Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YUK TASHISHNI TASHKIL QILISHDA TRANSPORT-TERMINAL TIZIMINING RIVOJLANISH TAMOYILLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YUK TASHISHNI TASHKIL QILISHDA TRANSPORT-TERMINAL TIZIMINING RIVOJLANISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
73
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport xizmatlari / transport-terminal / xalqaro bozorlar / logistika / multimodal tashish / tamoyillar / transport services / transport terminal / international markets / logistics / multimodal transportation / principles

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Qosimov Sunnat Hatamovich

Mazkur maqolada mamlakatimizda tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilish orqali transport logistikasi xizmatlarini rivojlantirish, xalqaro yuk tashishni ta’minlash va rivojlantirishning ahamiyati tadqiq etilgan. Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish xizmatlariga bo‘lgan talabni tadqiq etish asosida transportterminal tizimining rivojlanish tamoyillari o‘rganilgan va bu borada xizmatlar ko‘rsatuvchi quvvatlarni rivojlantirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF DEVELOPMENT OF TRANSPORTATION AND TERMINAL SYSTEM WHEN ORGANIZING FREIGHT TRANSPORTATION IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

This article examines the importance of developing transport and logistics services, ensuring and developing international cargo transportation in our country through the diversification of external relations. Based on a study of the demand for cargo transportation services on international routes, the principles of development of the transport terminal system were studied and recommendations were given for further improving the development of service potential in this regard

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YUK TASHISHNI TASHKIL QILISHDA TRANSPORT-TERMINAL TIZIMINING RIVOJLANISH TAMOYILLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YUK TASHISHNI TASHKIL

QILISHDA TRANSPORT-TERMINAL TIZIMINING RIVOJLANISH

TAMOYILLARI

Qosimov Sunnat Hatamovich

Jizzax politexnika instituti. "Transport logistikasi" kafedrasi dotsenti

[email protected]

Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilish orqali transport logistikasi xizmatlarini rivojlantirish, xalqaro yuk tashishni ta'minlash va rivojlantirishning ahamiyati tadqiq etilgan. Xalqaro yo'nalishlarda yuk tashish xizmatlariga bo'lgan talabni tadqiq etish asosida transportterminal tizimining rivojlanish tamoyillari o'rganilgan va bu borada xizmatlar ko'rsatuvchi quvvatlarni rivojlantirishni yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: transport xizmatlari, transport-terminal, xalqaro bozorlar, logistika, multimodal tashish, tamoyillar.

ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНО-ТЕРМИНАЛЬНОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ ГРУЗОПЕРЕВОЗОКВ РЕСПУБЛИКЕ

УЗБЕКИСТАН

Касимов Суннат Хатамович

Джизакский политехнический институт. Кафедра "Транспортная логистика "

доцент

[email protected]

Аннотация: В данной статье исследуется важность развития транспортно-логистических услуг, обеспечения и развития международных грузоперевозок в нашей стране путем диверсификации внешних связей. На основе исследования спроса на услуги грузоперевозок на международных маршрутах изучены принципы развития транспортно-терминальной системы и даны рекомендации по дальнейшему совершенствованию развития сервисного потенциала в этой связи.

Ключевые слова: транспортные услуги, транспортный терминал, международные рынки, логистика, мультимодальные перевозки, принципы.

PRINCIPLES OF DEVELOPMENT OF TRANSPORTATION AND TERMINAL SYSTEM WHEN ORGANIZING FREIGHT TRANSPORTATION IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Kasimov Sunnat Hatamovich

Jizzakh Polytechnic Institute. Associate professor of the department "Transport

logistics"

[email protected]

Abstract: This article examines the importance of developing transport and logistics services, ensuring and developing international cargo transportation in our country through the diversification of external relations. Based on a study of the demand for cargo transportation services on international routes, the principles of development of the transport terminal system were studied and recommendations were given for further improving the development of service potential in this regard.

