Научная статья на тему 'MILLIY MADANIYATLAR VA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI HAMDA TARAQQIYOTIDA TURKIY DAVLAT XALQLARINING ETNOPEDAGOGIK HAMKORLIGI'

MILLIY MADANIYATLAR VA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI HAMDA TARAQQIYOTIDA TURKIY DAVLAT XALQLARINING ETNOPEDAGOGIK HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
26
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi O‘zbekiston / demokratik qadriyatlar / gender tenglik / xotin-qizlar / ijtimoiy hayot / ayollar huquqi / ayollarni himoya qilish

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Egamberdiyeva Turg‘unoy Ahmadjonovna

Maqolada yangi O‘zbekistonning yuksalish davrida gender tenglikni ta’minlash kafolatlari yaratilgani, bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va mamlakatimizning inson huquqlari sohasida ilg‘or qadam tashlashi, yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilganligi to‘g‘risida tahliliy ilmiy munosobat bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY MADANIYATLAR VA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI HAMDA TARAQQIYOTIDA TURKIY DAVLAT XALQLARINING ETNOPEDAGOGIK HAMKORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

MILLIY MADANIYATLAR VA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI HAMDA TARAQQIYOTIDA TURKIY DAVLAT XALQLARINING ETNOPEDAGOGIK

HAMKORLIGI Egamberdiyeva Turg'unoy Ahmadjonovna

pedagogika fanlari doktori, professor, FarDU Gender tengligi tadqiqotlar markazi rahbari, Turon

FA akademigi https://doi.org/10.5281/zenodo.11004146

"Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi.

U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bo'ladi."

(Sh.Mirziyoyev)

Annotatsiya. Maqolada yangi O'zbekistonning yuksalish davrida gender tenglikni ta'minlash kafolatlari yaratilgani, bu masala davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi va mamlakatimizning inson huquqlari sohasida ilg'or qadam tashlashi, yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e 'tibor qaratilganligi to'g'risida tahliliy ilmiy munosobat bildirilgan.

Kalit so'zlar: yangi O'zbekiston, demokratik qadriyatlar, gender tenglik, xotin-qizlar, ijtimoiy hayot, ayollar huquqi, ayollarni himoya qilish.

Аннотация. В статье созданы гарантии гендерного равенства в новом Узбекистане, этот вопрос поднялся на уровень государственной политики, и наша страна сделала прогрессивный шаг в области прав человека, повышая общественно-политическую активность женщин нашей страны, охраняя их здоровье, поддерживая их стремления и инициативы, обеспечивая их достойной работой, и считается, что особое внимание уделяется созданию условий жизни.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, демократические ценности, гендерное равенство, женщины, общественная жизнь, права женщин, защита женщин.

Milliy madaniyat, qadriyatlarni shakllanib, takomillashuvida turkiy davlatlar tarixi etnopedagogik mohiyatga egadir. 2023-yilning 3-noyabr kuni Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston, Qirg'iziston, Ozarboyjon, Qozog'iston va Turkiya davlat rahbarlari tomonidan 10 ta hujjat imzolandi: TDT o'ninchi sammiti deklaratsiyasi; "Ostona" akti; O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevni Turk dunyosining oliy ordeni bilan taqdirlash to'g'risidagi qaror; 6-fevralni TDT doirasida "Tabiiy ofat qurbonlarini xotirlash va birdamlik kuni" deb e'lon qilish to'g'risida"gi qaror; "Turk dunyosi moliya markazlari to'g'risida"gi qaror; Turkiy hamkorlik tashkilotlari bayroqlarini uyg'unlashtirish to'g'risidagi qaror; Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) TDT kuzatuvchi maqomini berish to'g'risidagi qaror; TDT bosh kotibi o'rinbosari va Turkiy xalqlar madaniyati va merosi jamg'armasi prezidentini tayinlash to'g'risidagi qaror; TDTga a'zo davlatlar tegishli muassasalarining metrologiya sohasidagi hamkorlik bayonnomasi; 2023-2027 yillarga mo'ljallangan TDT Transport dasturini amalga oshirish bo'yicha qo'shma harakatlar rejasi (yo'l xaritasi).

