Научная статья на тему 'TURLI XIL QATOR ORALARIDAGI YANGI G‘O‘ZA NAVLARI EKILGAN MAYDONNING TUPROQLARI VA ULARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI'

TURLI XIL QATOR ORALARIDAGI YANGI G‘O‘ZA NAVLARI EKILGAN MAYDONNING TUPROQLARI VA ULARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
gʻoʻza qator oraliqlari / navlar / bo‘z-o‘tloqi tuproqlar / kesma / gumus / azot / fosfor / kaliy.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gaziyev U.L.

Ushbu maqolada turli xil qator oralig’ida yetishtirilgan g‘o‘za navlari joylashgan bo‘z–o‘tloqi tuproqlar va ularning agrokimyoviy tahlillari natijasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI XIL QATOR ORALARIDAGI YANGI G‘O‘ZA NAVLARI EKILGAN MAYDONNING TUPROQLARI VA ULARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI»

TURLI XIL QATOR ORALARIDAGI YANGI G'O'ZA NAVLARI EKILGAN MAYDONNING TUPROQLARI VA ULARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI

Gaziyev U.L.

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11181708

Annotatsiya. Ushbu maqolada turli xil qator oralig'ida yetishtirilgan g'o'za navlari joylashgan bo'z-o'tloqi tuproqlar va ularning agrokimyoviy tahlillari natijasi keltirilgan.

Kalit so'zlar: g'o'za qator oraliqlari, navlar, bo'z-o'tloqi tuproqlar, kesma, gumus, azot, fosfor, kaliy.

Kirish. Bugungi kunda dunyo paxtachiligida resurs va energiyalardan samarali foydalanish, ularni tejaydigan texnologiya va texnika vositalarini qo'llash, samarali g'o'za qator oraliqlarini ishlab chiqish va ularning sug'orish tartibini to'g'ri belgilash orqali tuproqning agronomik xususiyatlarini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish hamda yuqori, sifatli paxta hosili yetishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Dunyoda global iqlim o'zgarishlari, qurg'oqchilik, ekologiya, sahrolanish, qishloq xo'jaligiga yaroqli bo'lgan yerlarning degradatsiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi kabi qator muammolar, insonlarning, ularning kasbi koridan qat'iy nazar, diqqat e'tiborini jalb qilmoqda [2].

BMT ning ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda har yili 12 mln. gektarga yaqin unumdor yerlar turli sabablarga ko'ra ishlab chiqarishdan chiqib ketayotganligi, shuningdek 1 mlrd. ga yaqin aholi to'yib ovqatlanmayotganini ko'rsatilgan. Shuning uchun ham qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosi bo'lgan tuproq resurslaridan oqilona foydalanish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bizga ma'lumki respublikamiz sug'oriladigan maydonlarining 70 % ga yaqini turli darajada sho'rlangan. Mana shunday holatda paxta yetishtiriladigan maydonlarning oziqa elementlari bilan ta'minlanganligi paxta yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi [1].

Mirzaobod tumani hududi Mirzacho'lni sharqiy qismida joylashib, yirik tog' oldi tekisligini egallaydi, u shimol, shimoli-g'arbga tomon qiyalikka ega bo'lib Mirzacho'l tekisliklari doirasida chegaralanadi.

Sug'oriladigan tuproqlari. Mirzaobod tumani hududlari Turon tuproq-ilmiy zonasining chala cho'l zonasida joylashib, ko'proq qoplamlarini xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bo'z tuproqlar to'rtlamchi davrining mayda yotqiziqlarida lyoss, lyossimon qumoqlarda prolyuvial, allyuvial yotqiziqlarda shakllanib rivojlangandir.

Mirzaobod tumani asosan tekisliklardan iborat bo'lib, bu hududda namchil va yarim namchil tuproqlar kengroq tarqalgan. U yer osti suvlari chuqurda bo'lgan hamda allyuvial va prolyuvial yotqiziqlar ko'p yig'ilgan shuningdek, bo'z tuproqlar birlamchi paydo bo'lgan joylar bundan mustasno, deb ham hisoblaydi. U yerlarda bo'z tuproqlar paydo bo'lish jarayoniga yer osti suvlarining ta'siri yo'q, ko'proq atmosfera yog'inlari, efemer, efemeroid o'simliklar jamoasi va boshqa omillar ta'siri ostida och tusli bo'z tuproqlar shakllangandir. Lekin, keyingi yillarda bo'z tuproqlarni shakllanishiga va bo'z tuproq paydo bo'lish jarayonlariga, ba'zi massivlarda yer osti suvlarini va insonlarni xo'jalik faoliyati jadal ta'sir etmoqda. Natijada, oraliq o'tuvchi tuproqlar tuman hududida ko'proq shakllanganligi dala tadqiqot kuzatuvlarida aniqlangan [3].

