Научная статья на тему 'MINIATYURA SAN’ATINING TARIXIGA BIR NAZAR'

MINIATYURA SAN’ATINING TARIXIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
miniatyura san’ati / devoriy suratlar / kitobat san’ati / Samarqand miniatyura maktabi / estetik xususiyatlar. / искусство миниатюры / фрески / искусство китабхане / Самаркандская школа миниатюры / эстетические особенности.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — © M.B. Nurullayeva

miniatyura-kolligrafiya, sahifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda qo'lyozmaning eng asosiy murakkab dekorativ ustunlaridan birini tashkil qiladi. Miniatyuraning asosiy ahamiyati matn mazmunini tushuntirish va umuman olganda, dunyoviy xarakterga ega bo'lgan asarlarni bezashdan iborat bo'lgan. Asosan, proza, poeziya, tarixiy xronikalar aks etgan asarlarda miniatyura ishlangan. O'rta asr qo'lyozmaalari faqat guash bo'yoqlari bilan ishlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LOOK AT THE HISTORY OF MINIATURE ART

миниатюра-коллиграфия, украшение страниц, наряду с украшением обложки, составляют один из самых основных сложных декоративных столбцов рукописи. Основное значение миниатюры заключалось в разъяснении содержания текста и, в целом, в украшении произведений светского характера. В основном миниатюры создавались в произведениях, отражающих прозу, поэзию, исторические хроники. Средневековые рукописи были обработаны только гуашевыми красками.

Текст научной работы на тему «MINIATYURA SAN’ATINING TARIXIGA BIR NAZAR»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© M.B. Nurullayeva1^_

1Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktabi, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: miniatyura-kolligrafiya, sahifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda qo'lyozmaning eng asosiy murakkab dekorativ ustunlaridan birini tashkil qiladi. Miniatyuraning asosiy ahamiyati matn mazmunini tushuntirish va umuman olganda, dunyoviy xarakterga ega bo'lgan asarlarni bezashdan iborat bo'lgan. Asosan, proza, poeziya, tarixiy xronikalar aks etgan asarlarda miniatyura ishlangan. O'rta asr qo'lyozmaalari faqat guash bo'yoqlari bilan ishlangan.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi miniatyura san'atining tarixiga myrojaat qilib, ijod bilan bog'liq asosiy psixologik jarayonlarni aniqlashga va ularning shaxsiy xususiyatlar va xatti-harakatlarga ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda sifat va miqdoriy tadqiqot usullarini birlashtirgan aralash usullardan foydalaniladi. Materiallarga psixologik baholash vositalari, aloqa tahlili asoslari va shaxsiy inventarlar kiradi. Bundan tashqari, real vaqtda o'zaro ta'sirlarni va ularning psixologik ta'sirini tekshirish uchun kuzatuv tadqiqotlari va eksperimental dizaynlardan foydalaniladi.

MUHOKAMARA VA NATIJALAR: jahon tasviriy san'ati xazinasidan munosib o'rin olgan miniatyuralar Sharq xalqlarining badiiy merosidir. U an'anaviy kitobat san'atining tarkibiy qismi bo'lib, qadimgi nodir qo'lyozmalarni ziynatlash bilan birga, mazkur asarlardagi ilg'or insonparvarlik g'oyalarni, oliyjanoblikka bo'lgan intilish, go'zallik to'g'risidagi tasavvurni ifodalashga ham xizmat qilgan.

XULOSA: yuqoridagilardan aytish mumkinki, Markaziy Osiyoda qo'lyozma kitoblar yillar va asrlar davomida, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviy boylik durdonalarining nafaqat madaniy o'chog'i, balki yagona bilim berish va tarbiya quroli ham hisoblanar edi. Miniatyura maktablarining inson estetik tarbiyasidagi o'rni nihoyatda katta bo'lib, bu buyuk musavvirlarning asarlarida o'z aksini topgandir.

Kalit so'zlar: miniatyura san'ati, devoriy suratlar, kitobat san'ati, Samarqand miniatyura maktabi, estetik xususiyatlar.

Iqtibos uchun: Nurullayeva M.B. Miniatyura san'atining tarixiga bir nazar. // Inter education & global study. 2024. №5. B.447-453.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ ИСКУССТВА МИНИАТЮРЫ

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© М.Б. Нуруллаева1^ 1 Бухарская специализированная школа искусств, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: миниатюра-коллиграфия, украшение страниц, наряду с украшением обложки, составляют один из самых основных сложных декоративных столбцов рукописи. Основное значение миниатюры заключалось в разъяснении содержания текста и, в целом, в украшении произведений светского характера. В основном миниатюры создавались в произведениях, отражающих прозу, поэзию, исторические хроники. Средневековые рукописи были обработаны только гуашевыми красками.