Key words: transport services, transport terminal, international markets, logistics, multimodal transportation, principles.

KIRISH

Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonlari kuchayib borishi sharoitida xalqaro yo'nalishlarda yuk tashishda transport xizmatlarning o'rni beqiyos. Transport tizimini rivojlantirishda "...jahon transport xizmatlarining YAIM tarkibidagi miqdori 4,3 trln. AQSh dollari (6,9 %)ni tashkil etib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo'lovchilar tashilmoqda, transport kompleksida band bo'lgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etmoqda"[1]. Bu esa, o'z navbatida, tashish xizmatlarida kuchayib borayotgan raqobat sharoitida mazkur tizimning samaradorligini oshirish, xalqaro yo'nalishlar bo'yicha transport-terminal tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish kabi startegik islohotlar natijadorligining oshishiga alohida e'tibor qaratish lozimligini anglatadi.

Bundan tashqari, halqaro yo'nalishlarda yuk tashishni tashkil etishda transportterminal tizimi samaradorligini oshirishning o'ziga xos xususiyatlari va tartibga solish usullarini transport sohasi shiddatli rivojlanayotgan iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarning ahamiyati tobora oshib borayotgan bir vaqtda tadqiq qilish, shubhasiz, dolzarblik kasb etadi.

Yangi O'zbekistonda xalqaro yuklarni tashishda transport xizmatlariga bo'lgan o'sib borayotgan talabni qondirish maqsadida yuk tashishni ta'minlashda sarf-harajatlarni minimallashtirish, transport-terminal tizimi samaradorligini oshirish asosida iste'molchilarning talablarini qondirishning zamonaviy kompleks uslubiyotini

takomillashtirish eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasining 93-maqsadida: "Mamlakatning xalqaro hamjamiyatda teng huquqli sub'yekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo'yicha muvozanatli tarzda muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazish, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish, yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimlarni kelishish" belgilangan [2].

Shundan kelib chiqib, xalqaro yo'nalishlarda yuk tashishni tashkil etish bo'yicha transport-terminal tizimi samaradorligini oshirish, transport xizmatlarini yo'lga qo'yishda zamonaviy etkazib berish texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy muammolarni tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida mamlakatimizda yuk tashishni tashkil qilishda transportterminal tizimining rivojlanish tamoyillari va transport logistikalarini diversifikatsiya qilishga o'rganishga dialektik va tizimli yondashuv, kompleks baholash, guruhlash usullaridan foydalanildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mahalliy olimlarning fikricha "Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va tranzit yuk tashuvlarini ko'paytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro integratsiya jarayonlarini faollashtirish, xususan, mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda mamlakatning transport-tranzit salohiyati muhim o'rin tutadi. Multimodal tashish-bir obyektni yagona shartnoma asosida kamida ikki transport turi bilan tashishlardir. Mazkur nostandart yondoshuv tashishni amalga oshiruvchi multimodal transport operatori (MTO) vazifasini bajaradi va transport vositalari soni va turidan qat'iy nazar barcha tashishlar uchun javobgardir

[3].

Bu fikrni davom ettirgan V.Yarashovaning ta'kidlashicha "Islohotlarning hozirgi bosqichida butun logistika zanjiri bo'ylab yuk tashish jarayonini to'g'ri tashkil etish uchun xizmatlar turini kengaytirishga qaratilgan barqaror talab shakllanmoqda, ya'ni "eshikdan-eshikkacha" tashish jaryoni bilan birga bojxona ishlovi, yuklarni sug'urtalash, saralash, qadoqlash, saqlash qo'riqlash va boshqa shu kabi logistik operatsiyalar bajarilmoqda, savdo -sotiq va yuk tashish tizimini logistik xizmati bilan ta'minlashni yangi elementlari paydo bo'lmoqda" [4].

