Научная статья на тему 'MIRZAOBOD TUMANI ,,MUSTAQILLIK‘‘ MASSIVI TUPROQLARIDA UCHROVCHI ASOSIY GURUH MIKROORGANIZMLARINING UMUMIY HOLATI'

MIRZAOBOD TUMANI ,,MUSTAQILLIK‘‘ MASSIVI TUPROQLARIDA UCHROVCHI ASOSIY GURUH MIKROORGANIZMLARINING UMUMIY HOLATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oligotrof / ammonifikator / mikromitset / chapeka ozuqa muhiti / mikromitset / aktinomitset.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rahimov Zarqum Zafarjonzoda

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi ,,Mustaqillik‘‘ massivining tuproqlarida uchrovchi asosiy fiziologik guruh mikroorganizmlarning o‘rtacha miqdori, tuproqning turli chuqurliklarida (sm) mikroorganizmlarning soni hamda ularning qay darajada uchrashi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZAOBOD TUMANI ,,MUSTAQILLIK‘‘ MASSIVI TUPROQLARIDA UCHROVCHI ASOSIY GURUH MIKROORGANIZMLARINING UMUMIY HOLATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

MIRZAOBOD TUMANI „MUSTAQILLIK" MASSIVI TUPROQLARIDA UCHROVCHI ASOSIY GURUH MIKROORGANIZMLARINING UMUMIY HOLATI

Rahimov Zarqum Zafarjonzoda

GulDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13836973

Annotatsiya. Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi ,,Mustaqillik'' massivining tuproqlarida uchrovchi asosiy fiziologik guruh mikroorganizmlarning o 'rtacha miqdori, tuproqning turli chuqurliklarida (sm) mikroorganizmlarning soni hamda ularning qay darajada uchrashi ko'rsatilgan.

Kalit so 'zlar: oligotrof, ammonifikator, mikromitset, chapeka ozuqa muhiti, mikromitset, aktinomitset.

Olib borilgan mikrobiologik tahlillar natijasida tadqiq etilgan tuproq namunalarida ammonifikator bakteriyalarining miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha 104 (10000) dan 106 (1000000) gacha KHB hujayra borligi aniqlandi. Ammonifikator bakteriyalari 1-kesmada yuqorigi tuproq qatlamlarida (0-33sm va 33-56sm) pastki (56-93sm va 93-124sm) qatlamlarga nisbatan 1 tartibga yuqori ekanligi va ularning miqdori o'rtacha mos ravishda 2,1-2,7x106 KHB/g ni, 4,5-3,4x105 KHB/g ni tashkil etganligi aniqlandi. 24-kesmada 0-32sm va 92-140sm qatlamlarda ammonifikatorlar kam (9-67x104 KHB/g) uchragan bo'lsa, 32-55sm va 55-92sm qatlamlarda esa ularning miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha 2,8-7,37x106 KHB/g ni tashkil qildi. 29-kesmada esa faqat tuproqning yuqorigi 0-29sm qatlamida ammonifikatorlar 1 tartibga (6,7x106 KHB/g) ko'p uchradi, pastki qatlamlarda ularning miqdori o'rtacha mos ravishda 6-1,2-3,1x105 KHB/g ni tashkil etdi. 68-kesmada barcha tuproq qatlamlarida ammonifikator bakteriyalari bir xil tartibda uchradi va ularning miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha mos ravishda 8,7-2,7-7,5-1,0x105 KHB/g ni tashkil qilganligi aniqlandi (1-jadval).

Tahlil qilingan tuproq namunalarida, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalardan Bacillus avlodiga mansub turlar uchradi. 1-kesma 0-33sm, 24-kesma 55-92sm va 68-kesma 88-137sm qatlamlarida Micrococcus avlodlariga mansub bakteriya turi uchradi va ushbu bakteriya turi mos ravishda 1,5x104 va 1,5x103 KHB/g ni tashkil etdi.

