Научная статья на тему 'AVTOTRANSPORT XIZMATLARI SOHASINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA HUDUDIY TRANSPORT LOGISTIKASI SOHASINI BOSHQARISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

AVTOTRANSPORT XIZMATLARI SOHASINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA HUDUDIY TRANSPORT LOGISTIKASI SOHASINI BOSHQARISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
70
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtotransport xizmatlari / hududiy transport / logistikasi sohasi / boshqarishning innovatsion mexanizmlari / takomillashtirish / mulkchilikning barcha shakllari / tashuvchilar uchun raqobat muhiti / shart-sharoitlarni yaratish / transport-tranzit salohiyati / tashish jarayonlari / qatnov jadvallariga rioya etilishi / elektron tarzda to‘lash samaradorligi / tushumning yig‘ilishi / markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi / nazorati tizimi. / transportation services / regional transport / logistics industry / innovative mechanisms of management / improvement / all forms of ownership / competitive environment for carriers / creation of conditions / transport-transit potential / transportation processes / compliance with traffic schedules / efficiency of payment electronically / revenue collection / centralized dispatch management / control system.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmatullayev M., Axmedov Z.S.

Maqolada avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirish maqsadida hududiy transport logistikasi sohasini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadilari yoritilgan. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini elektron tarzda to‘lash samaradorligi, tushumning yig‘ilishi va to‘laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF INNOVATIVE MECHANISMS OF MANAGEMENT OF THE REGIONAL TRANSPORT LOGISTICS FOR THE PURPOSE OF DEVELOPING THE FIELD OF AUTO TRANSPORT SERVICES

The article covers the goals of improving innovative mechanisms of management of the regional transport logistics sector in order to rapidly develop the field of transport services, creating a competitive environment for carriers in all forms of ownership, as well as favorable conditions, as well as increasing the transport and transit potential of the Republic. There is no centralized dispatch management and control system over transportation processes, compliance with schedules, the efficiency of electronic payment of fares by passengers, the collection and fulfillment of receipts. The work carried out by the Uzbek Agency of automobile and river transport is almost repeated by special competent bodies for the management of passenger transport in the regions.

Текст научной работы на тему «AVTOTRANSPORT XIZMATLARI SOHASINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA HUDUDIY TRANSPORT LOGISTIKASI SOHASINI BOSHQARISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Raxmatullayev M. dots. t.f.n.

Axmedov Z.S.

Jizzax politexnika instituti O'zbekiston, Jizzax viloyati, Jizzax shaxri

AVTOTRANSPORT XIZMATLARI SOHASINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA HUDUDIY TRANSPORT LOGISTIKASI SOHASINI BOSHQARISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotasiya. Maqolada avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirish maqsadida hududiy transport logistikasi sohasini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadilari yoritilgan. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo'lovchilar tomonidan yo'l haqini elektron tarzda to'lash samaradorligi, tushumning yig'ilishi va to'laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yo'lovchi transportini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.

Kalit so'zlari. avtotransport xizmatlari, hududiy transport, logistikasi sohasi, boshqarishning innovatsion mexanizmlari, takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllari, tashuvchilar uchun raqobat muhiti, shart-sharoitlarni yaratish, transport-tranzit salohiyati, tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, elektron tarzda to'lash samaradorligi, tushumning yig'ilishi, markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi, nazorati tizimi.

Rakhmatullayev M., Ph.D. associate professor Akhmedov Z.S.

Jizzakh Polytechnic Institute Uzbekistan, Jizzakh

IMPROVEMENT OF INNOVATIVE MECHANISMS OF MANAGEMENT OF THE REGIONAL TRANSPORT LOGISTICS FOR THE PURPOSE OF DEVELOPING THE FIELD OF AUTO TRANSPORT SERVICES

Annotation. The article covers the goals of improving innovative mechanisms of management of the regional transport logistics sector in order to

rapidly develop the field of transport services, creating a competitive environment for carriers in all forms of ownership, as well as favorable conditions, as well as increasing the transport and transit potential of the Republic. There is no centralized dispatch management and control system over transportation processes, compliance with schedules, the efficiency of electronic payment of fares by passengers, the collection and fulfillment of receipts. The work carried out by the Uzbek Agency of automobile and river transport is almost repeated by special competent bodies for the management of passenger transport in the regions.