MDH tadqiqotchilaridan M.Braun "Marshrut oldindan rejalashtirilgan, yukni jo'natish joyi va kelish punkti o'rtasida transport birliklarini etkazish tizimi bilan

jihozlangan" moddiy-texnik ta'minot transport oqimlari harakatlanishiga qaratilgan vazifalarni bajaradi. Bu munosabat orqali korxonaning logistika oqimlari, bog'lanish zanjiri bir yoki bir nechta davlat chegaralarini kesib o'tuvchi yuk tashuvlarini amalga oshiradi" deb ta'riflaydi [5]. Boshqa olimlarning fikricha xalqaro yo'nalishlarda yuk tashish "...progressiv, yuqori samarali usul bo'lib etkazib berish vaqtini, masofani va narxini kamaytirish, shuningdek, barqaror zanjirni ta'minlash, minimall yo'qotishlar bilan mamlakat, korxona, boshqa davlatdagi xaridorga bir yoki bir nechta davlat chegaralari orqali etkazib berishni ifodalovchi tegishli harakat hisoblanadi" [6].

Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari xalqaro transport-terminal tizimining rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligini o'zgarishiga olib kelmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, "Jahon transport xizmatlarining YAIM tarkibidagi miqdori 4,3 trln. AQSh dollari (6,9 %)ni tashkil etib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo'lovchilar tashilmoqda, transport infratuzilmasida band bo'lgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etmoqda" [7].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda logistika muammolari avjiga chiqqan bir davrda respublikamizda eksport qilish bilan shug'ullanuvchi obyektlar har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda, zero mazkur chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda etishtirilgan mahsulotlarning 30 dan ziyod turlari yangi bozorlarga kirib bordi. SHuningdek, Jahon Savdo Tashkilotiga kirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar ham tizimli tashkil qilinib, bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a'zo hisoblanadi. Mazkur tashkilotga a'zo bo'lishdan iqtisodiy manfaat eng avvalo o'zaro mahsulot ayriboshlash, aholining turmush darajasi farovonligiga erishish, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mag'sulotlar tannarxini tushirishga erishiladi. Mamlakatimizda butun dunyodagi yuk tashish xarajatlarining oshib borishini hisobga olgan holda, o'tgan yilda eksportyorlarga bu xarajatlarni qisman qoplash uchun bjdjetdan 170 mlrd. so'mdan ortiq kompensatsiyalar ajaritildi. Bundan tashqari Evropa mamlakatlariga tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga transport xarajatlari uchun subsidiyalar salmog'i 50 foizdan 70 foizgacha oshirildi.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ko'rsatib berganidek "Transport

sohasini rivojlantirish iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim zamin. Transportda yuk tashish tannarxi past bo'lsa, ham eksport, ham investitsiya

ko'payadi" [8]. Bu esa yuk tashishni tashkil qilishda transport-terminal tizimining

ahamiyatini yanada oshirish, xalqaro multimodal va intermodal tashuvlarining rivojlanishi uchun yangi infratuzilmalar obyektlarini barpo etishni, ya'ni tashish terminallarini shakllantirishni taqozo etadi. Halkaro miqyosida ushbu multimodal

tashish terminallari logistik markazlarga aylanib, halqaro tashuv va logistikaning barcha funksiyalarini o'zlariga qamrab oladi.

Zamonaviy sharoitlarda mamlakatmizda 520 tadan ortiq milliy transport kompaniyalari avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirib, respublikamizning eksport mahsulotlarini jahon bozoriga etkazib berishda o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Mazkur transport kompaniyalarning tarkibida 6000 taga yaqin katta hajmli avtotransport vositalari mavjud.

Bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqib, respublikamiz transport tizimidan samarali foydalanish, multimodal va intermodal tashuvlarining rivojlanishi, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishni, ya'ni tashish terminallarini shakllantirishni talab etadi.[10] Xalqaro miqyosda ushbu multimodal tashish terminallarining kengayishi natijasida logistik markazlarga aylanishi, shu bilan birgalikda xalqaro tashuv va logistik jarayonlarini o'ziga qamrab olishiga asos bo'ldi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, transport kompaniyalari, yuklarni jo'natuvchilar va qabul qiluvchilar transport xizmatlari sifatini (yuklarni jo'natish jadvallariga rioya qilish, qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish, er sharining istalgan nuqtasiga yuklarni etkazish) oshirish, xalqaro yuklarni tashishda transport-logistika tizimini takomillashtirish hamda transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi ilmiy texnikaviy, ijtimoiy va infratuzilma bilan bog'liq omillarga alohida e'tibor berishi zarur, bunda xalqaro yo'nalishlarda yuk tashish tizimining tuzilishi yuk tashish xizmati bo'yicha o'zaro iqtisodiy-tashkiliy vositalarni bog'laydi (1-rasm).

Xalqaro yo'nalishlarda yuk tashish tizimining tuzilishi

Yuk tashish xizmati bo'yicha transport oqimlarini

Transport turi va xizmat darajasini tanlash

Moliyaviy-iqtisodiy baholash va xizmat ko'rsatish darajasi

Tanlangan Materialllar oqimi

marshrut logistikasini

bo'yicha muvofi qlashtirish,

hamkorlik vositachilar,

ishlari integratsiya

Xizmat ko'rsatish tizimi, bitimlar, natijalar va ishning sifatli yakunlanishi

1-rasm. Xalqaro yo'nalishlarda yuk tashish tizimining tuzilishi1

Mamlakatimizda tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati doirasida zamonaviy transport tizimining yaratilishi tashkiliy-iqtisodiy,

1Muallif ishlanmasi.

texnik-texnologik, huquqiy-me'yoriy tadbirlarning keng aholi va ishbilarmonlar doirasi tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga ham bog'liqdir.

Transport siyosatining strategik maqsadi mamlakat, fuqarolar, yuk tashish va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish ehtiyojlarini to'la qondirish, mamlakatimiz moddiy resurslaridan samarali foydalangan holda transport faoliyatini tashkil etishga qaratilgandir, shu o'rinda yuk tashishni tashkil qilishda transport-terminal tizimining rivojlanish tamoyillari quyidagi rasmda umumlashtirilgan (1-jadval).

1-jadval

Yuk tashishni tashkil qilishda transport-terminal tizimining rivojlanish

tamoyillari2

Tamoyillar Tamoyillarni amalga oshirish yo'nalishlari

1.Yuklarni tashishni boshqarishning transportterminal tizimini kengaytirish, takomillashtirish va uni baholashning ilmiy uslubiy asoslarini yaratish - Yuk tashishni rivojlantirishning zamonaviy jihatlarini hisobga olish va nazorat qilish. - Yuklarni sug'urtalash, saralash, qadoqlash, saqlash, qo'riqlash va logistik operatsiyalarning bajarilishida tashish xizmatlarining qat'iy qoidalariga rioya qilish. - Xalqaro tashishlarda transport faoliyatini optimalashtirish, transport bozori faoliyatini baholash. - Logistik tizim sharoitlarida avtotransportda yuklarni tashishning optimal hajmini aniqlash.

2. Yuk tashishni tashkil qilishda transport-terminal tizimi xizmatlari samaradorligini oshirish - Yuk tashishda minimal xarjatlar bilan maksimal sinergetik samaradorlikka erishish. - Xizmat ko'rsatish inshonchliligini oshirish uchun sifat darajasi va zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish. - Transport-logistik xizmatlar ko'rsatuvchi quvvatlarni rivojlantirish va optimal joylashtirish. - Yuk tashish xizmatida raqobat muhitini shakllantirish va unga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy vositalarni rivojlantirish. - Hududlarda terminallarning mehmonxonalar, ovqatlanish punktlari, avtotransport uchun turish maydonlari, harakatlanuvchi qism va konteynerlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash zonalari bilan jihozlanishi hisobiga qo'shimcha xarajatlarni kamaytirish.