ЦЕЛЬ: цель настоящего исследования-выявить основные психологические процессы, связанные с творчеством, и проанализировать их влияние на личностные характеристики и поведение, обратившись к истории миниатюрного искусства.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются смешанные методы, сочетающие качественные и количественные методы исследования. Материалы включают инструменты психологической оценки, основы анализа коммуникации и личную инвентаризацию. Кроме того, наблюдательные исследования и экспериментальные проекты используются для изучения взаимодействий в реальном времени и их психологических эффектов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: миниатюры, заслужившие место в сокровищнице мирового изобразительного искусства, являются художественным наследием народов Востока. Она являлась составной частью традиционного книжного искусства, украшала древние редкие рукописи, служила выражению в этих произведениях передовых гуманистических идей, стремления к благородству, видения красоты.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: из вышесказанного можно сказать, что в Средней Азии рукописные книги годами и веками считались не только культурным очагом шедевров духовного богатства, созданных нашими предками, но и единственным орудием познания и воспитания. Роль миниатюрных школ в эстетическом воспитании человека чрезвычайно велика, что, возможно, нашло отражение в творчестве великих художников.

Ключевые слова: искусство миниатюры, фрески, искусство китабхане, Самаркандская школа миниатюры, эстетические особенности.

Для цитирования: М.Б. Нуруллаева Взгляд на историю искусства миниатюры // Inter education & global study. 2024. №5. С. 447-453.

A LOOK AT THE HISTORY OF MINIATURE ART

© Mexriniso B. Nurullayeva1®

1Bukhara Specialized School of Arts, Bukhara, Uzbekistan

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Annotation

INTRODUCTION: miniature colligraphy, page decoration, along with cover decoration, make up one of the most basic complex decorative columns of the manuscript. The main significance of the miniature was to clarify the content of the text and, in general, to decorate works of a secular nature. Mostly miniatures were created in works reflecting prose, poetry, and historical chronicles. Medieval manuscripts were treated only with gouache paints.

AIM: the purpose of this study is to identify the main psychological processes associated with creativity and analyze their impact on personal characteristics and behavior, referring to the history of miniature art.

MATERIALS AND METHODS: the study uses mixed methods combining qualitative and quantitative research methods. The materials include psychological assessment tools, the basics of communication analysis, and personal inventory. In addition, observational studies and experimental projects are used to study real-time interactions and their psychological effects.

DISCUSSION AND RESULTS: miniatures, which have earned a place in the treasury of world fine art, are the artistic heritage of the peoples of the East. It was an integral part of traditional book art, decorated ancient rare manuscripts, and served to express advanced humanistic ideas, aspirations for nobility, and visions of beauty in these works.

CONCLUSION: from the above, it can be said that in Central Asia, for years and centuries, handwritten books were considered not only a cultural hearth of masterpieces of spiritual wealth created by our ancestors, but also the only tool of knowledge and education. The role of miniature schools in the aesthetic education of a person is extremely great, which may have been reflected in the work of great artists.

Key words: miniature art, frescoes, kitabhane art, Samarkand miniature school, aesthetic features.

Ko'p asrlik qadimiy madaniyatimiz durdonalarini xayolan tasavvur etar ekanmiz, bu ulkan xazina to'g'risida tasviriy san'atimizning nafosat barq urgan sahifalari yarqirab ko'zga tashlanadi. Sehrgar musavvir va usta naqqoshlarimiz nafosat durdonalarini kitob sahifalarida jilovlantirib inson kayfiyati va zakovatining nozik ko'z ilg'amas qirralarini tengsiz mahorat bilan namoyish qildilar. Garchi hozirgi kunlargacha qisman saqlanib qolib, jahon san'at koshonalarining ko'rki sifatida maqtalib kelayotgan tasvirli qo'lyozma va suratlar talaygina bo'lsa ham temuriylar davriga mansub bo'lgani juda kam. Ma'lumki, temuriylar davrida nafis tasviriy san'at o'zining barakali uch taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi.

