Научная статья на тему 'OILALARDA ZO’RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA QO’LLANILADIGAN CHORA-TADBIRLARNING AHAMIYATI'

OILALARDA ZO’RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA QO’LLANILADIGAN CHORA-TADBIRLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
11
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kelishuv / nizo / shartli nikoh / zo’ravonlik / himoya / oila / qonunlar / trening / uslub.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qadirova Shahlo

Bugungi keltirilgan ushbu maqolada xotin-qizlarga nisbatan uchrayotgan turli xil zo’ravonliklar va buning oqibatida xotin-qizlarning hayotidagi stresslar, depressiyalar haqida so’z yuritilgan. Eng dolzarb muammolardan bo’lgan ushbu holatda zo’ravonlikning oldini olishda nimalar qilish kerakligi haqida psixologik tavsiyalar berilgan va turlicha usullar ko’rib chiqilishi haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILALARDA ZO’RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA QO’LLANILADIGAN CHORA-TADBIRLARNING AHAMIYATI»

OILALARDA ZO'RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA QO'LLANILADIGAN CHORA-TADBIRLARNING AHAMIYATI

Qadirova Shahlo Bog'ibek qizi

Ellikqal'a tumani 36-maktab psixologi

Annotatsiya: Bugungi keltirilgan ushbu maqolada xotin-qizlarga nisbatan uchrayotgan turli xil zo'ravonliklar va buning oqibatida xotin-qizlarning hayotidagi stresslar, depressiyalar haqida so'z yuritilgan. Eng dolzarb muammolardan bo'lgan ushbu holatda zo'ravonlikning oldini olishda nimalar qilish kerakligi haqida psixologik tavsiyalar berilgan va turlicha usullar ko'rib chiqilishi haqida so'z yuritilgan.

Annotation: Today's article talks about various types of violence against women and stress and depression in women's lives as a result. In this case, which is one of the most urgent problems, psychological recommendations were given on what to do to prevent violence, and various methods were discussed.

Kalit so'zlar: Kelishuv, nizo, shartli nikoh, zo'ravonlik, himoya, oila, qonunlar, trening, uslub.

Key words: Agreement, conflict, conditional marriage, violence, protection, family, laws, training, style.

Insonlarning o'zaro ijtimoiy munosabatlari asosida insoniyat taraqqiyotining o'ziga xos jihatlari va tarixiy rivojlanish shakllari paydo bo'lgan. Tazyiq va zo'ravonlikka asoslangan xulq-atvor hamda o'zaro munosabatlar ham mazkur jarayonda o'z o'rniga ega. Tarixga nazar solsak, ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida zo'ravonlikka asoslangan munosabatlarni ko'rish mumkin. Zero zo'ravonlik ham ijtimoiy munosabatlarning bir ko'rinishi sifatida azaldan barcha jamiyatlarda mavjud bo'lib kelgan. Tazyiq va zo'ravonlik holatlarini ijtimoiy munosabatlar nuqtayi nazaridan ko'rib chiqish insoniyat taraqqiyotini boshqa tomondan anglash imkonini beradi.

Zo'ravonlik va tazyiq tushunchasini har tomonlama o'rganish va ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday munosabatlar doimiy ravishda davlatlar, millatlar, alohida guruhlar, shaxslar va oila a'zolari o'rtasida sodir bo'lishi kuzatiladi. Oiladagi zo'ravonlik va tazyiq holatlarini o'rganganda uning tarkibiy elementlarini alohida inobatga olish hamda omillarni tahlil qilish dolzarb sanaladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega" deb qayd etilgan. Konstitutsiyaning mazkur normasi asosida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi "Oila kodeksi"ning 2-moddasi talabiga ko'ra, "oilaviy munosabatlarda ayol va erkak teng huquqli bo'lib, oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o'zaro kelishuv yo'li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g'amxo'rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a'zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustunligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi"

Yuqoridagi ushbu qonunlar, tartib va amallarni bejizga eslatmadik. Chunki bugungi kunda oila degan muqaddas nom yoshlar qo'lida o'yinchoq misoli o'ynalayotgandek go'yo. Buning asosiy sababi hali ular oila qurishga tayyor emasligida, mas'uliyatni to'liq tushunib yetmaganlikda va avvalambor o'zini qadrini, qonunlarni, huquqlarini bilmaganliklaridadir. Avval oila qurayotgan yoshlarga ya'ni qizlarga oilada jim yurish kerakligini, gap qaytarmaslik, bir pog'ona pasda yurish, ovozni balandlatmaslik, erning itoatida bo'lish, qaynona va qaynotaga xizmat qilish kabilar uqtirilardi va hatto kezi kelganda kaltak yesa ham kelin aybdor deya o'z ota-onasi ham qizini yonini olmas edi. Buning natijasida gender tenglik degan gaplar muhim rol o'ynamasdi. Hozirgi kunga kelib gender tenglik tushunchalari avj oldi va erning, ayolning huquqlari haqida ko'plab tushunchalar paydo bo'ldi. So'nggi yillarda oilada er va xotin o'rtasida ko'plab nizolar, urush-janjallar yuzaga kelmoqda. Erkaklar tarafidan ayollarga zulm, tahdid, zo'ravonlik kabilar ko'plab uyushtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlami tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonunida xotin-qizlami tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan bo'lib, ular:

