Научная статья на тему 'MILLIY IQTISODIYOTDА IMРORT O‘RNINI BOSUVСHI, ЕKSРORTBOР MАHSULOTLАR ISHLАB СHIQАRISHNING DOLZАRB MАSАLАLАRI'

MILLIY IQTISODIYOTDА IMРORT O‘RNINI BOSUVСHI, ЕKSРORTBOР MАHSULOTLАR ISHLАB СHIQАRISHNING DOLZАRB MАSАLАLАRI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

123
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy iqtisodiyot / kichik biznes / import / eksport / sanoat / bozor. / National economy / small business / import / export / industry / market

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Akmalxon Shonazar O‘g‘li Saidxonov

Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim sohalardan biri bo‘lgan import o‗rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunday loyihalarni amalga oshirish ustuvor yo‗nalishlari, import o‘rnini bosuvchi loyihalarni ishlab chiqarishga tashqi va ichki bozorlarning ta‘siri o‘rganilgan. Olib borilgan izlanishlar, ishlаb сhiqаrish vа xizmаt ko‗rsаtish korxonаlаridа jаhon tаlаblаrigа jаvob bеrа olаdigаn mаhsulotlаr ishlаb сhiqаrish uсhun xаlqаro stаndаrtlаrni to‗liq joriy еtilishi lozimligini ko‘rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTUAL ISSUES OF IMPORT-SUBSTITUTING PRODUCTION, EXPORTORIENTED PRODUCTS IN THE NATIO

This article is studied the production of import-substituting exportable products, which is one of the important areas in the development of the national economy, and the priorities for the implementation of such projects, as well as the influence of foreign and internal markets on the production of import-substituting projects

Текст научной работы на тему «MILLIY IQTISODIYOTDА IMРORT O‘RNINI BOSUVСHI, ЕKSРORTBOР MАHSULOTLАR ISHLАB СHIQАRISHNING DOLZАRB MАSАLАLАRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MILLIY IQTISODIYOTDA IMPORT O'RNINI BOSUVCHI, EKSPORTBOP MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNING DOLZARB MASALALARI

Akmalxon Shonazar o'g'li Saidxonov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim sohalardan biri bo'lgan import o'rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunday loyihalarni amalga oshirish ustuvor yo'nalishlari, import o'rnini bosuvchi loyihalarni ishlab chiqarishga tashqi va ichki bozorlarning ta'siri o'rganilgan. Olib borilgan izlanishlar, ishlаb сhiqаrish vа xizmаt ko'rsatish korxonalarida jahon talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xalqaro standartlarni to'liq joriy etilishi lozimligini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: Milliy iqtisodiyot, kichik biznes, import, eksport, sanoat, bozor.

ACTUAL ISSUES OF IMPORT-SUBSTITUTING PRODUCTION, EXPORT-ORIENTED PRODUCTS IN THE NATIONAL ECONOMY

ABSTRACT

This article is studied the production of import-substituting exportable products, which is one of the important areas in the development of the national economy, and the priorities for the implementation of such projects, as well as the influence of foreign and internal markets on the production of import-substituting projects.

Keywords: National economy, small business, import, export, industry, market

Kirish: Milliy iqtisodiyotda kichik biznesning to'laqonli rivojlanishi hamda o'z vazifalarini samarali bajarishida soha tarkibiy tuzilmasining mukammallik darajasi muhim o'rin tutadi. Bu borada iqtisodiyotlarda muhim nazariy yondashuv mavjud. Bizningcha milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi mukammal bo'lishi ko'p jihatdan kichik biznes salohiyatidan to'liq foydalanish hamda uning raqobatbardoshligini oshirish bilan baholanadi. Shu bois iqtisodiy taraqqiyotning yuksalib borishi bilan kichik biznesning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish ob'ektiv zarurat sifatida qaraladi. O'z navbatida,

May 12-13

264

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mamlakatdagi barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini, YaIM hajmidagi, bandlikni ta'minlashda soha ulushini oshirib borish pirovardida yangidan-yangi kichik biznes sub'ektlarining tashkil etilishini ko'p jihatdan kichik biznes tarkibida yuqori texnologik ishlab chiqarishning ustuvor holdagi rivojlanishiga bog'liq bo'lgan zaruratni keltirib chiqaradi.[4]

Bugungi kunda dunyo amaliyotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, rivojlangan davlatlarda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, iqtisodiyotnining sanoat tarmoqlari hisobiga to'g'ri keladi, bir tomonlama rivojlanishini oldini olish hamda sanoat tarmoqlarini tashkil etish hamda chet el mahsulotlariga butunlay qaram bo'lib qolmasliklari uchun mamlakatimiz import o'rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e'tibor berib kelmoqda. Ichki va xorij bozorida talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, import miqdorini kamaytirib, eksport miqdorini ko'paytirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish davlatimiz oldida turgan muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

O'rganilgan adabiyotlar metodologiyasi: O'zbekistonda ham import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunday loyihalarni, amalga oshirish, ayniqsa, hududlarimizni ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib sanaladi. O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bo'yicha 15,8 mlrd AQSh dollari yoki 18,2 foizga kamaydi. Dunyoda koronovirus pandemiyasi boshlanishi va bir qator dunyo mamlakatlari karantin cheklovlari o'rnatilishi sababli tashqi savdo aylanmasi sezilarli darajada kamayganini kuzatishimiz mumkin.

Mamlakatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, "Kelgusi yilda korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan 100 million dollar ajratiladi. Eksport qiluvchilarga chchet elda savdo uylari va do'konlar ochish hamda reklama xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Umuman, Hukumatga kelgusi yilda tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish vazifasi topshiriladi."

Jahon xo'jalik tizimida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan sharoitda har qanday mamlakatning xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, globallashuv jarayonlariga maqsadga muvofiq moslashishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilab borishi ko'p jihatdan eksport hajmini oshirishiga hamda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushining yuqori bo'lishiga erishishiga bog'liq. Bu maqsadga erishishda muayyan tashqi savdo strategiyasini tanlash

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

asosida sanoatlashuv jarayonlarini jadallashtirish alohida ahamiyatga ega.

Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko'rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:

■ xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, uning o'sish sur'atlari;

■ to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;

■ kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;

■ yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyihalarning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o'zgarishi;

■ patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog'liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;

■ bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi, dinamikasi;

■ xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;

■ valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.

Jahon iqtisodiy taraqqiyotida tashqi savdo strategiyasining ikki asosiy turi shakllangan bo'lib, bular: iqtisodiyotni proteksionistik to'siqlar yordamida faol himoya qilishga qaratilgan import o'rnini bosuvchi va ochiq iqtisodiyotga asoslangan eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishni yoqlovchi tashqi savdo strategiyasidir. Bu ikki savdo strategiyasidan qaysi biri samaraliroq ekanligi to'g'risida ko'plab tortishuvlar mavjud bo'lib, bugungi kunda eksportga yo'naltirilgan siyosatning afzalligi deyarli barcha iqtisodchilar tomonidan tan olingan.

Import o'rnini bosuvchi savdo siyosatida davlat iqtisodiyotni taptirga solishning ma'muriy usullaridan keng foydalanadi. Bunday sharoitda davlat turli proteksionistik to'siqlar vositasida ayrim milliy korxonalarning xo'jalik yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar barpo etadi. Xususan, tashqi savdo to'siqlaridan ustun darajada foydalanish natijasida mazkur korxonalar boshqa korxonalarga nisbatan qulay xo'jalik yuritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari alohida olingan korxonalarga davlat tomonidan yordam ko'rsatish ko'pincha eksportga mahsulot chiqarayotgan korxonalar hisobidan yuz beradi. Importni cheklash siyosati eksport hajmining ham qisqarishiga olib keladi. Natijada xorijiy valyutalar "taqchilligi" vujudga keladi. Bu esa o'z navbatida milliy valyuta almashuv kursining oshishiga olib keladi va milliy mahsulotlar raqobatbardoshligi pasayadi. Davlat tomonidan alohida tarmoqlarning qo'llab-quvvatlanishi, milliy valyuta almashuv kursining oshishi natijasida boshqa sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan korxonalarga ham ziyon yetadi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Import o'mini bosuvchi loyihalarni amalga oshirishda albatta, iqtisodiyotdagi tarmoqlaming rivojlanish darajasi, respublikamizda xom ashyo resurslari mavjudligi, sanoat tarmoqlarining chetdan import qilinadigan tovarlarga qanchalik bog'liqligi va ularning hajmi, shuningdek, sanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarishda doimiy ravishda talab etilishi, zarur infratuzilma mavjudligi hamda import o'rnini bosuvchi mahsulotga, umuman iqtisodiyot tarmoqlarida talab qay darajada bo'lishi mumkinligi o'rganib boriladi. Agar mahsulot eksportga yo'naltirilsa, tashqi bozorda ham unga talab bor-yo'qligi aniqlanadi va shu asosda mahalliylashtirish loyihasi amalga oshiriladi.

O'zbekiston mustaqillikning ilk davridan boshlab mana shu siyosatni yuritishga va o'z sanoatining turli tarmoqlarini rivojlantirishga harakat qildi. Buning natijasi o'laroq, MDH davlatlari orasida ma'lum ma'noda rivojlangan sanoatga va yangi tarmoqlarga ega bo'ldik. Tadbirkorlik sub'yektlari soni oshib, mahalliy xom ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmi ichki bozorimizda ancha oshdi.

