Научная статья на тему 'JAMIYAT MODERNIZATSIYASI JAROYONIDA MILLIY MENTALITETDA KECHAYOTGAN О‘ZGARISHLAR'

JAMIYAT MODERNIZATSIYASI JAROYONIDA MILLIY MENTALITETDA KECHAYOTGAN О‘ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
modernizatsiya / transformatsiya / milliy mentalitetit / milliy ong / madaniyat / ma‘naviyat / qadriyat / ta‘lim.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mansur Raxmatullayevich Bо‘riyev

Ushbu moqala O‘zbekiston jamiyati modernizasiyasida milliy mentalitet transformatsiyasida millatning milliy ongi shakllanishi bilan birgalikda milliy о'zlikni anglash muhimligi yoritilgan. Xamda, Bugungi globallashuv jarayoni о'zbek mentalitetiga ham salbiy, ham ijobiy ta‘sirlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT MODERNIZATSIYASI JAROYONIDA MILLIY MENTALITETDA KECHAYOTGAN О‘ZGARISHLAR»

„ , , , . , , . .. , . O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

JAMIYAT MODERNIZATSIYASI JAROYONIDA MILLIY MENTALITETDA

KECHAYOTGAN O'ZGARISHLAR

Mansur Raxmatullayevich Bo'riyev

Toshkent kimyo texnologiya instituti "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi tayanch

doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu moqala O'zbekiston jamiyati modernizasiyasida milliy mentalitet transformatsiyasida millatning milliy ongi shakllanishi bilan birgalikda milliy o'zlikni anglash muhimligi yoritilgan. Xamda, Bugungi globallashuv jarayoni o'zbek mentalitetiga ham salbiy, ham ijobiy ta'sirlari tahlil etilgan.

Kalit so'z: modernizatsiya, transformatsiya, milliy mentalitetit, milliy ong, madaniyat, ma'naviyat, qadriyat, ta'lim.

Bugungi XXI asr axborotlashgan jamiyat davrida nafaqat axborot texnologiyalari vositalari ijtimoiy ongda, balki birinchi o'rinda konkret inson, shaxs ongida, mentalitetida ham transformatsiya jarayonlari kechadi. Taniqli olimalarimizdan biri SH.Madayeva ta'kidlaganidek, "bugungi kunda mamlakatni demokratlashtirish, liberallashtirish nuqtai nazaridan sobiq ittifoqni tafakkur qulligi va fikr qaramligi oqibatlarini o'rganish, ularni barham toptirish yo'llarini izlash va milliy mentalitetidagi chuqur o'zgarishlarni taxlil etish muhim axamiyat kasb etadi"[1]. Buni so'ngi yillarda davlat va jamiyat boshqaruvida yuz bergan o'zgarishlar sabab jamiyat hayotidagi ijtimoiy tranformatsiya jarayoni orqali tahlil etsak. Ya'ni milliy mentalitetdagi ijobiy o'zgarishlarga, davlat va xalq o'rtasidagi masofaning qisqarishiga sabab bo'lgan -Prezident portali, Xalq qabulxonalari, sektorlar bilan ishlash, maxallabay ishlash kabi faoliyatlarni yo'lga qo'yilishidir. Xalq o'z fikrini ochiq-oshkora bildirish orqali, yaqin tarixdan meros qolgan mentalitemizdagi fikr bildirish va muammolarni aytishdagi "qo'rquv" sindoromidan xolos bo'lib bormoqda.

Biroq bunday o'zgarishlar va transformatsiyalarni inson, fuqaro ongida amalga oshirish dealektik, ya'ni ziddiyatli jarayon sifatida qarash va yondashuvni taqozo qiladi. Milliy mentalitetda global o'zgarish va milliy rivojlanishimizda yuzaga kelgan tranformatsion o'zgarishlarga ilmiy yondashuv va falsafiy - siyosiy taxlil bizningcha eng maqbul ilmiy tushunishdir. Shunga binoan milliy mentalitetga antropologik, ya'ni inson moxiyati, kelib chiqishi va rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashish inson transformatsiya faoliyatini bir vaqtning o'zida ham psixologik va ham madaniy jihatlarini dialektik birlikda olib qarash imkoniyatini yaratadi. Bunday yondashuv

