Научная статья на тему 'MILLIY TARBIYA ORQALI MILLIY IDENTITETNI SHAKLLANTIRISH JADIDCHILIK NAMOYANDALARI ASARLARI MISOLIDA'

MILLIY TARBIYA ORQALI MILLIY IDENTITETNI SHAKLLANTIRISH JADIDCHILIK NAMOYANDALARI ASARLARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / milliy tarbiya / yaxshi xulq / milliy identitet / vatanparvarlik / axloqiy qadriyatlar / madaniy meros / ilmsizlik / milliy ruh.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Almuratova Gulbahor Mansur Qizi

Ushbu maqolada oʻquvchilarning milliy tarbiya orqali milliy identitetni shakllantirish haqida so‘z boradi, mazkur sifatlarni shakllantirishda Jadidchilik namoyandalari qarashlarining ahamiyati borasida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY TARBIYA ORQALI MILLIY IDENTITETNI SHAKLLANTIRISH JADIDCHILIK NAMOYANDALARI ASARLARI MISOLIDA»

MILLIY TARBIYA ORQALI MILLIY IDENTITETNI SHAKLLANTIRISH JADIDCHILIK NAMOYANDALARI

ASARLARI MISOLIDA

Almuratova Gulbahor Mansur qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Kabinet mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.13944987

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarning milliy tarbiya orqali milliy identitetni shakllantirish haqida so'z boradi, mazkur sifatlarni shakllantirishda Jadidchilik namoyandalari qarashlarining ahamiyati borasida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kirish so'zlar: tarbiya, milliy tarbiya, yaxshi xulq, milliy identitet, vatanparvarlik, axloqiy qadriyatlar, madaniy meros, ilmsizlik, milliy ruh.

Abstract. This article talks about the formation of national identity of students through national education, opinions and comments are given about the importance of the views of Jadidism in the formation of these qualities.

Keywords: education, national education, good behavior, national identity, patriotism, moral values, cultural heritage, ignorance, national spirit

Аннотация. В данной статье говорится о формировании национальной идентичности студентов посредством национального воспитания, приводятся мнения и комментарии о значении взглядов Джадидизм в формировании этих качеств.

Ключевые слова: образование, национальное воспитание, хорошее поведение, национальная идентичность, патриотизм, моральные ценности, культурное наследие, невежество, национальный дух.

Xalqimizda tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi. Yurtboshimizning tarbiya haqida quyidagi ajoyib fikrlarini keltirib o'tgan "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan".1 Bu jumlalar, odamlarni o'zligini anglashga va o'z merosiga sodiq qolishga undaydi. Ularning qalbida ulug' zotlarning avlodlari ekanligi haqidagi g'ururni uyg'otadi. Bunga erishish uchun tarbiya juda muhimdir. Tarbiya orqali insonlar o'zligini, qadriyatlarini va madaniyatini bilishadi. Tarbiya bolalarga yaxshi axloq, bilim va qadriyatlarni singdiradi, bu esa ularga o'z merosini hurmat qilishga yordam beradi. Bu borada shuni aytishimiz mumkinki tarbiyani bola tug'ilgan kunidan boshlamoq lozim.

Jadidchilik nomoyondalaridan biri Abdulla Avloniy o'zining asarlarida tarbiya va tarbiya beruvchilar haqida shunday degan: "Tarbiya qilguchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga "yaxshi xulq

1 l.Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston - yangi taraqqiyot bosqichida" T. 2019 yil

"degan davoni ichidan "poklik "degan davoni ustidan berub, katta qilmoq lozimdir. Zeroki "Hussini ahloqakum "amri sharifi uzra xalqimizni tuzatmakg'a amr o'linganmiz. Lekin xalqimizning yaxshi bo'lishining asosiy panjasi tarbiyadir." 2 Bu jumlalar bizga shuni ma'lum qildiki tarbiyachilar, tibbiyot mutaxassislari kabi, bolalarni yaxshi xulq bilan tarbiyalashlari kerak. Tarbiyachilar bolalarning ichidagi g'azab yoki salbiy his-tuyg'ularni "yaxshi xulq" bilan davolashlari muhim. Ya'ni, xalqning yaxshi bo'lishi, uning tarbiyasiga bog'liq ekanligini ifodalab o'tgan.