Key words. transportation services, regional transport, logistics industry, innovative mechanisms of management, improvement, all forms of ownership, competitive environment for carriers, creation of conditions, transport-transit potential, transportation processes, compliance with traffic schedules, efficiency of payment electronically, revenue collection, centralized dispatch management, control system.

So'nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati ko'rsatishni yaxshilash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etilsin. Yo'lovchi tashish yo'nalishlari tarmog'i 2019 yilga nisbatan 1,4 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yo'lovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat ko'rsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan to'liq foydalanilmayapti. Avtotransport ho'jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari etarli darajada joriy etilmayapti. Og'ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zaxiralaridan to'laqonli foydalanilmayapti.

Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo'lovchilar tomonidan yo'l haqini elektron tarzda to'lash samaradorligi, tushumning yig'ilishi va to'laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yo'lovchi transportini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.

Avtomobilda tashishlar va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash yuzasidan nazorat choralarining tubdan kuchaytirilishi yo'lovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha profilaktik choralar ko'rishni talab etadi.

Quyidagilar "O'zavtotrans" agentligining asosiy vazifalari va faoliyatining yo'nalishlari etib belgilansin:

avtomobil transporti ob'ektlari va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlovchi istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini va innovatsion yondashuvlarni keng qo'llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti ohasida yagona texnika siyosatini yuritish;

avtomobil tashuvlarida normativ-xuquqiy va metodik bazani takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha muammolar yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ xujjatlarning yagona ma'lumotlar bazasini ishlab chiq ish va shakllantirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo'lgan ehtiyojlarini hamda avtomobil transporti xavfsizligini ta'minlash choralarini inobatga olgan holda, qishloq aholi punktlarini, shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bog'lovchi yangi yo'nalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish bo'yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; yo'lovchilarga keng ko'lamli xizmatlar ko'rsatish uchun sharoit yaratish, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llab, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish; avtovokzallar va avtostansiyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qaramog'ida bo'lgan umumiy foydalanishdagi yo'lovchi tashish yo'nalishlaridagi to'xtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashni tashkil etish;

tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo'llarda harakatlanish tezligi monitoringi, harakat yo'nalishi sxemasiga rioya etilishi hamda aholiga real vaqt tarzidagi ma'lumotlar xizmatining keng ko'lamli ro'yxati taqdim etilishi yuzasidan markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy etish;

tashuv yo'nalishlarini tender asosida joylashtirish, yo'lovchi tashishlari sifati va xavfsizligini oshirish, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish yo'li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro avtobus yo'nalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalar bo'yicha majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash, bu sohadagi amaldagi shartnomalarni qayta ko'rib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini o'zaro ayirboshlash;

avtomobil transportida yo'lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash, avtomobil transportida yo'lovchi va yuklarni tashish qoidalariga

amal qilish, avtomobilda tashuvlar xavfsizligini ta'minlash talablariga, og'irlik va gabarit ko'rsatkichlariga hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya etilishini nazorat qilish;

Transport xizmati ko'rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida:

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va «O'zstandart» agentligining 2019 yil 1 iyuldan boshlab:

a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji to'lash tartibini;

b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni;

v) chek berish yoki yo'lovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud bo'lishi sharti bilan yo'lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud bo'lishi haqidagi talablarni;

g) quyidagilarning:

avtomobil transportida yuk tashish bilan shug'ullanuvchi yakka tadbirkorlarning;

korxona shtatida belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tgan avtotransport vositalaridan foydalanish va tashish xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul bo'lgan mutaxassisning alohida birligi mavjud bo'lishi sharti bilan yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o'tishi to'g'risidagi talablarni;

d) avtomobil transportida yo'lovchilar va yuklarni tashish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud bo'lishi haqidagi talablarni bekor qilish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.

YAkuniy yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki marotaba kamaytirilsin.