574

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

insonga psixoanaliktik va ekzistensialistik yondashishlar bilan hamohang xisoblanadi. Z.Freyd, E.Fromm, K.Yung va boshqa G'arb olimlari va Rossiyalik tadqiqotchilar L.Leontyev, G.Brushlinskiy, A.M.Korshunov, F.Minyushev va boshqalarning insonga faoliyatiy yondashuvlari ham bundan mustasno emas [2]. Zero, insonga faoliyatiy yondashuvgina milliy mentalitetni statik emas, balki dinamik, o'zgaravchan jarayon ekanligini, ya'ni eski stereotip va ko'nikmalarni jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar ta'sirida assimilyatsiya va transformatsiyaga uchrashi haqida tasavvur shakllanadi. Ayniqsa global media makondagi tez o'zgarishlar insonni o'z domiga tortishi, o'z mentalitetini o'zgartirishga yoki "zamonda ortda qolmaslikka" undaydi.

Bugungi globallashuv sharoitida o'zbek mentalitetiga ham salbiy, ham ijobiy ta'sirlar kuzatilmoqda, O'zbekiston jahon xamjamiyatiga xayotning barcha soxalarida yakdillikka intilmoqda, so'ngi yillarda tashqi aloqalarga qo'yilgan ko'plab byurokratik to'siqlarning kamayishi, "temir panjara"larning olib tashlanishi insonlarda iqtisodiy imkoniyatlarni kengayishiga, xalqaro savda-sotiq va qo'shma korxonalar sonining ortishiga sabab bo'lmoqda. Shuningdek, qo'shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarning qayta tiklanishi va rivojlanishi, buning oqibatida mintaqiviy identitlikka talpinish xarakatlari, Markaziy Osiyo davlatlarining o'zaro xamkorlikka intilishi, muammolarni birgalikda bartaraf etish masalalarida hamkorliklari jamiyatimiz modernizatsiyasiga va miliy mentalitetimiz transformatsiyasiga ijobiy ta'sir etmoqda. Bu xusususida "0'zbekiston-2030 strategiya"sida ham bosh maqsa sifati olingan, ya'ni "Dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol va yaxshi qo'shnichilik tashqi siyosati olib borilishini izchil davom ettirish. Barcha qo'shni davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo'nalishlardagi ikki va ko'p tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish" [7] -deb ta'kidlangan. Shu maqsadda Markaziy Osiyo liderlari iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, logistika va infratuzilmani yaxshilash hamda mintaqaviy muammolar hal etish uchun 1-marotaba 2018 yil Ostona shaxrida yig'ildilar va bu davomiy an'anaga aylanib bormoqda (2019 yil Toshkent, 2021 yil Ashxabod, 2022 yil Cho'pon-ota, Qirg'iziston). Bundan tashqari "Markaziy Osiy-Xitoy" [3], "Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi" [4] bilan umumiy xamkorlik darajalari oshmoqda. Bunda O'rta Osiyo xalqlarining milliy qadriyatlari va mentalitetining o'zaro yaqinligi o'zaro xamkorlikni amalga oshirishda muxim rol o'ynamoqda.

Fikrimizcha mustaqillik yillarida bozor munosabatlari va shu kabi jarayonlar ta'sirida milliy mentalitetda ijobiy, salbiy ijtimoiy transformatsiya jarayonlari yuz berdi. Masalan liberalizm g'oyalari ta'sirida demokratiya qadriyatlar etakchi ma'vqeyga chiqdi. Fuqarolarning turli sohalarda erkin harakat qilishi ta'minlagan xolda xalq

575

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

manfaatlari yo'lida xarakatlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatlar kengayib bordi. Bunda davlat faoliyati fuqarolar nazorati ostida bo'lib, jamiyatda sodir bo'ladigan turli o'zgarishlar va jarayonlarda fuqorolar mas'ulligi kuchayadi. Shuningdek, xalqning qonunlardan xabardorligi, qonunlarni qabul qilinishida fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki, qabul qilingan qonunlarning ijrosida jamoatchilik nazorati, fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlarni olishlarida ma'suliyatlari shaklladi. Bu demokratiya qadriyatlarga ijobiy ta'siri xisoblanadi. Shuningdek, salbiy ta'siri xam mavjub, buni G'arb madaniyatiga taqlidchilik kuchayashida ko'rishimiz mumkin. G'arb madaniyatiga taqlidchilikni kuchaytirishda liberalizmning sabablaridan bir, shaxs berilgan tur xil erkinlik ortidan milliy qadriyatlardan "ommaviy madaniyat"ni afzal biluvchi avlod shakllanadi. Oqibatda millatning milliyligiga xavf paydo bo'ladi va milliy o'zligini yo'qota boshlaydi. Bu jarayonga to'siq bo'la oladigan jarayon milliy ma'naviyatimizdir va uni zamon talabiga rivojlantirishimizdir.

