Научная статья на тему 'KAMOLIDDIN BEHZODNING NIZOMIY ASARLARIDAGI RANGLAR MO’JIZASI'

KAMOLIDDIN BEHZODNING NIZOMIY ASARLARIDAGI RANGLAR MO’JIZASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
65
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kamoliddin Behzod / xattot / musavvir / miniatyura / naqqosh / portret / rassom / naqqosh / hunarmand. / Kamoliddin Behzod / calligrapher / artist / miniature / carving / portrait / painter / painting / craft.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ilhomov, Iqboljon

Mazkur maqolada O‘rta asr Sharq miniatyura san’atining shu kungacha afsonaga aylanib ketgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod (1455-1536) ijodi haqida yozilgandir. Tarixdan ma’lumki, Behzod asarlarining ta’siri O‘rta Osiyo xalqlari, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari, Ozarbayjon, Eron, Hind xalqlaridagi miniatyura chizuvchi rassomlarni ham ilhomlantirdi. Jumladan, u Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»si, Amir Xisrav Dehlaviyning «Layli va Majnun»(1492), Farididdin Attorning «Mantiqut tayr» (1494) va Mir Alisher Navoiy asarlariga go‘zal miniatyuralar ishlagan. Maqola musavvir Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiy faoliyati haqida yozilgan ma’lumotlarga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MIRACLE OF COLORS IN THE REGULAR WORKS OF KAMOLIDDIN BEHZOD

This article is written about the creativity of Kamoliddin Behzod (1455-1536), a great painter of Middle Eastern miniature art, who has become a legend to this day. It is known from history that the influence of Behzod's works inspired the miniature painters of Central Asian countries, Middle Eastern countries, Azerbaijan, Iran, and Indian nations. Behzod was the founder of the portrait genre and a skilled master. In particular, he painted pictures "Khamsa" by Nizami Ganjavi, "Layli wa Majnun" by Amir Khisrav Dehlavi (1492), "Mantiqut Tayr" by Farididdin Attar (1494). and Mir Alisher created beautiful miniatures for Navoiyi's works. The article contains written information about the life and creative activity of artist Kamoliddin Behzod.

Текст научной работы на тему «KAMOLIDDIN BEHZODNING NIZOMIY ASARLARIDAGI RANGLAR MO’JIZASI»

www.onens.uz

KAMOLIDDIN BEHZODNING NIZOMIY ASARLARIDAGI RANGLAR

MO'JIZASI

Iqboljon Ilhomov,

Islom Karimov nomidavgi Toshkent Davlat texnika universiteti "Sanoat dizayn " kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'rta asr Sharq miniatyura san'atining shu kungacha afsonaga aylanib ketgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod (1455-1536) ijodi haqidayozilgandir. Tarixdan ma'lumki, Behzodasarlarining ta'siri O'rta Osiyo xalqlari, Yaqin va O 'rta sharq mamlakatlari, Ozarbayjon, Eron, Hind xalqlaridagi miniatyura chizuvchi rassomlarni ham ilhomlantirdi. Jumladan, u Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»si, Amir Xisrav Dehlaviyning «Layli va Majnun»(1492), Farididdin Attorning «Mantiqut tayr» (1494) va Mir Alisher Navoiy asarlariga go'zal miniatyuralar ishlagan. Maqola musavvir Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiy faoliyati haqida yozilgan ma'lumotlarga ega.

Kalit so'zlar: Kamoliddin Behzod, xattot, musavvir, miniatyura, naqqosh, portret, rassom, naqqosh, hunarmand.

Аннотация: В данной статье описано творчество Камолиддина Бехзода (1455-1536), великого художника миниатюры Востока средних веков ближневосточной, ставшего легендой по сей день. В истории известно влияние произведений Бехзода, вдохновлявшие художников - миниатюристов стран Средней Азии, Ближнего Востока, Азербайджана, Ирана, народов Индии. Бехзод является основоположником портретного жанра и искусным мастером. В частности, им написаны «Хамса» Низами Гянджеви, «Лейли ва Меджнун» Амира Хисрава Дехлеви (1492 г.), «Мантикут Тайр» Фаридиддина Аттара (1494 г.). Мир Алишер создал прекрасные миниатюры для произведений Навои. Статья содержит письменные сведения о жизни и творчестве художника Камолиддина Бехзода.

