Научная статья на тему 'LOGISTIK TIZIMDA XALQARO YUKLARNI TASHISHDA TRANSPORTYUK KOMPLEKSINING TERMINAL TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI OSHIRISH'

LOGISTIK TIZIMDA XALQARO YUKLARNI TASHISHDA TRANSPORTYUK KOMPLEKSINING TERMINAL TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
36
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport-yuk kompleksi ishini / terminal tashishlar / yuklarni etkazib berish / transport tarmoqlari / shakllanish tamoyillari / samaradorlik / usullar / harakatlanuvchi tarkib / rivojlanish / transport / ombor / terminal / infratuzilma / mintaqa. / the work of the transport-cargo complex / terminal transportation / cargo delivery / transport networks / principles of formation / efficiency / methods / rolling stock / development / transport / warehouse / terminal / infrastructure / region.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qosimov Sunnat Hatamovich

Ushbu maqolada xalqaro yuk tashishni tashkil etish transportlogistik xizmatlar tufayli iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishlar samaradorligini oshirish, jahon standartlariga tobora yaqinlashish, hududiy moddiy va unga doimiy yo‘ldosh (hamroh) bo‘lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviylogistik texnologiyalarni joriy etish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE EFFICIENCY OF TERMINAL TECHNOLOGIES OF THE TRANSPORT AND CARGO COMPLEX IN THE TRANSPORT OF INTERNATIONAL CARGO IN THE LOGISTICS SYSTEM

In this article, the organization of international cargo transport is aimed at improving the efficiency of services to consumers thanks to transport-logistics services, getting closer to world standards, modern-logistic technologies for managing regional material and information and financial flows that are a constant companion (companion) to it. introduction.

Текст научной работы на тему «LOGISTIK TIZIMDA XALQARO YUKLARNI TASHISHDA TRANSPORTYUK KOMPLEKSINING TERMINAL TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI OSHIRISH»

LOGISTIK TIZIMDA XALQARO YUKLARNI TASHISHDA TRANSPORT-

YUK KOMPLEKSINING TERMINAL TEXNOLOGIYALARINING

SAMARADORLIGI OSHIRISH

Qosimov Sunnat Hatamovich

Jizzax politexnika instituti "Transport logistikasi" kafedrasi dotsenti

qosimovsunnat03@gmail. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqaro yuk tashishni tashkil etish transportlogistik xizmatlar tufayli iste'molchilarga xizmat ko'rsatishlar samaradorligini oshirish, jahon standartlariga tobora yaqinlashish, hududiy moddiy va unga doimiy yo'ldosh (hamroh) bo'lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-logistik texnologiyalarni joriy etish.

Kalit so'zlar: transport-yuk kompleksi ishini, terminal tashishlar, yuklarni etkazib berish, transport tarmoqlari, shakllanish tamoyillari, samaradorlik, usullar, harakatlanuvchi tarkib, rivojlanish, transport, ombor, terminal, infratuzilma, mintaqa.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТЕРМИНАЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ТРАНСПОРТНО-ГРУЗОВОГО КОМПЛЕКСА ПРИ МЕЖДУНАРОДНЫХ ПЕРЕВОЗКАХ ГРУЗОВ В ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ

Касимов Суннат Хатамович

Доцент кафедры "Транспортная логистика " Джизакского политехнического

института

qosimovsunnat03 @gmail. ru

Аннотация: В данной статье организация международных грузоперевозок направлена на повышение эффективности обслуживания потребителей за счет транспортно-логистических услуг, приближения к мировым стандартам, современным логистическим технологиям управления региональными материально-информационными и финансовыми потоками, которые являются постоянными. товарищ (попутчик) к нему.

Ключевые слова: работа транспортно-грузового комплекса, терминальные перевозки, доставка грузов, транспортные сети, принципы формирования, эффективность, методы, подвижной состав, развитие, транспорт, склад, терминал, инфраструктура, регион.