Oligotrof mikroorganizmlarning miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha 102 dan 104 gacha KHB hujayra borligi aniqlandi. Oligotrof mikroorganizmlar 1-kesmada 0-33sm va 93-124sm tuproq qatlamlarida 33-56sm va 56-93sm qatlamlarga nisbatan 1 tartibga yuqori ekanligi aniqlandi va ularning miqdori o 'rtacha 4,9-1,6x103 KHB/g ni, 3-4,5x102 KHB/g ni tashkil etdi. 24-kesmada 32-55sm qatlamda oligotrof mikroorganizmlar miqdori o'rtacha 3x103 KHB/g ni tashkil qildi, 0-32sm va 55-92sm qatlamlarda ularning miqdori 1 tartibga kam (7,5-1,5x102 KHB/g) uchragan bo'lsa, 92-140sm qatlamda esa ular umuman uchramadi.

29-kesmada 0-29sm va 53-86sm qatlamlarida ular o'rtacha mos ravishda 2,4-4,5x103 KHB/g ni tashkil etgan bo'lsa, 29-53sm va 86-125sm qatlamlarda 1,5-4,5x102 KHB/g ni tashkil qildi. 68-kesmada yuqorigi (0-31sm) tuproq qatlamida oligotrof mikroorganizmlar ko'p (1,2x104 KHB/g) uchrashi kuzatildi va pastki (31-52sm va 88-137sm) qatlamlarida ularning miqdori 2 tartibga (4,5-2,5x102 KHB/g), 52-88sm qatlamda esa 1 tartibga (1,3x103 KHB/g) kam ekanligi aniqlandi (1-jadval).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

1-jadval

Tuproqdagi asosiy fiziologik guruh mikroorganizmlarning o 'rtacha miqdori, KHB/g tuproqda

Qatlam chuqur-ligi (sm) Mikroorganizm turlari

Ammonifikator bakteriyalar Oligotrof mikroorganizmlar Mikromitsetlar Chapeka ozuqa muhitida Mikromitsetlar KAA ozuqa muhitida

Kesma №1

0-33 2,1x106 4,9x103 uchramadi 3x102

33-56 2,7x106 3x102 uchramadi uchramadi

56-93 4,5x105 4,5x102 uchramadi 1,5x102

93-124 3,4x105 1,6x103 uchramadi uchramadi

Kesma №24

0-32 9x104 7,5x102 uchramadi uchramadi

32-55 2,8x106 3x103 uchramadi uchramadi

55-92 7,3x106 1,5x102 uchramadi uchramadi

92-140 6x104 ynpaMagH uchramadi uchramadi

Kesma №29

0-29 6,7x106 2,4x103 uchramadi uchramadi

29-53 6x105 1,5x102 uchramadi 1,5x103

53-86 1,2x105 4,5x103 uchramadi uchramadi

86-125 3,1x105 4,5x102 uchramadi uchramadi

Kesma №68

0-31 8,7x105 1,2x104 uchramadi 1,5x103

31-52 2,7x105 4,5x102 uchramadi uchramadi

52-88 7,5x105 1,3x103 uchramadi uchramadi

8 8-137 1,0x105 2,5x102 uchrama di uchramad i

Tadqiq etilgan tuproq namunalarining barchasida Chapeka ozuqa muhitida mikroskopik zamburug'lar umuman uchramaganligi kuzatildi. ATV ozuqa muhitida 1-kesma 33-56 sm qatlamida Mucor avlodiga mansub zamburug' turi uchradi va 1 gramm tuproqda o'rtacha 3x102 KHB sporani tashkil qildi. KAA ozuqa muhitida ayrim namunalarda mikromitsetlar o'sganligi kuzatildi. 1-kesmada 0-33sm va 56-93sm tuproq qatlamlarida mikromitsetlarning miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha 3-1,5x102 KHB sporani, 29-kesmada 29-53sm qatlam va 68-kesmada 0-31sm qatlamda esa ularning miqdori o 'rtacha 1,5x103 KHB/g ni tashkil qildi. Ushbu mikromitsetlar Pénicillium avlodiga mansub zamburug' turlari ekanligi aniqlandi (1-jadval).