Mirzacho'l tekisliklarini sharqiy, boshlanish qismida joylashgan Mirzaobod tumani relefi tekis lekin, g'arbdagi Jizzax cho'llari tomonidan kelayotgan notekis past-baland, to'lqinsimon

ko'rinishdagi massivlar hisobiga buzilgan. Bunday notekis yerlar bir qator o'zanlar ko'rinishidagi botiqliklar va pastqamliklarga bo'lingan bo'lib, ular orasida eng yiriklari Yettisoy-Sardoba va Sho'razaklardir. Tekislikning markaziy qismi ko'l-allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari bilan to'ldirilgan. Tumanning sharqiy qismi lyosslar va allyuvial-prolyuvial yotqiziqlardan tshkil topgan. Tekislik o'zida, grunt suvlarining juda sekin tabiiy oqimini vujudga keltirgan, oqibatda sug'orish ularni yer yuzasiga ko'tarilishiga va vertikal (tik) suv almashinishini kuchayishiga olib kelgan. Bu holat o'z navbatida avtomorf (och tusli bo'z) tuproqlarni yarim gidromorf, undan keyin gidromorf (o'toqli) tuproqlar qatoriga o'tishiga va tekislikning turli qismlarida turlicha. Sirdaryoning qayir usti terrasalarida ular 1-2,5 m, tekislikning markaziy qismida 2-3 m chuqurlikda joylashgan, pastlik va botiqliklarda ularning sathi ancha yuqori turadi. Grunt suvlarining yer yuzasiga yaqin joylashishi, ayniqsa Sirdaryoning qayir yerlarida yaqqol kuzatiladi. Vaqt o'tishi bilan gidrogeologik sharoitlarning o'zgarishi natijasida, ularning katta qismida o'zgarishlar sodir bo'lib, boshqa bir ko'rinishiga bo'z-o'toqli va o'toqli tuproqlarga aylangan, ikkilamchi sho'rlanish jarayonlariga uchragan. Tumanning sug'oriladigan asosiy yer fondi bo'z-o'toqli, o'toqli va kichik maydonlaridagi botqoq-o'toqli tuproqlarga to'g'ri keladi. Bu tuproqlarning ma'lum maydonlarini gipslashgan tuproqlar tashkil etadi [3].

Sug'oriladigan bo'z-o'toqli tuproqlar kelib chiqishiga ko'ra, o'tkinchi bo'lib, ular och tusli bo'z tuproqdan o'toqli tuproqlarga aylanib borayotgan yarim gidromorf tuproqlardir. Bu tuproqlar Mirzaobod tumanining barcha massivlarida tarqalgan. Och tusli bo'z tuproqlarning mintaqasi tog' oldi tekisliklari va Markaziy Mirzacho'l tekisligida, yer osti suvlarini oqimi va oqib chiqib ketishi o'rtasidagi muvozanatni buzilishi natijasida hamda qayta ko'tarilishi, keng iriigatsion qazilishlar hamda qo'riq-tashlandiq yerlarni o'zlashtirilishi natijasida sug'oriladigan bo'z-o'toqli tuproqlar shakllangandir. Bu tuproqlarni qoldiq belgilari och rangli haydov va chirindili qatlami mavjudligi ko'rinadi. Yer osti suvlarining ko'tarilishi hisobiga, tuproqli chuqur qatlamlari kapillyar namlanish sodir bo'lib turadi.

Tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi "BEK Cluster" MChJ ga qarashli Oqoltin hududida joylashgan 90 sm va 76 sm qator oralarida ekilgan g'o'za maydonidagi sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlar.