Milliy tarbiya orqali avlodlarga o'z xalqining tarixiy, madaniy va axloqiy qadriyatlari o'rgatiladi. Ushbu tarbiyaning ahamiyatini quyidagi jihatlar orqali ko'rsatish mumkin: Milliy identitet: Milliy tarbiya orqali bolalar o'z xalqining an'analari, urf-odatlari va tilini o'rganadilar, bu ularning milliy identitetini shakllantiradi. Vatanparvarlik: Milliy tarbiya bolalarda vatan sevgisi va shaxsiy mas'uliyat hissini rivojlantiradi, bu esa jamiyatning barqarorligini ta'minlaydi. Axloqiy qadriyatlar: Milliy tarbiya xalqning axloqiy me'yorlarini, o'zaro hurmat va adolatni o'rgatadi, bu esa kelajak avlodlar o'rtasida sog'lom munosabatlarni shakllantiradi. Madaniy meros: Milliy tarbiya orqali avlodlar orasida xalqning san'ati, musiqasi, adabiyoti va boshqa madaniy merosi saqlanadi va rivojlantiriladi. Oila va jamoa roli: Milliy tarbiya oila va jamiyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, bu esa jamiyatni birlashtiradi va kuchaytiradi. Milliy tarbiya o'z xalqining kelajagi uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi, yoshlarni yanada ma'naviy va madaniy jihatdan boyitadi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.

Milliy identitet - bu bir xalq yoki millatga xos bo'lgan madaniy, tarixiy, til, urf-odatlar, qadriyatlar va boshqa xususiyatlarning yig'indisi. U odamlarning o'zligini anglashida, o'z millatiga bo'lgan munosabatida muhim rol o'ynaydi. Milliy identitet, shuningdek, o'zaro bog'lanish va bir-biriga yaqinlashishni kuchaytiradi. Milliy identitet, shuningdek, globalizatsiya sharoitida muhim ahamiyatga ega, chunki u odamlarni o'z madaniyati va an'analarini saqlashga undaydi.

Hukamolardan biri: "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir"3 - demish. Ushbu fikrlar, millat va davlatning kelajagi yosh avlodning tarbiyasi bilan bevosita bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. Milliy tarbiya yoshlarni o'z millatining tarixiy, madaniy va axloqiy an'analariga hurmat va sevgini singdirishga yordam beradi. Milliy tarbiya orqali yoshlar o'zining milliy kimligini bilib, o'z tarixini, madaniyatini va qadriyatlarini qadrlashni o'rganadi. Masalan, o'zgarmas qadriyatlar, urf-odatlar, milliy bayramlar va tarixiy voqealar yoshlarning milliy ruhini shakllantiradi. Ushbu ruh millatning birlik va yaxlitligini saqlashga yordam beradi. Misol uchun, yaxshi ta'lim va tarbiya olishgan yoshlar innovatsiyalar yaratish, iqtisodiy o'sish va ilmiy izlanishlar orqali davlatning rivojlanishiga yordam beradi.

Ilmsizlik ham tarbiyaga salbiy ta'sir ko'rsatadi "Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydigan kishilardir"4 Bunda ilmga amal qilmaslik yoki bilimlarni hayotga tatbiq etmaslik yomonlikning, taybiyasizlikning bir ko'rinishi sifatida ko'rsatilgan. Agar inson ilmiy yoki axloqiy bilimlarni, masalan, adolat, halollik, yoki inson huquqlari to'g'risidagi bilimlarni hayotiga tatbiq etmasa, bu inson axloqiy jihatdan zaif bo'lishi mumkin. Misol uchun, agar bir inson bilimli bo'lsa, lekin ular noto'g'ri xatti-harakatlarga duch kelsa (masalan, poraxo'rlik yoki

2 A.Avloniy, Istiqlol qahramonlari,"Tanlangan asarlar" 2 jildlik Pandlar , ibratlar, hikoyatlar, nabiylar hayoti, dramalar, maqolalar, sayohat xotiralari .Toshkent. "Ma'naviyat" 2006 yil 36 -bet

3 A.Avloniy, Istiqlol qahramonlari,"Tanlangan asarlar" 2 jildlik Pandlar , ibratlar, hikoyatlar, nabiylar hayoti, dramalar, maqolalar, sayohat xotiralari .Toshkent. "Ma'naviyat" 2006 yil -bet 37 -bet

4 M.G.Jamolitdinov "Jadidchilik davri adabiyoti" , Toshkent islom universiteti nahriyot-matbaa birlashmasi ,Toshkent 2016 yil 42 bet

kamsitish), bu ularning yomonligini oshiradi. Bu esa insonning hayotini yomonlashtiradi yoki jamiyatga zarar yetkazishi mumkin.