Buning kurtaklari bugungi kunda nish ura boshladi, xorijiy til va xorijiy ta'lim standartlari "zamonaviylik andozasi" deb baholanib, ta'lim va tarbiya tizimiga "implementatsiya" ya'ni "payvand" qilinmoqda. Masalan, yosh o'zbek oilalari kesimida bolalarini rus yoki ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan xususiy bog'cha yoki maktablarga berish ommalashmoqda. To'g'ri til bilgan el biladi lekin, rus va ingliz tili bilan yoshlar ongiga milliylik emas, aksincha o'sha millat tafakkuri ham payvand qilinmoqda, ilmiy tilda ifodalaganda "lost generation", yani "yo'qotilayotgan avlod" shakllanmoqda. Yoshlar ongi, tafakkuriga "Alpomish", "Yoriltosh" kabi milliyk ruhidagi ertaklar emas "Krasnaya shapochka" yoki "Mikki maus" kabi ertaklar singdirilsa, ma'lumki, bu yoshlardan "o'zbek" emas, balki rus yoki ingliz mentalitetiga moyilligi kuchli bo'lgan shaxsi shakllanadi. Bu muammoni oldini olish maqsadida o'zbek tilidagi ma'naviy merosni tiklovchi kitoblarni nashr qilish ehtiyoji borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "biz Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk ajdodlarimiz haqida, ko'p gapiramiz. Ammo bolalarimiz ularning qaysi asarini o'qiy oladi? Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi deymiz, lekin ularning bolalik davrini kim biladi? - demak, ana shunday allomalarimizning yoshligi haqida kitoblar yozish, yozganda ham bolalarbop qilib yozish kerak" [5] - deb o'z takliflari olg'a surdi. Bu ayni xaqiqat, milliy ma'naviyatni targ'ib qilishning asosiy vositasi bu - milliy tildir, millat o'z milliy tilida qanchalik kam e'tibor qaratsa, milliylik xam shuncha zaiflashadi. Ijtimoiy falsafiy jihatdan til va tafakkur dilektik birlikda hisoblanadi, til tafakkurni, tafakkur esa o'z navbatida tilni taqozo qiladi.

Jamiyat modernizatsiyasi, globallashuv davrida yuqoridagi keltirilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun, ya'ni yoshlar tafakkuriga begona xarakterini

576

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

baxsh etayotgan, milliylikni saqlab qolgan mustaqil inson sifatida kamol topishiga xalal berayotgan ta'sirlarni oldini olish uchun, birinchidan, bugungi jamiyat modernizatsiyasi sharoitida namoyon bo'layotgan psevdoqadriyatlar, psevdourf-an'analarni ajrata bilish tafakkurini rivojlantirish; ikkinchidan, ma'naviy tarbiya orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini ta'minlash va ma'naviy tarbiya uslub va usullarini dunyo taraqqiyot sur'atlariga moslashtirish; uchinchidan, ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni uzluksizligini ta'minlashni samarali mexanizmni vujudga keltirish zarur. Hamda, ma'naviy tarbiya bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish va xayotga tadbiq etish maqsadga muvofiq.

Bugun liberal demokratiya g'oyasi va mafkurasi jamiyatda, unuman olganda, global miqyosda ommalashdi. Buning birinchi sababi - kam rivojlangan, iqtisodiy jihatdan zaif davlatlarning turli rivojlangan, yetakchi davlatlarga nisbatan "quvib borish" sari xarakatining amalga oshishi jarayonida, inson ongi va mentaliteti uchun muhim jihat - ma'naviy o'zlikni yo'qotish, taqlidchilik ruhiyatini shakllantiradi, natijada milliy davlat suverenitetiga turli xavflar paydo bo'ladi. Ikkinchisi, globallashuvni salbiy ta'sirlarini oshiradi, milliy transformatsiya emas, balki assimilyatsiya uchun "global qishloq" (global village) funksiyasi uchun real sharoit shakllanadi.

