Научная статья на тему 'ERKIN IQTISODIY ZONALAR – HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA'

ERKIN IQTISODIY ZONALAR – HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
37
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maxsus iqtisodiy zona / erkin iqtisodiy zona / hududiy-iqtisodiy siyosat / xorijiy investitsiya / ishlab chiqarish / soliq imtiyozlari / eksportni rag’batlantirish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saidaxmedova D.S.

Mazkur maqola O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan. Unda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning xorijiy tajribalari va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERKIN IQTISODIY ZONALAR – HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA»

Saidaxmedova D.S.

JizPI

Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti

ERKIN IQTISODIY ZONALAR - HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Annotatsiya. Mazkur maqola O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish muammolariga bag'ishlangan. Unda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning xorijiy tajribalari va uning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar. maxsus iqtisodiy zona, erkin iqtisodiy zona, hududiy-iqtisodiy siyosat, xorijiy investitsiya, ishlab chiqarish, soliq imtiyozlari, eksportni rag 'batlantirish.

Saidakhmedova D.S. associate professor Department of Economics and Management

JizPI

FREE ECONOMIC ZONES ARE AN IMPORTANT FACTOR OF THE DEVELOPMENT OF THE REGIONS

Annotation. This article is devoted to the problems of development of free economic zones in Uzbekistan. The foreign experience of free economic zones and its features is described.

Keywords. Special economic zone, free economic zone, regional economic policy, foreign investment, production, tax incentives, export promotion.

Mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat, sertifikatlashtirish talablarini joriy etish orqali raqobatdoshligini oshirish, yangi ish joylarini barpo etish kabi bir qator muhim masalalarni ijobiy hal etishda maxsus iqtisodiy zonalar muhim o'rin tutadi.

Jahon tajribasida maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish amaliyoti XX asrning 70 yillarida boshlangan. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida va ma'muriy hujjatlarda maxsus iqtisodiy zonalarning xilma-xil shakllari qo'llanilmoqda: "Erkin iqtisodiy zona", "Texnologik zona", "Erkin bojxona zonasi", "Erkin tadbirkorlik zonasi", "Erkin eksport zona", "Erkin savdo zona", "Bojsiz zona", "Qo'shma tadbirkorlik zonasi", "Offshor zona" va hokazo. Bu sohada olib borilgan izlanishlar va tadqiqotlarni tahlil qilish asosida aytish mumkinki, mazkur atama mazmuniga turli mutaxassislar o'z nuqtai nazari, bilim va tajribasidan kelib chiqib yondashishgan va turlicha ta'riflar yuzaga kelgan.

Shiuningdek, turli mamlakatlarda maxsus iqtisodiy zonalarning turli shakllarini qo'llanilishi haг Ыг davlatning гivojlanish daгajasi, iqtisodiy ahvoli, mavjud geografik, iqtisodiy yoki boshqa afzalliklaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.

Jumladan, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish, mintaqaviy siyosatni amalga oshiгish, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish, chekka hududlarda ishsizlikni kamaytirish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga qaгatiladi. Ushbu maqsadla^a eгishish uchun гezidentlaгga ko'pгoq faoliyat erkinligi, shuningdek, ahamiyatli soliq va moliyaviy imtiyozlar taqdim etiladi. Bu davlatlaráa maxsus iqtisodiy zonalaming "Texnologik zona", "Егйп tadbiгkoгlik zonai", 'Ekin savdo zona" kabi shakllaгi keng qo'llaniladi.

Iqtisodi rivojlanayotgan mamlakatlarda maxsus iqtisodiy zonalarni yaratishda ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalar va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini jalb etishga asosiy ustuvorlik beriladi, shuningdek, eksportni rag'batlantirish asosida muayyan hududlaráa bandlik va valyuta tushumlari o'sishini ta'munlash maqsadi ilgari suгiladi.

Shu bois, ko'pchilik rivojlanayotgan mamlakatlaráa "Егйп iqtisodiy zona", 'Ekin ekspoгt zona", "Егйп savdo zona" kabi shakllari keng taгqalgan. Bu mamlakatlarda maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyati davlatning aniq strategik maqsadlarini hal etishga qaratilgan bo'lib, u quyidagilami o'z ichiga oladi:

- milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish;

- rivojlanishning xomashyo eksporti modelidan chetga chiqish;

- zonalarda boshqaruvning yangi usullarini tadbiq qilish;

- milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi darajasini oshirish.