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi va Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar, shu jumladan, quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi «UzTrans» yagona interaktiv axborot tizimi (keyingi o'rinlarda — axborot tizimi) yaratilishini ta'minlasin:

litsenziatlarning shaxsiy kabineti faoliyat yuritishi; avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko'p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar o'rtasida avtomatik ravishda choraklar bo'yicha taqsimlash;

yo'lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar, avtomobilda xalqaro tashishga

xorijiy va/yoki ko'p tomonlama ruxsatnomalar, shuningdek, YUXYT daftarchasini qo'llagan holda YUklarni xalqaro tashish to'g'risidagi konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq YUXYT (CARNET TIR) daftarchasidan foydalanishga ruxsatnomalar olishga talabgorlarning arizalarini qabul qilish va ko'rib chiqish bosqichini ko'rsatgan holda qayta ishlash;

litsenziatlar va jismoniy shaxslar o'rtasida tuziladigan avtotransport vositalarining ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish va hisobini yuritish.

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o'n kun muddatda axborot tizimi joriy etilguniga qadar mamlakatlar bo'yicha xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy va/yoki ko'p tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi to'g'risida doimiy yangilanadigan axborotning vazirlik veb-saytida e'lon qilinishini ta'minlasin.

Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

yo'nalishsiz taksi uchun talab etiladigan to'lov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini ta'minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to'lov tizimlari) almashtirilishi mumkin;

yo'nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni bo'yamasdan o'zi elimlanadigan materiallardan foydalanishga yo'l qo'yiladi;

yo'nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan engil avtomobillar yo'nalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yo'nalishida harakatlanishi hamda «To'xtash taqiqlanadi» belgisi amal qilish hududida to'xtashi mumkin;

xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar ular olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

a) engil avtomobillarda yo'lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega yuridik shaxslarni:

tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi mavjud bo'lmaganda, uning rasmiylashtirilishini ta'minlagan holda, ularning mavjudligi;

avtotransport vositalaridan litsenziya kartochkalarisiz foydalanilayotgan davlat raqami belgilari qaytarilishi choralarini ko'rgan holda yo'nalishsiz taksilar uchun mo'ljallangan avtotransport vositalariga maxsus seriyalardan berilgan davlat raqami belgilarining amaldagi litsenziya kartochkalariga muvofiqligi yuzasidan xatlov o'tkazsin;

b) avtomobil transportida yuk va yo'lovchilarni tashish xizmatlari ko'rsatish bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo'yicha takliflar kiritsin;

v) himoyalangan telekommunikatsiya kanallari yordamida «Transport vositalari hisobi», «Texnik ko'rik» va «UzTrans» axborot tizimlarining samarali idoralararo integratsiyasini yo'lga qo'yish choralarini ko'rsin.

1 sentyabrdan boshlab, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo'llarida transport vositalarining og'irlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan o'lchov vositalari bilan jihozlangan og'irlik va gabarit nazorati bo'yicha statsionar va ko'chma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etilsin.

Transport vazirligi avtomobil yo'llarida davlat-xususiy sheriklik ob'ektlari ro'yxatini, reglamentni va investorlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tanlab olish mexanizmini nazarda tutuvchi og'irlik va gabarit nazorati bo'yicha maxsus punktlarni tashkil etish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Quyidagilar:

Yo'lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»ga muvofiq;

Transport-logistika sohasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tasdiqlansin.

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bir oy muddatda:

Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish va minimallashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda engil avtomobillarda yo'lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini berish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat buyurtmachilari, shu jumladan, xo'jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarning avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari ko'rsatishni maxsus elektron savdo maydonchas ida elektron savdo yakunlari bo'yicha xarid qilish va xizmat ko'rsatishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqa idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi, tranzit o'tishi (alohida yuklar va harbiy kontingentlardan tashqari) va hududda bo'lishi tartibini, shu jumladan, respublikaga kirayotgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining bo'lishi muddatlarini optimallashtirishni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy tashuvchilar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ikki punkt oralig'ida yuk va yo'lovchilar tashish amalga oshirilganligi, shuningdek,

ruxsat etilgan og'irlik va gabarit parametrlari oshirilganligi uchun ta'sir choralarini qo'llash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Xulosa qilib aytganda O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda milliy transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan «O'zbekiston temir yo'llari» AJ bilan transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko'rsatish yuzasidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish, mazkur shartnomalarni tuzgan tashkilotlar ro'yxatini oshkora e'lon qilish tartibini o'rnatilsa maqsadga muvofiq buladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-T.: O'zbekiston, 2017.-103 b.

