Научная статья на тему 'MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI, IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI'

MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI, IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport / logistika / omborxona / yuk / qadoqlash / terminallar / chakana do‘konlar / mahsulot / zaxiralar / transport tarmoqlari / transport kompaniyalari / infratuzilma / iste’molchilar / yetkazib berish / yuk jo‘natuvchilar / kooperatsiya / mahalliy / eksport-import va tranzit tovar. / transportation / logistics / warehousing / freight / packaging / terminals / retail stores / products / stocks / transportation networks / transportation companies / infrastructure / consumers / delivery / shippers / co-op / local / Exportimport and transit goods.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Axmedov Z.S.

Ushbu maqolada, Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlovchi transport yo‘laklari infratuzilmalarini rivojlantirish hamda transport xizmatlari ko‘rsatishni talablar darajasida yo‘lga qo‘yish bevosita transport logistikaga bog‘liqligi keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE, SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES IN EXPORTING NATIONAL PRODUCTS TO THE EXTERNAL MARKET

In this article, proposals and recommendations for the current analysis and development of transport corridors, transport and logistics infrastructure of the Republic of Uzbekistan were developed.

Текст научной работы на тему «MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI, IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI»

Axmedov Z.S.

"Transport logistikasi" kafedrasi katta o 'qituvchisi

Jizzax politexnika instituti

MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI, IJTIMOIY-IQTISODIY

AHAMIYATI

Аннотоция. Ushbu maqolada, Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta'minlovchi transport yo'laklari infratuzilmalarini rivojlantirish hamda transport xizmatlari ko 'rsatishni talablar darajasida yo 'lga qo 'yish bevosita transport logistikaga bog'liqligi keltirib o 'tilgan.

Калит сузлар. transport, logistika, omborxona, yuk, qadoqlash, terminallar, chakana do'konlar, mahsulot, zaxiralar, transport tarmoqlari, transport kompaniyalari, infratuzilma, iste'molchilar, yetkazib berish, yuk jo 'natuvchilar, kooperatsiya, mahalliy, eksport-import va tranzit tovar.

Akhmedov Z.S. senior teacher "Transport logistics" department Jizzakh Polytechnic Institute

THE ESSENCE, SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES IN EXPORTING NATIONAL PRODUCTS TO THE EXTERNAL MARKET

Annotation. In this article, proposals and recommendations for the current analysis and development of transport corridors, transport and logistics infrastructure of the Republic of Uzbekistan were developed.

Key words. transportation, logistics, warehousing, freight, packaging, terminals, retail stores, products, stocks, transportation networks, transportation companies, infrastructure, consumers, delivery, shippers, co-op, local, Exportimport and transit goods.

Kirish. Bugungi kunda yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida yurtimizda barcha mintaqalarida transport logistikasi xizmatlariga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Transport logistikasi sohasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha bir qancha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

"2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasining 93-maqsadida ko'rsatilganidek2 "Mamlakatning xalqaro hamjamiyatda teng huquqli sub'ekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo'yicha muvozanatli tarzda muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazish, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish, etakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimlarni kelishish" mamlakatimizning xalqaro transport magistrallariga ulanishi, transport mustaqilligini ta'minlash va transport aloqalarini diversifikatsiya qilishga yo'naltirilishida alohida o'rin egallaydi.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida Respublikamizning eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini ta'minlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yo'laklarini shakllantirish, transport logistikasini rivojlantirish.

Adabiyotlar sharhi. Transport logistika xizmatlarining samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlarini o'rganish maqsadga muvofiq. "Ba'zi tadqiqotlarda3 logistika keng tushuncha ekanligi e'tirof etilib, mutaxassislar unga turlicha yondashganlar. Qandayligidan qat'iy nazar, uni faqatgina transportda mahsulot tashish, ortish-tushirish, ombordagi kirim-chiqim hisoblarini yuritishdan iborat deb tushunmaslik lozim. Negaki, logistika deganda material oqimini birlamchi manbasidan to oxirgi iste'molchisiga etkazib bergunga qadar tovar harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantirish asosida boshqarish tushuniladi. Shu bois M.Porter, D.Stok singari mutaxassislar logistika o'z an'anaviy mohiyatidan allaqachon chiqib ketganini, korxonalarni strategik boshqarish va rejalashtirishda katta ahamiyatga egaligini ta'kidlaydilar".

