Научная статья на тему 'ZARAFSHON VODIYSINING TURLI ANTROPOGEN HUDUDLARI TUPROQLARIDA AZOTNING UMUMIY VA HARAKATCHAN SHAKLLARINI O‘RGANISH'

ZARAFSHON VODIYSINING TURLI ANTROPOGEN HUDUDLARI TUPROQLARIDA AZOTNING UMUMIY VA HARAKATCHAN SHAKLLARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

33
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘z tuproqlar mintaqasi / choʻl zonasi / sugʻorish davri / gumus miqdori / tuproqda azotning umumiy va harakatchan shakllarning miqdori / mineral oʻgʻitlar / oʻgʻit samaradorligi. / Gray earth belt / desert zone / irrigation age / humus content / content of soil nutrients / amount of total and mobile forms of nitrogen in the soil / mineral fertilizers / fertilizer efficiency.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — F. X. Xashimov, O. N. Tashkenbayev, Ch. F. Axadova

Zarafshon vodiysi bo‘z tuproqlar mintaqasi va choʻl zonasi tuproqlarining dengiz sathidan har xil balandliklarda tuproqlarning agrokimyoviy xususiyatlarini, azotning umumiy va harakatchan shakllarini oʻzgarish jarayonlarini oʻrganish maqsadida dala marshruti, statsionar dala tajribalari va laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tuproqlarning azot rejimini yaxshilash va azotli o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The results of the field route, stationary field experiments, and laboratory studies are presented in order to study the agrochemical properties of the soils of the Zarafshan valley gray soils region and the desert zone at different heights above sea level, and the processes of changes in the general and mobile forms of nitrogen. The recommendations are given for increasing the productivity of soils and the effectiveness of using mineral fertilizers.

Текст научной работы на тему «ZARAFSHON VODIYSINING TURLI ANTROPOGEN HUDUDLARI TUPROQLARIDA AZOTNING UMUMIY VA HARAKATCHAN SHAKLLARINI O‘RGANISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University

Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ZARAFSHON VODIYSINING TURLI ANTROPOGEN HUDUDLARI TUPROQLARIDA AZOTNING UMUMIY VA HARAKATCHAN

SHAKLLARINI O'RGANISH

F. X. Xashimov

SamDU Agrobitexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti professori,

Zarafshon vodiysi bo'z tuproqlar mintaqasi va cho'l zonasi tuproqlarining dengiz sathidan har xil balandliklarda tuproqlarning agrokimyoviy xususiyatlarini, azotning umumiy va harakatchan shakllarini o'zgarish jarayonlarini o'rganish maqsadida dala marshruti, statsionar dala tajribalari va laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tuproqlarning azot rejimini yaxshilash va azotli o'g'itlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlari: bo'z tuproqlar mintaqasi, cho'l zonasi, sug'orish davri, gumus miqdori, tuproqda azotning umumiy va harakatchan shakllarning miqdori, mineral o'g'itlar, o'g'it samaradorligi.

The results of the field route, stationary field experiments, and laboratory studies are presented in order to study the agrochemical properties of the soils of the Zarafshan valley gray soils region and the desert zone at different heights above sea level, and the processes of changes in the general and mobile forms of nitrogen. The recommendations are given for increasing the productivity of soils and the effectiveness of using mineral fertilizers.

Key words. Gray earth belt, desert zone, irrigation age, humus content, content of soil nutrients, amount of total and mobile forms of nitrogen in the soil, mineral fertilizers, fertilizer efficiency.

O. N. Tashkenbayev

(SamDU doktoranti, dotsent),

Ch. F. Axadova SamDU, magistranti

ANNOTASIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University

Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Tuproqning azot bilan ta'minlanganlik darajasi o'ta muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Ammo, har xil omillar ta'sirida tuproqdagi azotni yo'qolishi, katta muammo bo'lib qolmoqda [1].

Azot o'simliklarning o'sish va rivojlanishini belgilaydi. Shuning uchun ham tuproqdagi azot miqdorini bilish boshqa agrotexnik tadbirlarni to'g'ri belgilash, tuproqlardan to'g'ri foydalanish uchun kerak bo'ladi. Buning uchun har xil iqlim va tuproq sharoitlarida yalpi miqdorini, har xil shakllarini nisbatlarini bilish kerak.

