Научная статья на тему 'MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING GENDER TENGLIKKA TA'SIRI'

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING GENDER TENGLIKKA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender tenglik / ijtimoiy munosabatlar / milliy va umuminsoniy qadriyatlar / axloqiy me'yorlar.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Xabiba Jabbarova

Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning gender tenglikka ta'sirilarining mohiyati tahlil qilingan. Gender tenglikning inson huquqlari, ijtimoiy adolat va iqtisodiy rivojlanishning muhim jihatlari, uning jamiyat hayotidagi ahamiyatiga munosabat bildirilgan. Insonning ijtimoiy hayotga moslashuvida tenglikning muhimligi asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING GENDER TENGLIKKA TA'SIRI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING GENDER TENGLIKKA

TA'SIRI

Xabiba Jabbarova

Samarqand davlat chet tillar instituti, katta o 'qituvchisi

Annotatsiya. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning gender tenglikka ta'sirilarining mohiyati tahlil qilingan. Gender tenglikning inson huquqlari, ijtimoiy adolat va iqtisodiy rivojlanishning muhim jihatlari, uning jamiyat hayotidagi ahamiyatiga munosabat bildirilgan. Insonning ijtimoiy hayotga moslashuvida tenglikning muhimligi asoslangan.

Kalit so 'zlar: gender tenglik, ijtimoiy munosabatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, axloqiy me'yorlar.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.14173940

Аннотация. В статье анализируется влияние национальных и общечеловеческих ценностей на гендерное равенство. Гендерное равенство является важным аспектом прав человека, социальной справедливости и экономического развития, а также его значимости в жизни общества. Значимость равенства основана на приспособлении человека к социальной жизни.

Abstract. The article analyzes the effect of national and universal values on gender equality. Gender equality is an important aspect of human rights, social justice and economic development, and its importance in the life of society. The importance of equality is based on the adaptation of a person to social life.

Ключевые слова: гендерное равенство, общественные отношения, национальные и общечеловеческие ценности, моральные нормы.

Key words: gender equality, social relations, national and universal values, moral standards.

Gender tenglik - milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy ko'rsatkichlaridan biridir. U insonlarning huquqlari va imkoniyatlarini teng baholashni nazarda tutadi. Jamiyatdagi gender tengsizlik, ayniqsa, ayollar va erkaklar o'rtasidagi ta'lim, mehnat imkoniyatlari va ijtimoiy rolida namoyon bo'ladi. Bu mavzuga chuqurroq kirishish, adolat va tenglikni ta'minlash uchun strategik yondashuvlarni muhokama qilish talab etiladi. Bundan tashqari, gender tenglikni targ'ib qilish iqtisodiy o'sish va ijtimoiy barqarorlikni ham ta'minlaydi. Bu o'zgarishlarni amalga oshirish butun jamiyat a'zolar oldidagi mas'uliyat hisoblanadi.

Gender tenglik - inson huquqlari, ijtimoiy adolat va iqtisodiy rivojlanishning muhim jihatlaridir. Gender tenglik nafaqat ayollar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarga, balki jamiyatning umumiy rivojiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Yana bir faylasuf, gender tenglik ayol

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

va erkak munosabatlarida teng xuquqlilikni ta'minlashgina bo'lmasdan, balki u butun ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirishi mumkin bo'lgan voqelikdir. Gender tenglikni eski ijtimoiy munosabatlar ustiga qurib bo'lmaydi, u insoniyatni yangi ijtimoiy munosabatlar tizimini yaratishga undaydi, [2;14] deya ta'kidlaydi.

Gender tenglikning jamiyatdagi barqarorligi qadriyat mezonlariga amal qilishni taqazo etadi. Qadriyat - jamiyatdagi odamlar o'rtasida qabul qilingan, ijtimoiy tartib-qoidalar va axloqiy me'yorlarga asoslangan munosabatlar tizimidir. Ular insonlarning o'zaro munosabatlar, qaror qabul qilishni va ijtimoiy munosabatlarni belgilaydi. Qadriyatlar madaniyat, an'analar va ta'lim vositalari orqali shakllananib, insonlar hayotida muhim rol o'ynaydi.

Milliy qadriyatlarning tadrijiy rivojida gender tenglik tamoyillariga amal qilish, mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga egadir. Chunki gender tenglik jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashning muhim omillaridan birdir. Jamiyatda ayollarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini ta'minlash, oilada to'g'ri qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi gender qadriyatlar ayollar va erkaklar o'rtasidagi ijtimoiy rollarni aniqlaydi.

