Научная статья на тему 'MA’NAVIY ISLOHOTLARNING OILAVIY TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDAGI O‘RNI'

MA’NAVIY ISLOHOTLARNING OILAVIY TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tazyiq / zo‘ravonlik / iqtisodiy zo‘ravonlik / ruhiy zo‘ravonlik / jismoniy zo‘ravonlik / ma’naviyat / ma’naviy tarbiya / ma’naviy qadriyat / gender tenglik / himoya orderi / rezolyutsiya / mahalla / ijtimoiy-ma’naviy muhit / jamoatchilik nazorati.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Raxmanov Baxodir Mirzayevich

Har qanday davlatning demokratlilik darajasi unda inson huquq va manfaatlarining to‘la himoya qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda dunyo davlatlarining deyari barchasida inson hayoti, sog‘ligi, uning sha’ni, qadr-qimmati, daxlsizligi konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinib, zo‘ravonlik va kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Ammo bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘lib, aksariyat holatlarda mazkur jarayonning jabrlanuvchilari xotin-qizlar ekanligi ko‘rsatilmoqda. Mazkur maqolada oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash, uning oldini olish masalalari atroflicha tadqiq etilgan. Ushbu muammoning samarali yechimi sifatida ma’naviy islohatlarni yanada rivojlantirish, ma’naviy tarbiya va targ‘ibotlar ta’sirchanligini oshirish zarurligidan iborat ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY ISLOHOTLARNING OILAVIY TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDAGI O‘RNI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

MA'NAVIY ISLOHOTLARNING OILAVIY TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKNING OLDINI OLISHDAGI O'RNI

Raxmanov Baxodir Mirzayevich

Toshkent amalliy fanlar universiteti, Ijtimiy fanlar kafedrasi Dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13304435 Annotatsiya: Har qanday davlatning demokratlilik darajasi unda inson huquq va manfaatlarining to'la himoya qilinishi bilan chambarchas bog'liq. Bugungi kunda dunyo davlatlarining deyari barchasida inson hayoti, sog'ligi, uning sha'ni, qadr-qimmati, daxlsizligi konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinib, zo'ravonlik va kamsitishga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yilgan. Ammo bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri oiladagi tazyiq va zo'ravonlik bo'lib, aksariyat holatlarda mazkur jarayonning jabrlanuvchilari xotin-qizlar ekanligi ko'rsatilmoqda. Mazkur maqolada oiladagi tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurash, uning oldini olish masalalari atroflicha tadqiq etilgan. Ushbu muammoning samarali yechimi sifatida ma'naviy islohatlarni yanada rivojlantirish, ma'naviy tarbiya va targ'ibotlar ta'sirchanligini oshirish zarurligidan iborat ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tazyiq, zo'ravonlik, iqtisodiy zo'ravonlik, ruhiy zo'ravonlik, jismoniy zo'ravonlik, ma'naviyat, ma'naviy tarbiya, ma'naviy qadriyat, gender tenglik, himoya orderi, rezolyutsiya, mahalla, ijtimoiy-ma'naviy muhit, jamoatchilik nazorati.

1 KIRISH

Tarixdan ma'lumki, jamiyat taraqqiyoti ma'naviy omillar bilan chambarchas bog'liq. Ma'naviyat, ma'rifat, ilm-fan rivojlangan jamiyatdagina har qanday sohada o'sish, iqtisodiy rivoshlanish va barqarorlik kuzatiladi. Aksincha, ma'naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, sohaga e'tibor qaratmaslik esa bevosita jamiyatda turli illatlar, jaholatning ortishiga va oxir-oqibat mazkur jamiyat tanazzuliga olib keladi. Shunday ekan, har qanday muammoga jumladan, bugungi kunda tobora dolzarb tus olayotgan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurash masalasida ham ma'naviy omillar hal qiluvchi o'rin tutadi.