IMPROVING THE EFFICIENCY OF TERMINAL TECHNOLOGIES OF THE TRANSPORT AND CARGO COMPLEX IN THE TRANSPORT OF INTERNATIONAL CARGO IN THE LOGISTICS SYSTEM

Kasimov Sunnat Hatamovich

Associate Professor, Department of Transport Logistics, Jizzakh Polytechnic Institute

[email protected]

Abstract: In this article, the organization of international cargo transport is aimed at improving the efficiency of services to consumers thanks to transport-logistics services, getting closer to world standards, modern-logistic technologies for managing regional material and information and financial flows that are a constant companion (companion) to it. introduction.

Key words: the work of the transport-cargo complex, terminal transportation, cargo delivery, transport networks, principles of formation, efficiency, methods, rolling stock, development, transport, warehouse, terminal, infrastructure, region.

KIRISH

Keyingi yillarda avtomobilda yuklarni xalqaro tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan o'zaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish bo'yicha shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va transport xizmatlari xalqaro bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirishga yo'naltirilgan salmoqli chora-tadbirlar ko'rildi.

"2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasining 93-maqsadida ko'rsatilganidek [1] "Mamlakatning xalqaro hamjamiyatda teng huquqli sub'ekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo'yicha muvozanatli tarzda muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazish, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish, etakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimlarni kelishish" mamlakatimizning xalqaro transport magistrallariga ulanishi, transport mustaqilligini ta'minlash va transport aloqalarini diversifikatsiya qilishga yo'naltirilishida alohida o'rin egallaydi. Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta'minlovchi transport yo'laklari infratuzilmalarini rivojlantirish hamda transport xizmatlari ko'rsatishni talablar darajasida yo'lga qo'yish bevosita transport logistikaga bog'liq.

Transport-yuk kompleksining eng asosiy ko'zda tutgan maqsadi- transport, omborxona va sotish funksiyalarini hamda ushbu funksiyalar bilan bog'liq bo'lgan barcha xizmat ko'rsatish turlarini o'zida mujassamlashtirgan taqsimlash markazini tuzish bo'lgan. Boshqacha qilib aytganda, bu tizimda transport logistikasining barcha ilg'or g'oyalari amalga oshirilgan edi (1960-yillarda bu atama hali unchalik ommalashmagan edi), bu esa ko'p yillar mobaynida bozorda uning barqarorligini ta'minladi. Undan tashqari, o'sha davr uchun butunlay yangicha bo'lgan tamoyil- bir vaqtning o'zida bitta hududda o'zaro bir-birlarini to'ldiruvchi, turlicha vazifalarni bajaruvchi korxonalar kompleksining faoliyat ko'rsatishlari amalga oshiriladi.

Xususiy (parametrik) masalalar yechimi oldida turadigan maqsad, Transport-yuk kompleksi ishini modellashtirishda yuk stansiyasi alohida texnologik zonalarning yoki alohida yuk stansiyalarining faoliyatlarini optimalashtirishdan iborat. Ushbu holda Transport-yuk kompleksi ishini optimal boshqaruv funksiyasining dekompozisiyasi logistik tizimning elementi sifatida o'z tarkibiga o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan beshta bosqichni oladi:

- ishlab chiqarishdagi vaziyatni tahlil qilish, transport xizmatiga bo'lgan talablarni o'rganish va transport mahsulotining bozorda o'tish hajmini bashoratlash;

- transport-yuk kompleksi faoliyat ko'rsatuvining maqsadlarini shakllantirish. Bunga Transport-yuk kompleksining umumiy maqsadi-transport xizmati ko'rsatish sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish, tariflarning talab etilgan darajasini ta'minlash kiradi;

- lokal (ma'lum bir joyga xos bo'lgan) maqsadlar-mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlarni, xodimlar sonini, yoqilg'i va elektro-energiyaga xarajatlarni kamaytirish, tasarruf (ekspluatatsiya) ishonchliligi darajasini, asosiy fondlardan foydalanish koeffisiyentini oshirish;

- transport-yuk kompleksini loyihalashtirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish bosqichida strategik boshqaruv olib borish (rejalashtirish), rasional marketing siyosatini ishlab chiqish;

- tasarruf bosqichida taktik (operativ) boshqarish;

- optimal boshqaruvchi qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish.