Jamiyatning iqtisodiy o'sishi uchun esa ayollarning mehnat bozoriga jalb qilinishini ta'minlash muhim. Ayollarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilish, iqtisodiy samaradorlikning o'sishiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

Gender tenglik ta'limga erishish imkoniyatlarini kengayishga yordam beradi. Agar ayollar ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lsalar, ularning faoliyati va ijtimoiy roli ham o'sadi. Turli jamiyatlardagi qadriyatlar gender tenglikning qabul qilinishiga ham o'z ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ba'zi madaniyatlarda ayollar vazifalari aniq belgilangan bo'lishi mumkin. Ta'lim va tarbiya berishda gender qadriyatlari, bolalarni tarbiyalash jarayonida mavjud muammolarni echish va fikrlash mantig'i orqali shakllanadi.

Umuminsoniy qadriyatlar doirasida, gender tenglik insoniyatning umumiy rivojlanishiga hissa qo'shadi. Gender tenglik inson huquqlarini ta'minlashda asosiy tamoyildir. Barcha insonlarning huquqlari, jinsidan qat'iy nazar, teng bo'lishi kerak. Gender tenglik salomatlik tizimini ham yaxshilashga yordam beradi. Ayollar uchun tibbiy xizmatlarga oson kirish, ularning salomatligini mustahkamlaydi va jamiyatda umumiy salomatlikni yaxshilaydi. Jurnalist G.Mo'minovaning ta'kidlashicha, "Ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tinchlik jarayonlarida ayollar va erkaklar teng vakil bo'lgandagina barqaror tinchlikka erishish mumkin, - dedi o'z nutqida BMTning Jenevadagi bo'limi bosh direktori Tatyana Valovaya. -Shuning uchun diplomatiyada gender tengligi faqat adolat masalasi emas, yanada keng qamrovli va barqaror tinchlik kelishuvlariga olib keladi" .

Albatta, gender haqida fikr yuritganda, uning qadriyatlarga aloqasi katta ahamiyatga ega ekanligini inobatga olish kerak. Gender qadriyatlari ijtimoiy tartib-qoidalar va nuqta nazarlarga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ayollar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarda aks etadi.

Gender qadriyatlari, kimning qanday vazifalarni bajarishi kerakligiga doir konsepsiyalarni belgilaydi. Jamiyatdagi qadriyatlar, bolalarning gender rollarni qabul qilishini shakllantiradi.

Genderdagi qadriyatlarni o'zlashtirish, tenglik va ijtimoiy adolatga erishishga yordam

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

beradi. Shuning uchun, gender va qadriyatlar o'rtasidagi aloqani tushunish, gender tengligini ta'minlashda muhimdir. Ayollar va erkaklarning qadriyatga bo'lgan munosabati jamiyatning madaniy konteksti, ta'limga va ijtimoiy tajribaga bog'liq. Ayollar ko'pincha gender tengligi va adolatni ta'minlashga intiladilar, chunki ba'zan an'anaviy qadriyatlar ayollarning rolini cheklashi ham mumkin. Ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki, gender qadriyatlari o'zgargandagina samarali bo'ladi. Erkaklar orasida qadriyatlarga nisbatan munosabat o'zaro tenglik va ehtiromni qabul qilishdan tortib, an'anaviy rollarga moslashishga qadar turlicha bo'lishi mumkin. Gender tenglikka bo'lgan qadriyatlarning qabul qilinishi ijtimoiy normalarni o'zgartiradi, bu esa ayollar va erkaklarning rollarini yangilashga yordam beradi.

Xullas, gender tenglikning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ta'siri kerakli o'zgarishlarni amalga oshirishga mo'ljallangan. Ushbu qadriyatlar jamiyatning rivojlanishini ta'minlash, adolatni saqlash va barqaror kelajakni yaratishda muhim ahamiyatga ega. Har bir insonning jinsidan qat'iy nazar, teng huquq va imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak, bu esa butun jamiyat uchun foydalidir. Barqarorlik, tinchlik, rivojlanish tinchlik hukm surgan joyda rivojlanadi, taaraqqiy etadi.

Adabiyotlar ro'yxati

1. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 3-modda.

2. Alimasov V. Gender falsafasi. T., 2008.

3. Boychenko L.D. OON i prava jenshin: istoriya i sovremennost. (Boychenko L.D. BMT va xotin-qizlar huquqlari: tarix va xozirgi payt).

4. Gendir munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish. T., 2007.

5. Jabbarova, Habiba. "PHILOSOPHICAL CONCEPTS OF MASCULINITY AND FEMININITY IN ANCIENT PHILOSOPHY." International Journal of Engineering Mathematics (Online) 6.1 (2024).

JOl 1RNA L-RESE A RCHS. COM

I

75

NOVEMBER, 2024

I

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.