Научная статья на тему 'MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH'

MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport xizmatlari / xalqaro bozorlar / logistika / logistik ta’minot / transport-logistika infratuzilmasi / logistik klasterlash / logistika jarayonlarini boshqarish / innovatsion tamoyillar. / transport services / international market / logistics / logistic supply / transport-logistic infrastructure / logistic clustering / management of logistic processes / innovative principles.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Axmedov Zoxid Sobirovich

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasini xalqaro transport magistrallariga ulanishi, mamlakatimizning transport mustaqilligini ta’minlash va tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilish orqali transport logistikasi xizmatlarini rivojlantirishning ahamiyati tadqiq etilgan. Milliy mahsulotlarni yetkazib berishda umumiy resurslarni o‘zaro bog‘liq faoliyat bilan taqsimlash, innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni soddalashtirish, moddiy va nomoddiy aktivlarni jalb etish tranzaksion xarajatlarni kamaytirish orqali ma’lum bir hududning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanishda klasterlash turlarini takomillashtirish boʼyicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES AT THE EXPORT OF NATIONAL PRODUCTS TO THE FOREIGN MARKET

This article researches the importance of developing Transport logistics services by connecting the Republic of Uzbekistan to international transport highways, ensuring the transport independence of our country and diversifying external relations. Recommendations are given on improving the types of clustering when using the competitive advantages of a particular territory by reducing transaction costs through the allocation of common resources in interrelated activities for the supply of national products, simplifying the use of innovative technologies, attracting material and intangible assets.

Текст научной работы на тему «MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH»

MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQIBOZORGA CHIQISHIDA TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH

Axmedov Zoxid Sobirovich

Jizzax politexnika instituti katta o'qituvchisi [email protected]

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasini xalqaro transport magistrallariga ulanishi, mamlakatimizning transport mustaqilligini ta'minlash va tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilish orqali transport logistikasi xizmatlarini rivojlantirishning ahamiyati tadqiq etilgan. Milliy mahsulotlarni yetkazib berishda umumiy resurslarni o'zaro bog'liq faoliyat bilan taqsimlash, innovatsion texnologiyalarni qo'llashni soddalashtirish, moddiy va nomoddiy aktivlarni jalb etish tranzaksion xarajatlarni kamaytirish orqali ma'lum bir hududning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanishda klasterlash turlarini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: transport xizmatlari, xalqaro bozorlar, logistika, logistik ta'minot, transport-logistika infratuzilmasi, logistik klasterlash, logistika jarayonlarini boshqarish, innovatsion tamoyillar.

РАЗВИТИЕ УСЛУГ ТРАНСПОРТНОЙ ЛОГИСТИКИ ПРИ ЭКСПОРТЕ ОТЕЧЕСТВЕННОЙ ПРОДУКЦИИ НА ВНЕШНИЙ РЫНОК

Ахмедов Зохид Собирович

Старший преподаватель Джизаксого политехнического института [email protected]

Аннотация: В данной статье рассматривается важность присоединения Республики Узбекистан к международным транспортным магистралям, обеспечения транспортной независимости страны и развития транспортно-логистических услуг путем диверсификации внешних связей. Даны рекомендации по распределению общих ресурсов по поставкам отечественной продукции при взаимосвязанной деятельности, упрощению использования инновационных технологий, привлечению материальных и нематериальных активов, снижению транзакционных издержек и совершенствованию типа кластеризации в использовании конкурентных преимуществ определенного региона.

Ключевые слова: транспортные услуги, международные рынки, логистика, логистическое обеспечение, транспортно-логистическая инфраструктура, логистическая кластеризация, управление логистическими процессами, инновационные принципы.

DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES AT THE EXPORT OF NATIONAL PRODUCTS TO THE FOREIGN MARKET

Akhmedov Zokhid Sobirovich

Senior teacher of the Jizzakh polytechnic institute [email protected]

Abstract: This article researches the importance of developing Transport logistics services by connecting the Republic of Uzbekistan to international transport highways, ensuring the transport independence of our country and diversifying external relations. Recommendations are given on improving the types of clustering when using the competitive advantages of a particular territory by reducing transaction costs through the allocation of common resources in interrelated activities for the supply of national products, simplifying the use of innovative technologies, attracting material and intangible assets.

Key words: transport services, international market, logistics, logistic supply, transport-logistic infrastructure, logistic clustering, management of logistic processes, innovative principles.