3.Transport-terminal tizimida xizmatlar ko'rsatuvchi quvvatlarni rivojlantirish - Yuk tashishda transport egalari va xizmat ko'rsatiladigan mijozlar iqtisodiy manfaatlarining tengligiga erishish. - Yangi ish joylarini tashkil etish va investitsiyalarini jalb etish hisobiga trasnport sohalarida ish bilan bandlikni oshirish. - Shartnoma munosabatlari bo'yicha transport vositalarining egalari bilan xizmat ko'rsatiladigan mijozlar hamkorligining teng huquqliligiga erishish.

2Muallif ishlanmasi.

- Transportdan foydalanishning maksimal darajada qulayligi, keng doirada xizmatlar ko'rsatish, mijozlarni ularga xos bo'lmagan funksiyalardan ozod qilish.

- Transport-terminal xizmatlarning ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga yuk tashish xizmat ko'rsatishi

_ sifatini jahon standartlari darajasiga yaqinlashtirish._

Xalqaro yo'nalishlarda yuk tashish xizmatlarini tashkil etishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

- material, axborot va boshqa kerakli oqimlarni integrallashgan kompleks tizimlarini tanlash;

- ishlab chiqarish va muomala sohalarida logistik imkoniyatlardan foydalanishni nazoratga olish, ularni rejalashtirish va strategik muvofiqlashtirish;

- bozor muhitini hisobga olgan holda tanlab olingan strategiya doirasida logistik konvensiyani doimiy mukammallashtirish;

- transport-logistika jarayonlari texnologiyasini sifatli ta'minlay oladigan malakali kadrlar bilan ta'minlash;

- xalqaro yo'nalishlarda xizmat ko'rsatuvchi transport korxonalarining raqobatdoshligini oshirish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni qo'llash;

- transport - terminal xizmatlari ko'rsatish operatorlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

- sohada innovatsion muhitni yaratish orqali milliy operatorlarning axborot texnologiyalari va vositalari bilan ta'minoti va boshqaruvda ulardan keng foydalanishni ta'minlash;

- transport-terminal tizim ishtirokchilarining xalqaro iqtisodiy aloqalarini oqilona tashkil etish va boshqalar.

Tadqiqot davomida tashish transport-terminallaridan foydalanishda rivojlangan xorijiy davlatlardan Germaniya, AQSh, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarning tajribalari o'rganildi. Mazkur davlatlarda transport tizimini rivojlantirish, tashish transport-terminallaridan foydalanishning bir nechta zamonaviy intellektual transport tizimlari amaliyotga tadbiq etiladi:

1. Yevropa Assotsiatsiyasi qatnashchilari - ERTICO- xalqaro bozorlarga chiqishda iste'molchilar, infratuzilmaning rivojlanishi va xalqaro bozorlarning rivojlanishidan manfaatdor etakchi kompaniyalar ishlab chiqaruvchilar va jamoat tashkilotlari birlashmasi.

2. Evropa Ittifoqi davlatlarini birlashtiruvchi tizim - E-Call - yo'l transport hodisasida favqulodda paydo bo'ladigan voqea-hodisalar haqida xabar beruvchi tugma bilan majburiy ravishda jihozlanish hisoblanadi.

3. Xalqaro miqyosda tashish jarayoni bo'yicha ma'lumotlar banki - ADASIS - haydovchilar uchun yo'ldagi vaziyatdan o'z vaqtida xabardor qilishning navigatsiya yordamida aniq kortografik ma'lumotlar tizimi.

4. Haydovchilr uchun avtomobil harakatlanishidagi murakkabliklardan xabardor qiluvchi vosita - AIDE - transport vositasining turli harakatlanishi vaqtidagi xavft-xatar xaqida o'z vaqtida xabardor qilish.