Umuman, xotin-qizlarga nisbatan, tazyiq, zo'ravonlik va kamsitish holatlarining uchrashi ma'naviyat sustligi bilan bog'liq muammo deyish mumkin. Chunki tazyiq va zo'ravonlik jamiyat ma'naviy qadriyatlariga zid tushuncha bo'lib, yuksak ma'naviy-axloqiy tarbiyaga ega bo'lgan shaxs mazkur hatti-harakatlarni sodir etmaydi. Shu bilan birga milliy ma'naviy va umuminsoniy tamoyillarga asoslanuvchi adolatli fuqarolik jamiyati xotin-qizlarga nisbata tazyiq va zo'ravonlikni qabul qilmaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda zo'ravonlikni kamaytirish, maishiy zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlarni davlat tomonidan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, ijtimoiy hayotda erkaklar bilan teng ravishda xotin-qizlarga ham o'z iqtidori, iste'dodini erkin namoyon qilishga keng imkoniyatlar yaratib berish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda ma'naviy islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, 2019 yil 3 sentabrdan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirdi. Mazkur Qonunga asosan xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tayziq va zo'ravonlikdan ishonchli himoya qilinishini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi 3-son

qarori bilan Tayziq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta'minlash va monitoring olib borish to'g'risida nizom tasdiqlandi. Nizomga ko'ra himoya orderi 24 soat ichida zo'ravonlikka uchragan fuqaroga ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori tomonidan beriladi. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar bilan o'zaro aloqa o'rnatish va tezkor ma'naviy, ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko'rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish maqsadida IIV tomonidan oilaviy zo'ravonlik bo'yicha xabarlar "1259" qisqa raqami 24/7 faoliyat yuritishi, "1146" Ishonch telefoni "AZIZAYOL.UZ" yagona interaktiv milliy portalining faoliyat yuritayotgani ham jamiyatimizda ayollarning har bir sohada o'ziga kerakli bo'lgan huquqiy va psixologik yordam, ma'naviy ko'mak beruvchi davlat va ndavlat tashkilotlari faoliyat yuritishi ham ularni har jihatdan himoya ostida ekanligini ifodalaydi.

"Eng og'ir, murakkab masalalarimiz ayollar bo'yicha. Xalqimizning talabi o'sib boryapti. Biz shu talablarga munosib sharoit yaratib berishimiz kerak" [1]. Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o'rni va nufuzini oshirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish bo'yicha navbatdagi qadam sifatida, hayotni va ayollar muammolarini yaxshi biladigan, faol va tashabbuskor opa-singillarimizdan iborat Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifi ilgari surildi [2].

Bu tuzilma o'z faoliyati davomida xotin-qizlar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo'llarini aniqlash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlarini tashkillashtirishga ko'maklashishi, shu ish orqali ularning bandligini ta'minlash uchun vakolatli organ va tashkilotlarga takliflar beradi. Ayollarga nisbatan zo'rlik ishlatish yo'li bilan sodir etiladigan jinoyatlarning asosida turli sabablar yotadi. Ayollarning

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I toe^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

hayoti va sog'lig'iga qarshi sodir etiladigan jinoyatlar jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va ularni tartibga soladigan normalar, ma'naviy bo'shliq, gender notenglik hamda boshqa ijtimoiy, iqtisodiy va ruhiy omillar asosida shakllanadi. Xorijiy davlatlarning mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlarni o'rganishi asosida ayollarga nisbatan sodir etiladigan zo'ravonliklarni to'rt guruhga ajratish mumkin:

- iqtisodiy omillar;

- atrofdagilar bilan munosabat omillari;

- umumiy ijtimoiy munosabat omillari;

- shaxsiy omillar [3].