Yalpi azot miqdori Zarafshon vohasida har xil tuproq, tip, tipcha, tur va xillarida har xil bo'ladi. Bunday bo'lishining sababini bilish ham tuproq azot balansini boshqarishda muxim axamiyatga ega. Tuproq profili bo'yicha ham azot miqdori o'zgaradi, azotning eng ko'p miqdori yuqori gorizontlarda uchraydi, pastga qarab esa kamayadi. Bu jarayonlarni ilmiy asosda o'rganish mineral o'g'itlarni to'g'ri qo'llashda muxim axamiyatga ega.

O'zbekiston hududida solyar faktor bo'yicha, tog'ga nsbatan joylashishi bo'yicha, nishablik darajasi, vertikal balandligi bo'yicha bir-biridan ancha farq qiladigan rayonlarning shakllanishini yuzaga keltiradi, bu esa har xil bir-biridan farq qiladigan biotsenozlarni vujudga keltiradi. Natijada har xil rayonlarda shakllangan bir xil tipdagi tuproqlar gumus va azot miqdori bo'yicha sezilarli ravishda farq qiladi [2].

Azotni akkumulyatsiyasi va transformatsiyasi, tuproqni oziq rejimi, o'simliklarni mineral oziqlanishi ko'p miqdorda tuproqdagi gumus va organik azot miqdori va sifatiy tarkibiga bog'liq [3,4,5,7,8,9].

O'simliklar asosan ammoniy va nitrat shakldagi azotni o'zlashtiradi. Shuning uchun ham bu moddalar miqdorini optimal darajada ushlab turish katta ahamiyatga ega. Ularning miqdoriga qarab azotli o'g'itlarning dozasi aniqlanadi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobitexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining Agrokimyo va o'simliklarni himoya qilish kafedrasi olimlari tomonidan ekspeditsion tadqiqotlar va turli tuproq tip hamda tipchalarida maxsus dala tajribalari olib borildi. Zarafshon vodiysi turli tipdagi tuproqlarida azotning yalpi va harakatchan shakllarning miqdori o'rganildi. Tuproq tarkibidagi yalpi azot miqdorini Meshyeryakov usulida, ammiakli azotni Nessler reaktivi yordamida, nitratli azotni Grandval-Lyaju usulida aniqlandi [6].

Tadqiqot natijalari. Tuproq tarkibidagi yalpi azot miqdorini aniqlashning Meshyeryakov usuli, tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliyni bitta namunada tezkor uslubda aniqlash imkonini beradi. Bunda

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State , ..„ ^iTT^ i

. . TT . Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy ^ntrodueing^mart^gricultureJnUzbM

tuproqdagi organik moddalar konsentrlangan sulfat kislotada kuydirish, azot Nessler reaktivi ishtirokida rangli birikmalar hosil qilishga asoslangan. Tuproqda ammoniyli azotining miqdori tuzli so'rimida (1% KCl eritmasi) aniqladik. Hosil bo'lgan ammoniy xlorid ishqoriy muhitda Nessler reaktivi bilan o'zaro ta'sirlashganda to'q sariq rangli kompleks birikma hosil bo'lib, olingan rangning intensivligi eritmadagi ammiak miqdoriga to'g'ri proportsionaldir. Grandval-Lyaju usulida tuproqning suvli so'rimidagi nitratlar va disulfofenol kislota bilan o'zaro ta'siriga pikrin kislota hosil bo'lishiga va u ishqoriy muhitida, nitrat tarkibiga ekvivalent miqdorda, sariq rang beradigan kaliytrinitrofenol hosil bo'lishiga asoslangan [6].

Uchala usilda ham eritmaning rangi qancha ko'p sarg'aysa azot miqdori shuncha ko'p bo'ladi va tuproq tarkibidagi azotli birikmalar, agrokimyoviy tahlillarning spektral usullariga asoslanib, fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlandi.

O'rganish shuni ko'rsatdiki, azot miqdori tuproq genezisga, relyefning qiyaligiga, joylashishiga, rivojlanish yoshiga, unumdor qatlam qalinligiga, shuningdek, bir qator boshqa omillarga bog'liq, masalan: qishloq xo'jaligi texnologiyasi darajasi, eroziya darajasi, o'g'itlarni qo'llash tizimi, sug'orish usuli, almashlab ekish yoki bir ekinni uzoq muddatli yetishtirish.

Tog' oldi mintaqasining tipik bo'z tuproqlarida umumiy azot miqdori yuqori qatlamlarda, past qatlamlarga nisbatan, ko'proq bo'lgan va Zarafshon vodiysining barcha tuproqlarida bo'lgani kabi, chirindi miqdori bilan ham o'zaro bog'liqdir (4-jadval). Shuning uchun pastki gorizontlarda azot miqdori juda kam edi. Ayniqsa, qo'riq yer tuproqda umumiy azot miqdorining keskin pasayishi kuzatildi.