1) xotin-qizlami tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

2) jamiyatda xotin-qizlaгga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka doiг murasasizlik muhitini yaratish;

3) xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilinishini ta'minlash;

4) jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;

5) xotin-qizla^a nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, ulami aniqlash, ularga chek qo'yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;

6) xotin-qizla^a nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodiг etilishiga olib keladigan sabablaг hamda shaгtshaгoitlaгni baгtaгaf etish cho^anm ko'гish;

7) tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish maqsadida davlat o^anlan, fuqaralaming o'zini o'zi boshqarish oгganlaгi, nodavlat notijoгat tashkilotlaгi va fuqaralik jamiyatining boshqa institutlari hamkoñigini ta'minlashdan iboгatdiг.

Ko'pgina xoгijiy davlatlaráa zo'гavonlik oilada sodiг etilsa, jinoyatni og'iñashtimvchi holat sifatida qabul qilinadi. O'zbekistonda esa oiladagi zo'ravonlik yetariicha baholanmaydi, e'tiboгga olinmaydi. Aslida, qonun oldida oilaviy riskta^ qandayligidan qat'i naza^ baгcha teng huquqlidiг. Ko'chadagi begona insonni haqoratlash yoki unga tan jarohati yetkazish qanday javobgarlikka tortilsa, oiladagi shaxsga nisbatan zo'ravonlik ham shunday jazolanadi.

Ko'plab tadqiqot^ shuni isbotladiki, moddiy faravonlik qay darajada yuqoгi bo'lsa, baxtlilik darajasi ham shu qadaг yuqoгi bo'ladi. Bu asnoda biz mamlakatlami bir-biri bilan solishtiramizmi yoki bitta davlatning turli hududalari orasidagi tafovutlarga razm solamizmi xuddi shu omil o'z aksini topadi. Demak, zo'ravonlikka olib keluvchi yana bir sabablardan biri bu moddiy taraflama yetishmovchilikdir.

Yuqoridagi hodisalarning yuzaga kelishiga nima sabab bo'lmoqda? l.Jamiyatning o'tish davri. 2.Oilalarning iqtisodiy, moliyaviy holati og'ir. 3.Mustaqillik davrida shaxs sifatida shakllangan yoshlarning hayot haqidagi tasavvurining o'ziga xos xususiyatlari. 4.Iqtisodiy-moliyaviy qadriyatlar ma'naviy qadriyatlarni qiymatsizlantirganligi. 5.Oila o'zining an'anaviy vazifalarini, ayniqsa, tarbiya funksiyasini deyarlik bajarmayotganligi, tarbiyani iqtisodiy ta'minot bilan adashtirayotganligi va almashtirayotganligi. 6.Ta'lim mazmunida axloqiy tarbiyaning oqsashi va urg'uning aqliy tarbiyaga berilishi. 7.Oila va ta'lim muassasasidagi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlamayotganligi. 8.Aholi, xalq va ayniqsa, yoshlar uchun doimo namuna vazifasini o'tab kelgan turli bosqichdagi rahbarlar xalqqa bir narsani gapirib, amalda namuna bo'la olmayotganligini natijasida jamiyatda pul hukmronlik qilayotganligi. Korrupsiya "muomola madaniyati" ga aylanganligi, yoshlar shu ruhda ulg'ayayotganligi va yoshlar o'z ota-onalarining so'zlarini emas, amaldagi faoliyatini takrorlamoqda. 9.Jamiyatda qarindosh-urug'chilik, tanish-bilishlik, mahalliychilik, ta'magirlik hamda poraxo'rlikning aql-zakovat, iqtidor, bilim va tajribadan ustunligi.

Biz endi bunday zo'ravonliklarni kamaytirish uchun qo'llanadigan usullarimiz haqida so'z yuritsak. Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri oila institutining tarixiy ildizlarini yuzaga chiqarish, oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishdan iborat. Shu ma'noda o'tgan davr mobaynida davlatimiz tomonidan yurtimizdagi oilalar, ayniqsa, katta hayot ostonasiga endi qadam qo'yayotgan yosh oilalar mustahkamligi, ularning jamiyatning bir bo'lagi sifatida mustaqil shakllanib borishi uchun ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan: - oila institutini mustahkamlash bo'yicha, eng avvalo, "Sog'lom oila -sog'lom jamiyat" g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko'maklashishni tashkil etish belgilandi; - oilalarni mustahkamlash, zo'ravonliklarni yo'qilish, bunga yechim topish, yoshlarni oilaga tayyorlash, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar muammolarini manzilli aniqlab, aniq diagnozlar orqali bartaraf qilish bo'yicha

44

mahallalarda "Oilaviy qadriyatlami mustahkamlash komissiyasi" tashkil etildi; -Vazirlar Mahkamasining 2020-yilda 10-iyunda 367-sonli "O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi.