KIRISH

Yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida mamlakatimizning barcha mintaqalarida avtomobil xizmatlariga bo'lgan talab oshib bormoqda. Barcha sohalarda bo'lgani kabi transport xizmatlari sohasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha bir qancha muvaffaqiyatlarga erishib kelinmoqda.

"2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasining 93-maqsadida ko'rsatilganidek1 "Mamlakatning xalqaro hamjamiyatda teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo'yicha muvozanatli tarzda muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazish, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish,

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

etakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimlarni kelishish" mamlakatimizning xalqaro transport magistrallariga ulanishi, transport mustaqilligini ta'minlash va transport aloqalarini diversifikatsiya qilishga yo'naltirilishida alohida o'rin egallaydi. Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta'minlovchi transport yo'laklari infratuzilmalarini rivojlantirish hamda transport xizmatlari ko'rsatishni talablar darajasida yo'lga qo'yish bevosita transport logistikaga bog'liq.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasini xalqaro transport magistrallariga ulanishi, mamlakatimizning transport mustaqilligini ta'minlash va transport logistikalarini diversifikatsiya qilishga o'rganishga dialektik va tizimli yondashuv, kompleks baholash, guruhlash usullaridan foydalanildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Transport logistika xizmatlarining samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlarini o'rganish maqsadga muvofiq. "Ba'zi tadqiqotlarda2 logistika keng tushuncha ekanligi e'tirof etilib, mutaxassislar unga turlicha yondashganlar. Qandayligidan qat'iy nazar, uni faqatgina transportda mahsulot tashish, ortish-tushirish, ombordagi kirim-chiqim hisoblarini yuritishdan iborat deb tushunmaslik lozim. Negaki, logistika deganda material oqimini birlamchi manbasidan to oxirgi iste'molchisiga etkazib bergunga qadar tovar harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantirish asosida boshqarish tushuniladi. Shu bois M.Porter, D.Stok singari mutaxassislar logistika o'z an'anaviy mohiyatidan allaqachon chiqib ketganini, korxonalarni strategik boshqarish va rejalashtirishda katta ahamiyatga egaligini ta'kidlaydilar".

MDH olimlaridan B.G.Galstyanning ko'rsatishicha3, esa "Transport logistikasi - bu sanoat logistikasi muayyan texnologiya, ta'minot zanjiridagi marshrutlar va logistika, texnologik, operatsiyalar, faoliyat va funksiyalardan tashkil topgan transport vositalari tomonidan mahsulotlarni ko'chirishdan iborat bo'lgan tovarlar harakati jarayonida moddiy oqimlarning ishlashi va boshqarilishi va ularga tegishli ta'minot va unga aloqador oqimlarni tashkil etish. Ekspeditorlik, yuklarni qayta ishlash, qadoqlash, mol-mulkka egalik qilish, tahdidlarning oldini olish, xavflarni sug'urtalash, bojxona tartib-qoidalari va boshqalar".

Bu fikrni davom ettirgan D.Bauersoksning fikricha esa4, logistika infratuzilmasi ishlab chiqarish obyektlari, axborot vositalari, transport kompaniyalari va ularning

2Ка1опоу М.Тгашрог! 1ogistikaпiпg iqtisodiy ahamiyati. Т.: Bizпes-ekspert. 2019. №9. -76.

3Галстян Б.Г. Транспортная логистика, ее сущность и задачи // Молодой ученый. - 2018. N° 51 С. 224-225.

4Бауэрсокс Д. Логистика. Интегрированная цепь поставок. - М.: Олимп-Бизнес, С.75-76.

imkoniyatlari, omborxonalar, yuklarni tashish, qadoqlash, inventarizatsiya qilishni boshqarish, yuklarni yuklash va tushurish terminallari va chakana do'konlarga tegishli deb hisoblagan. Logistika infratuzilmasini tashkil etishda ma'lum geografik joylashuvi bo'lgan obyektlar, ya'ni ombor kompleslari sonini aniqlash va har bir joyda saqlanuvchi mahsulot zaxiralarini hisoblash kerak. Shu bilan birga olim, transport tarmoqlari, transport vositalari va transport kompaniyalarini o'z ichiga olgan transoprt logistika infratuzilmasini alohida qayd etib o'tgan.