Shu bilan bir qatorda ko'pincha beshinchi bosqich amalga oshirilgandan so'ng birinchi bosqichga qaytish kerak bo'ladi (qaytadan aloqa tamoyili). Transport-yuk kompleksi murakkab tizim ekanligini hisobga olgan holda, uning faoliyat ko'rsatishini optimallashtirish masalasi ko'p bosqichli va mezonli yondashuv yordamida hal etilishi lozim.

Transport bozoridagi jarayonlar bilan bog'liq bo'lgan masalalar mohiyatiga ko'ra ko'p mezonlidir. Masalani ko'rib chiqishga qanchalik ko'p mezonlar kiritilsa, ko'rib chiqilayotgan tizim to'g'risida shunchalik to'liq ma'lumot olish mumkin. Modelga qo'shimcha mezonlar kiritilganda, shu jumladan resurslar hajmini

ifodalovchi mezonlar, "tor joy"larning (xavfli uchastkalarning) paydo bo'lishini chetlab o'tish va bozor omillari amal qilayotgan sharoitda ishlab chiqarish-transport tizimi faoliyat ko'rsatish jarayoni modeliga ko'proq yaqinlashishga imkon yaratiladi.

Optimallashtiruvchi parametrlar sifatida quyidagi ko'rsatkichlar tushuniladi:

- logistik ishlab-chiqarish zanjirining har bir zvenosiga ajratilayotgan resurslar

hajmi;

- xizmat ko'rsatuvchi apparatlarning unumdorligi;

- yuk to'plovchilarning katta-kichikligi;

- sutka mobaynida omborxona va yuk frontining ishlash vaqti va hakozo.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi, prinsipial yangi masalalar va

zamonaviy programmaviy mahsulotlarning paydo bo'lishi, yangi turdagi (tipdagi) avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va ularni samarali qo'llashning ob'yektiv tamoyillari sanaladi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasini xalqaro transport-logistika xizmatlari bozorida terminal tizimlar orqali yuk tashishni samarali tashkil qilish tizimini rivojlantirish uslubiyotini ishlab chiqish hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Transport logistika xizmatlari bozorida terminal tizimlar orqali yuk tashishni samarali tashkil qilish muammolari dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlarda tadqiq qilingan. G'arb mamlakatlarining ilmiy manbalarida J. Gelbreyt, V.Gerami, R.Xeyns va boshqa xorij mutaxassislarining ishlari chop etilgan.

Shular bilan bir qatorda MDH mamlakatlarining ishlarida ham o'z aksini topgan. Bularning qatorida MDH olimlaridan B.G.Galstyanning ko'rsatishicha [2], esa "Transport logistikasi - bu sanoat logistikasi muayyan texnologiya, ta'minot zanjiridagi marshrutlar va logistika, texnologik, operatsiyalar, faoliyat va funksiyalardan tashkil topgan transport vositalari tomonidan mahsulotlarni ko'chirishdan iborat bo'lgan tovarlar harakati jarayonida moddiy oqimlarning ishlashi va boshqarilishi va ularga tegishli ta'minot va unga aloqador oqimlarni tashkil etish. L.B.Mirotin, E.A. Safronov, G.A. Gureviya, va boshqalarning ishlarini ta'kidlash lozimdir.

Mahalliy olimlardan R.G'.Samatovning e'tirof etishicha "Mujassamlashgan logistik ta'minot (LT)ni amalga oshirish logistik jarayon ishtirokchilarining ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatining qo'yidagi shakl va uslublari orqali amalga oshiriladi [3]: Sh.Bo'tayev [4], G'.A. Samatov, G'.M.Qosimov [7] va boshqalarning ishlarini ta'kidlash lozimdir.