Ключевые слова: Камолиддин Бехзод, каллиграф, художник, миниатюра, резьба, портрет, живописец, роспись, ремесло.

Annotation: This article is written about the creativity of Kamoliddin Behzod (1455-1536), a great painter of Middle Eastern miniature art, who has become a legend to this day. It is known from history that the influence of Behzod's works inspired the miniature painters of Central Asian countries, Middle Eastern countries, Azerbaijan, Iran, and Indian nations. Behzod was the founder of the

www.onens.uz

portrait genre and a skilled master. In particular, he painted pictures "Khamsa" by Nizami Ganjavi, "Layli wa Majnun" by Amir Khisrav Dehlavi (1492), "Mantiqut Tayr" by Farididdin Attar (1494). and Mir Alisher created beautiful miniatures for Navoiyi's works. The article contains written information about the life and creative activity of artist Kamoliddin Behzod.

Keywords: Kamoliddin Behzod, calligrapher, artist, miniature, carving, portrait, painter, painting, craft.

Hozirgi kunlarda mustaqil O'zbekistonimizda uchinchi Renessans poydevori qurilmoqdaki, unda adabiyot, san'atning barcha jabhalarida katta o'zgarishlar bo'lmoqda va shu bilan birga keng qamrovli islohotlar ta'lim yo'nalishlarida olib borilmoqdadir. Chunki, o'z kelajagini o'ylagan har bir xalq, millat yosh avlodning fazilatlari haqida qayg'urishi tabiiy holdir.

Dunyo yaralibdiki, har bir millat fuqarosi inson sifatida go'zallikka intiladi. Ulardagi shu go'zallikka bo'lgan chanqoqlik, insonlarni nafosat olamining yuksak cho'qqisiga chorlaydi va shu orqali ular go'zallikdan estetik zavq oladilar. U hoh qadimda yaratilgan xalq merosiga oid asoriy-atiqa yoki miniatyura, qo'lyozma asarlari bo'lsin albatta hech bir insonni befarq qoldirmaydi. Bu merosiy asarlar barchasi tariximizning buyuk ekanligidan dalolat beradi. Albatta bu yoshlarni ona Vatanni sevishga, tarixga hurmat ruhida tarbiyalashda, ularning har birini O'zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida g'ururlanishini shakllantiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanishni singdirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin - qizlarning bandligini oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishida hozirgi zamon yoshlari oldiga ulkan talablarni qo'ydilar. YUrtimiz yoshlari qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsalar, ularda turli yot illatlarga qarshi immunitet shunchalik kuchli bo'ladi.

O'zbekiston tasviriy san'ati o'zining har tomonlama boyligi, salohiyati va rivojlanish tarixi bilan ajralib turadi. SHu bilan birga, tasviriy san'ati rivojida bir-biridagi o'xshashlik ko'proq realistik asarlarda sezilib turadi. San'atkorlarning oldida ilg'or g'oyalarning mavjudligi, ularni mukammal asarlar yaratishga undayotgani hammaga ma'lum. Biz har doim mustaqillik, ozodlik g'oyalari haqida fikr yuritganimda, mustaqilligimizning abadiy bo'lishi, uning kelajak avlodlarga yetkazishni maqsad qilganmiz.

Nafosat dunyoning rangin bo'yoqlarida yaratilayotgan miniatyura asarlari har bir millat va ellatning tarixiy nafosati, adabiyoti, san'ati bilan bog'liq san'at turi bo'lib, uning vazifasi xalqning madaniy boyligi sifatida, o'sha millat va elatni