Yillar davomida jamlanib qolgan ta'limdagi muammolar milliy rivojlanish va iqtisodiy yuksalish uchun jiddiy to'siq bo'layotgani xammaga ma'lum. Shu sababdan "innotsion ta'lim"ga mutanosib "0'zbekiston-2030" strategiyasida keltirilgan, "umumiy o'rta ta'lim tizimida islohotlar" dasturini amalga oshirish[9] va "uzluksiz ma'naviy tarbiya" tizimini xam rivojlantirish zarur. Bugungi bozor iqtisodiyoti zamonida shaxslar vatanga sadoqatli va mas'uliyatli, tadbirkor bo'lib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, "uzluksiz ma'naviy tarbiya" to'g'ri yo'lga qo'yilsa zararli illatlar sekinlik bilan yildan yilga zaiflashadi. Ya'ni jamiyatdagi jinoyatchilik, oilalar buzilish, korrupsiya, "ommaviy madaniyat"ga taqlid, loqaydlik, boqimandalik, ekstremizm, terrorizm, firibgarlik, mas'uliyatsizlik, milliy qadriyatlar inqirozi, yolg'onchilik, firibgarlik, axloqiy buzuqlik, vatan taqdiriga befarqlik kabi illatlar susayadi yoxud barham topadi.

Yana bir masala O'zbek milliy mentalitetida bugungi modernizatsiyalashuv, jamiyat xayotining barcha sohalarida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, ijtimoiy transformatsiya jarayonlari kechayotgan sharoitda sobiq sovet ta'limi va tarbiya tizimi, kommunistik mafkura ta'siri xanuz seziladi. Buni davlat va jamiyat boshqaruvida, raxbar kadrlar uquvsizligida, ularning davr, zamon, talablariga, transformatsiya talablariga javob bera olmayotganligida kuzatish mumkin. Mustaqillik davrida yangi avlod shakllangan bo'lsa-da, ma'naviy uzilishlar jamiyat ma'naviy hayotida hanuz davom etmoqda.

577

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Yuqorida sanab o'tilgan konseptual paradigmalar Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ezgu maqsadlarimizga erishish davomida mazmunan o'zgarishi, yangilanishini ham anglatadi. Bugun jahon hamjamiyati bilan hayotning turli soxalarida rivojlanib borayotgan aloqalarimiz xorijiy hamkorlarimiz mentalitetini ham hisobga olishga, demak, o'zbek milliy mentalitetini nemis intizomligiga, yapon mehnatsevarligi va xalolliga, koreys millati vatanparvarligi, amerikalik hamkor tejamkorligi va pragmatizmi bilan moslashish zaruratini anlatadi, o'zbek mentaliteti xalqaro biznes, xalqaro sherikchilik normalariga mos transformatsiyaga uchraydi, xalqimiz orzu qilgan O'zbekistonni jahonning ilg'or davlatlari safidan munosib o'rin egallashini ta'minlaydi.

REFERENCES

[1]. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 22-dekabr kuniRespublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. https://uza.uz/uz/posts/spiker-deputatlarimiz-oldida-prezident-nutqi.

[2]. "O'zbekiston — 2030" strategiyasi. 5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo 'yicha islohotlar. https://lex.uz/ru/docs/-6600413

[3] "O'zbekiston — 2030" strategiyasi. 1.1. Ta'lim tizimi islohotlari https://lex.uz/ru/docs/-6600413

[4]. SH.Madayeva "Milliy mentalitet va demokratik tafakkur". -T.: "Falsafa huquq insituti nashriyoti". 2007. B.6

[5]. Минюшев .Ф.И "Сосиалъноя антропология. -М.: 1997; Эрих Фром. Синдром распода. // Кризис сознаний. -М.: Алгаритм, 2009; Карл Манхейт. Ассимлияси культури // Кризис сознаний. - М.: Алгаритм, 2008.

[6].ttps://daryo.uz/2023/05/19/markaziy-osiyo-va-xitoy-ortasidagi-sammit-ishtirokchi-davlatlarning-har-biri-uchun-muhim-tojikistonlik-ekspertlar

[7]. https://www.gazeta.uz/oz/2023/06/01/summit/

578

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.