Yuklarni tashishga bo'lgan talabning doimiy tarzda ortib borishi, ishlab-chiqarish xo'jalik aloqalarining kengayib borishi, hudud iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar sharoitida, transport kompleksining vazifasi va ahamiyati, uning ishi samaradorligi va sifati muammolari dolzarbligi beto'xtov ortib boraveradi.

Hozirgi kunga kelib mamlakatning transport kompleksi rivojlanib borayotgan iqtisodiyotdan ancha orqada qolgan va u yuqori sifatli transport xizmati ko'rsatishga bo'lgan talabni to'liq qoniqtira olmaydi, tashkiliy, tarkibiy, texnologik, ilmiy-texnik, tijorat-huquqiy jihatdan takomillashishga ehtiyoj sezmoqda.

TAHLIL VA NATIJALAR

Bir tomondan, transport mahsuloti iste'molchilarning manfaatlarini hisobga olish, ikkinchi tomondan, transport-yuk komplekslarining raqobatbardoshliklarini oshirishga intilish, logistika tamoyillarini qo'llashni talab etadi. Ma'lumki, logistikaning asosiy tamoyili, uni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini shakllantirish uslubiyatiga (metodologiyasiga) tizimli (sistemali) yondoshuvdan iborat.

Ushbu uslubiyatni (metodologiyani) tavsiflashga o'tishdan avval, shuni aytib o'tmoq zarurki, hozirgi kunda yuklarni qayta ishlash punktlarining funksiyalari o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bunday o'zgarishlar transport xizmati ko'rsatish sifatini oshiruvchi, stansiyadan stansiyagacha emas, balki "eshikdan eshikgacha» yuklarni yetkazib berish, konteynerlarda va kombinatsiyalashgan usulda yuklarni tashish, texnologik marshrutlar va boshqa zamonaviy transportirovka (tashish) uslublarini qo'llash sababli sodir bo'lmoqda. Aytib o'tilgan tendensiyalarni hisobga olgan holda va ish hajmlari pasayib borayotgan sharoitlarda yuk stansiyalari hududiy (regional) taqsimlash markazlari vazifasini bajarishlari mumkin. Bu markazlar mazkur hududda yuk oqimlarini boshqarishda, temir yo'l orqali yuk jo'natuvchilardan ularni yuk qabul qiluvchilarga yetkazib berishda ishtirok etishlari mumkin. Ish hajmlarining pasayib ketishi sharoitida ham yuklarni yetkazib berish bo'yicha yuk stansiyasi faoliyatining maqsadlarini aniqlashga qaratilgan logistik zanjirlar doirasida tizimli tahlilni (sistemnbiy analiz) qo'llash murakkabroq iyerarxik transport megatizimini ko'rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuk stansiyalarining umumiy majmui ma'lum bir hududning transport-yuk kompleksini hosil qiladi. Transport-yuk komplekslarini rivojlanayotgan tizimlar qatoriga kiritish lozim. Bunda nafaqat tasarruf etilayotgan Transport-yuk kompleks faoliyati rivoji, balki rivojlanish jarayonining optimallashuvi ham ko'zda tutiladi. Ushbu muammoning hal etilishi ko'pdan-ko'p shart-sharoitlar va cheklashlar bilan bog'liq bo'lgan ko'p variantli xarakterga ega. Ana shuning uchun ham Transport-yuk komplekslari faoliyatlarini loyihalashtirish, rejalashtirish va boshqarishda o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan optimallashtiruvchi masalalar kompleksini ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Ularning yechimi ko'p bosqichli,

iterasion jarayon bo'lib, o'zaro bir-biriga ta'sir etuvchi ikki bosqichni o'z ichiga oladi: rejalashtirish va boshqarish (tartibga solib turish, regulirovka qilish). Rejalashtirish strategik, boshqarish esa taktik (operativ) boshqaruv darajasida amalga oshiriladi [8].

