar.

8. Alisher Navoiy.Xamsa.Layli va Majnun.TAT. -T.,2011.

9. Alisher Navoiy.Xamsa.Xayrat ul-abror. TAT. -T.,2011.

10. O'sha asar.

11. Sulaymonova F.Sharq va G'arb. -T.,1997.

12. Гердер Г. Идеи к философии истории человечества. М.,1977.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.