O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Maxsus iqtisodiy zona^ to'g'risida"gi Qonuniga49 muvofiq, maxsus iqtisodiy zona deganda, tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegarala^a va maxsus huquqiy гejimga ega bo'lgan hudud tushuniladi. Shundan kelib chiqqan holda, MIZning asosiy maqsadi davlatning chekka hududlari va iqtisodiy kam ta'minlangan hududlaгiga investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o'rinlari yaгatish, texnologiya va iqtisodiyotning turii taгmoqlaгini rivojlantirishga ko'maklashishga qaratilgan.

Qonunga ko'ra, mamlakatimizda maxsus iqtisodiy zonalaг quyidagi toda tashkil etilishi mumkin:

49 O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi "Maxsus iqtisodiy zonato to'g'risida" gi 0'RQ-604-sonli Qonuni

• erkin iqtisodiy zonalar;

• maxsus ilmiy-texnologik zonalar;

• turistik-rekreatsion zonalar;

• erkin savdo zonalari;

• maxsus sanoat zonalari.

Erkin iqtisodiy zona bu - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta'minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud hisoblanadi.

Erkin iqtisodiy zonalar mamlakatlar va iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yengillashtirish maqsadida yaratiladi. Erkin iqtisodiy zonada tovarlarni erkin olib kirish va eksport qilish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo'llash, xorijiy investorlarni jalb qilish, iqtisodiy faoliyat uchun maxsus shart-sharoitlardan foydalanish mumkin. Shu munosabat bilan erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish orqali eksportni jadallashtirish, xalqaro biznesni yo'lga qo'yish va korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati kengayadi. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar turizm yoki ishlab chiqarish kabi muayyan sohalarni rivojlantirish va bu maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradigan ajoyib rag'batlantirish va subsidiya dasturlariga ham ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida 819 ta maxsus iqtisodiy zonalar mavjud bo'lib, ularda 5196 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan: 22 ta maxsus (erkin) iqtisodiy zonalar, 323 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o'rinlarda - KSZ), 24 ta texnopark hamda 450 ta klasterlar (keyingi o'rinlarda - klaster) mavjud bo'lib, ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlar soni MIZda 752 tani, KSZda 2488 tani, exnoparklarda 1501 tani va klasterlarda 455 tani tashkil etmoqda50.

Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:

- erkin iqtisodiy zonalar davlatning asosiy qismi hisoblanadi;

- erkin iqtisodiy zonalarda to'liq imtiyozlar tizimi mavjud;

- erkin iqtisodiy zonalar faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan "erkin" hisoblanadi;

- erkin iqtisodiy zonalar rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma'noni bermaydi;

- erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga jiddiy yondashish tashqi savdo, texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni yechishga yordam beradi.

50 https://invexi.org/uz/press/information-about-special-economic-zones-in-the-republic-of-uzbekistan-in-january-september-2023/

Xulosa qilib aytganda, erkin iqtisodiy zonalar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rag'batlantirishning muhim omili sifatida hududlarni va davlatning iqtisodiy rivojlanish sufatini tezlashtiгuvchi "aksetem^" vazifasini o'taydi. Muhimi, ularni har bir hududning siyosiy va iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqqan holda to'g'гi tashkil etish va boshqarishga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevгaldagi "Maxsus iqtisodiy zonalaг to'g'risida" gi O'RQ-604-sonli Qonuni

2. ЦОЙ, М., & СAИДAХMЕДОВA, Д. ЭKОНОMИKA И СОЦИУМ. ЭКОНОМИКА, 648-655.

3. Саидахмедова, Д. С. (2020). СУЩНОСТЬ МЕНЕДЖМЕНТ. Экономика и социум, (2), 346-349.

4. Саидахмедова, Д., & Норбоева, Д. (2021). УЗБЕKИСТОНДA CTAPTAn ЭКОТИЗИМИНИ ШAKЛЛAНТИPИШДA ИННОВAЦИОН МУХДГНИНГ AXAMИЯТИ. Збiрник наукових працъ SCIENTIA.

5. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.

6. Saidakhmedova, D. (2019). Development of management of tourism in the Dzhizak area of the republic of Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (7), 382-385.

7. Saidbaxromovna, S. D., & Muhabbat, X. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 124-128.

8. Dilafruz, S., & Shaxnoza, G. O. (2023). O 'ZBEKISTONDA RAQAMLI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRSH-DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 153-157

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.