Agar inson ilmni o'rganishga yoki ilm-fan haqida ma'lumotlarga ega bo'lmasa ham, ilmni qadrlash va hurmat qilish muhimdir. Milliy tarbiya ilmni qadrlash va uni e'zozlash orqali yoshlarni ma'rifatli qilishga qaratilgan. Misol uchun, ilm-fan, san'at va madaniyatni qadrlash yoshlarning madaniy saviyasini oshiradi va ularning ijtimoiy faoliyatida ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bobomiz A.Avloniyning asarlaridagi ushbu jumlalar bunga yaqqol misol bo'la oladi. "Olim bo'l, ilm talab qilguchi bo'l yoki ilmni eshituvchi bo'l, hech bo'lmasa, shularga muhabbat qilguchi bo'l, beshinchisi bo'lma, halok bo'lasan "5

Milliy tarbiya ilm va ma'rifatga bo'lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bo'lib, yoshlarni ilmiy izlanishlarga undaydi. Misol uchun, ilmiy tadqiqotlar o'rganish orqali yangi texnologiyalar yoki ijtimoiy yechimlar yaratish, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta'minlaydi. Masalan biror yurtda tug'ilgan bola o'z shahrining tarixini, madaniyatini va urf-odatlarini o'rganishi, bu haqida ma'lumotlarga ega bo'lishi, va shaharni rivojlantirishga hissa qo'shish orqali o'z vataniga muhabbatini namoyon etadi. O'zbekistonlik yoshlar o'z mamlakatining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shish uchun ilm-fan yoki ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatlarga erishib, o'z vatanining yuksalishiga hissa qo'shishi mumkin.

"Har narsa ko'p bo'lsa , bahosi arzon bo 'lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko'paysa, shuncha qimmatbaho bo'lur " Tarbiya orqali aql va bilimni oshirish shaxsning qiymatini oshiradi va jamiyatda yuqori baholanadigan shaxsni yaratadi."Bir tog'ning o'rnidan ko'chib ketganini eshitsangiz,I shoningiz, ammo bir odamning xulqi boshqa bo'ldi deb eshitsangiz, ishonmangiz" ,bu degani tog'ning ko'chishi tabiiy hodisa, insonlarning o'zgarishi bo'lsa qiyin ekanini anglatadi. Odamlar o'z xulqini o'zgartirishi uchun ko'p vaqt, mehnat va ichki motivatsiya kerak. Misol uchun, bir kishi yomon xulqi bilan tanilgan bo'lsa, uning bir kun ichida yaxshi xulqga o'tishi ko'plarga shubhali ko'rinishi mumkin. Odatda, odamlarning ichki o'zgarishlari, ularning hayoti, tajribalari va tarbiyasi bilan bog'liq. Shuning uchun, boshqalar o'zgarishni ko'rmagan yoki his qilmagan taqdirda, ularning yangi xulqi haqidagi ma'lumotlarga ishonish juda qiyin bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yoshlarning yaxshi tarbiyasi millat va davlatning farovonligi, tinchligi va rivojlanishining asosi hisoblanadi. Milliy tarbiya orqali yoshlarni to'g'ri yo'naltirish va tarbiyalash, ularning jamiyatga qo'shgan hissasini kuchaytiradi va millatning kelajagi uchun mustahkam asos yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston - yangi taraqqiyot bosqichida" T. 2019 yil

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi 1059-sonli qarori

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-son Qarori

5 . A.Avloniy, Istiqlol qahramonlari,"Tanlangan asarlar" 2 jildlik Pandlar , ibratlar, hikoyatlar, nabiylar hayoti, dramalar, maqolalar, sayohat xotiralari .Toshkent. "Ma'naviyat" 2006 yil 50 -bet

4. A.Avloniy, Istiqlol qahramonlari,"Tanlangan asarlar" 2 jildlik Pandlar , ibratlar, hikoyatlar, nabiylar hayoti, dramalar, maqolalar, sayohat xotiralari .Toshkent. "Ma'naviyat" 2006 yil

5. M.G.Jamolitdinov "Jadidchilik davri adabiyoti" , Toshkent islom universiteti nahriyot-matbaa birlashmasi ,Toshkent 2016 yil

6. A.Tilalov, "tarbiya kitobi" T.2018 yil

7. M. Quronov, "Milliy tarbiya va yoshlar" kitobi T.1995 yil

8. Jabborov X. "Milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omillari". Psixologiya ilmiy jurnali, 2021 yil

9. Quronov M. "Har bir ota-ona pedagog bo'lish kerak" maqola. http://www.adolatnashr.uz/uploads/17.Oila.2016.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.