Hozirgi kunda respublikamizda transport-logistika xizmatlarini tashkil etishda, uning geografik joylashuvi va salohiyati, undan foydalanish hamda maxsus erkin iqtisodiy zonalarning transport hamjihatligini ta'minlash bo'yicha strategiyasiga ega bo'lishi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Transport -logistika xizmatlarini tashkil etish strategiyasiga avvalambor, transport salohiyatidan foydalanish darajasi va yangi markazlarni yanada ko'paytirish maqsadga muvofiq. Yuk tashishni rivojlantirishning zamonaviy jihatlarini hisobga olib Transport-logistik xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish va bozorni to'yintirish, infratuzilmani yaxshilash va samarali tashishni tashkil etish bilan bog'liq masalalar strategiyada taklif etilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini yanada rivojlantirishda transport-logistik markazlarining tashkil etilishi, ayni paytda barcha muammolarni echimini topilishi kerak bo'lgan katta tizimdir va bu boradagi ustuvor vazifalarga alohida e'tibor qaratish lozim. [9]

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xalqaro yuk tashishda transport-terminal xizmatlarining tashkil etilishi milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, aynan transport-logistik infratuzilma masalalari bilan bog'liq ekanligini e'tirof etish zarur. Bizning fikrimizcha zamonaviy transport-logistik markazlarda barpo etilayotgan eksport-import yuklarni tashuvchi transport majmualar, omborlar va oziq-ovqat mahsulotlarini sovutkichlarda saqlovchi terminallarning tashkil etilishi, birinchi navbatda, eksportga yo'naltirilgan korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirishga, ikkinchidan, kichik biznes sub'ektlari sonini ortishi va shu bilan birgalikda iqtisodiyotimizni barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

Milliy iqtisodiyotimizdagi tub tarkibiy o'zgarishlar, yangi savdo-sotiq tizimining shakllanishi va tadbirkorlik sub'ektlarining rivojlanishi natijasida yaqin qo'shni va uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning integrallashuvida shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda yuklarni tashishda iste'molchilar talabi yildan-yilga ortib bormoqda. Binobarin, zamonaviy transport vositalari bilan xizmat ko'rsatuvchi mahalliy yirik transport korxonalari salohiyatidan foydalanish hamda transport-terminal xizmatlarning ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga yuk tashish xizmat ko'rsatishi sifatini jahon standartlari darajasiga yaqinlashtirish imkoniyati kengayadi [9].

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. https://cyberleninka.ru/article/n7mirovoy-rynok-obrazovatelnyh-uslug-vysshey-shkoly;http: //www. m-economy.ru/art. php?nArtId=3649

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

3. Qo'ziev A.O'. Hududda istiqboldagi oqimlarni o'zlashtirishda logistik tamoyillarni qo'llash Transport-logistika: muammo va echimlar" Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari to'plami.-Termiz: "TerDU NMM" nashriyoti, 2021. 15 b.

4. Yarashova V.K., O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishining makroiqtisodiy jihatlari. I.f.d.diss. avtoreferati. Toshkent. 2022.- 21 B.

5. Braun M. Sbalansirovannaya sistema pokazateley: na marshrute vnedreniya: uchebnik. M., Al'pina Biznes Buks, 2015, -226 s. https: //data. worldbank. org/indicator/is. air. good.mt.kl

6. Prezident SHavkat Mirziyoyev Xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo'yicha taqdimoti. https://president.uz/uz/lists/view/5415.

7. Qosimov S.H. (2022). Yuklarni tashishni tashkil etish asosida hududlarda terminal texnologiyasini qo'llash logistik tizimini shakllantirish. экономика и сосиум, (12-1 (103)), sayt: http://www.iupr.ru 214-217.

8. Nosirova J. (2016) O'zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va istiqbollari. "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. TDIU. № 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz -2 B.

9. Butayev Sh.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo'ziyev A. O'. "Logistika" (Etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish), Monografiya,Toshkent, "EXTREMUM-PRESS" nashriyoti, 2012-580b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.