Mahalliy olimlardan R.G'.Samatovning e'tirof etishicha "Mujassamlashgan logistik ta'minot (LT)ni amalga oshirish logistik jarayon ishtirokchilarining ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatining qo'yidagi shakl va uslublari orqali amalga oshiriladi5: xo'jalik aloqalarining shakllanish faoliyatini uning mahsulotlarga bo'lgan talab va ularni iste'molchilarga etkazib berish faoliyati bilan birgalikda olib borilishi; tashish jarayonida yuk jo'natuvchilarni logistik boshqarishni o'zaro muvofiqlashtirish; turli xo'jalik yuritish subyektlari tasarrufida bo'lgan omborlar va terminallardan birgalikda tizimli foydalanishda kooperatsiyani amalga oshirish; yuk tashish jarayonlarini optimal tashkil etish uchun harakat vositalari, texnik-texnologik elementlar, infratuzilmalar va bu faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar tanlovini amalga oshirish; mahsulotlar harakatini ta'minlashda o'zaro mujassamlangan zanjirga kiruvchi korxonalar faoliyatini iqtisodiy murosaga keltirish orqali birgalikda qilinadigan xarajatlarni optimal kamaytirish va sinergetik samaradorlikka erishish va boshqalar".

"Mamlakatimizda logistik xizmatlar xilma-xilligi bu tarmoq tashkilotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bermoqda. Logistikaning rivojlanishi avvalombor, avtomobil va temir yo'llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarini kamaytirishning muhim sharti va omilidir"6. Shu o'rinda hududlarda transport logistika xizmatlarining tashkil etilishi sohada oziq-ovqatlar, xom ashyo etkazib beruvchi subyektlarni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish va investitsion loyihalarni moliyalashtirish o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda raqobat muhitini ta'minlashga erishish lozim.

NATIJALAR MUHOKAMASI

Transport logistikasi sohasida xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirish uchun tarnsport infratuzilmasini takomillashtirish va qulay shart-sharoit yaratish maqsadga muvofiq. Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta'minlashdi transport xizmatlari ko'rsatishning sifatini

5Samatov R.G'. "Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi faoliyatini takomillashtirish" mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo'llar instituti. 2012.- 44 b.

6Nosirova J. O'zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va istiqbollari. "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. TDIU. № 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz -2 B.

oshirishga transport logistikasida klasterlashni tavsiya qilamiz. "Logistik klaster" tushunchasi ilmiy faoliyatning muayyan turiga nisbatan foydalanishda hisobga olinadi. Bizning fikrimizcha, hududlarda logistik klasterlashtirishni innovatsion faoliyatini tezlashtirish asosida raqobatbardoshligini oshirish va ularning global raqobatning kuchli ta'siriga qarshi turishdagi milliy va hududiy rivojlanish talablariga to'la javob beradigan yangi iqtisodiy tizim deb qarash mumkin.

Logistik klasterlashtirish o'zaro bog'liq moddiy oqimlarning harakatini ta'minlashga va etkazib beruvchilardan yakuniy foydalanuvchilarga optimallashtirishga qaratilgan logistika funksiyalarini bajaruvchi mustaqil hududiy jihatdan markazlashgan bozor subyektlarining manfaatli hamkorlik munosabatlaridir. Logistika klasterini shakllantirish umumiy resurslarni o'zaro bog'liq faoliyat bilan taqsimlash, innovatsion texnologiyalarni qo'llashni soddalashtirish, moddiy va nomoddiy aktivlarni jalb etish tranzaksion xarajatlarni kamaytirish orqali ma'lum bir hududning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanish bo'lib, hududiy logistik klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Logistik klaster shaklining asosiy xususiyati uning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlarni o'z-o'zidan bozor asosida emas, balki tashkiliy va rejali ravishda o'zgartirishdir. Logistik klasterlar asosiy yuk oqimlari kesishishida hosil bo'ladi va ko'plab ixtisoslashtirilgan ob'ektlarni birlashtiradi. Logistika klasterlari integratsiyasining iqtisodiy asosi ijtimoiy kapital bo'lib, asosiy ma'muriy resurs ma'muriy manba hisoblanadi. Transport tizimida logistik klasterlashtirish tizimida ta'lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy - uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish, ularni sinovdan o'tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko'proq rag'batlantirishning keng imkoniyatlari paydo bo'ladi, uning turlari va faoliyat mazmuni quyidagi jadvalda keltiriladi (1-jadval).