For citation: Mexriniso B. Nurullayeva. (2024) 'A look at the history of miniature art', Inter education & global study, (5), pp. 447-453. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Amir Temur davri (1370-1405). Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug'bek va Boysunqur Mirzo nomi bilan bog'liq davr (1409-1449) va Sulton Husayin, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod davri (1449-1506). Mazkur davrlarning har biriga xos uslub, mahorat va g'oyaviy yo'nalish yo'llari bor. Bu sohalar bo'yicha tasavvurga ega bo'lish tasvirli kitoblarni ko'proq tadbiq etish va har bir davr tasviriy san'at sohibalari hayoti va ijodini chuqur o'rganish orqali amalga oshadi. Bu xususida mazkur diplom loyihasi ixlosmandlarining talabiga qisman bo'lsada, javob bera olur degan umiddamiz.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning deyarli barchamizga yod bo'lib ketgan mazkur baytida yuksak insoniy axloqqa, oliy barkamollik va yetuklikka undovchi chuqur falsafiy fikr bor. O'zining buyuk san'ati, o'tkir didi, aqlu zakovati hamda yuksak iste dodi bilan bitmas - tuganmas go'zalliklar yaratgan, nafosat olamida ezgulik, yaxshilik bilan nom qoldirishdek ajoyib saodatga musharraf bo'lgan. O'tmishdagi Sharqning mashhur simolaridan biri Kamoliddin Behzoddir.

Kamoliddin Behzod va uning bezavol ijodiga muxlis bo'lgan Sharq va G'arbdagi million-million nafis tasviriy san'at shinavandalari Sharqning zabardast naqqoshi Behzodni Fredrix Engliz tomonidan aytilgan yuksak nom bilan faxrlanib, "Sharq Rafaeli" deb aytadilar.

Kamoliddin Behzod ham, uning uslibida Hirot, Buxoro, Tabriz singari shaharlarda XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan o'nlab ister dodli musavvir naqqoshlar ham Sharq xalqlarining shu jumladan , O'rta Osiyo xalqlarining boy va serqirra mushtarak madaniy merosini qimmatbaho durdonalar bilan boyitdilar.

So'nggi yillarda bizning mamlakatimizda Sharq xalqlarining boy va rang-barang madaniy merosini ilmiy jihatdan chuqur va har tomonlama puxta o'rganish ishiga jiddiy kirishildi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki jamiyatimiz har tomonlama o'sdi. Yurtimiz ham moddiy ham ma'naviy tomondan misli ko'rilmagan darajada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozir biz alohida iftixor bilan ayta olamizki, o'tmishdagi eng dono va oqil taraqqiyparvar mutafakkirlarning juda qadim zamonlardan beri Vatanni ozod va obod, xalqni shod va baxtiyor ko'rishdek olijanob ezgu orzu umidlari bugungi kunda butunlay ro'yobga chiqdi.

O'rta Osiyo, Afg'oniston, Eron, Hindiston, Pokiston hamda Sharqdagi boshqa yurtlarda istiqomat qiladigan millionlab xalqlarning umumiy madaniy merosi, mushtarak iftixori hisoblangan. Kamoliddin Behzod nomi bilan bog'liq bo'lgan nafis tasviriy san'at (miniatura) san'at vakillari bo'lmish Mahmud Muzahhid, Rustam Ali, Sulton Muhammad, Mir Said Ali singari o'nlab ziyod talantli musavvir miniatyurist - naqqoshlar hayoti va ijodi to'g'risida bahs yuritiladi.

Miniatura — olamni aks ettirishning alohida badiiy usuli. XX asr - XXI asr boshidagi turli yo'nalishlar, an'analar, ijodiy izlanishlarning chinakam izlanishlaridan iborat. O'zbekiston miniaturachi rassomlarining go'zallik hamda Sharq she'riyati, ayniqsa, buyuk Nizomiy Ganjaviy (1141—1209), Abdurahmon Jomiy (1414—1492), Alisher Navoiy (1441—1501) nazmi bilan muzayyan etilgan she'riyat olamini o'ziga xos tushunib

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yaratilgan asarlari tiniq, yorqin bo'yoqlar va yaxlit xarakterli olami, tabiat boyligi hamda jo'shqinligi, ularning ijodini oziqlantiruvchi beg'ubor ruhiyat bulog'idir.

Tasvirlanayotgan obrazlar doirasi aytarli keng emas, bular-sozandalar, darvishlar, oshiq-ma'shuqlar, bazmi jamshiddagi mehmonlar, jangchilar, tuyakashlar. Biroq sinchkovlik bilan nazar tashlansa, musavvirlar aslida koinotni, Alloh taolo yaratgan, har bir daraxt, har bir chechak, giyoh siru asrorni pinhon tutgan olamni tasvirlaganliklarini ko'rish mumkin. Ushbu koinot qo'ynidagi olam esa, yanada murakkab, go'zal va ajib inson dunyosidir. Asarlarning asosiy xususiyati - halovatsizlikdan go'zallik olamiga, Sharqning turfa g'aroyibotlari, milliy urf-odatlar, dunyoni diniy idrok etish, maishiy tafsilotlar, go'zal tiplar, liboslar, muhit bilan sug'orilgan xos go'zallik olamiga hijrat qilish istagi g'olib keladigan mushohadakorlik va falsafiy o'y-fikrdir.