Bu tuproqning 0-30 sm qatlamida umumiy azotning o'rtacha miqdori 0,110%, 30-50 sm - 0,055%, 50-70 sm - 0,048%, 70-100 sm eskitdan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqda, mos ravishda - 0,076%; 0,063%; 0,057%; 0,051%. Qo'riq tuproqlarning yuqori gorizontida eskitdan sug'oriladigan tuproqlarga nisbatan azot miqdori yuqori bo'lsa, quyi gorizontlarda ular umumiy azot miqdori bo'yicha ikkinchisidan pastroqdir (1-jadval).

Oziq moddalarining harakatchan shakllarning miqdori har doim ularning umumiy miqdoriga bog'liq emas. Qo'riq yer tipik bo'z tuproqlarda mineral azot eskitdan sug'oriladigan tuproqqa qaraganda ancha kam bo'lgan, qo'riq tuproqda 0-30 sm qalinlikdagi qatlamida nitrat azot 21,7 mg/kg, ammoniy - 23,7 mg/kg, eskitdan sug'oriladigan tuproqda, mos ravishda 23,6 mg / kg, 25,2 mg / kg.

Eskitdan sug'oriladigan tuproqlarga nisbatan, qo'riq yer tuproqda 0-30 sm qatlamdan keyin mineral azotning kuchli pasayishi kuzatildi, bu tuproqning biologik faolligiga bog'liq,

~ May 12-13

Jntrod^cing^martmgria^ii^iama^UzB^itm^^^m

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

chunki mikroorganizmlar tuproqning yuqori qatlamida faolroq (jadval-2;3).

Yangitdan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarning 0-30 sm tuproq qatlamida umumiy azot miqdori 0,069%, 30-100 sm da - 0,040-0,052%; eskitdan sug'oriladigan maydonda mos ravishda - 0,084%; 0,040-0,064%. Yangitdan sug'oriladigan o'tloq tuproqda umumiy azot miqdori 0-30 sm qatlamda 0,099%, 30-100 sm qatlamda 0,071-0,078%, eskitdan sug'oriladigan tuproqda mos ravishda 0,110%; 0,0840,104%. Ko'rinib turibdiki, barcha tuproqlarda umumiy azot miqdori tuproq profilida pastga qarab kamayib ketgan. Biroq, o'tloqli tuproqlarda kamayishi tipik bo'z tuproqlarga qaraganda kamroq sezildi. Ba'zi hollarda, hatto o'tloqli tuproqlarda o'sish kuzatildi. Sug'orish muddati oshgani sayin umumiy azot miqdori ortib, uning tuproq profili bo'ylab tarqalishi tenglashdi. (6-jadval).

Tekislik mintaqasining tipik bo'z tuproqlarida sug'oriladigan davri oshgani sari mineral azot miqdori ko'paydi, tuproq yuqori qatlamida (0-30 sm): nitratli - 30,1 mg/kg, ammoniy - 26,2 mg/kg, yangitdan sug'oriladiganda, mos ravishda - 27,2 mg/kg, 24,2 mg/kg, lalmida 26,9 mg/kg, 22,8 mg/kg. Azotning nitrat shakli ammoniy shaklidan ustun keldi. Azotning ikkala shakli ham tuproq profilida pastga qarab kamaydi. Bu hududning o'tloq-bo'z tuproqning 0-30 sm qatlamida umumiy azot

l-jadval

Zarafshon vortivsi tupi oqlaming mmiimv azot imqrtoiining variasion statistik ko'rsatkichlari (N, %).

Chuqurlik - > 0-30 sm 30-50 sm 50-70 sm 70-100 sm

O'rganilayotgan tuproqlai 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1

Bo 'z tuproqlar zonasi (Samarqand viloyati)

Avtomorf tuproqlai

a) tipik bo 'z tuproq (qo'riq yer)

b) tipik bo 'z tuproq eskitdan sug' oriladigan (tog; oldimintaqasi) 1 ,065 ,086 ,076 ,8 1 ,048 ,082 ,063 7,2 1 ,040 ,077 ,057 0,6 1 ,031 ,074 .051 3,0

v) tipik bo'z tuproq (lalmi)

g) tipik bo'z tuproq yangitdan

d) tipik bo 'z eskitdan sug: oriladigan (teki s y er mintaqasi) ,081 ,088 ,084 ,4 ,059 ,070 ,064 ,3 ,036 ,060 ,051 5:4 ,027 ,058 ,040 9,4

e) och tusli bo :z tupro q yangitdan o'zlashtirilgan 0 ,064 ,093 ,078 1,1 0 ,040 ,068 ,057 4,7 0 ,031 ,064 ,048 0 ,025 ,059 ,042 Jfi