Import o'rnini bosuvchi loyihalarni amalga oshirishda ichki va tashqi bozorni o'rganishdan tashqari ishlab chiqarish jarayonini to'g'ri va mukammal tashkil eta olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xom ashyoni qayta ishlashni to'g'ri tashkil etish va undan zarur birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni olishga erishish, ularni yana qayta ishlash, kerak bo'ladigan texnologiya va bilimlarni qo'llash, malakali mutaxassislarni jalb etish talab etiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonini to'g'ri tashkil qilish va bozor bilan ishlashning shartlarini bilish -bularning hammasi ishlab chiqarish madaniyati sanaladi. Uni to'g'ri shakllantirish esa birinchi o'rindagi vazifamizdir.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes sub'yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperasiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida qabul qilingan qarorga muvofiq mahalliy yetkazib beruvchilarning ishtirokini va narx shakllanishida shaffoflikni ta'minlash uchun davlat buyurtmachilari tomonidan import tovarlarni xarid qilish to'g'risidagi istaklar davlat xaridlari maxsus axborot portalida ham joylashtiriladi. Biroq biz dunyodagi bor ne'matlarni ishlab chiqara olmaymiz. Va bunga ehtiyoj ham yo'q. Sanoatning qaysidir tarmog'i uchun zarur, bizda ishlab chiqarish imkoni bor mahsulotlarni chiqarishga ixtisoslashish to'g'ri bo'ladi deb o'ylayman.

Mazkur qarorda davlat xaridlarining elektron tizimida ham tadbirkorlar faol ishtirok etishlariga alohida e'tibor beriladi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Jumladan, qarorda o'zlashtirilishi tavsiya etiladigan 100ga yaqin tayyor mahsulotlar, texnologiyalar, butlovchi buyumlar xom ashyo va materiallarning yangi turlari ro'yxati jami 9ta alohida yo'nalishda tasdiqlangan. Ular quyidagilardan iborat:

oziq-ovqat mahsulotlari;

trikotaj buyumlari, kiyim-kechak, poyabzal;

dori vositalari;

kanselyariya mollari;

qurilish materiallari;

rezinalar, plastmassalar va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar; kimyo va u bilan bog'liq tarmoqlar mahsulotlari; metallar va ulardan yasalgan buyumlar; uskunalar.

Ushbu ro'yxat Iqtisodiyot va Sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurash qo'mitasi takliflari asosida har yarim yilda bir marta Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra yangilanib boriladi. Bunda import hajmi o'rganilib, qaysi tovar kirishi o'syapti, ichki bozorda esa nimaga talab yuqoriligiga alohida e'tibor qaratiladi.

Innovatsion rivojlanishni ta'minlashda import o'mini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun quyidagi xulosa va takliflar shaklllantirildi:

- davlatda yetarlicha xom ashyo bazasi va salohiyati bo'lsa, import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish mamlakat valyuta zaxiralari chetga chiqib ketishining oldini olishga xizmat qiladi;

- tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bo'yicha barcha zarur sertifikatlarga ega bo'lishi, mahsulot ishlab chiqarish uchun talab etiladigan milliy va xalqaro standartlarga qat'iy rioya etish bozorda mahsulot muvaffaqiyatini belgilab beruvchi muhim omillardan biri ekanligini yodda tutishi lozim. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarida jahon talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xalqaro standartlarni to'liq joriy etilishi maqsadga muvofiq;

- mahsulotning sifati, ko'rinishi, qadoqlanishi, xilma-xilligi ham xaridorlar uchun muhim sanaladi.

Mana shu tomonlariga e'tibor qaratiladigan bo'lsa, mahalliy

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mahsulotlarimizga ichki va tashqi bozorda talab doimo yuqori bo'ladi. Bu esa o'z navbatida milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshishiga xizmat qiladi.

Xulosa: Xulosa qilib aytganda maqolada mamlakatdagi barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini, YaIM hajmidagi, bandlikni ta'minlashda soha ulushini oshirib borish pirovardida yangidan-yangi kichik biznes sub'ektlarining tashkil etilishi hamda ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish. Import o'rnini bosuvchi loyihalarni amalga oshirishda ichki va tashqi bozorni o'rganishdan tashqari ishlab chiqarish jarayonini to'g'ri va mukammal tashkil eta olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shu masalardan xulosa qiladigan bo'lsak mahalliy mahsulotlarimizga ichki va tashqi bozorlarni talabi doimo yuqori bo'ladi. Bu esa o'z navbatida milliy iqtisodiyotni eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublika Prezidentining 2019 yil 1 maydagi PQ-4302 sonli "Sanoat kooperasiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so'zi gazetasi, 29.12. 2020.

3. Shukhrat K., Akmalkhan S. Priority directions for increasing the role of personal business and private entrepreneurship in the national economy //Asian Journal of Research in Business Economics and Management. - 2022. - T. 12. - №. 12. - C. 15.

4. Vaxabov A.V., D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik .Toshkent: Baktria press, 2015. — 584 b.

5. www.stat.uz sayti ma'lumotlari

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.