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy xalqlar sammitidagi nutqida a'zo mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash borasidagi konstruktiv

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

takliflar bilan birga, juda muhim va dolzarb tashabbusni, ya'ni Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o'rganish tadqiqot markazini tashkil etish g'oyasini ilgari surdi.

Darhaqiqat, Turkiy dunyo jahon tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan. Turkiy xalqlar o'rtasidagi yaqin aloqalar ularning boy tarix va umumiy madaniyatga ega ekanidan dalolat beradi. Qadimgi turkiy davlatlar - turk xoqonligi, g'aznaviylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar va temuriylar saltanatlari o'z davrining eng qudratli sulolalari bo'lgan. Turkiy xalqlar qadim zamonlardan buyon insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga salmoqli hissa qo'shgan. Biroq shuni ta'kidlash lozimki, turkiy xalqlarning haqiqiy tarixiy-madaniy merosi etnopedagogik hamkorligi hozirgi vaqtgacha to'liq o'rganilmagan.

Zero, hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Turkiya va Ozarbayjonda turkiy xalqlar tarixi va madaniyatini o'rganish bo'yicha bir qator tahliliy markazlar tashkil etilgan bo'lsa-da, biroq ular asosan bir-biridan alohida, ilmiy hamkorliksiz ishlaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga muvofiq turkiy xalqlarning qudratli sivilizatsiya merosini o'rganish bo'yicha yagona ilmiy markaz tashkil etilsa, turkiy dunyo tarixi, qadimgi asrlardan to hozirgi kungacha bo'lgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va targ'ib qilish, til, yozma va og'zaki madaniyatni o'rganish, noyob manbalar asosida olib borish va turkiy davlatlarning jahon makonidagi o'rnini aniqlashga salmoqli hissa qo'shiladi.

Dunyodagi hamma xalqlarning etnik tarkibini aniqlash qiyin, chunki bu xalqning shakllanishida bir necha etnoslar ishtirok etgan. Faqat minglab etnoslar bor, deb ayta olamiz. Ammo insonlarni yagona etnosga nima birlashtiradi? Boshqacha aytganda, bir xalqni tashkil qilgan odamlarning umumiy xususiyati nimalardan iborat bo'lish kerak? Aksariyat olimlar umumiy xususiyatlar sifatida umumiy til, umumiy hudud, xo'jalik hayotining va madaniyatning birligi, umumiy milliy fe'l-atvorni ko'rsatadilar.

Tarixga nazar tashlasak, umumiy til ma'lum bir etnosning madaniy hayotida muhim rol o'ynaganiga guvoh bo'lamiz. Masalan, qadimgi Turonzaminning tub etnosidan biri so'g'dlarning tili, hayoti, turmush tarzi, xo'jalik hayoti to'g'risida ma'lumotlarga egamiz. Ular o'troq hayot kechirganlar va o'zlarining tili hamda yozuvidan istifoda etganlar. So'g'd savdogarlaridan bir qanchasi savdo aloqalari munosabati bilan IX asrda Baykal bo'yi atroflarida o'rnashib, muqim yashab qolganlar. Baykal bo'yi atroflaridagi so'g'dlar qadimiy Turonzamin tuprog'idagi so'g'dlarning hayot tarzini, hunarmandchiligini olib borib, davom ettirganlar. Eng muhimi, so'g'd yozuvi va tili o'sha Baykal atroflarida ham davom etgan.

Ammo bugungi kundagi millatlararo yoki xalqaro til bilan qadimiy til madaniyatini bir xil hodisa sifatida qaramaslik kerak. Masalan, hozirda Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Kanada, Afrika qit'asidagi ko'p davlatlarda turli etnik guruhga mansub odamlar ingliz tilida gaplashadilar. Shunga ko'ra, bu mamlakatlardagi xalqni bir millat yoki bir etnos deb aytish mumkinmi? Albatta, yo'q. Tilning bugungi kundagi ijtimoiy vazifasi bilan ilk davrdagi faqat ma'lum etnik guruhlar doirasida qo'llanishini nazarda tutish kerak. Etnik guruhlar tilni tashuvchilar bo'lib, ularning tili o'zlari uchun madaniy hodisadir. Boshqa etnik guruhlarda ma'lum bir tilning qo'llanishi ham (masalan, ingliz, rus va boshqa tillarning) madaniy taraqqiyotidagi o'zgarishlar sifatida baholanadi. Xullas, har ikki holatda ham til millat va xalqning asosiy yetakchi belgisidir.