1-jadval

Xududiy faoliyat turlari bo'yicha logistik klasterlashtirish

turlari7

Turlari Faoliyat mazmuni

Transport va logistika klasterlari Infratuzilma va yuklarni, yo'lovchilarni saqlash, saqlash va etkazi berishga ixtisoslashgan kompaniyalar kiradi

Diskret klasterlar Yig'uvchi zavodlar va ularning kichik va o'rta etkazib beruvchilari avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, dvigatel ishlab chiqarish, mashinasozlik majmuasining boshqa tarmoqlari, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabilar kiradi.

Jarayonli klasterlari Metallurgiya, neft-kimyo, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa xizmat ko'rsatish sohalari bilan bog'liq korxonalar kiradi.

7Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Innovatsion va "ilmiy" klasterlar Axborot texnologiyalari, biotexnologiya, yangi materiallar, shuningdek ilmiy va ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq turli xizmat sohalarida tashkil etiladi.

Turistik klasterlar Hududdagi turistik aktivlar asosida shakllantiriladi va turistik xizmatlar bilan bog'liq turli sektorlardagi korxonalardan iborat.

1-jadvalda hududiy faoliyat turlari bo'yicha logistik klasterlashtirishning turlari bo'yicha faoliyat mazmuni keltirilgan, uning asosiy maqsadi sifatida infratuzilma va yuklarni, yo'lovchilarni saqlash, saqlash va etkazib berishga ixtisoslashgan kompaniyalar kiradi.

XULOSA

Milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqishida transport logistikasi tizimida xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan turli yangiliklarni qo'llash orqali logistika jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish va mazkur jarayonlardan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini yuzaga chiqish va mazkur munosabatlarning innovatsion shakllarini tartibga solishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Ilmiylik - innovatsion logistika tizimlari sohasida turli xil jarayonlar o'rganilgan, amaliy-ilmiy g'oyalarni qo'llashni ifodab, to'g'ridan-to'g'ri tovar aylanmasining tashkiliy tizimida innovatsiyalar sohasidagi jarayonlarning uzviy bog'liq zanjirini yaratish imkonini nazariy jihatdan asoslaydi.

2. Muvofiqlashtirish - logistikaning samarali faoliyatini tartibga solishda muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, transport-logistika markazlari faoliyatini isloh qilish uchun uchun bir qator muhim ishlarni amalga oshirish, jumladan transport-logistikasi sohasida "aniq vaqt" va "eshikdan eshikkacha" prinsip asosida ishlovchi, bojxona, transport - ekspeditorlik, omborxona va informatsion logistika sohasida to'liq kompleks xizmatlarini ko'rsatish imkoniyatlariga ega transport-logistika markazlarini tashkil etish, bu borada atrof-muhit muhofazasini ta'minlash, xalqaro ekologik normalarga rioya qilish, ekologik xavfsizlik tamoyilidan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo'lar edi.va aholining turmush darajasini yaxshilashga hissa qo'shadi.

3. Axborot bilan ta'minlanish - transport-logistika sohasini rivojlantirish uchun eng avvalo logistika ekpeditorlik xizmatlarini hamda multimodal logistika markazlarini masofaviy xizmatlar dinamikasi, tarkibi va ko'lamini ifodalovchi to'liq axborotlarni yig'ish hisoblanadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

2. Kalonov M.Transport logistikaning iqtisodiy ahamiyati. T.: Biznes-ekspert. 2019. №9. -76.

3. Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой ученый. - 2018. № 51 С. 224-225.

4. Бауерсокс Д. Логистика. Интегрированная сеп поставок. - М.: Олимп-Бизнес, С.75-76.

5. Samatov R.G'. "Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi faoliyatini takomillashtirish" mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo'llar instituti. 2012.- 44 b.

6. Nosirova J. O'zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va istiqbollari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. TDIU. № 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz -2 B.

7. Bobanazarova J., Bozorova S. Aholi ish bilan bandligini ta'minlash: O'zbekiston Xitoy hamkorligi O'zbekiston-Xitoy tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018 yil. 117 -121 b.

8. Raxmatullayev Mustafoqul, Axmedov Zoxid Sobirovich. Avtotransport xizmatlari sohasini rivojlantirish maqsadida hududiy transport logistikasi sohasini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish.// «Экономика и социум» №11(114)-2 2023 295-303.

9. Ахмедов Зохид Собирович. Развитие транспортной системы обеспечивающего выхода национальной продукции на региональные и международные рынки. //Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2022. 12(105).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.