Oilalar bilan shug'ullanar ekanmiz, eng avvalo oila muhitini o'rganishimiz kerak bo'ladi. ajrashishga, zo'ravonlikka sabab bo'lgan omillarni o'rganib chiqqanimizdan keyin shu sabablarga yechim topishning variantlarini tuzib chiqamiz. Moddiy taraflama bo'ladigan vaziyatda oiladagi er-xotin uchun qulay bo'ladigan ishlar topilishga harakat qilamiz, agar oila a'zolar o'rtasida nizolar bo'ladigan bo'lsa oila a'zolariga psixologik tavsiyalar beriladi, korreksion ishlar, treninglar o'tkaziladi. Agar oilada ajrashishga bir biridan ko'ngil to'lmaslik yoki qandaydir xiyonat shunga o'xshash sabablar bo'lsa bunda oiladagi ikki tomonni ham eshitib ular bilan suhbatlar o'tkazamiz. Ajrashishni iloji boricha kamaytirishga harakat qilamiz.

Ota-ona professional karyerasini va oilaviy majburiyatlarini mutanosib ravishda (tengma-teng) olib boradi. "Innovatsion oila modeli" (postsovet makon oilalari)ga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu turdagi oila jamiyatni rivojlantirish istiqbollari, jahon iqtisodiyoti talablariga hamohang bo'ladi. Bu, bir tomondan, asosiy madaniy qadriyatlar va munosabatlarning avlodlararo aylanishini, boshqa tomondan esa oila muammolarining alohida emas, balki global tarzda namoyon bo'lishiga e'tibor qaratiladigan, shuningdek, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish, innovatsion g'oyalarni yaratish va amalga oshirishga qodir bo'lgan yoshlar sonini oshirish mas'uliyatini nazarda tutadi. Hozirgi davrda olimlar an'anaviy, zamonaviy oila turlarini alohida ajratib ko'rsatishmoqda. Xalqimizga xos bo'lgan shakl an'anaviy oila bo'lib, bu o'zaro hurmat va hamjihatlik asosida qurilgan, oila boshlig'ining yuqori obro'si va yoshi kattalarni qadrlash hamda farzandlar haqida qayg'urish bilan tavsiflanadigan bir necha avlodli oiladir. Oilalarda o'tkazilgan so'rovlar natijalari bo'yicha O'zbekistonda oila a'zolari o'rtasida muayyan bir aniq iyerarxiya, ya'ni oila a'zolarining funksiyalari va vazifalari taqsimlanishi bilan tavsiflanadigan oila modeli mavjudligi ma'lum bo'ldi. Ya'ni oilada yetakchi - uydagi tartib hamda oila a'zolari

mas'uliyatiga javob beradigan, yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni hal qilish va oila byudjetini boshqarish kafolati hisoblangan oila boshlig'i bor.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, yosh oilalarning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, ularning ijobiy muvozanati va uyg'unligini ta'minlash oilaning mustahkamligiga xizmat qiladi. Shuningdek, olimlarning ta'kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni o'zi mustaqil hal qilishi uchun zarur bo'lgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo'lgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg'un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko'rgan-kechirganlarini o'z oilasida qo'llay bilish mahoratiga bevosita bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Авершин В.И. Пути повышения учительского мастерства в современных условиях. // Педагогика. 1998 - № 3. - С. 66-69.

2. Каримова В. Ижтимоий психологияда хотин-кизлар ра^Ьбарлиги муаммосининг урганилиши. // "Psixologiya", БухДУ: 2011, 2-сон. 13-б.

3. Смолкин А.М. Менеджмент: основы организaции // Учебник / Отв. Редактор С.М.Рыловский. - М.: ИНФРА, 2004. - 235 с.

4. Шакуров, Р.Х. Психология руководства педагогическим коллективом. -М.: «Издательство Магистр», 1995. - 184 с.

5. Шамиева О. Ра^Кбар аёллар шахсининг ижтимоий-психологик хусусиятлари. / Психол. фан. ном. автореферат. - Т., 2000. - 21-б.

6. "Оила ва жамият: маънавий ва ахлокий дунё". Жамоат фикри сурови натижалари буйича ахборот-таЪлилий маъруза. - "Ижтимоий фикр" маркази, 2018.

7. Каримова В.М. Оила психологияси: Дарслик. Педагогика олийгоЪлари талбалар учун // Муаллиф: В.М.Каримова. - Т.: "Fan va texnologiya", 2008. - 75-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.