Natijalar qismi. Transport logistika xizmatlarining o'ziga xos eksport-import yuklarini tashuvchi transport majmualar, omborlar, va oziq-ovqat mahsulotlarini sovutkichlarda saqlovchi terminallar ishlashini texnologik jihatdan takomillashtirish, mazkur sohaga xizmat ko'rsatuvchi kichik biznes sub'yektlari sonini ko'paytirish tarmoqning jadal rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu o'rinda transport salohiyatidan foydalanishni uslubiy jihatdan tadqiq etishda mamlakatimizda 2012-2018 yillarda transport umumfoydalanadigan transport turlari bo'yicha yuk jo'natish salmog'ining o'zgarishiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq, chunki bir necha yo'nalishlar bo'yicha yuk tashish imkoniyatlarining tahlil qilinishi amaliy xulosalar va tavsiyalar berishga asos bo'ladi (1-jadval).

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

3Kalonov M.Transport logistikaning iqtisodiy ahamiyati. T.: Biznes-ekspert. 2019. №9. -76.

Jadvalda O'zbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan o'tgan yuklar hajmining o'zgarishi keltirilgan bo'lib, Jami chiqib ketgan yuklar, ming tonna, shu jumladan transport turlari orqali hisobot yililda 20 327,7 ming tonnani tashkil qilib, bu 2019 yilga nisbatan 2592ko'rsatkichga teng bo'lgan. Jami kirib kelgan yuklar esa 2023 yilda 24 246,56 birlikni tashkil qilib, o'tgan yillarga nisbatan 572,9 o'sib borgan.

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan o'tgan yuklar hajmining

o'zgarish salmogii6

Ko'rsatkichlar va o'lchov birliklari 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y. 2023yilda 2019 yilga nisbatan o'zgarish (+,-)

Jami chiqib ketgan yuklar, ming tonna, shu jumladan: 13 203,1 16 030,2 18 014,1 17 735,7 20 327,7 2592

temir yo'l 3 861,4 3 589,7 3 571,2 3 365,0 4 629,5 1264,5

havo transporti 6,2 7,2 7,2 6,8 7,9 1,1

avtotransport 1 461,2 1 879,8 2 398,1 2 047,6 3 573,2 1525,6

quvur transporti 7, 873,2 10 552,4 12 004,3 11 764,8 14 697,8 2933

suv transporti 1,1 1,1 33,3 30,3 36,4 6,1

Jami kirib kelgan yuklar 13 309,1 21 052,0 23 054,9 23 673,6 24 246,5 572,9

Mamlakatimizda transport logistikasini rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

- mintaqa davlatlari bilan transport sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, normativ huquqiy bazani takomillashtirish va tranzit ta'riflari soddalashtirish;

- mahalliy, eksport-import va tranzit tovar aylanmasini rivojlantirishga ko'maklashuvchi logistika markazlari tashkil etishni o'z ichiga oluvchi mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish;

- shartnoma munosabatlari asocida transport vositalarining egalari bilan xizmat ko'rsatiluvchi mijozlar kelishuvida ekologik xavfsizlik tamoyillarining bajarilishi monitoringini tashkil qilish;

Xulosa va takliflar. Bizning fikrimizcha, transport salohiyatidan foydalanishni rag'batlantirish va tartibga solishda transport-logistik oqimlarning o'zaro bog'liqligi innovasion faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarini

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistka agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.

takomillashtirish bo'yicha alohida tadqiqotlar talab qiladi va ayniqsa bu borada hududlarda transport logistika xizmatlarining tashkil etilishi sohada oziq-ovqatlar, xom ashyo yetkazib beruvchi sub'yektlarni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish va investision loyihalarni moliyalashtirish o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda raqobat muhitini ta'minlashga erishish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

2. Kalonov M.Transport logistikaning iqtisodiy ahamiyati. T.: Biznes-ekspert. 2019. №9. -76.

3. Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой ученый. - 2018. № 51 С. 224-225.

4. Бауерсокс Д. Логистика. Интегрированная сеп поставок. - М.: Олимп-Бизнес, С.75-76.

5. Samatov R.G'. "Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi faoliyatini takomillashtirish" mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo'llar instituti. 2012. - 44 b.

6. Nosirova J. O'zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va istiqbollari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. TDIU. № 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz -2 B.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.