Научная статья на тему 'MILLIY RUH IFODASIDA BADIIY DETALNING O‘RNI (O’LMAS UMARBEKOV HIKOYALARI ASOSIDA)'

MILLIY RUH IFODASIDA BADIIY DETALNING O‘RNI (O’LMAS UMARBEKOV HIKOYALARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy detal / milliy ruh / obraz / “Shirinsoy oqshomlari” / “Hayot qo‘shig‘i” / “Yo‘lda” hikoyalari / badiiy ifoda / badiiy talqin / badiiy mahorat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sabina G‘Olibjon Qizi Halimova

Ushbu maqolada badiiy detal, uning turlari hamda uning nasriy asarlarda milliy ruhni ifodalashdagi o‘rni yozuvchi O‘lmas Umarbekov hikoyalari misolida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY RUH IFODASIDA BADIIY DETALNING O‘RNI (O’LMAS UMARBEKOV HIKOYALARI ASOSIDA)»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

MILLIY RUH IFODASIDA BADIIY DETALNING O'RNI (O'LMAS UMARBEKOV HIKOYALARI ASOSIDA)

Sabina G'olibjon qizi Halimova,

BuxDU, Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti)

ta'lim yo'nalishi 1-bosqich magistranti Email: mailto: halimovasabma452@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada badiiy detal, uning turlari hamda uning nasriy asarlarda milliy ruhni ifodalashdagi o'rni yozuvchi O'lmas Umarbekov hikoyalari misolida ochib be-rilgan.

Kalit so'zlar: Badiiy detal, milliy ruh, obraz, "Shirinsoy oqshomlari", "Hayot qo'shig'i", "Yo'lda" hikoyalari, badiiy ifoda, badiiy talqin, badiiy mahorat.

ABSTRACT

In this article, the artistic detail, its types and its role in the expression of the national spirit in prose works are revealed on the example of the stories of the writer Olmas Umarbekov.

Keywords: Artistic detail, national spirit, image, "Shirinsoy evenings", "Song of Life", "On the way" stories, artistic expression, artistic interpretation, artistic skills.

Badiiy asar mazmunini boyitishda, voqealar ta'sirchanligini oshirishda badiiy detallar muhim rol o'ynaydi. Detallar voqelikni yaratish vositasi bo'lish barobarida, tasvirlanayotgan narsa-hodisa yoxud holatni konkretlashtiradi, hissiy idrok etish mumkin bo'lgan tarzda gavdalantiradi. "Hayotni tipiklashtirishda, uni badiiy ifoda-lashda, qahramon xarakteri qirralarini ochishda, asar g'oyasini ifodalashda, uning emotsional ta'sir kuchini oshirishda badiiy detallar katta rol o'ynaydi. Detal, odatda, lo'nda, aniq, yorqin va obrazli bo'lib, asosan, tasvir obyektini sintezlashtirib ko'rsa-tishga xizmat qiladi. Qisqa-yu sermazmunlikka erishish - badiiy detalning xarakterli xususiyatidir" [3. 74].

Bizga ma'lumki, badiiy adabiyotning uchta muhim xususiyati mavjud: umu-minsoniylik, individuallik va milliylik. Ushbu xususiyatlarni badiiy asar bag'ridan topa olsakgina, uni chinakam o'lmas asar maqomiga loyiq deya olamiz. Badiiy ijod namunalarining har birining tadqiqida ham shu mezonlarga tayaniladi. Xoh nazmda, xoh nasrda bo'lsin milliy ruhdan to'yingan tafakkur tarzi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ijodkor o'zi mansub millatni boshqa elatlardan farqlovchi xususiyatini ko'rsatib

April 23-24, 2024

488

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

beradigan asosiy belgi - bu milliy ruhdir. Shuning uchun ham O'zbekiston xalq shoi-ri, O'zbekiston Qahramoni A.Oripov shunday ta'kidlaydi: "Xalqning o'lmas ru-hiyatini, qadriyatlarini, milliy o'ziga xosligini va nihoyat bebaho til boyligini mu-jassam eta olgan haqiqiy ijod namunalarigina yashashga haqli" [5.2].

Yozuvchi O'lmas Umarbekov ijodi, xususan, hikoyalarida ham milliy ruh badiiy obraz, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimiz badiiy detallar vositasida yuksak mahorat bilan ifodalangan.