www.oriens.uz

dunyoga olamshumul asarlarini tanitish, uzoq kelajakka yetkazishdan iboratligi har bir davlatning ma'naviy boyligi hisoblanadi. Hayotda barcha narsa o'zining yaratilish tarixi bilan qimmatlidir. Har bir yaratilgan tarixiy miniatyura asarlarida xalqning barcha madaniy boyliklari o'zining ifodasini topishi bilan birga, uning urf-odatlarini katta mahorat bilan yaratilganligiga amin bo'lasiz. Tarixdan hozirgi davrgacha bo'lgan davriylikni to'laligicha ochib berish va san'at muxlislarining ijodiy janrlar haqidagi bilimlarini yanada kengaytirishdir. Yaratilgan asarlarning o'z zamon san'ati bilan bog'liqligi, ularni janrlar asosida yaratilganligi, kompozitsiyalarini oddiy yechimdan to, murakkab yechimgacha bo'lgan chizgilardagi jarayonlarni anglash uncha murakkab emasligidadir. Qadimgi Sharq miniatyura san'ati tarixida Arab miniatyura maktabi, Turk miniatyura maktabi, Hind miniatyura maktabi, Ozarbayjon miniatyura maktabi, Eron miniatyura va Sharq miniatyura maktablarini o'ziga xosligi bilan bir - biridan ajralib turibgina qolmay, ranglarning nafisligi, uyg'unligi, obrazlar nozik chizgilarining aniqligi, asardagi insonlar va qushlarning tasvirlari, harakatlari dunyoni hayratga solib kelmoqda. Sharq miniatyura san'ati o'zining ranglarga boyligi bilan barcha davrlarda ajralib turishiga qaramay, kitob hoshiyalarida bezalishida naqshlarning paydo bo'lishi, tabiat manzarasi, u bahor, yoz va boshqa fasllar bo'lsin, undagi chizilgan asar har qanday kishini o'ziga rom etishi turgan gapdir. Musavvirlar o'z qahramonlarini ruhiy holatdagi qiyofalarini tasvirlashda oshiq-ma'shuqlar, bazmu - jamshiddagi mehmondorchiliklar, ulardagi his-hayojon, jangchilarning, tuyakashlar harakatlardagi imo-ishoralarning to'liqligicha ochib berish, qadimda ta'rif etilgan ranglar xususiyatlari orqali aks ettirilganligidan bilish mumkin.

Qadimda insonlar o'z hayotlari haqida hikoya qiluvchi barcha hodisalar hissiyotlarini qog'ozga muhrlashga harakat qilgan. Ular o'zlarining go'zallikka intiqligini, ko'ngil nafosatini, tabiatni, olamga bo'lgan qarashlarini turli chizgi va bo'yoqlarda rang - barang obrazlarda tasvirlaganliklari hammaga ma'lum.

Behzod. "Iskandarningyetti yunon donishmandi bilan suhbati". Hirot. 1494-95yillar. Nizomiy. "Xamsa". London. Britaniya muzey qo'lyozmasi.

www.onens.uz

Miniatyura asarlaridagi tasvirlar orqali ma'lum bir voqeani ko'rsatish, insonlarning bir - biriga hurmat bilan qarash kabi g'oyalarni ilgari suradi. Miniatyura san'ati musavvirdan nihoyatda nozik didlilikni, keng dunyo qarashni, yurak hislari orqali har bir chizgini, mazmun mohiyatini ko'ngildan o'tkazishni talab qiladigan san'at turidir. Ma'lumki, qadimda IX-XIX asarlarda YAqin va O'rta Sharq mamlakatlari, Ozarbayjon, Eron xalqlari bilan buyuk ipak yo'li orqali aloqada bo'lib kelganlar. O'sha davrlarda Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda madaniyat juda rivojlangan bo'lib, bu shaharlar taraqqiyot markazlari bo'lib ham xizmat qilgan. Qadimda ilmu - ma'rifat yuksak qadriyat sifatida qadrlanishi bilan birga, miniatyura bilan kitob muqovalari, sahifalari kitobning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda bezatilgan. Miniatyuralar asosan she'rlar, dostonlar, tarixiy shaxslarning tasavvurlar va ularning voqeliklarga asoslangan hayot tarzlari haqida hikoya qiluvchi ko'rinishlar asosida yaratilgan. Sharq miniatyura maktabi bir - birini takrorlamasligi bilan badiiy jihatdan ajralib turadi. Buyuk Sharq allomalari va adiblari Abuqosim Firdavsiy, Abduraxmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida xayotda ilgari surilgan insonparvarlik g'oyalarni tasvirlanishi ham o'ziga xosligi bilan munosib o'rin tutadi.