Yariiii gidi omorf tuproqlai

a) o'tloq-bo'z tuproq eskitdan sug'oriladigan ,054 ,114 ,078 1,0 ,048 ,082 ,070 7,2 ,043 ,076 ,065 9,3 ,034 ,086 ,064 2,0

Gidi omorf tuproqlai

a) O'tloq tuproq yangitdan

b) O'tloq tuproq eskitdan sug'oriladigan .102 ,124 ,110 0,8 ,071 ,121 ,104 ,072 ,126 ,096 8,4 ,047 ,107 ,084 8,6

Cho 4 zonasi (Buxoro viloyati)

Gidi oinorf tuproqlai

a) O'tloq tuproq (qo'riqyer)

b) O'tloq tuproq yangitdan

v) O'tloq tuproq yangitdan

g) O'tloq tuproq eskitdan

d) 041oq-voha tuproq qadimdan sug'oriladigan 9 ,067 ,194 ,109 1,8 9 ,049 ,127 ,092 9,6 9 ,028 ,110 ,076 5:0 9 ,022 ,101 ,068 8.6

miqdori 0,054-0,1138% ni tashkil qilgan. Tuproq profilida pastga qarab, umumiy azot miqdori kamaydi, ammo bu kamayish

May 12-13

1175

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University

Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

asta-sekin sodir bo'ldi.

Yangitdan o'zlashtirilgan gipsli kam unumli och tusli bo'z tuproqda yalpi azot miqdori past bo'lib, tuproq profili bo'ylab juda keskin kamaydi.

Cho'l zonasi tuproqlari xilma xil, bu yerda gidromorf tuproqlar keng tarqalgan. Qadimdan sug'oriladigan o'tloq va o'tloq-voha tuproqlari juda kuchli agroirrigatsion qatlamiga va turli xil genetik gorizontlarga ega. Genetik gorizontlari bir biridan yaxshi farq qiladi. Qadimdan sug'oriladigan o'tloq-voha tuproqlari qalin unumdor qatlamga ega. O'tloqi tuproqlar orasida tuproqning rivojlanishi va sug'orish davriga ko'ra turli xil: yangitdan o'zlashtirilgan, yangitdan sug'oriladigan, eskitdan sug'oriladigan va qo'riq yer tiplari mavjud (1-jadval).

Qadimdan sug'oriladigan o'tloqli tuproqlarda umumiy azot miqdori chirindi tarkibiga korrelyatsion bog'liqlikka ega bo'lib, tabiiy ravishda umumiy azot miqdori yuqori gorizontlarda ko'proq bo'ladi va chuqurlashgan sari kamayadi.

Bu zonada qadimdan sug'oriladigan o'tloq-voha tuproqlari barcha sug'oriladigan o'tloq tuproqlarga nisbatan azot miqdori yuqori va barqarorroq (V=21,8%) bo'lgan, bu esa bo'z tuproqlar zonasida kuzatilmagan. O'tloq-bo'z tuproqning 0-30 sm qatlamida umumiy azotning o'rtacha miqdori 0,109% ni tashkil etgan bo'lsa, tuproq profili bo'ylab chuqurlashgani sari uning miqdori asta-sekin kamayib bordi, 30-50 sm qatlamda 0,092%, 50-70 sm qatlamda - 0,076%, 70 -100 sm - 0,068%, eskitdan sug'oriladigan o'tloq tuproqda mos ravishda 0,104%; 0,087%; 0,070% va 0,066%.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, gidromorf tuproqlarda nitrat azotining miqdori ammoniyligiga qaraganda yuqori bo'lib, ularning umumiy miqdori chuqurlashgani sari keyin kamayib bordi, ayniqsa 70 sm qatlamdan keyin, bu esa bu gorizontlarda ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlarining susayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. (2;3 - jadvallar).

Qadimdan sug'oriladigan o'tloq-voha tuprog'ida mineral azot miqdori eski sug'oriladigan o'tloq tuprog'iga qaraganda ko'proq bo'ldi va u pastki gorizontlarga qarab kamaydi, nitrat esa ko'pincha ammoniydan ko'proq bo'ladi, bu katta ehtimollik bilan uning harakatchanligiga bog'liq.