Insoniyat ibtidoiy yashash tarzidan sivilizatsiyaga borgani sari, bir etnik guruhning tili keng miqiyosda qo'llana boradi. Albatta, bu tilning yoyilish sabablari ko'p (bosqinchilik, texnika taraqqiyotida va madaniy rivojlanishda ustunlik va b.).

Xalq - etnik umumiylikning bosh shaklidir. Bu umumiylik ichida etnik guruhlar til xususiyatlariga, kiyimlari, yashash joyi, oila xususiyatlariga ko'ra ajralib turadi. Ma'lum

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

hududlardagi keskin dialektal farqlar (masalan, O'zbekiston hududidagi shevalarning o'zaro va O'zbekistondagi shevalarga nisbatan Afg'oniston o'zbeklari shevasining keskin farqlanishi) bunga bir dalildir. Ammo dialektlardagi farqlar Afg'oniston o'zbeklari bilan O'zbekiston hududidagi tub aholi o'rtasidagi etnik birlik to'g'risida shubha uyg'otmaydi.

Umuman olganda, tilning boshqa etnoslarda yoyilishi ham yuksak madaniy hodisadir. Etnos umumiy til va madaniyatni shakllantiradi. Yana bir belgi - odam o'zining qaysi bir etnik guruhga mansubligini anglashi ham madaniy taraqqiyotning muhim belgilaridin biridir. Bunday holda til va hudud emas, balki insonlar qayerda va qaysi tilda gaplashuvlaridan qat'iy nazar, o'zlarining kelib chiqishini anglashi muhimdir. Masalan, lo'lilar, qayerda yashamasinlar, o'zlarining an'anlariga sodiq qolganlar va shunday bo'lib qoladi. Ularning kiyinishlari, udumlari va urf-odatlari, kasb-kori hamma mamlakatlarda deyarli bir xildir.

Turkiy xalqlar tirixida etnik guruhlarning o'zini o'zi anglashi xalqning alohida diqqat markazida turgan. Ayniqsa, O'rta Osiyo, Eron hududlarini Chingizxon istilo qilgandan keyin turkiy qavmlar etnik jihatdan o'zlarini anglashga alohida e'tibor qaratdi. Eronda hukmronlik qilgan mo'g'ul xonlari huzurida uzoq yillar bosh tabib vazifasida faoliyat ko'rsatgan Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning "Jome' ut -tavorix" asari bor. Asar XIV asr boshlarida yozilgan bo'lib, uch jilddan iborat. Rashididdinga zamondosh bo'lib, uning qo'l ostida xizmat qilgan odamlarning guvohlik berishlaricha, Rashididdin uch yil davomida Xitoydan kelgan Po'lod Chjen-Sin degan muarrihdan turkiy qavmlar tarixi bo'yicha saboq olgan. So'ngra Rashididdin turkiy qavmlar tarixiga oid boshqa manbalarni izchil o'rgangan va "Jome' ut-tavorix" asarini yozishga kirishgan. Rashididdin turkiy qavmlarning hammasi O'g'uzdan tarqalgani, o'z navbatida turkiy qavmlardan suldus, nayman, chinoz, boyovut kabi qator mo'g'ul qavmlari ajralib chiqqani to'g'risidagi qarashlarni nazariy jihatdan asoslab berdi. Shuning uchun ham keyingi asrlarda "turk-mo'g'ul" degan termin paydo bo'ldi.

Turkiy qavmlar tarixida ma'lum shaxslar emas, balki qavmlar madaniyatni bir avloddan ikkinchisiga olib o'tdilar. Ayni shu xususiyat turkiy qavmlarning hayot tarzida, urf-odatlarida an'anaviylikka sabab bo'ldi. Masalan, miloddan oldingi IV-III asrlarda turkiy qavmlar ajdodlari qasamyod qilishda, boshqa davlatlar bilan sulh tuzishda o'zlarining azaliy odatlaridan foydalandilar. Bu odatga ko'ra, ular sharobni oq otning qoniga aralashtirib ichganlar. Bu odatni buzganlarning taqdiri fojia bilan tugagan.