Qadimdan barcha kitob va qo'llanmalar qadrlanib, ulardagi barcha ma'naviy boyliklar saqlanib kelinganligi har qanday san'at ixlosmandlarini xursand qiladi. Avvalo qadimda miniatyurani o'rganish va musavvirlar tomonidan asarlar yaratishiga katta e'tibor berilganligi ishlangan barcha asarlarda sezilib turadi. Sharq miniatyura san'atining

ulug' zakovatli kishisi, buyuk san'atkor Kamoliddin Behzod (1455-1536) o'zining milliy asarlari bilan Sharq miniatyura san'atiga asos solgan. Kamoliddin Behzod o'zining san'atdagi mahorati bilan Sharq Renessansi davri madaniyatida u "Moniyi Soniy (2 moniy)" va "SHarq Rafaeli" degan yuksak nomga ham sazovor bo'lgan. SHu tariqa u Mashriqda miniatyura maktabi asoschisi bo'lib tarixga kirgan. O'zining takrorlanmas ijodi, go'zal san'ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharq xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli xissa qo'shdi.

Behzod. "Cho'milayotgan qizlar". Hirot. 1494 yil.

Nizomiy. "Xamsa". London. Britaniya kutubxonasi.

www.onens.uz

Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o'sha davrning yetuk san'atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz

Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo'lganlar. Tarixiy manbalarda yozilishicha, uning nomi Behzod bo'lib, Hirot aholisi uni suyub, erkalab "Kamoliddin" deb chaqirishgan. Alisher Navoiy uni o'z maktublaridan birida «Ustoz Behzod» deb atagan. XV asrdagi Hirot adabiy, badiiy-ilmiy, san'at va madaniyat olamida paydo bo'lgan juda ko'p shaxslar singari Behzodning ham ijodiy kamolotida Alisher Navoiy hal qiluvchi rol' o'ynagan. Kamoliddin Behzod Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" asariga ishlangan asarlar majmuasi Ozarbayjon miniatyura san'atining gultoji bo'lib qolmoqda. Jumladan, u Nizomiy Ganjaviy «Hamsa»si, Amir Hisrav Dehlaviyning «Layli va Majnun» (1492), Farididdin Attorning «Mantiqut tayr» (1494) asarlariga g'oyatda go'zal miniatyuralar chizgan. Bu asarlar doston yoki xikoyatda tasvirlangan voqeaning mo''jaz bir tarzda o'zida mujassalashtirgani, qahramonlarning har biri o'ziga xos bir tarzda ifodalanganligi bilan kishi diqqatini o'ziga tortadi. Masalan, Kamoliddin Behzod Nizomiyning «Xamsa» siga chizilgan «Layli va Majnun maktabda» nomli surat o'zining har jihatdan mukammalligi bilan diqqatga molik. To'rt tomoni naqshinkor binolar, maysazor-u gullar, sermeva daraxt og'ushidagi sinfxonada bir guruh bolalar dars o'qimoqda, boshqa bir to'dasi esa bolalarga xos sho'x-u tanglik bilan o'ynashmoqda, ovqatlanishmoqda, ba'zilari liboslarini kiymoqda. Ammo Layli bilan Majnun mahzun, chor atrofdagi voqeaga beparvo, allaqanday hayolot olamiga g'arq, bir-birlarini zimdan kuzatib o'tiribdi.

Behzod Sharq miniatyura san'atiga hayotiylik, haqqoniylikni - realizmni olib kirgan ijodkordir. 1495 yili Hirotda Nizomiyning "Hamsa"sini qayta ko'chirilgan hamda bunga Behzod tomonidan bir qancha miniatyura rasmlar ishlanganligi tarixdan ma'lum1.

Behzod. "Xusrav Shirin qasri oldida". Hirot. 1524-25yillar. Nizomiy. "Xamsa". Nyu-York. Metropoliten san'at muzeyi.