Yangitdan o'zlashtirilgan o'tloq tuproqda haydalma qatlami qalin bo'lmaganligi, tuproqda qum va toshlar ko'p bo'lganligi, genetik gorizontlar yaxshi shakllanmaganligi sababli umumiy azot miqdori haydalma qatlamida juda past bo'lgan.

Yangitdan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarida umumiy azot

May 12-13

Jntrod^cing^martmgria^ii^iama^UzB^itm^^^m

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnozariy^a amaliy asoslari

jy

miqdori eskitdan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarga qaraganda kamroq bo'lgan, u odatda tuproq profili bo'ylab yuqoridan pastga kamaydi, garchi ba'zi hollarda ko'payish ham kuzatildi, bu esa tuproqning genezisiga bog'liq (1-jadval).

2-jadval

Zarafshon vodiysi tup mq laming 11 it rat Ii azot miq do fining va ria sionsta tistik ko'rsatkichlari (N-NO3,

mg/kg).

Chuqurlik - > 0-30 sm 30-50 sm 50-70 sm 70-100 sm

O'rganilayotgan tuproqlar n | min | max | M | V% n | min | max | M | V% n | min | max | M | V% n | mill | max | M | V%

Be' : tuproqlar zonasi (Samarqand viloyafi)

Avto mo rf tupro ql.i i'

a) tipik b o 'z tuproq (qo'riq y er) 3 20:SS 22,39 21,66 4,0 3 7,98 10,79 9,33 15,1 3 7,20 8,87 7,90 11,0 3 6,50 7,25 6,81 5,8

b) tipik bo'z tuproq eskitdan sug'oriladigan (tog' oldi mintaqasi) 11 19:10 29,10 23,64 14,2 11 11,57 27,14 17,89 27,6 11 7,76 20,66 13,37 34,3 11 4,50 18,70 10,54 39,1

v) tipik b o 'z tuproq (lalmi) 3 19,90 31,12 26,85 22,6 3 13,33 19,84 17,53 20,8 3 9,10 18,29 13,69 33,6 3 7,52 16,48 10,86 45,0

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

g) tipik bo'z tuproq yangitdan 11 21:70 33,10 27,21 15,7 11 15,27 27,84 21,44 19,8 11 11,20 26,80 16,94 27,4 11 8,60 18,81 13,62 24,9

d) tipik bo 'z eskitdan sug'oriladigan (tekis yer mintaqasi) 3 22,92 34,30 30,11 20,8 3 16,11 23,66 20,90 19,9 3 10,85 19,16 14,47 29,4 3 8,70 15,19 12,00 27,0

e) ocb Tu s li bo'z tuproq yangitdan o'zlashtirilgan 10 12,60 24,29 18,63 23,2 10 12,12 18,49 15,04 16,8 10 9,80 17,20 12,48 17,4 10 8,40 16,81 11,45 26,7

Yaiim gidromorf tuproqlar

a) o'tloq-bo'z tuproq eskitdan sug'oriladigan 3 13,66 23,70 20,12 27,8 3 12,60 29,45 20,59 41,1 3 10,72 25,00 17,41 41,3 3 8,37 23,55 15,08 51,4

Gidromorf tuproqlar

a) O'tloq tuproq yangitdan sug'oriladigan 3 19,88 30,44 25,68 20,9 3 9,97 18,91 14,55 30,7 3 1,76 15,70 7,85 90,8 1 11,63 11,63 11,63

b) O'tloq tuproq eskitdan sug'oriladigan 3 24,32 27,88 25,60 7,7 3 20,20 24,90 21,83 12,2 3 16,99 17,40 17,19 1,2 3 12,80 14,72 13,74 7,0

Cho '1 -onasi (Bwcoro viloyafi)

Gidromorf tuproqlar

a) O 'tloq tuproq (qo 'riq y er) 3 14,47 25,60 20,49 27,4 2 0,00 12,60 6,30 141,4 1 16,30 16,30 16,30 1 16,30 16,30 16,30 -

b) O'tloq tuproq yangitdan o'zlashtirilgan 2 13,81 16,70 15,26 13,4 2 10,30 12,50 11,40 13,6 2 8,73 12,50 10,61 25,2 2 8,20 12,50 10,35 29,4

v) O'tloq tuproq yangitdan sug'oriladigan 12 14,29 35,60 20,25 29,9 12 10,04 24,12 15,52 30,0 11 6,34 18,02 11,07 32,4 10 5,31 15,60 9,58 38,4

g) O'tloq tuproq eskitdan sug'oriladigan 34 16,36 36,40 25,43 21,6 54 12,40 29,45 20,27 23,5 54 8,23 27,64 15,15 29,4 54 2,50 28,70 12,39 35,1

d)0'tloq-voha tuproq qadimdan sug'oriladigan 39 17,38 35,60 25,94 19,0 39 14,60 34,80 20,89 20,6 39 10,29 31,40 16,61 26,0 39 7,70 28,06 13,99 27,5

Qadimdan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarda tuproq qatlami qalinroq bo'lib, azot miqdori ko'proq bo'ldi va gorizontlar bo'ylab aniqroq kamayishi kuzatildi.