Musavvirlar ijodining asosiy qoidasi milliylikni tasvirlash, turmushni bilish, inson qalbining nafis musiqiy, ba'zan esa sirli tebranishini ko'rsatish, narsani uning mohiyati bilan qanday bo'lmasin aynanlashtirish va nihoyat, ulkan ijrochilik mahoratidir.

Shiddatli olamshumul lahzalar davrida miniaturachi rassomlar o'z asarlarida qadimning o'ziga xos bamaylixotirligini, o'tmish asrlarda ijod qilgan, shoshma-shosharlik ila asar yaratish bilan o'ziga nisbatan behurmatlik ko'rsatmagan, hamda olamni diqqat va e'zoz ila tasvirlagan san'atkor musavvirlarning qadr-qimmatini saqlab qolishga ham intilishmoqda. Ularning asarlaridan ona zaminga va xalqiga mehr qo'ygan san'atkorning lirik ovozi hamda ko'ngil hayqirig'i yangrab turadi.

Miniaturachi rassomlar buyum (quticha yoki namoyon)ni yaratib va unga syujetli tasvir bilan jon baxsh etish orqali uning ashyoviyligini, shaklni yassi, chiziqli tasvirlash, naqshning mavhumligi orqali esa-moddiyligini faol qaror toptiradilar.

Qutichalar shaklining o'ta soddaligi va naqsh g'aroyibligi, uning "erkinligi" hamda handasiy muntazamligi birikuvida, buyumlarning tashqi va ichki sathidagi ranglar ziddida rang-baranglikning qiyoslanishi hamda turli-tumanlikning umimiylikka olib kelinishi qoidasi namoyon bo'ladi. Oqibatda ko'z oldimizda shirali, jiddiy, ayni mahalda nafis va jonli obraz yaqqol namoyon bo'ladi.

O'zbekistonning hozirgi miniatura rangtasvir san'ati badiiy jihatdan kamolga yetdi va butun Sharqdagi miniatura markazlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egalladi., deb aytish mumkin.

Yurtimiz istiqlolga erishganidan so'ng madaniyatning barcha sohalari qatori zamonaviy o'zbek tasviriy san'atini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi asosida rivojlantirish masalasiga ham davlatimiz tomonidan alohida e'tibor berildi.

O"zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti , Tasviriy san'at galeriyasi kabi butunlay yangicha ma'no-mazmundagi tuzilmalar faoliyatining yo'lga qo'yilishi, Behzod xotira bog'-muzeyi, o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladigan "San'at " badiiy jurnalining tashkil etilishi, buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning tavallud to'yi keng miqyosda o'tkazilishi, bu sohada faoliyat yuritayotgan ijodiy tashkilot va uyushmalarga soliq va boshqa to'lovlar borasida yengillik va imtiyozlar berilishi bilan bog'liq ko'pgina tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bularning barchasi rangtasvir san'atining eng nozik va yuksak badiiy namunasi bo'lmish miniatura janrining zamonaviy asosdagi, yangi va yuqori bosqichga ko'tarilishi uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbek miniatura san'ati hozirgi kunda mustahkam g'oyaviy-badiiy va ilmiy asosga ega. Ko'p asrlar davomida rivojlanib kelgan miniatura rangtasviri jahon san'ati tarixida haqli ravishdafaxrli o'rinni egallaydi. XX asr va XXI asr boshida O'zbekiston rassomlari hamda xalq ustalari tomonidan ko'plab durdona asarlar yaratildi. Ular ijodiy hayolot boyligi va mukammal ijrosi bilan kishini hayratga solibgina qolmay, o'zbek xalqining ko'hna tarixidan, badiiy madaniyatining serqirra va o'ziga xosligidan ham dalolat beradi. Ular jahon san'atining Oltin fondidan haqli ravishda o'rin olgan.

Biroq muniatura rangtasviri o'zbek halqining barcha va xalqlar madaniyati xazinasiga qo'shgan eng salmoqli hissasidir. O'rta Osiyo o'zbek miniaturasi—musulmon Sharqi xalqlari san'ati ko'p asrlik tarixining eng qiziqarli sahifalaridan biri. U tasviriy san'atning alohida turi sifatida kitobat bezagi bo'lib, mumtoz Sharq she'riyati ta'sirida rivojlangan. Sharq adabiyotining mumtoz vakillaridan bo'lmish Abdulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar musavvirlar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai hisoblanishgan, ularning ijodini yuksak insonparvarlik g'oyalari, umrboqiy obrazlar bilan boyitishgan.