Mamlakat ishlab-chiqarish kompleksini tarkibiy qayta qurish, ishlab-chiqarishni ilmiy-amaliy rivojlanishga yo'naltirishni tezlashtirish, mashinasozlikni ixtisoslashtirish, resurslarni asrab-avaylash bo'yicha olib borilayotgan siyosat yuklarni tashilish hajmining ortishiga stabillashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan bir paytda savdo-tijorat faoliyatining rivojlanishi barcha hududlar o'rtasida transport-iqtisodiy aloqalarning kengayib borishiga imkoniyat yaratadi, shu jumladan tashqi-iqtisodiy yo'nalishlarda ham.

Yuklarni tashishning takomillashuvi transport tugunlari, saralash punktlari, yuk stansiyalari ishlarini yaxshilash, omborxonalar, port uskunalarini rekonstruksiya qilish, yangi tipdagi harakatlanuvchi qismlarni joriy qilish, transport-ekspedisiya xizmati ko'rsatish bilan mijozlarni yanada kengroq qamrab olish, zamonaviy, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan terminal komplekslarini (vujudga keltirish) yaratish, intermodal yuk tashuvni rivojlantirish, tashish jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va boshqaruvning iqtisodiy uslublarini joriy etish zarurati bilan chambarchas bog'liq.

Ko'p sonli transport, savdo, ekspeditorlik, yuklarni qayta ishlovchi korxonalar, ishlab chiqaruvchi firmalar va mahsulot yetkazib beruvchilar ishini boshqarish va koordinatsiya qilish, iste'molchilarga samarali xizmat ko'rsatish, o'zagi logistik markazlar kompleksidan iborat bo'lgan hududiy makrologistik tizimsiz umuman mumkin emas. Bu tizimning koordinatsiyalovchi va integratsiyalovchi potensiali ijroiya hokimiyati strukturalariga asoslanishi kerak va rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, transport-logistik xizmatlar tufayli iste'molchilarga xizmat ko'rsatishlar samaradorligini oshirishga, jahon standartlariga tobora yaqinlashishga, hududiy moddiy va unga doimiy yo'ldosh (hamroh) bo'lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-logistik texnologiyalarni joriy etishga yo'nalgan bo'lishi kerak.

Bu esa shuni ko'rsatmoqdaki shahar, hudud, mamlakat va xalqaro hamjamiyat manfaatlari masalalarini samarali hal etish uchun o'z tarkibiga transportning barcha turlarini, transport tugunlarini, terminal komplekslarini, yuklarni qayta ishlovchi korxonalarni, bojxonalar va hokazolarni oluvchi hududning transport-logistik tizimini bunyod etish zarur.

Xususan, transport-logistik servisining quyidagi kamchiliklarini aytib o'tish kerak bo'ladi:

- tashish hajmining kamayishi, tariflar darajasining yuqoriligi, chet el tashuvchilari bilan raqobatning kuchayishi hisobiga, transport, omborxona va boshqa ular bilan bog'liq bo'lgan logistik xizmatlarga talabning pasayishi;

- kompleksning faoliyat ko'rsatishida marketing operatsiyalarining mavjud emasligi;

- logistik servis sifatining pastligi va jahon standartlariga javob bermasligi;

- shlab-chiqarish-texnika bazasi, servis infrastrukturasi, transport-logistik jarayonini qo'llovchi axborot tizimi rivojlanish darajasining pastligi;

- yagona innovasion va investision siyosatning yo'qligi;

- amalda mavjud bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirish va bojxonalarda yuklarni hujjatlashtirish tartibining murakkabligi va mukammal emasligi;

- tashish jarayoni ishtirokchilari, terminallar, omborxonalar, bojxonalar, boshqa korxonalar va ular xizmatlarining iste'molchilari o'zaro aloqalar va axborot almashuv aloqalari darajasining pastligi;

- transport-logistika servisiga partnerlar qiziqishining bir-biridan anchagina farq qilishi;

- yagona normativ-huquq bazaning yo'qligi;

- zamonaviy transport-ekspedision faoliyat logistik texnologiyalarining mavjud emasligi [9].