Aktinomitsetlarning miqdori 1 gramm tuproqda 102 (100) dan 103 (1 000) gacha KHB hujayra borligi aniqlandi. 1-kesmada 0-33sm qatlamida aktinomitsetlar miqdori pastki (33-56sm va 56-93sm) qatlamlarga nisbatan 1 tartibga yuqori ekanligi kuzatildi va ularning miqdori o'rtacha 3x103 KHB/g ni tashkil kildi. Eng quyi qatlamda esa ular umuman uchramadi. 24-kesmada aktinomitsetlar faqat 0-32 sm qatlamda (1,0x102 KHB/g) uchradi xalos, pastki qatlamlarda ular umuman uchramaganligi kuzatildi. 29-kesmada 0-29sm, 29-53sm va 53-86sm qatlamlarida aktinomitsetlar bir xil tartibda uchradi va ular o'rtacha mos ravishda 3-7,5-1,5x102 KHB/g ni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

tashkil etgan bo'lsa, 86-125sm qatlamda umuman uchramadi. 68-kesmada yuqorigi 0-31sm va 31-52sm qatlamlarida aktinomitsetlar bir xil (9-3x102 KHB/g) tartibda uchradi, pastki 52-88sm va 88-137sm qatlamlarida esa uchramaganligi kuzatildi. Aktinomitsetlardan Streptomyces avlodiga mansub turlar uchradi. Rang tusiga ko'ra oqish, kulrang, jigar rang, sariq, pushti rangdagi aktinomitsetlar farqlandi (2-jadval).

2-jadval

Tuproqdagi asosiy fiziologik guruh mikroorganizmlarning o 'rtacha miqdori, KHB/g tuproqda

Qatlam chuqurligi (sm) Mikroorganizm turlari

Aktinomitsetlar Mineral shakldagi azotni o'zlashtiruvchi mikroorganizmlar Gumusni parchalovchi mikroorganizmlar

