Научная статья на тему 'Sharq miniatyura san’ati ustalarining Kamoliddin Behzodni e’tirof etishi va ijodi'

Sharq miniatyura san’ati ustalarining Kamoliddin Behzodni e’tirof etishi va ijodi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
563
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
miniatyura / tasviriy va amaliy sanʼat / kitobat sanʼati tarixi / xattotlik / naqqoshlik / naqshlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Avazbek Qodirov

Hozirgi rivojlangan davrda san’atga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Hususan, miniatyura san’atiga va bu san’at rivojiga katta xissa qo’shgan insonlarni ismlari tez-tez tilga olinmoqda va etirof etilmoqda. Ushbu maqola, sharq miniatyura san’ati ustalarining Kamoliddin Behzodni e’tirof etishi va ijodini yoritib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sharq miniatyura san’ati ustalarining Kamoliddin Behzodni e’tirof etishi va ijodi»

Sharq miniatyura san'ati ustalarining Kamoliddin Behzodni

e'tirof etishi va ijodi

Avazbek Qodirov Millatparvar@gmail. com Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Hozirgi rivojlangan davrda san'atga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Hususan, miniatyura san'atiga va bu san'at rivojiga katta xissa qo'shgan insonlarni ismlari tez-tez tilga olinmoqda va etirof etilmoqda. Ushbu maqola, sharq miniatyura san'ati ustalarining Kamoliddin Behzodni e'tirof etishi va ijodini yoritib beradi.

Kalit so'zlar: miniatyura, tasviriy va amaliy san'at, kitobat san'ati tarixi, xattotlik, naqqoshlik, naqshlar

Recognition and creation of Kamoliddin Behzod by masters of

Eastern miniature art

Avazbek Kadyrov Millatparvar@gmail. com National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: In today's advanced age, great attention is paid to art. In particular, the names of people who made a great contribution to the art of miniatures and the development of this art are often mentioned and recognized. This article sheds light on the recognition and creation of Kamoliddin Behzod by the masters of oriental miniature art.

Keywords: miniature, visual and practical art, history of book art, calligraphy, painting, patterns

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida jahon tamadduni xazinasini o'zining durdona asarlari bilan boyitgan, dunyo sivilizatsiyasi tarixida munosib o'rin egallagan tasviriy va amaliy san'at namoyondalarining nomlarini abadiylashtirish, hayoti va ijodini o'rganish, ma'naviy me'rosi ahamiyatini targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-aprelda "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori sohada olib borilayotgan islohotlarning yaqqol misolidir. Qarorga muvofiq, joriy yilning oktyabr oyida milliy miniatyura san'atiga

asos solgan, musavvir, Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligi mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanishi ko'zda tutilgan.

Kamoliddin Behzod (1455 -1535) - 1468 yildan 1506 yilgacha Hirotda ishlagan va Hirotning yirik rassomchilik maktabi ustalaridan biri bo'lgan fors rassom-miniatyurachisi. G'arbda "Sharq Rafaeli" deb tan olingan. Kamoliddin Behzodning hayoti haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Kelib chiqish aslzodalarga tegishli ekanligi haqidagi manbalarga ko'ra, Behzod hunarmandlar oilasida tug'ilgan, deb hisoblanadi.

Tarixshunoslarning fikriga ko'ra, Behzod erta yetim qoladi. Uni Sulton Husayn Boyqaro saroyida kitobdor kabi yuqori lavozimni egallagan taniqli xattot va rassom Mirak Naqqosh Xurosoniy tarbiyalaydi. Ba'zi manbalar Pir Said Ahmad Tabriziy ismli yana bir rassom ham bo'lganligini ko'rsatib, Behzod o'z san'ati uchun uning oldida qarzdordir.

Bundan tashqari. Behzodning shaxs sifatida va dunyoqarashi shakllanishida Alisher Navoiyning o'rni katta bo'lgan. Alisher Navoiy vazir, shoir va insonparvar, Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Hirot saroyida o'ziga xos ijodiy muhit yaratilishiga ta'sir ko'rsatgan.

1480-yillar Sulton Husayn Boyqaro kutubxonasidan bir nechta qo'l yozma topilgan bo'lib, tadqiqotchilarning fikricha, ular Kamoliddin Behzodga tegishlidir. Ushbu qo'l yozma miniatyuralarda Behzod o'zining ham tabiat, ham urush manzaralarini, ham inson shakli va alohida xususiyatlarini tasvirlovchi usta sifatida namoyon qiladi. U ko'plab badiiy yangiliklar kiritgan.