2. Bo'tayev Sh.A.va boshqalar. Logistika (etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish)T.: extremum-press, 2012-575 b.

3. Bo'tayev Sh.A., Mirzaahmedov B.M. Jo'rayev M.N., Do'rmonov A.Sh., Baxadirov B. Tashish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish-Toshkent: Fan, 2009-240 b.

4. Косимов, С. Х., & Нишонов, А. О. У. (2021). Пути развитие логистической системы при организации перевозки грузов на международных маршрутах. Academic research in educational sciences, 2.

5. Мухторов.А, & Эргашева, К. (2022). ТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ЮКЛАНГАНЛИК МАСАЛАЛАРИ ТАШИШДА ЮКНИНГ НОМЕНКЛАТУРАСИ.. Аcадемиc Ресеарч ин Эдуcатионал Сcиенcес, 3(2), 534-540.

6. Косимов, С. (2021). ПРИМЕНЕНИЕ ОБУЧАЮЩИХ ПРОГРАММ-ТРЕНАЖЕРОВ В ОБУЧЕНИИ ПРЕДМЕТА «ЛОГИСТИКА ТРАНСПОРТА». InterConf.

7. Исроилов, Ф. И., & Норкулов, А. Я. (2021). ЮКЛАРНИ ИСТЕЪМОЛЧИ МАНЗИЛИГА ЕТКАЗИБ БЕРИШ ЖАРАЁНИНИ БОШ^АРИШ МОДЕЛИ. Academic research in educational sciences, 2(1).

8. Косимов, С., & Косимов, Б. (2021). ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННЫХ ТЕРМИНАЛОВ В ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ. InterConf.

9. Qosimov, S. (2021). METHODICAL BASIS FOR TEACHING ELECTRONIC EDUCATION. InterConf.

10. Yuldoshov B.T.Axmedov Z.S. NEFT SANOATINING EKOLOGIYAGA TA'SIRINI O'RGANISH VA EKOLOGIYAGA TA'SIRINI KAMAYTIRISHNI TA'MINLASH" // Экономика и социум" №12(103)-1 2022

11. Qosimov S.H. (2023). YUKLARNI TASHISHDA TERMINAL VA LOGISTIKA TEXNOLOGIYASINING HOZIRGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISHI. Экономика и социум, (4-1 (107)), 255-258.

12. Ахмедов З.С., Файзиев О.Э., Нурмахамматов Ж.Т. РАЗВИТИЕ ТРАНСПОРТНОЙ

СИСТЕМЫ ОБЕСПЕЧИВАЮЩЕГО ВЫХОДА НАЦИОНАЛЬНОЙ ПРОДУКЦИИ НА РЕГИОНАЛЬНЫЕ И МЕЖДУНАРОДНЫЕ РЫНКИ // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2022. 12(105). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/14814

13. Qosimov S.H. YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO'LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH // Экономика и социум. 2022. №12-1 (103). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yuklarni-tashishni-tashkil-etish-asosida-hududlarda-terminal-texnologiyasini-qo-llash-logistik-tizimini-shakllantirish (дата обращения: 05.04.2023).

14. Эргашева Камола Илхомжон кизи "ТРАНСПОРТ ЛОГИСТИКА ТИЗИМИНИНГ БОШКДРУВ СТРУКТУРАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ УСУЛЛАРИ". «Экономика и социум» 1 (декабрь, 2022). Сайт: http://www.iupr.ru 1122-1125

15. Mustafoev Behzod, Xamdamova Shoxista. NOMENKLATURE OF FREIGHT IN TRANSPORTATION ISSUES OF VEHICLES. UNIVERSUM, 2022.- 50 р.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.