1 Norsaid Oydinov. O'zbekiston tasviriy san'ati tarixidan lavhalar. O'rta maxsus maktablarining o'qituvchi va maxsus bilim yurtlarining talabalari uchun o'quv qo'llanma. Respublika ta'lim markazi nashrga tavsiya etgan. Toshkent. "O'qituvchi" 47-bet.

www.onens.uz

Dunyodagi hamma yirik qo'lyozma fondlari va kolleksiyalarida Nizomiy "Xamsa"sining bezakli qo'lyozmalari uchraydi. XVII asr Hind xoqonlari Jahongir va SHohiddin davri manbalariga ko'ra miniatyuralarining 16 tasi Kamoliddin Behzodga aloqadordir2 .2 Nizomiyning katta tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo'lgan (Londondagi Britaniya muzeyi, Parijdagi Milliy kutubxona, Vashingtondagi Frir galereyasi, Istanbuldagi To'pqopi muzeyi, Tehrondagi Masjis, Hindistondagi (Patna) Xudobaxsh kutubxonasi, Dehlidagi Milliy muzey, Rampurdagi Rizo kutubxonasi, Haydaroboddagi Salorjang muzeyi, Kal'kuttadagi Osiyo jamiyati va Viktoriya memorial muzeyi, Sankt-Peterburg shahridagi M.E.Saltikov-Shchedrin nomidagi DXK, Ermitaj, Moskva-SHarq xalqlari san'ati Davlat muzeyi, Boku - Nizomiy nomidagi adabiyot muzeyi, Toshkent - O'zbekiston Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik instituti va hokazo) bezaklik qo'lyozmalari saqlanmoqda. Nizomiy asarlariga ishlangan miniatyuralar shunchalik kanon tusiga kirib qolganki, keyingi davrda yaratilgan "Xamsa"larda xuddi ana shu epizod bo'lmasa-da, an'anaviy syujetli miniatyura ishlana bergan. O'sha davrda Nizomiy, Amir Xusrav Dehlaviy va Navoiy dostonlarining mazmunan yaqinligi uchun ham tematika va kompozitsiya jihatidan ham yaqin bo'lgan miniatyuralar yaratilishiga olib keldi3.3

Ozarbayjon, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakat olimlari, san'atkorlari o'zaro madaniy ishlar rivojlanib fikrlar almashinish uchun katta imkoniyat darvozalari ochildi.

Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi. 2000 yil noyabrda bu tadbir dunyoning 190 mamlakatida nishonlandi. Toshkentda 2000 yil 23 noyabrda Temuriylar tarixi Davlat muzeyida

«Kamoliddin Behzod va SHarq miniatyura san'ati» xalqaro anjuman bo'ldi. Ushbu anjumanda Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O'zbekiston san'atshunos olimlari ishtirok etdilar.

Behzod. "Xusravning tovbasi". Hirot. 1495 yil. Nizomiy. "Xamsa". London. Britaniya muzeyi.

2 Galina Pugachenkova. "SANAT" O'z. Badiiy Akademiyasi jurnali. 1/2000."SHarq"nashriyot-matbaa konserni bosmaxonasi. Toshkent. 13-bet.

3 Nizomiy "Xamsa"siga ishlangan rasmlar. Albom. Fozila Sulaymonova. O'zbekiston fanlar akademiyasi H.S.Sulaymonov nomidagi qo'lyozmalar instituti. O'zbekiston "Fan"nashriyoti. Toshkent-1985. 15-16 betlar.

www.onens.uz

Yubiley munosabati bilan Behzod hayoti va ijodiga bag'ishlangan bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Yana, dunyodagi eng yirik ilmiy xazinalardan biri bo'lgan Londondagi Britaniya kutubxonasida Nizomiyning «Hamsa»si qo'lyozmasiga Behzod tomonidan ishlangan 27 ta miniatyura borligi aniqlandi. Shuningdek, Istambul shahridagi «To'pkapi» saroyi kutubxonalarida saqlanayotgan Kamoliddin Behzodning Hisrav Dehlaviy va Nizomiy asarlariga ishlangan 14 dona miniatyura asarlaridan olingan ko'rgazmalar uchun moslashtirilgan rangli suratlar ham shular jumlasidandir. Buyuk musavvirning asarlari islomiy madaniyat durdonalari sifatida yevropa tamadduniga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Behzod nafaqat Sharq xalqlari madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan, jahon tamadduni xazinasini o'zining ajoyib qimmatbaho durdonalari bilan boyitgan, butun dunyo sivilizatsiyasi tarixida salmoqli o'rin olgan buyuk va zabardast san'atkordir.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Sulaymonova F. Miniatyura Vostoka. Nashe naslediye. Moskva -1991. 32 - str.