1490 yillar Sulton Husayn Boyqaro farmoni bilan sultonning bosh kitobxoni etib tayinlanadi. Endi Behzod miniatyura va suratlar yaratish bilan birga, loyihalarni va rassomlar faoliyatini boshqaradi.1

1506 yil Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi, o'limidan bir yildan so'ng Hirotni Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi o'zbeklar bosib oladi. Behzod avvalgiday kitobxon lavozimida qoladi, Shayboniyxon esa o'z suratlarini unga chizdirgan. Rassom chizgan Shayboniyxonning ajoyib portreti o'sha davrlardan saqlanib qolgan. 15071510 yillarni Behzod boshqa Hirotlik rassomlar ketidan borib, Buxoroda o'tkazadi. Biroq, 1510 yil safaviylar sulolasining asoschisi Ismoil I (1501-1524 yillar hukmronlik qilgan) Shayboniyxonni o'ldiradi, shundan so'ng Behzod fors saltanati tomonidan yaratilgan yangi poytaxt bo'lmish Tabrizga ko'chib o'tadi. Behzodning sharafi bu davrda o'z cho'qqisiga yetadi.

Ismoil shoh saroyiga rassom 1520 va 1522 yillar oralig'ida kelgan. Behzod qo'l yozmalarni yozish yo'lga qo'yilgan, tayyor ustaxonaga keladi. 1522 yil Ismoilning farmoniga ko'ra Behzod shohning bosh kitobxoni etib tayinlanadi. Ammo, oradan ikki yil o'tgach, 1524 yil shoh Ismoiy 37 yoshida kutilmaganda vafot etadi va Behzodning kechroq ijodini safaviy hukmdori Shoh Taxmas I (1525-1576 yillar hukmronlik qilgan)

1 B. Boymetov. N. Tolipov. Art club at school. T., 1995

ismi bilan bog'lashadi. Uning qo'l ostida Behzod to o'limiga qadar xizmat qiladi. Kamoliddin Behzod 1535 yoki 1536 yil vafot etgan. Behzod ijodi tirik shaxsga murojaat, tabiatni anglash va inson hamda hayvon tanasining tirik harakatini yetkazib berish bilan ifodalanadi.

Kompozitsiyalarni tuzishda u o'tmishdoshlari tomonidan tuzilgan an'anaviy chizmalardan foydalangan va ushbu kompozitsiya tizimining qonunlashtirilgan chizmalari asosida "tugallanganligi, kompozitsiyalarining mukammalligi, qahramonlarning tirik surati, g'oyaviy fikrining kengligi bilan hayratga soluvchi" betakror asarlar yaratgan.

Kompozitsiyalar yechimidagi Behzodning farqli jihati shundaki, u aylana va oval bo'ylab shakllar tizib, xayoliy chuqurlik yaratgan, imo-ishoralarni kuchaytiruvchi tasvirlari kompozitsiyaning ichki harakatini yetkazib bergan, o'zining miniatyuralarida ko'plab yangi ishtirokchi shaxslar, me'moriy bo'laklarni ifodalab, tasviriy olam doiralarini ilgari surgan. Behzod, shuningdek, kompozitsiya bo'laklariga qahramonlarni o'rinli joylash orqali xayolik kenglikni yarata olgan. Chuqurlikni yaratishda muomaladagi qahramonlarning imo-ishoralari ham kichik o'rin egallamagan. Behzod ijodida chuqurlik va makon yaratilishida boshqa bo'laklar ham muhim ahamiyatga ega - me'moriy binolar, peshtoqlar, minbarlar, yon devorlar, ko'priklar, ayvonlar va boshqalar2.

Behzod miniatyurasining yakunlanganligi va mukammalligi ranglar yechimida ham ifodalanadi. Avvalam bor, me'moriy bezakning ranglar boyligini ta'kidlash joiz.

Behzod qiziqarli ijodiy hayot kechirdi. U ko'plab yozuvchi va shoirlarning kitobiga bezak solgan. Uning miniatyuralari Chester Beytining Londondagi kutubxonasida saqlanadi, Amir Temurning hayoti va ijodiga bag'ishlangan Ali Yazdining "Zafarnoma" asariga chizilgan 8 ta miniatyurasi milliy kutubxonala saqlanadi.

Behzodning badiiy miniatyurasidagi nozik ta'sirchanlik, qizg'in ranglar, silliq chiziqlarda tasvirlangan, bo'yoqlarning bir tekisda joylashuvi unga musiqaviy, romantik kayfiyat bag'ishlaydi. Uning miniatyuralarida dunyo tinchlik, uyg'unlik va sokinlikka to'yingan. Undagi barchasi shodlikni aks etadi.

Behzodning ko'plab illyustratsiyalari Navoiy, Nizomiy asarlariga yaratilgan. U, shuningdek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, shoirlardan Xotiriy, Jomiylarning portretlarini chizgan. Uning sahnaviy janrdagi suratlarida Navoiy va Bobur kabi shoirlarning tasvirini uchratish mumkin.