Qadimdan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarida ammoniy va nitrat azot miqdori yangitdan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarga nisbatan ko'p bo'lsa, nitrat azoti ko'proq bo'lgan, bu bizning fikrimizcha, nitrifikasiya darajasiga bog'liq. Azotning har ikkala shakli ham tuproq profili bo'ylab yuqoridan pastga qarab kamaydi, ayniqsa 50-70 sm chuqurlikdan so'ng. Shu bilan birga, nitratlar miqdorining pasayishi yanada jadalroq sodir bo'ldi va shuning uchun pastki gorizontlarda ularning miqdori tenglashgan, ba'zan hatto ammoniy azot ustunlik qilgan. (2;3-jadvallar).

May 12-13

1177

Jntrod^cing^martmgria^ii^iama^UzB^itm^^^m

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

3-jadval

Zamfslion vodiysi tuproqlarning ammoniyli azot miqcloriiiiiig variasionstatistik ko'rsatkichlari (N-NHj,

mg/kg).

Cliuqurlik - > 0-30 sm 30-50 sm 50-70 sm 70-100 sm

O'rganilayotgan tuproqlar 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1

Bo 'z tuproqlar zonasi (Samarqand viioyati)

Avtomorf tuproqla r

a) tipik bo'z tuproq (qo'riqyer)

b) tipik bo'z tuproq eskitdan sug'oriladigan (tog' oldi mintaqasi) i 4,17 1,30 3,17 7,9 1 3,75 9,85 9,60 4,7 1 0,10 9,15 4,03 0,9 1 ,59 4,73 1,49 0,3

v) tipik bo'z tuproq (lalmi)

g) tipik bo'z tuproq yangitdan

d) tipik bo'z eskitdan sug'oriladigan (tekis y er mintaqasi) 8,90 3,63 6,19 8,1 5,53 5,12 0,20 3,8 ,07 9,18 4,62 5,1 ,10 2,99 1,25 4,3

e) och tusli bo'z tuproq yangitdan o'zlashtirilgan 0 4,29 3,28 1,28 1,1 0 1,02 1,00 4,92 5,6 0 5,97 0,47 0,73 1,5 0 0,50 9,20 7,88 8,5

Yarim gidromorf tuproqlar

a) o'tloq-bo'z tuproq eskitdan sug'oriladigan 3,17 6,20 0,02 2,7 5,20 7,33 1,02 8,9 4,18 6,10 8,73 4,4 2,90 0,56 6,43 3,5

Gidromorf tuproqlar

a) O'tloq tuproq yangitdan

b) O'tloq tuproq eskitdan sug'oriladigan 9,93 9,98 3,23 6,1 0,60 7,10 4,93 1,6 9,99 9,60 8,07 0,5 7,02 9,66 5,59 8,0

Cho 7 zonasi (Buxoro viioyati)

Gidromorf tuproqlar

a) O 'tloq tuproq (qo 'riq y er)

b) O'tloq tuproq yangitdan

v) O'tloq tuproq yangitdan

g) O'tloq tuproq eskitdan

d) O'tloq -voha tuproq qadimdan sug'oriladigan 9 2,19 8,60 9,90 3,1 9 ,30 4,60 6,19 9,0 9 ,78 0,20 3,29 1,1 9 ,97 8,70 1,70 2,0

4-jadval

Zarafshon vodiysi tuproqlarida oziq elementlarning yalpi va harakatchan shakllar o'rtasidagi korrelyatsiya bog'liqligi

Elementlar N, % P, % K, % N-NO3, mg/kg N-NH4, mg/kg N- NO3+N-NH4, mg/kg P2O5, mg/kg K2O, mg/kg

C, % 0,948 0,750 0,593 0,743 0,585 0,704 0,723 0,512

N, % 0,611 0,566 0,753 0,540 0,686 0,701 0,553

P, % 0,788 0,701 0,529 0,652 0,750 0,537

K, % 0,773 0,512 0,683 0,848 0,745

N-NO3, mg/kg 0,793 0,950 0,852 0,762

N-NH4, mg/kg 0,943 0,739 0,498

N-NO3+N-NH4, mg/kg 0,897 0,670

P2O5, mg/kg 0,785

Mineral o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti va ekinlar hosildorligi tuproqning genetik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Tipik bo'z tuproqlarda g'o'za yetishtirishda azotli o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti tipik bo'z tuproqda 35,9%, o'tloq-bo'z tuproqda 43%, o'tloq tuproqda 44,7%, ya'ni gidromorflik belgilarining ortishi bilan o'simliklarning azotli

May 12-13

1178

к»

О ?