Ya'ni, etnos bilan hudud o'rtasida zich aloqa bor. Madaniy xususiyat - odatlar, an'analar, turmush to'g'risida ham shu gapni aytish mumkin. Ma'lum hududda uzoq zamon yashagan etnosning an'anasi muqim bir holatga keladi. Nafaqat tilda, balki hayot tarzida, xo'jalik yuritishda, muloqotda boshqa etnoslardan, jumladan, ko'chmanchi etnoslardan tamomila farq qiladi. Bunday hodisa etnos bilan madaniy xususiyatlar o'rtasidagi o'ziga xosliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bir hududda yashovchi etnosning madaniy xususiyatlari boshqasiga singishi qiyin kechadi. Bu hodisa sivilizatsiya rivojlangan davrda oson kechadi. Masalan, bir hududda yashavochi yevropaliklar bilan Sharq xalqlari hayotida shuni kuzatish mumkin.

Etnos ma'naviy jihatdan o'zini xalqi bilan bir deb hisoblashi hududiy va til belgilariga qaraganda muhimroq. Bunday holatda til va hududiy birlik to'g'risida emas, balki qon-qardoshlik va ruhiy, ma'naviy jihatdan birlik to'g'risida gapirish o'rinli. Masalan, o'tgan asrning o'rtalarida Fransiya yoki Amerikaga borib yashab qolgan ruslar bor. Ularning avlodlari ona tilini unutgan, ammo qon-qardoshligi va ma'naviy jihatdan o'zlarini ruslarmiz, deb hisoblaydilar. Shu jihatdan olib qaralsa, turkiy va mo'g'ul qavmlari tarixiy aloqalaridagi uzilish etnik jarayonda ham uzoqlashishlarga sabab bo'ldi. Chunki bu qavmlarda differensiatsiya jarayoni keyingi 600-700 yil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

davomida kuchli kechdi. Shuning uchun ham turkiy va mo'g'ul etnoslari ma'naviy jihatdan birlikni tasavvur qilishlari amri mahol. Faqat tarixiy asarlar, tilning qadimiy holati bu ikki qavmning etnik birligi to'g'risida ma'lumot bera oladi.

Etnosning hayotida ma'lum bir diniy oqimning o'rni ham muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, islomiyatdan oldin turkiy qavmlar shomonlikka e'tiqod qilganlar, ya'ni shomonlik turkiy etnosning azaliy belgilaridan biridir. Shomonlik e'tiqodiga ko'ra, turkiy qavmlar Tangrini - osmonni ilohiylashtirganlar, Umayni onalar va bolalarni himoya qiluvchi xudo sifatida e'tirof etganlar, muqaddas yer-suv ruhiga sajda qilib, ulardan madad tilaganlar. Hindistondan kirib kelgan buddaviylik Turk xoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) ildiz ota olmadi, chunki turkiy qavmlarning harbiy harakatlariga buddaviylik aqidalari halaqit berishi tabiiy edi. Faqat Uyg'ur xoqonligi davrida (VIII asrning o'rtasi-IX asrning yarmi) buddaviylik, moniylik oqimi bilan birga, turkiy qavmlar madaniy hayotiga kirib keldi, chunki madaniy muhit, ijtimoiy hayot o'zgardi, turkiy qavmlar an'analarida, dunyoqarashida o'zgarishlar paydo bo'ldi. Ammo til, ma'naviy-ruhiy omillar saqlanib qoldi. Zotan, turkiy etnosning tarixiy taqdirida ma'naviy omillar, vorisiylik, madaniyat va an'ana, o'zini o'zi anglash kabi omillar har doim muhim o'rin egallab kelgan edi.

Ma'lum etnosning hayotini ba'zi omillar tamomila o'zgartirib yuborishi mumkin. Shu o'rinda turkiy etnos hayotidagi yana bir hodisaga e'tibor beraylik-da, keyin bir xulosaga kelaylik.

Migratsiya yoki tarixiy vatanlaridan ko'chish etnosning qon-qardoshlik aloqalariga, tilga, hududiy birlikka, avlodlar orasidagi vorisiylikka, umumiy madaniyat va an'analarga barham berishi mumkin ekan. Buni bolgar xalqining tarixiy taqdiri misolida ko'rish mumkin. Bugungi kunda Bolgariya hududidagi bir necha million xalq o'zlarini bolgarlar deb ataydi. Bir necha asrlar oldin ular bulg'orlar deb nomlangan bo'lib, turkiy qavmlardan hisoblanardi. Bu qavm Azov dengizi bo'ylarida ko'chmanchi hayot kechirgan. VIII asrda boshqa bir turkiy qavm - xazarlar ularni siqib chiqardi. Ko'chmanchi bulg'orlar o'rdasi parchalanib ketdi va ularning bir urug'i Dunay daryosidan o'tib, hozirgi Bolgariyaga o'rnashdi. Bu yerda slavyan qabilalari yashardilar, ular ham VI asrda bu yerga kelgan edilar. Turkiy bulg'orlar slavyan qavmini bo'ysundirib, slavyan-turk davlatini barpo qildilar. Hokimiyat tepasiga Asparux xon bo'lib keldi. Ikki etnik guruhning bir biriga ta'siri natijasida turkiy bulg'orlar slavyan tilini o'zlashtirdilar. Endi slavyan guruhiga mansub bo'lgan bolgar tili shakllana boshladi. Bu til hozirgi bolgar tiliga asos bo'ldi. Shu tariqa, turkiy etnos slavyan etnosiga aylanib ketdi. Faqat turkiy etnosdan bolgar degan nom qoldi, xolos.

Ko'chmanchi bulg'orlarning bir tarmog'i esa Itil (Volga) va Kama daryosi orasiga joylashdilar. Buning natijasida yana bir Bulg'oriya davlati paydo bo'ldi (Bu davlat hozirgi Tatariston hududiga to'g'ri keladi). Ko'chmanchi bulg'orlar bu yerda o'troqlashgan mahalliy fin-ugor qabilalari bilan qorishib ketdilar va ular ham o'troq hayot kechira boshladilar. Ko'chmanchi bulg'orlar hozirgi tatar, chuvash, boshqird va Itil daryosi bo'yidagi boshqa xalqlarning shakllanishida muhim rol o'ynadilar. X-XIV asrlarda ular O'rta va Quyi Itil bo'ylarida kuchli davlat barpo qildilar. Ular Arab xalifaligi, Vizantiya, Sharqiy slavyanlar bilan savdo aloqalari o'rnatgan edilar. Bulg'oriya hatto Kiyev Rusiga bas kela oladigan davlat edi. X asrda yosh Bulg'or davlati qudratli Xazar xonligiga qarshi bo'lib qolgan edi. Bulg'or shohi Olmos o'z mavqeyini tiklab olish maqsadida Arab xalifaligidan yordam so'radi. Buning natijasida Bulg'oriya islomni qabul qildi. Turkiy-run yozuvi o'rniga arab yozuvi kirib keldi, madrasalar ochildi. Xullas, bir etnosning ikki tarmog'i taqdiri tamomila o'zgarishga uchradi.

Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan bir-biriga yaqin bo'lgan, balki shaklan va mazmunan o'zaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs muayyan madaniy muhitda yashaydi va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

faoliyat ko'rsatadi. Qolaversa, madaniyatning paydo bo'lishi va rivoji shaxsga bog'liq. Ayni paytda shaxsning kamoloti madaniyatni va unga oid tushunchalarni o'ziga qanchalik singdirishi va buning natijasida munosib avlod bo'lib shakllanishiga bog'liq.

Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy "Baxt-saodatga erishuv haqida" risolasida inson kamolotida jamoaning roli katta ekanligini ta'kidlab shunday deydi: "Kamolotga bir kishining o'zi yolg'iz (birovning yoki ko'pchilikning yordamisiz) erishuvi mumkin emas. Har bir insonning tug'ma tabiatida va unga lozim bo'lgan har qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson yoki ko'pchilik bilan munosabatda bo'lish, o'zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odamzod jinsidan bo'lgan har qanday insonning ahvoli shu: u har qanday kamolotga erishuvida boshqalarning ko'maklashuvlariga va ular bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir". Uning fikricha, inson o'z-o'zidan baxtli bo'lolmaydi, kamolotga ham erisholmaydi. "Bu narsa uning harakatlariga, mehnatiga, kasb-hunar egallashiga, bilimiga va fozil jamiyatda yashashiga bog'liq".

Yakka shaxs ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb qilinganligigagina emas, balki uning tabiiy imkoniyatlariga, harakatiga, hissiyotiga, aql-idroki muhim ijtimoiy mazmun bilan to'ldirilganligiga va madaniy shakl kasb etganligiga qarab shaxs sifatida qaror topadi. Bu, albatta, etnopedagogika hamkorligida amalga oshadi.

Madaniyat kishilarga tana a'zolari orqali, tug'ma his-tuyg'u yoki tug'ma iste'dod kabi tabiatan berilmaydi. Har bir shaxs o'zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak-atrofdagi kishilarning, jamiyatning va o'tgan ajdodlarning to'plagan tajribalarini o'zlashtiradi. Yakka shaxs ijtimoiy amaliyot mahsuli bo'lgan madaniyatni o'zlashtirish bilan birga, unga ta'sir ham etadi. Shaxsning shakllanishi jarayonida moddiy va ma'naviy madaniyatni boyitadi. Shuningdek, inson madaniyat normalariga amal qilgan holda, nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy "tabiati" ni ham o'zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, "ikkinchi tabiati" ga aylanadi.

Shaxsning madaniyat bilan o'zaro munosabati hech qachon mukammal va uyg'un bo'la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot bilan umumiy madaniy tushunchalar bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Ammo madaniyat doimo inson hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'ladi, madaniyat shaxssiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida shaxs o'z rivojlanish qonunlariga ega bo'lib, borliqqa nisbatan mustaqildir. U madaniyatni o'zida mujassamlashtirgan aniq bir ijtimoiy guruhlarning ma'naviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadriyatlarning eng yirik zaxirasi, tajribalar xazinasi bo'lib tarixda qolaveradi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va ayni paytda unga o'z hissalarini qo'shib boyitib boradilar.

Shaxs va madaniyat o'rtasidagi munosabat, yuqorida aytib o'tganimizdek, murakkab jarayon hisoblanadi. Shaxsning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga imkon yaratuvchi ruhiy va ma'naviy dunyoqarashi ijobiy va salbiy munosabatlari yig'indisidan tashkil topadi. Insonga ishchanlik, fidoiylik, matonat, o'tkir zehn kabi ijobiy fazilatlar bilan birga kaltafahmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, inson manfaatlarini to'g'ri tushuna olmaslik, haqiqiy qadriyatlarni soxtasidan ajrata bilmaslik illatlari ham xosdir. Shuning uchun madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlash, balki unga tanqidiy munosabatda bo'lish ham talab etiladi.

Yuqorida qayd etilgan sabablar ta'sirida muayyan ishlab chiqarish usuli hukmronligi sharoitidagi tarixan tarkib topgan ijtimoiy va madaniy muhitda jamiyat bilan shaxs o'rtasida nisbatan o'zgaruvchan muvozanat bo'ladi. Bu muvozanatni hosil bo'lishida ijtimoiy pedagogikaning ishtiroki o'z mohiyatiga ega.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Xullas, shaxs bilan madaniyatning o'zaro munosabatlari quyidagi sohalarda namoyon bo'ladi:

- birinchidan, shaxs muayyan madaniy muhitda shakllanadi va o'sha madaniyatni o'zlashtirib tarbiyalanadi;

- ikkinchidan, madaniy qadriyatlarning egasi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy muhitda ijtimoiy faoliyat ko'rsatadi;

- uchinchidan, madaniy ijodiyot subyekti sifatida madaniyatni rivojlantirishga etnopedagogik xizmat qiladi.

Demak, Turkiy davlatlar xalqlari doimo milliy tarixiy madaniyatlarni saqlab, etnopedagogik hamkorlikni takomillashtirishda ijtimoiy faol ishtirok etishlari muhim ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2020.

3. Topildiyev V.R. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida gender tengligi: nazariya va amaliyot// Oilaviy-huquqiy munosabatlarda gender tengligi [Matn]: konferensiya materiallari to'plami. - Toshkent: Mahalla va Oila nashriyoti, 2021.

4. https://uza.uz/uz/posts/O'zbekistonda gender tenglikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinmoqda_490640

5. https://yuz.uz/news/ Yangilanayotgan O'zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.