Behzod miniatyura san'ati tarixida maxsus maktab "Behzod maktabini" yaratdi. U real hayot hodisalari va tabiatni tasvirlash uslubi, bo'yoqlardan foydalanish vositalari, rasmga olinayotgan voqealarni nozik chiziqlarda ifodalash yo'llari, inson kayfiyati va harakatini aks ettira bilishdagi ustaligi, rasm kompozitsiyasining kengligi

2 Kamoliddin Bekzod, T., 1964

va turli-tuman hodisalarni qamrab olabilishi, ajoyib estetik zavq uyg'otishi bilan miniatyura san'atini yangi bosqichga ko'tardi, uning tarixida yangi davr yaratdi. Behzod miniatyuralari uning tirikligidayoq va ayniqsa, undan so'ng musulmon Sharqida va G'arbda ham bu san'atning eng oliy yutug'i deb tan olindi hamda eng qimmatli san'at asarlari sifatida mashhur bo'lib ketdi.

Kamoliddin Behzodning tasviriy san'at dunyosining rivojlanishiga hissa qo'shgan betakror bo'yoqli asarlari hanuz dunyoni hayratga soladi. Buyuk rassom tomonidan yaratilgan asarlar ko'plab san'at namoyondalari uchun har doim ilhom manbai va o'rnak bo'lib xizmat qilgan. Sulton Muhammad, Qosim Ali, Mavlono Darvesh Muhammad kabi rassom-olimlar Sharq miniatyura maktabi rivojiga munosib hissa qo'shishgan. Kamoliddin Behzod ijodi nafaqat milliy san'atimiz rivoji, balki xalqimizning keyingi ma'naviy taraqqiyotida ham muhim o'ringa ega bo'ladi.

Sharq musavvirlik (rassomlik) san'atida yorqin yulduz bo'lib porlagan allomalardan biri - Kamoliddin Behzod. U o' z zamondoshlari tomonidan musavvirlar peshvosi, muzahhiblar yetakchisi, ustozi deb e'tirof etilgan. «Ikkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor bo'lgan, Yevropada «Sharq Rafaeli» deb tan olingan. Bu jumla mubolag'ali bo'lish bilan ajralib turadi. Chunki Behzod Rafaeldan oldin yashab ijod qilgan. Kamoliddin Behzodni sharqning "Buyuk ustozi" deb aytish maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi.

Behzod ijodi va merosini o'rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha ma'lum bo'lgan asarlari taxminan o'ttizta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng mashhurlari quyidagiladir:

1. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"siga ishlangan miniatyuralar.

2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqa'dagi 40 dan ortiq go'zal miniatyuralar.

3. Abdurahmon Jomiyning "Solomon va Ibsol" asariga ishlangan rasmlar.

4. Amir Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyura.

5. Sa'diyning "Bo'ston" asariga ishlangan go'zal rasmlar.

6. Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" asariga chizilgan noyob va benazir miniatyuralar.

7. Abdulloh Xotifiyning "Temurnoma" asariga chizilgan rasmlar.

8. Sa'diyning "Guliston" asariga ishlangan nafis miniatyuralar.

9. Abdurahmon Jomiy tasviri.

10. Husayn Boyqaro tasviri.

11. Shayboniyxon tasviri.

12. Shoh Taxmasp tasviri.

13. Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri.

14. Tuyalar jangi.

15. Raqsi darvish (darvishlar raqsi)3 Xulosa

Kamoliddin Behzodning tasviriy san'at dunyosining rivojlanishiga hissa qo'shgan betakror bo'yoqli asarlari hanuz dunyoni hayratga soladi. Buyuk rassom tomonidan yaratilgan asarlar ko'plab san'at namoyondalari uchun har doim ilhom manbai va o'rnak bo'lib xizmat qilgan. Sulton Muhammad, Qosim Ali, Mavlono Darvesh Muhammad kabi rassom-olimlar Sharq miniatyura maktabi rivojiga munosib hissa qo'shishgan. Kamoliddin Behzod ijodi nafaqat milliy san'atimiz rivoji, balki xalqimizning keyingi ma'naviy taraqqiyotida ham muhim o'ringa ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G.Durdiyeva. "Sharq Rafaeli", https://yuz.uz/uz/news/sharq-rafaeli

2. Kamoliddin Bekzod, T., 1964;

3. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/kamoliddin-behzod-1455-1537/

4. Behzod va tamaddun. T., 2000.

5. B.Boymetov. N. Tolipov. Art club at school. T., 1995

6. R.Hasanov. Methodology of teaching visual arts at school. T. "Science", 2004

3 https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/kamoliddin-behzod-1455-1537/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.