43 О

с

N

49. а* С

°Н.

PU О

4^ On

ю 00

4^

о

N fa

LtJ

"оо

ю

4^

о

а* о

с

43

о

H

а*

n" ?

43 О

Q

n" fa

О

3

fa

Ol

fa

с

N

qq.

а* С

pu О

LtJ LtJ

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

LtJ

ю

4^

ю

UJ JOO

4^

ю

ю о К)

о о

00

ю

UJ

to

Os

4^

LtJ

to

LtJ

UJ

4^ Js)

"as

Q

fa

Is)

as

LtJ

UJ О К)

LtJ Js> K>

00 "■<1

UJ

1o

£ s

Si Si

s

a,

I"

Si

í<*

rl 3 h^ S"

s

Si

Kuzatuv maydon raqami

Tuproq tip va tipchasi

Ekin turi

Hosildorlik s/ga

O'g'itlar hisobiga olingan qo'shimcha hosil, s/ga

Og'itl ardan azotni

o'zlashtirish koeffitsienti, % da

N м "i

° S, (/! £ S" er

3 о к s

FT <

■т" л

M

и

в »

S. 2 в

то в о та

M

OTQ о

se

sr » s.S.

M

в л

m Sé* N er

Я о

в л

oj

N ^Г.

£Г » ifi er.

г

ifi в*

er 5-

о 2.

5. В в

Я-то В о

Ü (Л

а о

0TQ* —

^ < »

В er

В. к-

i_Q О р

р РГ

& р-

p

в g

5' Я

О) Р^

b-¡ h-.

P,

crq" %

p

СЛ

I

s p

&

о

CTQ_ <

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

P

P та

О

crq

О)

P

О) N_

сл'

3. p

СЯ

51 p

S

P

СГ О CTQ

a> P

3-

P

VI

p CTQ

О сл

О CTQ

r r

CTQ P.'

CL

P О

S5

p

<<

p ^

о

О)

в _

Й" crq^ P

о я в

О) о

Док З3 ^

^ 3 О- ь-.

SL

I I

V Р ^ ^

О О)

О) р

р

ся О

сл р

О

5'

Crq

tr

Р

сл р

&

Crq Р

О №

^ а-о

=1 • 2L ^

^ S ÏÏ. Й-Ея Р

tr о

ся

51

о

Р.

S О

Р

О (П)

crq • < h-", о

р

я в

00 О)

р

N

S-

ся"

tr

О

О) ^

э

сл

ft"

Р

О

О Р

Р

Crq

О)

a

P

% ^

P О) ^ Ö". g.

ТО £2. Р

P Р

N

Р

er EL о pt

52. Crq

S g

О

p

сл

er crq'

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

g

о

=1

О)

CT

о

p о

p

8-p

p

ся

¡=r

о

р

crq Crq

О) р

О)

сл

tr

о

сл

S-

Р &

О 51

0

1

>-!

О

сгсГ

Crq"

P3 h-.

S* 5-н £■

ЁГ >-4

Р Я ст

В ^

лВ Р^

crq q

Crq

Crq

tr о

51 p

p.

tr &

p 4

СГ CD

ся

tr о

О)

Э

ся

ft"

P

О

_. ся ? Í

Р

Crq

о

tr р

X Р v Р

1УЭ

p M p' ^

R &

В' £Г

сл О СГ Crq Р

V1 р'

в

о

о

a В1

s* a

»

S ®

s- й

a

" ri Si

£

S S.

¡> Ifl

CTQ »

4 3

s» S

2. "t

as w

s »

Si

s

11' ^ S

s, a

S- §

t.