Kesma №1

0-33 3x103 8,7x104 4,5x104

33-56 1,5x102 3,0x104 2,7x103

56-93 9x102 1,0x104 2,1x103

93-124 uchramadi 9,3x103 3,9x103

Kesma №24

0-32 1,0x103 3,7x104 7,8x103

32-55 uchramadi 7,5x104 6,3x103

55-92 uchramadi 3x103 2,4x104

92-140 uchramadi 7,5x102 2,5x103

Kesma №29

0-29 3x102 3,6x105 2,2x104

29-53 7,5x102 3,4x104 4,8x103

53-86 1,5x102 7,2x103 1,9x104

86-125 uchramadi 4,5x103 3,2x103

Kesma №68

0-31 9x103 2,2x105 7,8x104

31-52 3x102 1,6x104 2,5x104

52-88 uchramadi 1,2x104 3,7x104

88-137 uchramadi 5,7x103 3,1x103

Mineral shakldagi azotni o'zlashtiruvchi mikroorganizmlarning (MShAO'M) miqdori 1 gramm tuproqda 103 (1000) dan 105 (100 000) gacha KHB hujayra borligi aniqlandi. 1-kesmada 0-33sm, 33-56sm va 56-93sm qatlamlarida MShAO'M larning miqdori 93-124 sm qatlamga nisbatan 1 tartibga yuqori ekanligi kuzatildi va ularning miqdori o'rtacha mos ravishda 8,7-3,0-1,0x104 va 9,3x103 KHB/g ni tashkil etdi. 24-kesmada MShAO'M larning miqdori 0-32sm va 32-55sm qatlamlarda 3,7-7,5x104 KHB/g ni, pastki 55-92sm va 92-140sm qatlamlarda 3x103 -7,5x102 KHB/g ni tashkil qildi. 29-kesmada 0-29sm qatlamda MShAO'M larning miqdori ko'p (3,6x105 KHB/g) ekanligi aniqlandi, pastki qatlamlarda esa ularning miqdori 1 tartibga (29-53sm) va 2 tartibga (53-86sm va 86-125sm) kam uchrashi kuzatildi. 68-kesmada ham yuqorigi 0-31sm qatlamda ushbu mikroorganizmlarning miqdori ko'p (2,2x105 KHB/g) ekanligi, 31-52sm va 52-88sm qatlamlarida nisbatan 1 tartibga (1,6-1,2x104 KHB/g), eng quyi qatlamda esa 2 tartibga (5,7x103 KHB/g) kam uchrashi kuzatildi (2-jadval).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Tahlil qilingan tuproq namunalarida gumusni parchalovchi mikroorganizmlar miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha 103 (1000) dan 104 (10000) gacha KHB hujayrani tashkil etganligi aniqlandi. 1-kesmada yuqorigi 0-33sm qatlamida gumusni parchalovchi mikroorganizmlar miqdori pastki qatlamlarga nisbatan 1 tartibga yuqori ekanligi aniqlandi va ularning miqdori o'rtacha mos ravishda 4,5x104 KHB/g ni tashkil kildi. 24-kesmada esa ular 55-92sm qatlamda boshqa tuproq qatlamlariga nisbatan 1 tartibga (2,4x104 KHB/g) ko'p uchradi, qolgan qatlamlada esa ularning miqdori o'rtacha mos ravishda 7,8-6,3-2,5x103 KHB/g ni tashkil qildi. 29-kesmada 0-29sm va 53-86sm qatlamlarida gumusni parchalovchi mikroorganizmlar 29-53sm va 86-125sm qatlamlarga nisbatan 1 tartibga ko'p uchradi va ular 1 gramm tuproqda o'rtacha mos ravishda 2,2-1,9x104 KHB/g ni tashkil etdi. 68-kesmada 0-31sm, 31-52sm va 52-88sm qatlamlarida ushbu mikroorganizmlar bir xil (7,8-2,5-3,7x104 KHB/g) tartibda uchradi, 88-137sm qatlamda esa o'rtacha 3,1x103 KHB/g ni tashkil qildi. 68-kesmada tuproqning yuza, ya'ni 0-31 sm qatlamida azotobakter vakillaridan Azotobacter vinelandii turi uchradi va ularning miqdori 1 gramm tuproqda o'rtacha mos ravishda 3x102 KHB/g ni tashkil qildi. Shu bilan birga ushbu qatlamda Clostridium avlodiga mansub turlar uchradi va ularning miqdori o'rtacha 3x103 KHB/g ni tashkil etdi (2-jadval).

Shunday qilib, 4 xil kesmaning va 4 xil tuproq qatlamlaridagi turli xil fiziologik guruh mikroorganizmlari tahlil qilindi. Olib borilgan tahlillar natijasida barcha kesmalarning turli tuproq qatlamlarida deyarli barcha fiziologik guruh mikroorganizmlari normadan kam ekanligi yoki umuman uchramaganligi aniqlandi. Ammonifikator bakteriyalari 1-kesmada yuqorigi qatlamlarda normadan 2 tartibga, 68-kesma va 24-kesmada tuproqning yuqori qatlamida juda kam, ya'ni 3-4 tartibga kam ekanligi aniqlandi. Atinomitsetlar ham normadan 3 va 4 tartibga kam ekanligi, ayrim kesmalarning quyi qatlamlarida umuman uchramaganligi kuzatildi. Mikromitsetlar umuman uchramaganligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abdukarimovna,Q.D., & Zafarjonzoda,R.Z.(2024). TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING UMUMIY TUSHUNCHASI. Science and innovation, ^(Special Issue 39), 156-158.

2. Rahimov,Z. (2024). MIKROORGANIZMLARNING TUPROQDAGI AHAMIYATI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(7), 108-111.

3. Zafarjonzoda,R.Z.(2023). Tuproqdagi mikroorganizmlarning biosferadagi ahamiyati. Science Promotion, 1(2), 59-61.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.