Научная статья на тему 'MILLIY IQTISODIYOTIMIZDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

MILLIY IQTISODIYOTIMIZDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin iqtisodiy zonalar / investor / investitsion loyiha / sherikchilik / free economic zones / investor / investment project / partnership.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Xalimjanov Dilshod Ergashbekovich

Ushbu maqolada iqtisodiyotimizdagi erkin iqtisodiy zonalarini takomillashtirishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari tahlili, erkin iqtisodiy zonalar faoliyatida foydalanish istiqbollari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE ACTIVITY OF FREE ECONOMIC ZONES IN OUR NATIONAL ECONOMY

This article analyzes the prospects for the use of information and communication technologies in improving free economic zones in the Syrdarya region, the prospects for their use in the functioning of free economic zones.

Текст научной работы на тему «MILLIY IQTISODIYOTIMIZDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

UO'T 331.108.2

MILLIY IQTISODIYOTIMIZDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Xalimjanov Dilshod Ergashbekovich GulDU. Katta o'qkituvchi, e-mail:dilshod_halimjanov@mail.ru

Annotatsiya. ushbu maqolada iqtisodiyotimizdagi erkin iqtisodiy zonalarini takomillashtirishda axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari tahlili, erkin iqtisodiy zonalar faoliyatida foydalanish istiqbollari tahlil etilgan.

Аннотация. В данной статье анализируются перспективы использования информационно-коммуникационных технологий в совершенствовании свободных экономических зон Сырдарьинской области, а также перспективы их использования в функционировании свободных экономических зон.

Annotation. This article analyzes the prospects for the use of information and communication technologies in improving free economic zones in the Syrdarya region, the prospects for their use in the functioning of free economic zones.

Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy zonalar, investor, investitsion loyiha , sherikchilik

Ключевые слова: свободные экономические зоны, инвестор, инвестиционный проект, партнерство.

Keywords: free economic zones, investor, investment project, partnership.

Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish ma'muriy kengash va erkin iqtisodiy zonalar (erkin iqtisodiy zona) direktsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Erkin iqtisodiy zonalarning ma'muriy kengashi erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish va mazkur zonalar faoliyatini muvofiqlash- tirish bilan shug'ullanadi. Ma'muriy kengash investitsiyalash borasidagi bitimlar bo'yicha asosiy talablarni belgilaydi, loyihalarning biznes- rejalarini va erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olish uchun arizalarni ko'rib chiqadi, erkin iqtisodiy zona hududida amalga oshirish uchun loyihalarni saralaydi. Ma'muriy kengash turli vazirlik va idoralarning vakillaridan tashkil topgan. Bu o'z navbatida investitsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi arizalarni o'z vaqtida ko'rib chiqishni murakkablashtiradi, chunki ma'muriy kengashning har bitta a'zosining mazkur arizalarni ko'rib chiqishi uchun muayyan muddat talab etiladi. Ma'lumot tariqasida aytish mumkinki, "Sirdaryo" erkin iqtisodiy zonasida loyiha qiymati 5 mln. AQSh dollaridan oshiq investitsion loyihalar bo'yicha barcha manfaatdor vazirlik va idoralar o'zlarining yozma xulosalarini bersalarda, jarayonning yakunida Respublika ma'muriy kengashining yakuniy Yig'ilish bayoni-Qarorini tegishli vazirlik va idoralarning vakillari imzolashlari talab etiladi. Bu xil amaliyot arizalarni ko'rib chiqish va ular bo'yicha yakuniy xulosalar olish muddatining cho'zilishiga olib keladi. Loyihani moliyalashtirish manbalaridan qat'iy nazar loyiha qiymati 5 mln. dollardan ziyod bo'lgan barcha investitsion loyihalar yuqoridagi tartibda ko'rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Ma'muriy kengash o'z faoliyatini doimiy asosda amalga oshirmaydi, bu esa investorlar bilan doimiy muloqotda bo'lish imkoniyatlarini cheklab qo'yadi.