^ s

a

^ a-

s- s

il

Л ir:

s-s- 5

R

1 S й

S"

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

N g á

Si ^

S

,a< si,

^ Qtq

Si s-

s c-

a 2

л а"

"S

«1 й f g

H

15

VI

СГ 7T n S

Ifi 15

n

< О

с" В

n>

Ifl 15

В H

Ifl >

с n

о s

У "t л S n n

Ы о к» Ui

Samarkand branch of Tashkent State , ..„ r^ix-r^ i

. . TT . Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Agrarian University

Theoretical and practical foundations of O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy Jntrodueing^mart^gricultureJnUzbM

3-K Olma 105,0 77,0 20,8

3-N Och tusli bo'z tuproq Beda 125,0 74,0 -

17- N Olma 76,0 51,0 15,0

Buxoro viloyati (cho'lzonasi tuproqlarida)

231-G Yangitdan sug'oriladigan o'tloq tuproq G'o'za 22,0 9,9 26,4

367-G Kuzgi bug'doy 22,8 8,6 17,9

333-G Beda 106,0 56,0 -

131-V Eskitdan sug'oriladigan o'tloq tuproq G'o'za 28,5 15,4 33,1

109-V Kuzgi bug'doy 32,5 17,1 27,4

27-V Beda 118,0 63,0 -

200-V O'tloq- voha tuproq G'o'za 30,8 17,1 35,1

315-G Kuzgi bug'doy 36,5 20,6 32,2

119-V Beda 136,0 77,0 -

Demak, mineral o'g'itlaming samaradorligi, o'simliklarning oziq moddalarini o'zlashtirilishi, mineral o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti va qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi tuproqning turi, genezisi, iqlim sharoiti va tuproqdagi gumus miqdoriga bog'liq.

Eskitdan va qadimdan sug'oriladigan tuproqlarda uzoq muddatli sug'orish va qishloq xo'jaligida foydalanish jarayonida umumiy azot miqdori nafaqat yuqori qatlamlarda, balki butun tuproq profilida to'plangan. Cho'l zonasi tuproqlarida qishloq xo'jaligida foydalanish, xususan, sug'orish ta'sirida sodir bo'ladigan o'zgarishlarning kontrasti bo'z tuproqlar mintaqasiga qaraganda yuqori, ya'ni Zarafshon vodiysining g'arbidan boshlab sharqgacha sug'orishning tuproq unumdorligiga ijobiy ta'siri ko'proq namoyon bo'ladi.

Xulosa. Tuproq azot rejimiga eng keskin ta'sir etuvchi omil bo'lib azotli o'g'itlar xizmat qiladi. Shu bilan birga tuproqdagi mineral azot miqdoriga sug'orish davomiyligi sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Zarafshon vodiysi tuproqlaridan uzoq muddatli sug'orish va qishloq xo'jaligida foydalanish nafaqat azotning to'planishi, balki tuproqning unumdorligi va qo'llaniladigan o'g'itlar samaradorligining oshishi bilan ham kuzatiladi.

May 12-13

1180

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University

Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

REFERENCES

1. Хашимов Ф.Х. Повышение эффективности азотных удобрений на эродированных сероземных почвах Монография - Самарканд: 2018., С. 220.

2. Рискиева Х.Т. Азот в почвах зоны хлопкосеяния Узбекистана. Ташкент, Изд-во Фан Узбекской ССР, 1989, 150 с.

3. Панков М.А. Почвы Ферганской области / Почвы Узбекистана. Т.2. Ташкент,

4. Генусов А.З. Почвы и земельные ресурсы Средней азии. Ташкент: «Фан» УзССР. 1983. с 136.

5. Кимберг Н.В. Почвы пустынной зоны Узбекской ССР. Ташкент. « Фан»». 1974. 298 с.

6. F.H.Xashimov, M.A.Xayitov, O.N.Tashkenbayev, M.I.Mashrabov. Agrokimyo fanidan amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2021 y. -184 bet.

7. Kh Khashimov, O.N Tashkenbaev, M.T.Kubayeva, G.M Abdyeva. Influence of anthropogenic impact on the group composition of humus in irrigated soils of the zarafshan valley. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE), Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 3 No. 5, May 2022 ISSN: 2660-5643.

8. F.Khashimov, O.Tashkenbayev, M.Khayitiv. The interdependens of the humus state and the productivity of individual crop on irrigated soils. Conference Proceedings: Global food forum, 2021, ISBN 978-9916-9745-2-0, 31-39 p.

9. Tashkenbayev, O. N., Kubayeva, M. T., Abdiyeva, G. N., Najimova, I. S. Zarafshon vodiysi tuproqlari gumus sifat tarkibiga turli omillarning ta'siri. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan, Volume 3, SB TSAU Conference, 2022, 669-675p.

1957.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.