O'zbek nasri hamda dramaturgiyasi taraqqiyotida yozuvchi O'lmas Umarbe-kovning xizmatlari beqiyos. Adib asarlari ifoda yo'sinining betakrorligi, badiiy tasvir uslubining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, adib asarlari milliy ruhning kuchliligi jihatidan ham alohida e'tiborni tortadi. Buni adib haqida bildirilgan iliq fikrlardan ham bilib olishimiz mumkin: "Abdulla Qahhor O'lmas Umarbekovning dastlabki hikoyalaridan biri "Boboyong'oq"ni yoshlar ijodidagi jiddiy yutuq sifatida baholadi va yozuvchining kelajagiga katta ishonch bildirganinini ta'kidladi" [1.2]. Ko'rinib turibdiki, adib dastlabki hikoyalaridanoq milliy ruh ifodasiga alohida e'tibor qaratgan. Ya'ni hikoyaning nomlanishidanoq unda milliylik ifodasini sezish mumkin.

Bu borada tadqiqotchi G.Sattorovaning "90-yillar o'zbek hikoyachiligida milliy xarakter muammosi" nomli nomzodlik dissertatsiyasida o'z ifodasini topgan: "O'lmas Umarbekovning ayni sho'ro davrida yaratilgan ko'plab hikoyalarida har qanday tuzumda ham milliy tabiatni yo'qotmagan badiiy obrazlar talaygina" [2.76], degan fikrlari e'tiborga molik. Jumladan, yozuvchi qalamiga mansub "Mehr", "Du-tor", "Mehmondorchilik", "Isiriq", "Oqsoqol", "Hotamtoy" hikoyalari sarlavhasida ham milliylik masalasiga alohida e'tibor berilgan. Ya'ni o'zbek xalqi uchun nihoyat-da katta ahamiyatga ega bo'lgan "mehr", o'zbeklar yurtida qadrlanadigan "oqsoqol", millatning eng namunali fazilatlaridan biri sifatida e'tirof etiladigan "mehmon-do'stlik", kishilarning ishonch-e'tiqodi, qadriyatlarida alohida ahamiyatga ega bo'lgan "isiriq", "hotamtoylik" kabi tushunchalar haqida so'z borganligi hikoyalar sarlavhasidanoq anglashilib turadi.

Ijodkor hikoyalarining betakrorligini ta'minlashda badiiy detallarning o'rni katta. Ijodkor milliy ruhni ifoda etishga xizmat qiladigan detallardan unumli foydalan-gan. Ularni o'z o'rnida qo'llay olgan. Jumladan, adibning "Yo'lda" hikoyasi qahr-amonlarining poyezddagi suhbati choyxo 'rlik ustida kechadi. Hikoya qahramoni o'z tar'rifi bilan aytganda, piyoladan bug' chiqib turmasa, choy ichganday bo'Imaydigan haqiqiy o'zbek kishisi [4.39]. Yoki bo'lmasa, xuddi shu to'plamdan o'rin olgan "Husn" nomli hikoyada asar Mapirat ( Mag'firat)ning onasi tomonidan hikoya qilinar ekan, tug'ilganida chap oyog'ida nuqsoni bilan tug'ilgan qahramonning onasi farzandining shu tufayli o'rtoqlariga qo'shilmay, odamovi bo'lib qolganiga achinadi,

April 23-24, 2024

489

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

ichi yonadi, Parvardigorga nola qiladi:

"- E, Xudo! - deyman zardam qaynab. - Uni shundoq yaratgandan ko'ra ko 'zimni ko 'r qilsang bo 'lmasmidi?!" [4.57]

Bizdek bolajon xalq onasigina farzandi uchun shu qadar iztirob chekadi, yonib-kuyadi.

O'zbek xalqini bejizga bolajon deyishmaydi, oilam, bolam-chaqam deb umri o'tadi, topganini farzandiga ilinadi, nabira orzusidagi bobojon-u buvijonlarning orzu-havaslari esa cheksiz, danagidan mag'zi shirin deb bejizga aytishmagan axir. Ushbu hikoyaning bosh qahramoni bo'lmish aya ham dastlab o'z farzandi, uning taqdiri, kelajagi uchun qayg'urgan bo'lsa, qizi katta hayotda o'z munosib o'rniga ega bo'lganidan so'ng farzandining farzandini bag'riga olishni xohlay boshlaydi:

"- Bolam, - dedim sekin, qachongacha yolg'iz yurasan? Sherzod akangning hurmatini qilib, shuncha yurding, yetar. Meni ham o'yla. Bir oyog'im yerda bo'lsa, bir oyog'im go'rda, nevara ko 'rsam degan niyatim bor" [4.62].