Erkin iqtisodiy zona direktsiyasi bevosita erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan doimiy ish olib boruvchi, xorijiy investorlarga har tomonlama ko'mak ko'rsatuvchi organ hisoblanadi. Bunda erkin iqtisodiy zona direktsiyasining shtatlar soni erkin iqtisodiy zona faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olish va uni samarali boshqarish uchun etarli emasligini kuzatish mumkin. Aksariyat holatlarda erkin iqtisodiy zona direktsiyasining xodimlari erkin iqtisodiy zona faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, o'z ko'nikma va malakalarini muttasil tarzda oshirib Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 2-son https://iurnal.qurilishtalim.uz

borish imkoniyatiga ega emaslar. Xususan, "Sirdaryo" erkin iqtisodiy zona direktsiyasi faoliyatini tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, direktsiya xodimlari soni investorlar bilan ishlash uchun etarli emas, xodimlarning rivojlangan xorijiy davlatlarning erkin iqtisodiy zonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida xorijiy safarlarga chiqish imkoniyatlari cheklangan. Direktsiyaning moddiy-texnik bazasi investorlar bilan yirik uchrashuvlar tashkil etish, investorlar uchun erkin iqtisodiy zona hududida ekskursiyalar uyushtirishga imkon bermaydi.

Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonalar uchun eng katta muammolardan biri-bu yer uchastkalarini olish hisoblanadi. erkin iqtisodiy zona hududidagi yer maydonlari bevosita viloyatlar hokimiyati tasarrufida bo'lgani holda, erkin iqtisodiy zona ma'muriy kengashining qarori asosida er uchastkalari erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga tegishliviloyat hokimlarining qarori asosida ajratib beriladi. Mazkur holat erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan tegishli hokimliklar o'rtasida er uchastkalarini ajratib berish borasida qator qiyinchiliklarni va nizolarni keltirib chiqaradi [1].

Bularning barchasi Ma'muriy kengash va erkin iqtisodiy zona direktsiyasi tomonidan erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishning tarkib topgan boshqaruv tizimining samarasiz- ligini ko'rsatadi. Shuni ta'kidlash lozimki, taraqqiy etgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish yagona organ tomonidan boshqariladi. Xususan, Xitoyning Guandun provintsiyasida erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish bo'yicha Guandun provintsiyasi Qo'mitasi tashkil etilgan bo'lsa, Janubiy Koreyada- erkin iqtisodiy zona Qo'mitasi faoliyat ko'rsatadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishnitaklif qilamiz:

^ Amaldagi Ma'muriy kengash va erkin iqtisodiy zona direktsiyasining vakolatlarini birlashtirish, Ma'muriy kengashning vakolatlarini erkin iqtisodiy zona direktsiyasiga berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda erkin iqtisodiy zona direktsiyasining shtat birliklari sonini ko'paytirish talab etiladi. Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish erkin iqtisodiy zona direksiyasi faoliyati samaradorligining ortishiga, davlat idoralarining erkin iqtisodiy zona faoliyatiga ko'p bosqichli aralashuv tizimining soddalashuviga xizmat qiladi.

^ 5 mln. AQSh dollaridan oshiq bo'lgan investitsion loyihalar bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish vakolatini erkin iqtisodiy zona direktsiyasiga berish, bu o'z navbatida investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotga kirishish, ularning arizalarini tezkor ko'rib chiqilishini ta'minlaydi. Mazkur vaziyatda mahalliy davlat boshqaruv idoralari bilan erkin iqtisodiy zona direksiyasining o'zaro ta'sirlashuv doirasini aniqlashtirish talab etiladi. Bunda erkin iqtisodiy zona lar faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilab berish borasidagi vakolatlarni Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashida qoldirish zarur deb hisoblaymiz.

> Ma' muriy islohotlar konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, davlat idoralarining iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish maqsadida erkin iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun er uchastkalarini ajratib berish vakolatini erkin iqtisodiy zona direksiyasiga berish.

Xalqaro amaliyotning ko'rsatishicha, erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish vakolatini xorijiy menejerlarga va ixtisoslashgan kompaniyalarga berish- erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali boshqarishda katta o'rin tutadi. Shu sababli, mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishni erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishda katta tajribaga ega bo'lgan xorijiy kompaniya va menejerlarga berish imkoniyatlarini qarab chiqish lozim. Bugungi kunda Qozog'iston Respublikasida "Oqtov dengiz porti"ni boshqarishni DP World kompaniyasiga berish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Masalan, DP World kompaniyasi Panamaning "Panama Pacifico" erkin iqtisodiy zonasini boshqarish vakolatini qo'lga kiritib, mazkur zonani rivojlantirishga 705 mln. AQSh dollari yo'naltirgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda tajriba tariqasida bir nechta erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishni mazkur sohada katta tajribaga ega bo'lgan xorijiy kompaniyalarga berish

Qurilish^a^a^imJlmiyjurnal^

3-jild, 2-son 198

https://jurnal.qurilishtalim.uz

amaliyotini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi [2].

- erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini ro'yxatga olish va erkin iqtisodiy zona hududida investitsion loyihalarni joylashtirish uchun investitsion loyihalarni tanlab olish jarayonida investor erkin iqtisodiy zona direktsiyasiga erkin iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarishni joylashtirish uchun to'ldirilgan investitsion ariza taqdim etadi va unga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- mazkur investorning faoliyatini yoki investorning davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma'lumot;

- investitsion loyihaga ilova qilinuvchi biznes-reja;

investorning mazkur sohada tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi ma'lumotlar;

- investorning so'nggi uch yil davomidagi moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risida

ma'lumotlar.

Agar investor mazkur sohada ishlash tajribasiga ega bo'lmasa, u erkin iqtisodiy zona direktsiyasiga shu sohada ishlash tajribasiga ega bo'lgan sheriklarni jalb etishi to'g'risida axborot taqdim etadi.

Investor xo'jalik faoliyatini amalga oshirgan yoki oshirmaganligidan qat'iy nazar direktsiyaga hamkorlardan birining moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishi kerak bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyati tavakkalchilikka asoslanishini hisobga olgan holda, investorning u yoki bu faoliyat sohasida ish tajribasiga ega bo'lishi, uning kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishini kafolatlamaydi. Bundan tashqari, investorlar tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda, erkin iqtisodiy zona hududida samarali ishlab chiqarishlarni yo'lga qo'yishlari mumkin. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida investorlar mazkur huquqdan keng foydalanadilar. Shundan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini ro'yxatga olish va ularga erkin iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'yishda mazkur talabni bekor qilish tavsiya etiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ular kiritgan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda, 3 yildan 10 yilgacha bo'lgan muddatga soliq imtiyozlari beriladi. Kiritilishi lozim bo'lgan investitsiyalarning minimal miqdori 300 ming AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi. Biroq, bugungi kunda bozorda tarkib topgan vaziyat, tadbirkorlik faoliyati rivojining ayni damdagi holati mazkur mablag' summasining bir muncha katta ekanligini va bu mahalliy investorlarning ishtiyoqini so'nishiga olib kelayotganligini ko'rsatmoqda. Shu munosabat bilan investitsiyalar oqimini ko'paytirish, qulay investitsion iqlimni shakllantirish maqsadida erkin iqtisodiy zonaga kiritiluvchi investitsiyalarning eng kam miqdorini 100 ming AQSh dollari ekvivalenti qilib belgilash lozim, deb hisoblaymiz.

Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini soliqqa tortish borasidagi kamchiliklardanyana biri, bu soliq imtiyozlarini hisoblash muddati hisoblanadi. Odatda, soliq imtiyozlarini hisoblash erkin iqtisodiy zona direktsiyasi tomonidan ishtirokchini ro'yxatga olingan davridan boshlab hisoblanadi. Mamlakatimizda ko'pchilik erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilganligiga uncha ko'p muddat bo'lmaganligi va mazkur zonalarda infratuzilma va zaruriy ob'yektlar endigina tashkil etilayotganligi bois, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga o'z ishlab chiqarish faoliyatlarini boshlashlari uchun ma'lum bir muddat talab etiladi, shu bois erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga hisoblanuvchi soliq imtiyozlarini ular ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'ygan paytidan boshlab hisoblash zarur, deb hisoblaymiz.

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda asosiy maqsad eksport salohiyatini oshirishdan iborat ekanligini inobatga olsak, bugungi kunda erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari erkin iqtisodiy zonadan tashqarida joylashgan korxonalar bilan bir xil mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarmoqdalar va erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun yaratilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanmoqdalar. Bu o'z navbatida iqtisodiyotda nosog'lom raqobat muhitining qaror topishiga olib kelishini unutmaslik lozim.

Ijtimoiy infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmaganligi erkin iqtisodiy zonalarni QurilishvaTO'limilmiyiurnal^^^^^^^^3-iild,

rivojlantirish borasidagi muhim to'siqlardan biri hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida erkin iqtisodiy zonalarga investitsiyalar oqimining ko'payishiga, zonalar hududida ishlab chiqarishlarning rivojlanishiga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. erkin iqtisodiy zona direktsiyasi uy-joy, madaniy ob'yektlar, umumiy ovqatlanish va chakana savdo shahobchalari, sport-sog'lomlashtirish va tibbiyot muassasa- larini barpo etishga alohida e'tibor qaratishlari lozim. Ijtimoiy, moliyaviy infratuzilma ob'yektlarini barpo qilish va konsaltingxizmatlari ko'rsatilishini yo'lga qo'yish erkin iqtisodiy zona faoliyati samaradorligining ortishiga xizmat qiladi.

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning jahon tajribasi erkin iqtisodiy zonalarni ma'lum bir faoliyat turiga ixtisoslashtirish katta samara berishini ko'rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalarni ma'lum bir faoliyat va ishlab chiqarish turiga moslashtirish zamon talabi hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar unchalik ham taniqli va mashhur emas. Global Internet tarmog'ida bir qator erkin iqtisodiy zonalarning rasmiy veb-saytlari mavjud emas, veb-saytlari mavjud erkin iqtisodiy zonalarning ham rasmiy veb-sahifalari talabga javob bermaydi. Veb-saytga kiritilgan ma'lumotlar qariyb ikki yildan buyon deyarli yangilanmagan.erkin iqtisodiy zonalarning investitsion salohiyati bilan tanishishga imkon beruvchi xorijiy tillarda sahifalar mavjud emas. erkin iqtisodiy zonalarning imkoniyatlarini targ'ib qilish maqsadida mamlakatimiz erkin iqtisodiy zonalari tomonidan reklama kompaniyalari deyarli amalga oshirilmasdan kelmoqda. Xususan, Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya, Dubay erkin iqtisodiy zonalari keng miqyosli reklama kampaniyalarini amalga oshirish hisobiga mashhurlik darajasiga chiqqanlar. Dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz erkin iqtisodiy zonalariga investitsiyalarni jalb qilishning marketing strategiyasini ishlab chiqish vaamalga oshirish talab etiladi.

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish masalalariga jiddiy e'tibor berilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish masalariga alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo'lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, "Navoiy", "Angren", "Jizzax", "Urgut", "G'ijduvon", "Qo'qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o'rni yaratilgan.Shuningdek, "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo'stonliq-farm", "Parkent-farm" singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo'yicha ham barcha chora-tadbirlar ko'rilyapti.Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'i hisobidan 100 million S miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo'lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o'rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro'yxati shakllantirilgan [3].

Davlat mulki va davlat tashabbuskorligi asosida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalardan asta-sekinlik bilan xususiy mulkka asoslangan erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish amaliyotiga o'tish erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyasining mazmunini tashkil etadi. Dastlabki xususiy erkin iqtisodiy zonalar Meksika, markaziy Amerika Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 2-son https://jurnal.qurilishtalim.uz

va Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida tashkil etilgan. Jahon mamlakatlarining amaliyoti davlat-xususiy sherikchiligi va davlat mulki va tashabbusi asosida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarning nisbati davlat- xususiy sherikchilik asosidagi erkin iqtisodiy zonalarning foydasiga ekanligini ko'rsatadi. Filippinda xususiy erkin iqtisodiy zonalarning umumiy erkin iqtisodiy zonalardagi ulushi 70 foizdan oshadi, Tayland va Vetnam xususiy erkin iqtisodiy zonalari investitsiyalar oqimining ko'pligi bilan ajralib turadi

1-jadval.

Mintaqa Xususiy erkin iqtisodiy zonalar Davlat erkin iqtisodiy zonalari

Amerika 394 156

Osiyo -Tinch okeani mintaqasi 556 435

Markaziy, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo 374 69

Janubiy Afrika 65 49

Manba: O'zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning dolzarb muammolari to'g'risida. Axborot va tahliliy hisobot. T.: 2022.

Davlat va xususiy erkin iqtisodiy zonalar sonining mintaqalar bo'yicha nisbati.

Erkin iqtisodiy zonalar doirasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yo'lga qo'yishga quyidagilar yaqqol misol bo'la oladi:

- Ichki infratuzilmani xususiy sektor tomonidan moliyalashtirishni rag'batlantirish maqsadida davlat tomonidan tashqi infratuzilma ob'yektlari va moliyaviy mablag'larni taqdim etish;

- Davlat erkin iqtisodiy zonalarining aktivlarini boshqarish maqsadida xususiy operatorga ijaraga berish yoki davlat erkin iqtisodiy zonalarini xususiy kompaniyalar boshqaruviga o'tkazish;

- Mulkni va faoliyat natijasi bo'lgan mahsulotlarni bo'lishish to'g'risida bitimlar tuzish;

- Build-operate-transfer va build-own-operate tizimidan foydalanish.

Dunyoning turli mamlakatlarida erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda xususiy

sektorning o'rniga alohida ahamiyat berilgani holda, bir qator

kelishuvlardan foydalaniladi:

■ "qur-faoliyatni yo'lga qo'y- boshqalarga ber";

■ "qur-egalik qil- faoliyatni amalg oshir";

■ "qur-egalik qil-faoliyatni amalga oshir-boshqalarga ber";

■ kontsession bitimlar;

Xususiy erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirish uchun kam mablag' talab etiladi, ularga kiritilgan mablag' katta iqtisodiy samara beradi. Bu shu bilan izohlanadiki, xususiy developerlar infratuzilma ob'yektlari va ishlab chiqarish quvvatlarini moliyalashtirsalar, davlat zaruriy tashqi infratuzilmaning yaratilishini o'z zimmasiga oladi, mazkur xarajatlar umumiy xarajatlarning 25 foizidan oshmaydi.

Xususiy zonalar o'z-o'zini qoplash tamoyili asosida o'z faoliyatlarini amalga oshiradi, biznesni qo'llab-quvvatlash, ko'chmas mulk ob'yektlari vamulkni boshqarish bo'yicha keng turli xizmatlarni ko'rsatadi.

Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o'rinda huquqiy jihatdan yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qonunchiligi asosida erkin iqtisodiy zona faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

Xalqaro tajribaning guvohlik berishicha, bir qator erkin iqtisodiy zonalar bir mamlakatda ikkita tizim tamoyili asosida faoliyat ko'rsatadi. Bu shunianglatadiki, mamlakatda erkin iqtisodiy zona ko'rinishida ma'lum bir orolcha tashkil etiladi, mazkur orolchada rivojlangan mamalakatlarning tijorat huquqi borasidagi qonunchiligi to'la amal qiladi. Qonunchilik Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 2-son https://iurnal.qurilishtalim.uz

hujjatlarining ayrim normalarining bajarilishi xorijiy sudlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu o'z navbatida erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy investorlarning hech bir to'siqlarsiz kirib kelishlariga va ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Gonkong ingliz huquqiga asoslangan "bitta mamlakatda ikkita tizim" tamoyiliga amal qilganligi bois katta muvaffaqiyatga erishganligini ta'kidlab o'tish lozim. Ingliz huquqiga asoslangan "bitta mamlakatda ikkita tizim" tamoyiliga amal qilingan holda, Qozog'istonda "Ostona" xalqaro moliyaviy markazi tashkil etilgan vau bugungi kunda samarali faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda ham erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish maqsadida ingliz huquqiga asoslangan "bitta mamlakatda ikkita tizim" tamoyiliga amal qilish o'z ijobiy samarasini berishi mumkin.[4]

Xulosa o'rnida aytganda, erkin iqtisodiy zona-bu yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol jalb etish maqsadida tashkil etiladigan hududdir. Uni tuzishdan maqsad eng avvalo, mamlakatni yoki alohida olingan hududni strategik rivojlantirishga doir vazifalarini, ya'ni tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy, hududiy va ilmiy-texnik masalalarni hal qilishdan iborat bo'ladi. Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o'rni bor. Umuman, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e'tibor hududlar tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini kuchaytirishga qaratilmog'i lozim. Aynan shu o'rinda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning unumli shakli bo'lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo'nalishda jahon tajribasida keng qo'llanilayotgan va o'z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz. O'zbekistonda so'nggi yillarda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e"tibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida Davlat investitsiya dasturida ularni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahmiyatga molik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida o„rin ajratilmoqda. Tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar viloyat, shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, imkoniyatlari va salohiyatlarini hisobga olgan holda tegishli me'yoriy hujjatlar asosida yaratildi va ularning har birining maqsad va faoliyat yo'nalishlari belgilab berildi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-135 sonli farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yil 22-dekabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5600 son farmoni

3. "Экономика и социум" №10(113)-1 2023.

4. Xujamkulov D.Y. Erkin iqtisodiy hududlar. Darslik. -T.: Iqtisodiyot, 2019. - 346 b.

QurilishvaTO'limilmiyJurnal^

3-jild, 2-son 202

https://iurnal.qurilishtalim.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.