Masalan, iqtisodiy omillar ayollarga nisbatan sodir etiladigan zo'ravonliklarga munosabatni aks ettiruvchi hukumatning iqtisodiy va huquqiy-siyosatini, jamiyatda shakllangan madaniyat, ijtimoiy normalar va o'zaro munosabatlar amaliyotini o'z ichiga oladi. Xomashyoga bo'lgan imkoniyat, ijtimoiy nazorat tizimi va aholining turmush tarzi ba'zi hududlarda maishiy zo'ravonlikning mavjud bo'lishi va muntazam sodir etilishi uchun asosiy omillar hisoblanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarning qoniqtirilmasligi, yashashdan zerikish, umidsizlikka berilish, ziddiyatlar, ruxiy zo'riqish yoki o'ziga ishonchsizlik kabi shaxsiy suiiste'molliklarning oshishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ayollar turmush kechiradigan yopiq ijtimoiy muhit zo'ravonlikning o'sishiga olib keluvchi yana bir omillardan hisoblanadi. O'tkazilgan sotsiologik so'rov natijalariga ko'ra, zo'ravonlikka uchragan o'ttiz yoshgacha bo'lgan ayollarning 45 foizini aynan o'qimaydigan yoki ishlamaydigan va uyda o'tiradigan ayollar tashkil kiladi. Qat'iy ijtimoiy va do'stona aloqalarga ega ayollar esa maishiy zo'ravonlikka kamrok duchor bo'ladilar [4]. Ayolni o'rab turgan yaqinlarining zo'ravonlikka bo'lgan munosabatlari ham ayollarning zo'ravonlik qurboni bo'lishga turtki beruvchi omil sanaladi. Zo'ravonlikka ota-onaning, turmush o'rtog'ining, yaqin qarindoshlarning, jamoa vakillarining, ish bo'yicha hamkasblarning, mahallaning befarq munosabatlari oiladagi zo'ravonlikning kuchayishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi hamda erkak tomonidan oilada ayolga nisbatan zo'ravonlikning sodir etilishiga olib keladi. Yaqin kishilarning, dugonalarning o'z oilalarida tez-tez zo'ravonlikka duchor bo'lishlari zo'ravonlikning "legallashiga" turtki beradi va bu oiladagi normal turmush tarzi sifatida qabul qilinishiga olib keladi. Erkaklarning oiladagi zo'ravonliklari umumiy tarzda kambag'allik va ishsizlik darajasi bilan bog'liq bo'lib, yon-atrofdagilarning shunday oilalarga ko'mak berish istaklarining mavjud yoki mavjud emasligiga ham bog'liqdir.

Atrofdagilar bilan munosabat omillari o'zining tushunchasiga ko'ra bir yoki bir nechta yon-atrofdagilar bilan ijtimoiy aloqaga egalik yoki ega emaslik holatini namoyon etadi. Munosabatlardagi har qanday buzilishlar, masalan, turli jinsga, ma'lumotga egalik, manfaatlarning ayriligi, hayotdagi qadriyatlarni turlicha talqin etish, xulq-atvordagi ziddiyatlar, ishonch darajasining va obro'-e'tiborning pastligi ayollarga nisbatan zo'ravonlik sodir etilishiga turtki berishi

www.in-academy.uz

mumkin. Umuman olganda, shaxsning hayoti va sog'lig'iga qarshi jinoyatlarning 90%i erkaklar tomonidan sodir etiladi. Shu bilan birga, tadqiqotchilarning ayollarga nisbatan zo'ravonlik jinoyatlari sodir etilishining asosiy sabablaridan biri - bu jamiyatdagi ayollarning o'rnini, holatini belgilovchi gender tengsizlik ekanligi haqidagi fikrlari asosida haqiqat mavjud. Shu bois ayol va erkak o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy resurslarning taqsimlanishidagi va ularga egalik qilish imkoniyatlaridagi tengsizlik, erkaklarning jamiyatdagi ustuvor mavqeda ekanligi haqidagi tasavvurlarning kuchayishiga olib keladi.

Gender tengsizlik sohasiga ayollardagi ma'lumot darajasining pastligi, daromad olishdagi va oila xo'jaligida qarorlar qabul qilishdagi tengsizlik, oilalarda o'g'il bolalarning tug'ilishiga munosabatning yuqoriligi kabi holatlar taalluqlidir. Ayollarning an'anaviy gender roli ko'plab jamiyatlarda ularga nisbatan sodir etilayotgan zo'ravonliklar tufayli ham yuqoridir. Gender tenglilikni e'tirof etgan mamlakatlarda ayollarga nisbatan zo'rlik ishlatib, sodir etilayotgan jinoyatlar soni ham keskin kamayib bormokda.

O'zbekistonda ayollar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha izchil va tizimli siyosatning asosiy yo'nalishlari qo'yidagilar hisoblanadi:

birinchidan, ayollar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarining bajarilishini ta'minlash hamda huquqiy asosni yanada takomillashtirish bo'yicha choralar ko'rish;

ikkinchidan, ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha ishlarning ahvolini doimiy ravishda va kompleks monitoring qilish, ularning oilada, jamiyatda hamda jamoat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish;

uchinchidan, ayollarning bandligini ta'minlash bo'yicha samarali choralar qabul qilish va amalga oshirish, ularni ishga joylashtirish uchun har tomonlama yordam ko'rsatish, ayollar orasida, ayniqsa, qishloq joylarida tadbirkorlikning turli shakllarini rivojlantirish;

to'rtinchidan, ayollarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun ko'maklashish [4]. Dunyoning turli mamlakatlarida o'tkazilgan ko'plab tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ayollar bilim darajasining oshishi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud [5]. Ayol boshqaradigan oilaviy daromad ulushining oshishi oziq-ovqat, bolalar ta'limi va ularning kiyim-kechaklariga xarajatlarni oshishiga olib keladi va bunda oilaning alkogol va tamaki mahsulotlariga ketadigan xarajatlari pasayadi [6]. Aksincha, xotin-qizlarga nisbatan sal'biy munosabatda bo'lish, ularni hurmat qilmaslik, ayol bo'lganligi uchun kamsitish va past baho berish holatlari jamiyat taraqqiyotiga zid ta'sir ko'rsatadi.

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning sodir etilishi sabablari, shaxsda g'ayriijtimoiy xulq-atvor va xususiyatlarning shakllanishiga hamda turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga, qonunga yoki qonun ijrosiga putur yetkazadigan, unga rioya qilishga to'sqinlik qiladigan omillar nosog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhit ta'sirida yuzaga keladi [7]. Shu tufayli tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish va uning oldini olish eng avvalo, ma'naviy omillarni optimallashtirish, yuksak ma'naviyatni qaror toptirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan amlga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5938-son Farmoni ham aynan yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Farmonda belgilanganidek, jamiyat va oilada sog'lom va barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta'minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. BMT Bosh Assambleyasining 1999 yilning 17 dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25 noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni deb e'lon qilingan. Shu bois har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilishi an'anaga aylangan. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi ham xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning har qanday shakliga yo'l qo'ymaslik uchun jamiyatda ma'naviy va huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishning asosiy vositasi yuksak ma'naviyatdir. Zero, odamlarning ongi va dunyoqrashini o'zgartirmay turib, gender tenglik sohasidagi islohatlar samarasini ta'minlab bo'lmaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham "... Meni kishilarimizning ongida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak"[8] deb ta'kidlaydi. Darhaqiqat, oilada ham, jamiyatda ham o'z o'rniga ega bo'lgan ilmli va ma'naviyatli onalargina bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablariga munosib, har tomonlama barkamol inson - komil shaxsni voyaga yetkizishga qodir bo'ladi. O'z navbatida, yuksak ma'naviyatli insonlardan tarkib topgan adolatli fuqarolik jamiyatida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning har qanday shakliga yo'l qo'yilmaydi. Shunday ekan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik, kamsitishlarning har qanday shakliga

www.in-academy.uz

barham berishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

Birinchidan, ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish zarur.

Ikkinchidan, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to'liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash zarur.

Uchinchidan, aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirishda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligi oshirish zarur.

To'rtinchidan, jamiyatda sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlash, oila va xotin-qizlarga nisbatan hurmat, onalik va bolalkni muhofaza qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir va targ'ibot ishlari ko'lamini yanada kengaytirish zarur.

ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 26 fevraldagi xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan selektordagi nutqi. «Xalq so'zi» gazetasi, 2021 yil 27 fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so'zi» gazetasi, 2020 yil 25 yanvar

3. A.Zakirova, Q.Abdurasulova. Xotin-qizlarning zo'ravonlikdan jabrlanishining sabablari va uning oldini olish // Jamiyat va innovatsiyalar //12 (2021). B.

4. Chen, D. H. C. (2004) Gender Equality and Economic Development.The Role for Information and Communication Technologies. World Bank Policy Research Working Paper 3285, P. 28.

5. napr., Rubalcava, L., G. Teruel, and D. Thomas (2009) Investments. Female Incomes on Patterns of Household Expenditure.Economica 65 (260): 599-613.)

6. SH.Pulatova , A.Murodov — Zo'ravonlikdan jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish va zo'ravonlikning oldini olish. T.: 2020. — B.8.

7. https://nrm.uz/content O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqi_(2019_yil_21_iyun).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.