Sharq miniatyurasi jahon madaniyati tarixida ulkan mavqega ega. U o'ziga O'rta Osiyo, O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlari xalqlari va avlodlarining badiiy-estetik merosini mujassamlashtirishgan. Tadqiqotchilar miniatyurasi san'ati tarixini devoriy rasmlarda manixey kitoblariga ertak-afsona qahramonlari timsolida talqin qiladigan. Hozirgi zamon rassomlari miniatyurasi asarlaridan ilhom oladilar. Tarixchi va etnograflar uchun bu-beqiyos manba o'tgan asrlarning, odamlarning madaniy va moddiy hayot tarzi haqidagi xazina malumotlardir. Kimyogarlar lak-bo'yoq materiallarining qadimiy jarayollarini o'rganadilar.

Sharq miniatyurasi san'ati o'zining boshlanishini arab yarim oroli mamlakatlari, eyosoniylar Zroni va O'rta Osiyodagi devoriy rasm va haykaltaroshlik ko'rinishlaridan olgan. San'atshunoslar taxmin qiladilarki, Eronda qadimiy qo'lyozmalar miniatyuralar bilan bezatilgan. U san'at turi sifatida islom davridan, ya'ni VII-asrdan boshlangan.

Miniatyura san'ati sharq durdonasi sifatida o'tra asrlar adabiyoti rivoji bilan chambarchas bog'liq. Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, bu qadimiy san'at turi-buyuk sharq adabiyotining yorqin ko'rinishidir.

Faqat shu san'atda o'rta asrlar asarlarining mazmuni va shakli o'z ifodasini topgan. Bu asarlarni yaratganlar miniatyuradagi spesifik badiiy vositalar yordamida sharq adabiyotini chuqur tushunganliklarini va o'zlarining aqliy tafakkurlari balandligini ko'rsatganlar. "Sharq miniatyurasi bilan tanishish, nafaqat go'zallik bilan tanishish, balki hozirgi sharq san'ati manbaalarini tushunib olishdir". Sharq miniatyurasi o'ziga xos, g'arb tasviriy san'atidan farq qiladigan yozuv va ichki tuzilishga ega.

Miniatyura o'zining yorqin ifodasi, rasmning nozik va nafisligi, yorqin va mayinligi, garmonik muvozanati bilan ajralib turadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Miniatyura Ibadiiy markazlarining shakllanishi va rivojlanishi bir necha asrlar mobaynida XI-XII asrlardan boshlab, ba'zi mamlakatlarda XIX asrlargacha mansubdir.

Sharq miniatyurasi o'z rivojlanishi davomida uzoq va murakkab, oddiy XII-XV asrlardagi shakllardan XV-XVII asrlardagi boy miniatyura rangtasvirning san'ati an'analarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Bu davrda miniatyura san'atining asosiy markazlari : sheroz tabriz, Xirot, O'rta Osiyo, Isfaxon maktablari, " Buyuk mo'g'ullar " miniatyura rangtasviri shakllandi.

1. Ш.К.Шоёкубов Замонавий Узбекистон миниатюраси. Т:. "Узбекистон" нашриёти 2006 й.

2. Н.Абдуллаев, Узбекистон санъати тарихи, Т:. 2007 й.

3. У.Уватов. Буюк юрт алломалари (учинчи нашр). Т.: "Узбекистон", 2020 й.

4. Н.Усмонова. Шарк миниатюра санъати дунё эътиборида. http://kbmsm.uz

5. Р.Хдсанов. Тасвирий санъатни укитиш методикаси. Т.: 2004 й.

6. Н.Жумабоев. Ёшларни шаркона, тарихий кадриятлар асосида замонавий рухда тарбиялашнинг ахамияти. Фан ва жамият илмий журнали, 2021 й.,

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Nurullayeva Mexriniso Boburshoh qizi, o'qituvchi, [Нуруллаева Мехринисо Бобиршох кизи, преподаватель], [Mekhriniso Bobirshokh qizi Nurullayeva,

teacher]; manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Mirzo G'ofur ko'chasi, 18-A uy [адрес: Бухарская область, город Бухара, улица Мирзо Гафур, дом 18-А], [address: Bukhara region, Bukhara city, M.Gofur street, house 18-A] E mail: niso@mail.ru

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.