Undan tashqari, bizning mamlakatimizning yuk tashuvchi, ekspedisiya qiluvchi, yuklarni qayta ishlovchi va terminal komplekslari tomonidan ko'rsatiladigan transport-logistika servisining sifati yevropa va jahon standartlari talablariga javob bermaydi. Shuning uchun ham tranzit yuk oqimlarining V0-V5%ini chet el firmalari egallab olishgan.

Ko'pincha kam quvvatli omborxonalar, yuklarni qayta ishlovchi korxonalar va bojxona terminallari nihoyatda ko'p bo'lishlariga qaramay, odatda, ular yuklarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalariga ega emaslar, jihozlanganlik darajasi past bo'lib, xizmat ko'rsatish kompleksligi bo'yicha mamlakat va chet ellik mijozlarning talablariga javob bermaydilar. Tovarlar almashuvi, ekologiya, yuklarni qayta ishlashni, konsolidatsiya (jipslashuv, birlashish)ni, yuklarni sortirovka qilishni, mijozlarga servis xizmati ko'rsatishni ta'minlovchi zamonaviy va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, yetarlicha miqdordagi terminal komplekslarining yo'qligi, transport-taqsimlov tizimi faoliyati samaradorligining pastligi tufayli to'planib qolgan muammolar umumlashgan tarzda xo'jalik kompleksida salbiy aks etadi [10].

XULOSA

Mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar, yangi tijorat tuzilmalarining shakllanishi va tadbirkorlikning rivojlanishi, yaqin qo'shni mamlakatlar va uzoq chet el bilan xo'jalik aloqalarining instensivlashuvi, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda yuklar tashuvini tashkil etishga, magistral turdagi transport bilan yuklarni tashib yetkazib beruvchi va tashib olib ketuvchi mahalliy avtotransport o'rtasidagi muvofiqlik va o'zaro hamkorlikni ta'minlashga bo'lgan iste'mol talablarini ortishiga olib keladi.

Amaldagi vaziyat tashish jarayonining ma'lum bir qismlarini yaxshilash va mukammalashtirishni emas, balki butun texnologik jarayonlarni keskin o'zgartirishga imkoniyat yaratuvchi, yuklar harakatlanishining prinsipial yangi ko'rinishini vujudga keltirishni talab qilmoqda. Bunda terminal texnologiyalari bo'yicha kompleks transport - ekspedision xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

Yuklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratish bo'yicha keltirilgan taklif va mulohazalar hududda terminal texnologiyasi asosida yuklar tashishni tashkil etishning logistik tizimini shakllantirishga zamin yaratgan holda transport jarayoni ishtirokchilari faoliyatining uyg'unligini ta'minlash hamda tashish jarayonlarining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar, PF-60-son 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

2. Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой ученый. - 2018. № 51 С. 224-225.

3. Samatov R.G'. "Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi faoliyatini takomillashtirish" mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo'llar instituti. 2012.- 44 b.

4. Butayev Sh.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo'ziyev A.U. "Logistika" (Etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish), Monografiya,Toshkent, "EXTREMUM-PRESS" nashriyoti, 2012-580b.

5. Qarriyeva Ya.K. O'zbekistonni jahon bozoriga chiqish uchun xalqaro yo'laklardan samarali foydalanishning logistik transport muammolari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.-T., 2004.-44 b.;

6. Bobanazarova J., Bozorova S. Aholi ish bilan bandligini ta'minlash: O'zbekiston Xitoy hamkorligi O'zbekiston-Xitoy tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018 yil. 117 -121 b.

7. Qosimov S.H. (2023). YUKLARNI TASHISHDA TERMINAL VA LOGISTIKA TEXNOLOGIYASINING HOZIRGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISHI. Экономика и сосиум, (4-1 (107)), 255-258.

8. Ходжаев Б.А., Закиров Г.Т. "Международние автомобилние перевозки", Тошкент "Фан", 2005- 310 б.

9. Транспортная логистика: Учебник /Под общ. ред. проф. Л.Б. Миротина. — М.: Экзамен, 2002.

10. Qosimov S.H. (2022). YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO 'LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH. Экономика и сосиум, (12-1 (103)), Sayt: http://www.iupr.ru 214-217.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.