Tadqiqot uslublari. Tajriba maydonidan tuproq namunalari 0-50 sm dan olinib undagi umumiy chirindi (gumus) miqdori I.V.Tyurin, azot va fosfor I.M.Maltseva va L.N.Gritsenko uslublarida, harakatchan fosfor B.P.Machigin va almashinuvchi kaliy P.V.Protasov uslublarida aniqlandi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Tadqiqot o'tkazilgan joyda tuproq namunalari har bir qaytariqdan 50 sm qalinlikda har 10 sm dan olindi va undagi tuproqning unumdorli va sifat ko'rsatkichlarini hozirgi holatini aniqlash uchun zarur bo'lgan: tuproqdagi gumus (chirindi), azot, fosfor va kaliyning umumiy va harakatchan shakllari umumlashtirilib o'rganildi.

Tuman sug'oriladigan tuproqlarini tumandagi Oqoltin hududida joylashgan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlarining agrokimyoviy xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).

1-jadval

Mirzaobod tumani Oqoltin massivi sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlarining agrokimyoviy xossalari

Kesma № Qalinligi Gumus Yalpi NPK miqdori Harakatchan shakllari

N P K N-NO3 P2O5 K2O

1 0-10 1,133 0,145 0,48 1,476 8,5 24,2 187,2

10-20 0,825 0,107 0,48 1,2 14,25 19,0 163,2

20-30 0,759 0,118 0,44 1,332 6,75 15,0 160,8

30-40 0,825 0,105 0,39 1,296 5,5 12,5 134,4

40-50 0,945 0,190 0,23 0,924 5,5 11,0 105,6

2 0-10 1,331 0,118 0,48 1,404 7,75 17,5 196,8

10-20 1,265 0,090 0,45 1,488 8,5 15,0 218,4

20-30 1,331 0,190 0,46 1,044 6,75 15,0 220,8

30-40 1,265 0,190 0,37 1,464 3,0 14,9 218,4

40-50 0,715 0,204 0,28 1,500 4,25 14,0 168

3 0-10 1,287 0,145 0,47 1,608 11,25 24,0 235,2

10-20 1,045 0,170 0,46 1,116 6,25 20,0 240,0

20-30 1,115 0,100 0,45 1,428 7,75 20,0 201,6

30-40 0,894 0,190 0,44 1,152 13,0 19,0 230,4

40-50 0,825 0,145 0,35 1,116 4,25 15,0 206,4

Olingan namunalarda tuproqdagi gumus miqdori qatlamlar chuqurlashgani sari kamayib ketishi kuzatildi. Birinchi kesmada olingan namunada 0-10 sm qalinlikda gumus miqdori 1,133 dan 40-50 sm ga borganda 0,945 % gacha kamayganligi kuzatildi.

Ikkinchi kesmadan olingan namunada 0-10 sm qalinlikda gumus miqdori 1,331 dan 40-50 sm ga borganda 0,715 % gacha kamayganligi kuzatildi.

Uchinchi kesmadan olingan namunada 0-10 sm qalinlikda gumus miqdori 1,287 % dan 4050 sm ga borganda 0,825 % gacha kamayganligi kuzatildi.Uchinchi kesmada gumusning keskin kamayib ketishi kuzatilmaydi.

Tuproqdagi azotning miqdori gumusning miqdoriga mutanosib ravishda o'zgaradi. Birinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi azot miqdori 0-10 sm da 0,145 % bo'lsa 40-50 sm da 0,105 % ekanligi aniqlandi. Azotning harakatchan shakli esa mos ravishda 8,5 mg/kg va 5,5 mg/kg ni tashkil etdi.

Ikkinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi azot miqdori 0-10 sm da 0,118 % bo'lgan bo'lsa, 40-50 sm da 0,204 % tashkil etdi. Azotning harakatchan shakli esa mos ravishda 7,75 mg/kg va 4,25 mg/kg ni tashkil etdi.

Uchinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi azot miqdori 0-10 sm da 0,145 % bo'lsa 40-50 sm da ham 0,145 % ni tashkil etdi. Azotning harakatchan shakli esa mos ravishda 11,25 mg/kg va 4,25 mg/kg tashkil etdi. Azotning harakatchan shakli 40-50 sm chuqurlikda ikkala kesmada ham bir xil ko'rsatkichga ega bo'ldi, ya'ni 4,25 mg/kg ni tashkil qildi.

Birinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi fosfor miqdori 0-10 sm da 0,48 % bo'lsa 40-50 sm da 0,23 % ni tashkil etdi. Fosforning harakatchan shakli esa mos ravishda 24,2 mg/kg va 11,0 mg/kg ni tashkil etdi.

Ikkinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi fosfor miqdori 0-10 sm da 17,5 % bo'lsa 40-50 sm da 14,0 % ekanligi aniqlandi. Fosforning harakatchan shakli esa mos ravishda 17,5 mg/kg va 14,0 mg/kg ni tashkil etdi.

Uchinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi fosfor miqdori 0-10 sm da 0,47 % bo'lsa 40-50 sm da 0,35 % ni tashkil qildi. Fosforning harakatchan shakli esa mos ravishda 24,0 mg/kg va 15 mg/kg ni tashkil etdi.

Birinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi kaliy miqdori 0-10 sm da 1,476 % bo'lsa 40-50 sm da 0,924 % ekanligi aniqlandi. Kaliyning harakatchan shakli esa mos ravishda 187,2 mg/kg va 105,6 mg/kg ekanligi aniqlandi.

Ikkinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi kaliy miqdori 0-10 sm da 1,404 % bo'lsa 40-50 sm da 1,500 % ni tashkil etdi. Kaliyning harakatchan shakli esa mos ravishda 196,8 mg/kg va 168,0 mg/kg ni tashkil etdi.

Uchinchi kesmada olingan tuproq namunasida yalpi kaliy miqdori 0-10 sm da 1,608 % bo'lsa 40-50 sm da 1,116 % ni tashkil etdi. Kaliyning harakatchan shakli esa mos ravishda 235,2 mg/kg va 206,4 mg/kg ni tashkil etdi.

Xulosa. Mirzaobod tumanidgi paxta yetishtiradigan sug'oriladigan maydonlarda tarqalgan bo'z-o'tloqi tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta'minlanganligi bo'yicha olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, tuproq tarkibidagi chirindi (gumus) miqdori tuproqning yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlarga qadar kamayib borishi kuzatildi. Oziqa elementlaridan azotning yalpi shakllari faqat uchinchi kesmada yuqori va pastki qatlamlarida o'zgarmaganligini kuzatishimiz mumkin. Qolgan kesmalarda esa pastki qatlamlarda yuqori qatlamlarga qaraganda ko'proq ekanligi kuzatildi. Azotning harakatchan shakli esa 2 va 3 kesmalarning pastki qatlamlarida bir xil 4,25 mg/kg ni tashkil etdi. Qolgan qatlamlarda pastki qatlamlarida yuqori qatlamlariga qaraganda kamligi kuzatildi.

Fosforning yalpi shakllari esa 1 va 2 kesmaning 0-10 sm qatlamlarida bir xil ya'ni 0,48 % ni tashkil etdi. Harakatchan fosforning miqdori esa 1 va 2 kesmalarning 20-30 sm qatlamlarida bir xil ya'ni 15,0 mg/kg ni tashkil etdi. Boshqa qatlamlarda esa fosforning yalpi va harakatchan shakllari yuqori qatlamlardan pastki qatlamlarga qadar kamayishi kuzatildi.

Kaliyning yalpi miqdori faqat 2 kesmada pastqi qatlamida yuqori qatlamiga qaraganda ko'proq tashkil etdi. Qolgan kesmalarda yuqori qatlamlar pastki qatlamlarga qaraganda ko'proq ekanligi kuzatildi. Harakatchan kaliy miqdori barcha kesmalarda yuqori qatlamlar pastki qatlamlarga qaraganda ko'proq ekanligi kuzatildi.

REFERENCES

1. FAO SPUSA (2000) Extent and causes of salt affected soils in rparticipating Countries. Global Network on Integrated Soil Management for Sustainable Use of Salt - Affected Soils FAO -AGL website.136-139.

2. Gaziyev, U. L. (2024). TURLI XIL QATOR ORALIG'IDA EKILADIGAN G'O'ZA NAVLARINING SUG'ORISH TARTIBINI BELIGILASHNING AHAMIYATI. Science and innovation, 3 (Special Issue 21), 155-157.

3. Ismanov A.J., Sektimenko V.E. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining sug'oriladigan tuproqlari // Monografiya. - Toshkent: «Fan» nashr., 2005. I-bob- 6-20 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.