2. Ismoilova E. Behzod ijodining uslubi. "Sanat" jurnali. O'zbekiston badiiy akademiyasi jurnali. 2-son. Toshkent- 2000. 5-bet.

3. Bobur. Boburnoma. Toshkent. 1982.

4. Pugachenkova G. Behzod va O'rta SHarq miniatyurasida portret janri. "Sanat" jurnali. O'zbekiston badiiy akademiyasi jurnali. Toshkent-2000. 13-bet.

5. Zohidov P. Rangtasvirda benazir. "Sanat" jurnali. 2000. 16 - 17-betlar.

6. O'z. ME. Abdumajid Madraimov. Kamoliddin Behzod. 2 tom. 2001, 9-11 betlar.

7. Usmonov O. Madrahimov A. Kamoliddin Behzod. Toshkent- 2000.

8. Kamaliddin Behzod master of Persian painting. London - New York. 1996.

9. Atabayeva G.F. The sign content of "Ffu" novel // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, USA. 2022. - P.139-142. (Impact Factor - 8.0).

10. Atabayeva.G.F. "Humanizm in the novel of A. Yakubov" aKTyanbHbie проблемы тюркологии: россия и тюрко-мусульманский 2021 МИР

11. Pardaeva Nigora BILINGUALPOET - ANBAR OTIN. Актуальное в филологии. № 3 2021/6/11

12. Omanova M.A. Updating views on literary heroes and glory in the novels of the period of independence //Novateur publications JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. Volume 6, ISSUE 10, Oct. 2020 - P 415-419. (Impact Factor -7.223).

13. Omanova М.А., Якубов И.А. The place of traditional motives and symbols in the plot and composition of national novels // Journal of critical reviews. Malaysiya. 2020. - P. 2903-2910.

www.oriens.uz

14. Kalandarova D. "Attitude to uzbek folklore in the research of karl reichl". ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 500-503.

15. Kalandarova D. "Issues of Uzbek Folklore and its Research in Germany". Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4395-4398.

16. M.N.Kadirova. The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore. International Scientific-Online Conference: Intellectual Educationtechnological Solutions And Innovative Digital Tools. Netherlands.

17. Mashkhura Kadirova. "The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore In Distance Learning" Lecturer, Department of Uzbek language and literature of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Uzbekistan,

18. Ypa36aeBa M. Aen xapaKTepnHH onnmga 6ag,HHH HyTKHHHr ypHH. GOLDEN BRAIN. 2023, 193-199 b.

19. O'razbayeva M. XX asr ozarbayjon adabiyotida Ganjaviy obrazi tasviri. Nizomiy Ganjaviy va xamsachilik an'anasi nomli ilmiy konferensiya materiallari to'plami. - Toshkent. 2024 -yil.

20. Kahramanov K. Naim Karimov Is a literary scholar, Scholar and critic. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior. 2023, Vol 14. ISSN: 2037-4445.

21. Makhbuba Urazbayeva, Burkhanova Feruza, Pardayeva Nigora, Atabayeva Gozal, Qodirova Mashhura. Issues of Distribution of Bear Image in Uzbek Novels. Journal of Advanced Zoology. 2023. 2184-2192 p.

22. Achilov, N. K. (2022). The image of a historical person and its epical interpretation. Open Access Repository, 8(05), 126-132.

23. Achilov, N. (2022). EPIC KNOWLEDGE DECLINE AND FACTORS OF THE EMERGENCE OF FAKE EPOS. Journal of Integrated Education and Research, 1(2), 192-202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.