"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024
ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz
MIRANDA QOIDASI: TARIXI, UNING ASOSIY MAQSADI VA MUAMMO VA KAMCHILIKLAR
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14545034
Hafizullayev Javlon
Alfraganus Univercity nodavlat ta'lim tashkiloti Milliy g'oya va huquq ta'limi yo'nalishining 1- bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Miranda qoidasining kelib chiqish tarixi, uning inson hayotidagi o 'rni, uni amalga oshirish borasidagi kamchiliklar va Konstitutsiyamizdagi o'rni haqida so 'z boradi.
Kalit so'zlar: sukut saqlash huquqi, advokat xizmatidan foydalanish huquqi, shaxsiy huquq va erkinliklar.
Odamzod yashar ekan har javhada, har qanday holatlarda ma'lum bir huquqlaridan foydalanadilar. Masalan, bola maktabga borganida ta'lim olish huquqidan, yoki shifoxonaga borganida tibbiy xizmatdan foydalanish huquqidan, yoshi katta keksa insonlar esa ijtimoiy ta'minot olish huquqidan foydalanadilar.Miranda qoidasi ham ana shunday ma'lum bir vaziyatda qo'llanishi lozim bo'lgan huquqlardan biridir.
Gollivud filmlari tufayli ko'pchilikka ma'lumki, politsiyachi gumonlanuvchi odamni hibsga olish vaqtida shunday iborani aytadi: "Siz sukut saqlashga haqlisiz. Aytganlarizni hammasi sudda o'zingizga qarshi ishlatilishi mumkin. So'roq jarayonida advokatingiz qatnashishi mumkin. Agar advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmasangiz, davlat tomonidan advokat bilaan ta'minlanasiz. Huquqlaringizni tushundingizmi?".Filmlardagi mazkur epizod Amerika Qo'shma Shtatlarining ijtimoiy va huquqiy hayotidagi qonuniy talab - Miranda qoidasini ko'rsatib beradi. Xo'sh, Miranda qoidasi o'zi nima? Uning tarixi va mazmuni qanday?
Bu mashhur iboraning tarixi Ernest Arturo Miranda ismli AQSH fuqarosining nomi bilan bog'liq. Miranda 1941-yil 9-martda Arizona shtatining Mesa shahrida tug'ilgan ispaniyalik retsidivist. O'z vaqtida uni ota-onasi va o'qituvchilari "tarbiyasi qiyin bola" deb ta'riflagan. Sakkizinchi sinfda u kichik jinoyat sodir etgan va to'qqizinchi sinfda o'g'irlik uchun hibsga olingan. Bir yil davomida Arizona shtatidagi O'g'il bolalar sanoat maktabiga joylashtirilgan. Ozodlikka chiqqanidan so'ng u bir oy o'tib yana yangi jinoyatga qo'l urgan. Mana shunday hayot tarziga ega bo'lgan Miranda 1966-yili jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, hibsga olingan va
"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN ALFRAGANUS UNIVERSITY
(E)ISSN: 2181-1784 4(26), Nov., 2024 www.oriens.uz
so'roq qilinishidan oldin uning gumondor sifatidagi huquqlari o'qib eshittirilma gan. Miranda o'z huquqlarini bilmagan holda so'roq jarayonida qo'yilayotgan ayblovlarga iqrorlik ko'rsatmasini bergan va sudda ushbu ko'rsatmadan isbot sifatida foydalanishgan. Buni noqonuniy ekanligini uni himoya qilayotgan Alvin Mur ismli 73 yoshli advokat tomonidan aniqlanib, sud jarayonida u himoyasidagi shaxsning huquqlari tushuntirilmagani, shuning uchun ham aybiga iqrorlik ko'rsatmasi hamda qonunbuzarliklar bilan olingan boshqa dalillar sud ishidan olib tashlanishi kerakligini ta'kidlagan. Garchi birinchi instansiya sudi advokat Murning dalillariga ishonmagan bo'lsada, keyinchalik 1966-yil 13-iyunda AQSH Oliy sudi Mirandaning huquqlari buzilgan, deb topgan va undan iqrorlikni olib tashlagan holda ishni qayta ko'rib chiqishga qaror qilgan. Shundan so'ng Amerika politsiyasida so'roqdan oldin hibsga olinganlarning huquqlarini o'qishi tyo'g'risida majburiy tartib joriy qilinib, mazkur qoida "Miranda qoidasi" sifatida atala boshlangan.
Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda "Miranda qoidasi" inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar hamda ko'plab davlatlar konstitutsiyasi va qonunlariga umume'tirof etilgan norma sifatida kirib kelgan. Masalan Fransiya qonunchiligiga ko'ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hibsga olinib, so'roq qilinayotgan shaxsga hibsga olishning maksimal muddati, qarindoshlari yoki ish beruvchini hibsga olingani haqida xabardor qilish huquqi haqida ma'lumot berili zarur.
Avstraliyada "Miranda qoidasi" mahalliy tilda "Jim turish huquqi deb ham ataladi. Unga ko'ra, gumonlanuvchiga so'roqdan avval "Agar xohlamasangiz, biror harakat qilishingiz yoki aytishingiz shart emas. Har qanday so'zlaringiz yoki harakatlaringiz dalil sifatida ishlatilishi mumkin" deya ma'lumot beriladi va "Hamma narsani tushundingizmi" deb so'raladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, odatda ayblanuvchilarning atigi 4-9 foizi sukut saqlash huquqidan foydalanadi. Ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz huquq tizimida ham "Miranda qoidasi" rioya etilgan. Xususan, Konstitutsiyamizning 27-moddasida shunday deyilgan:
" Shaxsni ushlab turish chog'ida uning huquqlari va ushlab turilish asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi shart." Ya'ni unga quyidagi huquqlari borligini aytib o'tishi kerak:
- sukut saqlash huquqi
- advokat xizmatidan foydalanish huquqi, agar advokat yollashga moliyaviy yoki boshqa sabablar orqali advokat xizmatidan foydakana olmasa, davlat tomonidan advokat yollanishi haqida
- aytgan gaplari sudda unga qarshi qo'llanilishi mumkinligini
- agar gumonlanuvchi chet el fuqarosi bo'lsa, tarjimon xizmatidan foydalanis hi
- o'z advokatiga yoki yaqin qarindoshiga bir marta qo'ng'iroq qilish imkoni berilishi shart.
"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN ALFRAGANUS UNIVERSITY
(E)ISSN: 2181-1784 4(26), Nov., 2024 www.oriens.uz
Mamlakatimizning qonunchiligida "Miranda qoidasi" alohida o'rin tutadi. Ammo bu qoidani alqimiz orasida, umuman olganda jamiyatda keng tarqalishida bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Keeling, bulardan bir nechtasini ko'rib chiqamiz.
"Miranda qoidasi"ni aholi orasida keng ko'lamda qo'llanmasligining birinchi va eng asosiy sababi - xalqimizning huquqiy savodxonligining pastligidir. Ayrim toifadagi insonlar bor o'z huquqlarini yaxshi biladi. Ular ham asiosan davlat ishida ishlaydigan insonlardir. Ammo oddiy xalqchi, ular qaydan bilsin o'z huquqlarini?
Keyingi sababi bizni qonunchiligimizda SSSR tuzumining ta'siri borligidir. Chunki yurtimiz qariyib 70 yil davomida Sovet hukumatining ta'sirida bo'lgan. Qonunlar ham ular ko'rsatgan ko'rsatmalar va normalardan chetga chiqmagan. Bu qonunlarda "Miranda qoidasi" yoki "Aybsizlik prezumpsiyasi" kabi normalar bdo'lmagan.
Bu turdagi muammolarni yechish uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish
kerak.
Birinchidan, aholi orasida, xususan yoshlar orasida huquqiy savodxonligini rivojlantirish uchun huquqiy-targ'ibot ishlarini kuchaytirish kerak. Bu tizimga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlarni (Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi ) va boshqa shu kabi davlat organlarini aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ishlarga kengroq jalb qilinishi kerak.
Ikkinchidan, "Miranda qoidasi" bo'yicha davlat organlarini xususan, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlaridagi xodimlarni malakasini oshirish lozim. Chunki, ko'pgina holatlarda gumonlanuvchilarga davlat organlari xodimlari tomonidan gumonlanuvchining qanday huquqlari borligi haqida ma'lumot taqdim etilmayotganligi kuzatilmoqda. Va bunday holatlar hattoki xalqaro huquq normalarida ham inson huquqlarini buzilishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda "Miranda qoidasi" har bir fuqaro uchun, har bir davlatning rivojlanishi uchun juda muhimdir. Chunki bu qoida insonning hayotini, davlatning esa rkeyingi taraqqiyotini qanday tarzda bo'lishini belgilab beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. D.M.Muhammadjonovich "Miranda qoidasi": tarixi, mazmuni va konstitutsiyamizga kiritilish zarurati" UzA.uz internet portal
2. Yangi tahrirdagi O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi