Research BIB / Index Copernicus
MILLIY MA'NAVIYATIMIZNI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQANING
O'RNI
Salohiddin Azizboyev
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti professori
Maqolada milliy ma'naviyatni shakllantirish jarayonlari, unda musiqa va san 'atning o 'rni, ularning yoshlar ongu-shuuriga, ma 'naviy qiyofasi va madaniy saviyasi rivojlanishiga ta'siri, bu borada O'zbekistonda madaniyat va san'atni rivojlantirish borasida olib borilayotgan siyosatning mazmun-mohiyati tadqiq qilingan va ochib berilgan.
Kalit so 'zlar: tarixiy jarayonlar, ma 'naviyat, ma 'rifat, jamiyat, davlat siyosati, madaniyat, madaniy islohotlar, musiqa, sa 'at, tafakkur, madaniy evrilishlar
В статье анализированы и раскрыты процессы формирования национальной духовности, место музыки и искусства в этих же процессах, роль и влияние музыкального искусства в развитии сознания и духовного облика и культурного мровоззрения молодежи, суть и содержание государственной политики Узбекистана в развитии культуры и искусства.
Ключивые слова: исторические процессы, духовность, просвещение, общество, государственная политика, культура, реформы в области культуры, музыка, искусства, мировоззрение, культурные эволюция
O'zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o'zining qadimiy ilm-fani, adabiyoti, san'ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo'shgan buyuk millat ekanligi butun jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etiladi, tan olinadi. Darhaqiqat, jamiyatimizda madaniyatni, ma'rifatni, san'atni rivojlantirish, yosh avlod tarbiyasida uning rolini, o'rni va ahamiyatini yuksaltirish ularning ongu-ruhi rivojlanishiga, takomillashuviga, komil inson bo'lib voyaga yetishiga zamin bo'ladi. Joriy yil O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ikkinchi bor o'tkazilgan Xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilishidagi nutqida "Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimizning ramzi bo'lgan maqom san'ati teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallaydi. Maqom san'ati uchun asosiy mavzu - eng avvalo, shaxs, uning erki
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
va qadri, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va umumbashariy taraqqiyot hisoblanadi"[1] -deya ta'kidlagan edi.
Barchamizga ma'lumki, milliy tiklanish, milliy yuksalish juda keng, chuqur, murakkab tarixiy jarayon bo'lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini-iqtisodiyotini, siyosatini, ma'naviyatini, ilm-fan, til-tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me'morchilikni ham, inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham qamrab oladi. Bular ichida milliy ma'naviyatimiz rivojida musiqaning o'rin nihoyatda muhim. Milliy musiqa san'atimizning eng qadimiy va shu bilan birga, xalq ichida keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biri bo'lib, u real voqelikni aks ettiradi, inson kamolotini ta'minlaydi.
Musiqaning milliy ma'naviyatimizga ta'sir kuchi shu qadar yuksakki, uning yordamida farzandlarimizni yuksak ahloqli, tafakkuri teran, komil inson sifatida tarbiyalashimiz va xatto bemorlarni davolash mumkinligini ilm-fan allaqachon isbot qilgan. Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino musiqaning ta'sir kuchiga kata ahamiyat berib, ayrim ruhiy kasalliklarni musiqa kuylari vositasi bilan davolash mumkin degan fikrni ilgari surgan va buni o'z amaliyotida bir necha bor isbotlagan edi[2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Buyuk faylasuf Abu Nasr Farobiy «Katta musiqa» kitobida, musiqa nazariyasi ohanglarining turlari, kelib chiqish sabablari, kishiga ma'naviy, ruhiy ta'siri haqidagi qimmatli fikrlarini bildirgan. Farobiy musiqa ilmida faqat nazariyotchi bo'libgina qolmay, amaliyotchi ham bo'lgan. Uning o'zi taniqli musiqachi, ajoyib sozanda va bastakor, yangi musiqa cholg'usi ixtirochisi sifatida ham shuhrat qozongan. Musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo'jizakor ta'siri haqida fikr yuritib, Farobiy «Ilmlarning kelib chiqishi to'g'risida» nomli asarida shunday deydi: «Bu ilm shu ma'noda foydaliki, u o'z muvozanatini yo'qotgan odamni tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xalqni mukammal qiladi va muvozanatini saqlab turadi». Xususan, milliy madaniyatda musiqa yuksak tuyg'ular, zavq - shavqli g'oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma'naviy jihatdan boy, sof barkamol qiladi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Musiqa - hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga ega"[3].
Bola hali qo'liga qalam ushlashni, o'qib yozishni bilmagan vaqtdayoq musiqani his qila oladi. Xalqimizda bolani yoshlik chog'idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'anviyat asosida voyaga yetkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Birgina ona allasida aytiladigan so'zlarda ham farzandning yuksak kamol topishi ifodalanadi. Bola dunyoga kelishi bilan dunyodagi eng mehrli qo'shiq "alla"ni eshitadi. Bu borada sevimli shoirimiz Cho'lpon alla haqida shunday degan edi: "Bir bola uxlamasa, alla aytadilar. Bola tez uxlab ketar. Chunki ul andin bir lazzat his
Research BIB / Index Copernicus
qilur." Xaqiqatan ham, musiqa ohangi ta'sirida kishi g'oyat nozik va teran hissiyotlarni boshdan kechiradi. Dastlabki yoshlikdagi taassurotlar musiqaga bo'lgan munosabatlarning shakllanishiga ta'sir qiladi. Shuning uchun umumiy ta'lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo'nalishlarida musiqa ta'limiga ham e'tibor berilgan. Musiqa, avvalo, bolalarning his-tuyg'ularini mayinlashtiradi. Musiqa asarlarini his etish kabi ularda ko'pgina insoniy fazilatlarni uyg'otadi. Chunki, go'zal musiqa insonda nafosat, go'zallikni his etishga o'rgatadi. Musiqa insonni tarbiyalovchi vositadir. Go'zallikni his qilgan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi.
Binobarin, ta'lim-tarbiyatizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Albatta, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda adabiyot, tarix, sport va boshqa sohalar kata o'rin tutadi. Binobarin, nazm va musiqa doimo yonma-yon yashaydi. Tabiat taasurotlari ostida tug'iladi, qolaversa, bog'cha va maktabda shakllanib boradi. Musiqa darslari o'quvchilarni faqatgina nafosat jihatdan emas, balki keng ma'noda ma'naviy-axloqiy jihatdan ham tarbiyalaydi. Avloddan - avlodga o'tib kelayotgan, ne-ne zamonlar zayliga bardosh berib, xalqning orzu-armonlari, o'y - intilishlarini mujassam etgan kuy - ko'shiqlarimiz, maqomlarimiz barcha turdagi maktablar, pedagogika institutlari dasturlaridan kengroq joy olsa maqsadimizga yanada ko'proq erishgan bo'lar edik.
Zamonamizning zabardast yozuvchisi, jahonga mashhur adib Chingiz Aytmatov «Kunda» romanida shunday yozadi: «hayot, o'lim, muxabbat, shavq va ilhom...hammasini musiqa aytadi, zotan, biz musiqa vositasida eng oliy hurlikka erishamiz, bu hurlik uchun ongimiz yorishgan zamonlardan boshlab, butun tariximiz davomida kurashganmiz, lekin unga musiqadagina erishganmiz»[4].
Aslida, xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari, har soniyada - tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma'lum darajada o'z fidoiysini topadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalarni go'zallikni idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi, ma'naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani tilsiz falsafa deb bejiz aytishmagan . Ma'naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillardavomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o'giti, Vatan tuyg'usi, bu hayotning ba'zida achchiq, ba'zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo'lib singib boradi. Ayniqsa, tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o'ylab yashash, halol mehnat qilish, dunyoning tengsiz ne'mat va go'zalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatga oziqa beradi, uni yanada kuchaytiradi. Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan yana bir muxim hayotiy omil — bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir.
Research BIB / Index Copernicus
O'zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.Mirziyoyev o'z nutqlarida: "Inson bajarayotgan har bir ishiga guyoki birinchi marta bajarayotgandek yondoshishi kerak" deb ko'p bora ta'kidlamoqdalar. Darxaqiqat, aynan ma'naviyati yuksak, teran fikrli insongina har bir ishiga kundalik yumushdek qo'l uchida emas, balki sidqidildan, mehr bilan yondoshadi. Qilayotgan ishi ertaga albatta hosil berishiga chin dildan ishonadi. Yurtboshimiz birgina mana shu so'zlari orqali har birimizni yanada mas'uliyatli, aqlli, mehr muruvvatli va yuksak ma'naviyatli bo'lishga undamoqdalar. Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr-muxabbat va rahmdillik tuyg'ularini uyg'otishi mumkin. Shu bilan birga, mumtoz musiqiy asarlarimiz maqomlarimiz mazmunida buyuk davlat mafkurasiga muvofiq bo'lgan tasavvuf ta'limoti g'oyalarini badiiy ifoda etish vazifasi ham qo'yilgan. Tabiiyki, ushbu murakkab ilmiy masalalarni tadqqiq etish har tomonlama yetuk musiqashunos olimlar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatimiz yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, ularni ma'naviy barkamol shaxs sifatida kamol toptirish kabi muhim vazifalarni qo'yar ekan, milliy musiqaning inson ma'naviyatiga muhim ta'siri haqida shuni aytish mumkinki, insonning qulog'i yengil yelpi, tumtaroq ohanglarga o'rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy olamini sohta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Bu fikrlardan shu narsa ayon bo'ladiki, o'quvchilarni insonparvarlik, vatanga muhabbat, bilim va ma'rifatga intilish ruhida tarbiyalash, hozirgi zamon dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtai-nazardan xalqimizga o'zbek mumtoz asarlari va jahon klassik musiqasini tinglab bilish imkoniyatlarini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish va shu bilan birgalikda bo'lajak ijrochilarni estetik tarbiyalashni, har bir yosh avlodni milliy san'atimizga chuqur hurmat bilan yondoshishini rivojlantirish zarur. Mana shu tariqa o'sib kelayotgan yosh avlodning dunyoqarashini yanada kengaytirishga, ma'naviyatini boyitishga, tafakkurini rivojlantirishga, turli yot g'oyalardan va aqidalardan asrab qolishga, odamiylik, insonparvarlik, ezgulik, mehr muruvvat, Vatanga muhabbat, elga hurmat, buyuk kelajakni qurishga bo'lgan yuksak ishonch kabi tuyg'ularni yanada mustaxkamlashga erishimiz mumkin.
Xulosada aytish mumkinki, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim- tarbiya ishlarini yanada rivojlantirish va o'quvchi yoshlarimizni aqli zakovatini o'stirish uchun ular ko'proq mumtoz musiqalarni, kuylarni, ashulalarni eshitish darslarda ham yuqorida aytilgan fikrlarni inobatga olib, mashg'ulotlar tashkil qilish va o'tish yoshlar ma'naviyatida muhim o'rin tutadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг иккинчи Халкаро маком санъати анжуманининг очилиш маросимидаги нутки. 27.06.2024. https://president.uz/uz/lists/view/7352
2. Ирисов А. Абу Али ибн Сино. -Т.: Фан, 1980. Б. 38
3. Президент Шавкат Мирзиёевнинг "Шарк тароналари" ун иккинчи халкаро мусика фестивалининг очилишига багишланган тантанали маросимдаги табрик сузи. https://president.uz/uz/lists/view/2826
4. Djalmatova, Z. (2021). Чингиз Айтматовнинг "Кунда" асарида эзгуллик ва ёзувлик тукнашуви. АКТУАЛЬНОЕ В ФИЛОЛОГИИ, 3(3). https: //natscience.j dpu.uz/index.php/ruslit/article/view/2010