Biror xalqning, millatning milliy qiyofasi, turmushini tasvirlash zarurati tug'ilganda, uning insonlari, o'y-fikrlari, xarakteri, kiyimlari-yu cholg'u asboblari, shu bilan bir qaorda milliy taomlarini aytib o'tish joiz. O'zbek xalqi azal-azaldan juda mehmondo'st xalq, uyiga mehmon kelgudek bo'lsa, jonidan bo'lak barcha narsani dasturxoniga to'kadi. Jumladan, o'zbek milliy taomi bo'lmish palov ko'proq to'y-marakalarda, tadbir-marosimlarda, mehmon kelganda tayyorlanadi. Bu tansiq taomni tayyorlash orqali mehmonning naqadar aziz ekanligi, hurmati yana bir bor ko'rsatib beriladi. Adibning ushbu to'plamidan o'rin olgan aksariyat hikoyalarida ham ushbu tasvirning guvohi bo'lishimiz mumkin.

"- Bugun osh qilsak?

- Ha, tinchlikmi o'zi?

- Tinchlig-u, lekin brigadamizga ikkita yangi odam keldi. Yuvsak bo'lardi. Ish-dan keyin, albatta.

Nima ham derdim? Xo 'p dedim. Hatto yigitlarning ziyrakligidan xursand ham bo'ldim. Gap, albatta, oshda emas, ikkita yangi odamga bo'lgan hurmatda" [4.52].

Yoki "Boboyong'oq" hikoyasi bosh qahramoni G'ulomqodir ota ham yolg'izligi sababli haftaning olti kuni ham choyxonaga chiqib ketib, yarim kechada uyiga qaytishni odat qilgan. "Faqat yakshanba kunlari hech qayoqqa bormay, uyda bo'lardi. Internatda o'qiyotgan nevarasi, o'n to'rt yoshga endi qadam qo'ygan Mamadalini kutib osh damlab o'tirardi. Mamadali ham buvasiga o'xshab palovni yaxshi ko 'radi" [4.63].

Adib qalamiga mansub hikoyalaridagi atlas poyandoz, o 'ynoqi yalla, dutor, as-kiya, oshxo'rlik, marg'ilon do'ppi, tanbur, chirmanda, qo'lbola osh, uzun atlas

April 23-24, 2024

490

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli

ko yiak, qora mayiz va ko 'k choy kabi detallar, qahramonlarning milliy qiyofasini ya-ratishda qo'llangan mehmondo'st, kamgap, uyatchan, umrida yig'lamagan odam kabi ifodalar, kampirini nikoh kuni go'shangada ko'rish singari yana bir qator milliy qadriyatlarda millatning qiyofasi ochib berilgan deya olamiz. Bunday misollarni adi-bning boshqa hikoyalarida ham juda ko'plab uchratishimiz mumkin.

O'lmas Umarbekov hikoyalarining sevib o'qilishining sababi ham shunda: ularda o'z aksini topgan milliy ruh orqali millat hayotining kechagi va yangi kuniga xos tafakkur tarzi, ma'naviy qiyofasi o'z ifodasini topgan.

REFERENCES:

1. Mirvaliyev S. Iste'dodning kamoli // Sharq yulduzi, 1984-yil, 1-son.

2. Sattorova G. 90-yillar o'zbek hikoyachiligida milliy xarakter muammosi. Fi-lol.fan.nom.diss. - Toshkent, 2002. - 156 b.

3. Eo6oeB T. AgaÖHeTmyHoenHK acocnapn. ^apcnHK. - TomKeHT: Y3ÖeKHCTOH, 2001. - 560 6.

4. VMap6eKOB y. TaHnaHraH acapnap. X^Koanap. 1 ^nng. Ep eHraHga. TomKeHT: mapK, 2002. - 448 6.

5. Oripov A. Maftunkor she'riyat. // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 2009-yil, 18-son.

6. Davronova S. MODERN ÖZBEK ROMANLARINDA KÄMiL iNSAN TERBtYESi MESELESiNIN ELE ALINI§I //Electronic Turkish Studies. - 2017. -T. 12. - №. 15.

7. G'aybulloevna D. S. The Issue of Artistic Image of Nature and Method In The Works Of Isajan Sultan (On The Example Of "The Missing Motherland") //Indonesian Journal of Innovation Studies. - 2022. - T. 18.

491

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.