Научная статья на тему 'MILLIY MUSIQIY CHOLG‘ULAR VA ULARNING TURLARI'

MILLIY MUSIQIY CHOLG‘ULAR VA ULARNING TURLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3518
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
milliy cholg‘u / bastakor / musiqiy asar / turkum Qashqar rubobi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Toshtemir Xalilov

Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘ulari tarixi va turkumlanishi hamda Qashqar rubobi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY MUSIQIY CHOLG‘ULAR VA ULARNING TURLARI»

MILLIY MUSIQIY CHOLG'ULAR VA ULARNING TURLARI

Toshtemir Xalilov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek milliy cholg'ulari tarixi va turkumlanishi hamda Qashqar rubobi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: milliy cholg'u, bastakor, musiqiy asar, turkum Qashqar rubobi

NATIONAL MUSICAL INSTRUMENTS AND THEIR TYPES

Toshtemir Khalilov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article contains information about the history and classification of Uzbek national musical instruments and the Kashkar rubob.

Keywords: national musical instrument, composer, musical work, series Kashgar rubobi

Cholg'u ijrochiligi fani mutahassislikka kirish fanlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Cholg'u ijrochiligi fanining asosiy maqsadi musiqiy cholg'ular tarihi va ijro yo'llari haqida talabalarga atroflicha bilim berishdan iborat. Musiqiy cholg'ular tarihi va ijro an'analari haqida talabalar to'rtinchi kursning yettinchi va sakkizinchi semestrlarida o'rganadilar. Honanda agar soz chalishni bilmasa, u mukammal ijrochi hisoblanmaydi. Ya'ni hazrat Navoiy aytganlaridek "Ham cholg'ay, ham aytg'ay -ko'ngil mulkiga qo'zg'alonlar solg'ay".

O'zbek xalqi musiqa madaniyatining tarixi juda boy va qadimiydir. Shu kunga qadar topilgan yozma va og'zaki manbalarning dalolat berishicha, qadimiy Xorazm, Baqtriya va Sug'd yerlarida miloddan avval nihoyatda ko'rkam va rang-barang o'ziga xos mahalliy musiqa san'ati mavjud bo'lgan. Ayritom, Tuproq qal'a, Afrosiyob kabi ko'hna mintaqalardan topilgan san'at asarlari qoldiqlari ushbu hududlarda san'at keng o'rin tutgan va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etganligidan darak beradi. Shuning bilan birga ijrochilarning qo'llarida o'z aksini topgan arfasimon, changsimon, udsimon, naysimon, cholg'ular esa uzoq taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan mukammal sozlardan ekanligidan habardor bo'lamiz.

Milliy cholgular haqida ma'lumot berish' jarayonida sozning kelib chiqish tarixini, uning rivojiga hissa qo'shgan ulug' ustoz-murabbiylar va mohir ijrochilar haqida ham to'xtalib, yosh avlodni o'z Vataniga, soziga, ustozlariga bo'lgan ihlosini, mehrini orttira borishi lozim. Tarixni bilmay turib yangilik yaratilmaydi, shuning

I icclT^^^^H 934 http://oac.dsmi-qf.uz

uchun hurmatli ulug' alloma ustozimiz Borbadning hayoti va ijodidan boshlab, to hozirgi davrgacha bo'lgan ijodkorlarning o'lmas asarlaridan imkon boricha o'quvchilarni bahrainand qilish lozim. Qadimda mashhur bo'lgan «Borbad» cholg'usi miloddan avval VI asrda yaratilganligi haqidagi ba'zi ma'lumotlarga ega-miz. Binobarin, «mazkur cholg'u ko'p manbalarda barcha torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo'lgan», deb ko'rsatiladi. Borbad, Barbad, Pahlabad, Faxliz Marviy (taxm. 585, Niso-628-38, Marv) atoqli sozanda, xonanda, shoir va bastakor. Dastlab ijro va ijod sirlarini o'z otasidan o'rgangan, Marvga ko'chib, bu yerdagi mashhur ustozlarga shogird tushgan. Keyinchalik Sosoniylar davlati shohi Xusrav Parviz saroyi (Ktesifon) da xizmat qilgan. Manbalarda Borbad, ayniqsa, turkumi (xususan, Sosoniylar tomonidan davlat dini maqomiga ko'tarilgan Zardushtiylik marosimlari bilan bog'liq bo'lgan), muayyan tizimdagi asarlarga mehr qo'yganligi ta'kidlanadi. Abu nasr Farobiyning «Kitob ul-musiqa al-kabir» («Musiqa haqida katta kitob»), Abu Abdulloh al-Xorazmiyning «Mafotiq al-uldum» («Ilmlar kaliti»), Muhammad Nishopuriyning «Risolai dar ilmi musiqiy», Abdulqodir Marog'iyning «Maqosid al-alhon» («Kuylarni kelib chiqish o'rni») singari risolalarida Borbad yaratgan mashhur 7 qismli «Husravoniy turkumi, shuningdek, «Doston» deb nomlangan kuy va qo'shiqlar ta'riflanadi, ijodiy jarayoni tahlil etiladi. A3-Johiz (775— 818), Abuifaraj Isfahoniy (897-967), Abumansur Sa'olibiy (961—1038) kabi mualliflarning ilmiy-badiiy asar (har xil tazkira va majmua)lari Borbad ijodiga mansub 360 ta qo'shiq, 30 ta cholg'u kuylari hamda 7 ta «Xusravoniy» — Sharqda keng tarqalgan fazoviy tafakkur in'ikosi, ya'ni qamariy yilning 3690, oyning 30 va haftaning 7 kunlari bilan bog'liq bo'lganligini ta'kidlaydi. Dunyo xalqlari musiqa merosi, ayniqsa, milliy cholg'u asboblari bir necha tamoyil orqali tasnif etilib kelinadi.

Ana shunday tamoyillardan biri musiqa asbobini chalish usuli va vositalari nuqtai nazaridan tasnif etish hisoblanadi. Mana shu jihatdan o'zbek milliy musiqa cholg'ulari quyidagi guruhlarga bo'linadi:

Urma musiqiy cholg'ular - doira, nog'ora, qayroq, safoil, chindovul, tavlak, sagat (tarelka).

Damli cholg'ular - sibizg'a, nay, qo'shnay, surnay, bolomon, karanay.

Torli cholg'ular: Bu cholg'ular ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi;

a) torli noxunli mezrobli cholg'ular - qashqar rubobi, tanbur, ud, qonun.

b) urmajarangli torli cholg'ular - chang;

c) chertma cholg'ular - do'mbira, dutor, chang deb nomlanib kelingan burchakli

arfa.

Kamonli cholg'ular-g'ijjak, qo'biz, sato. Chertma-ag'rofon (damli) cholg'ular-chanqovuz.

Musiqiy cholg'ularning vujudga kelishida xalqning hayoti, turmush tarzi, ruhiy olami, hissiy (emotsional) boyligi, dunyoqarashi, an'analari yetakchi omil hisoblanadi.

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

Umuman olganda sozlarning yaratilishi insonning o'z dunyoqarashi, falsafiy estetik kechinmalarini badiiy ifodalashga bo'lgan ma'naviy ehtiyoji bilan bog'liqdir. Shu o'rinda o'zbek musiqiy cholg'ularidan Qashqar rubobi haqida ma'lumot beramiz.

Qashqar rubobi - XI asr saroy musiqachisi Abu Bakr Rubobiy haqida yozilgan she'riy asarda rubob to'g'risida ayrim misralar keltiriigan. Shundan bilishimiz mumkinki rubob juda qadimiy cholg'u hisoblanadi. O'sha davr ruboblari hozirgi biz qo'llayotgan qashqar rubobi ko'rinishidan keskin farq qilgan, lekin negizi bir - biri bilan bog'liqdir. Qadimiy ruboblar besh torli bo'lgan. To'rtta simi ipakdan, bittasi esa kumushdan yasalgan. Shu o'rinda Fitratning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" asarida bayon etilgan jumlani keltiramiz: "Yozuvchisi ma'lum bo'lmagan bir "Musiqiy tarix"chasida rubobning Sulton Muhammadshoh tomonidan Xorazmda paydo bo'lgani yoziladir. Bu kitobni ko'rganim so'ng men ham shunga ishongan edim. Biroq 20 -uillarda Hindistondan keltirganim "Sorang" ismli bir cholg'uning rubobga juda o'xshashligi meni shoshirgan edi. So'ngralari qo'limg'a tushgan Darvesh Aliyning "Risolayi musiqiy" sida bu cholg'uning Balhda yasalgani, Muhammad Xorazmshoh zamonida Xorazmda rivoj topg'ani ko'rsatiladir". Qashqar rubobi hozirda yakkanavoz soz sifatida o'zbek xalq ansambllarida yetakchi o'rinni egallaydi. Diapazoni kichik oktava lya tovushidan uchinchi oktava lya tovushigacha. Qashqar rubobining beshta simi bor. To'rttasi metal aralashmasidan, bittasi ichak yoki ipakdan qilinadi. Sozlanishi kvarta va kvarta kvinta oralig'ida bo'ladi ya'ni, birinchi sim - lya tovushiga, ikkinchi sim mi tovushiga, uchinchi sim lya yoki si tovushlariga sozlanadi.

XX asrga kelib xalq ijrochilik amaliyotida ommalashgan cholg'ularni o'rganib tadqiq etishga e'tibor kuchaydi. Buni Abdurauf Fitrat o'zining ijodida boshlab berib, qimmatli ma'lumotlarni bayon etadi. Shundan so'ng musiqashunos olimlar cholg'ushunoslik ilmini rivojida bir qator samarali tadqiqotlar olib boradilar. V.Belyaev, F.Karomatli, A.Malkeyevalar shular jumlasidan bo'lib, O'rta Osiyo musiqa cholg'ushunosligi sohasining rivojiga samarali hissa qo'shdilar. Manba'larda an'anaviy cholg'ular musiqiy madaniyatning asoslaridan biri ekanligini va xalq ma'naviyatini go'zal an'analarini o'zida mujassam etib kelayotganini tasniflab berganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yunus Rajabiy. O'zbek xalq musiqasi. O'zbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyoti. T.1959.

936

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.