MILLIY G'OYA TIZIMI TARKIBIY TUZILISHINING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada milliy g'oyani tizim sifatida o'rganishning o;ziga xos hususiyatlari, milliy g'oya tizimi tarkibiy tuzilishining o'ziga xos hususiyatlari uning nazariy-metodologik jihatlari haqida fikrlar yuritilgan. Shuningdek, milliy g'oya tizimini tashkil etuvchi elementlarni tarkibiy- funksional jihatdan tahlil qilingan. Maqola so'nggida muallifning shaxsiy mulohazalari va xulosalari keltirilgan.
Kalit so'zlar: tizim, element, g'oya tizimi, milliy g'oya tizimi, milliy g'oya negizlari, milliy g'oya maqsadlari, inson ongi va tafakkuri.
CHARACTERISTICS OF THE STRUCTURAL STRUCTURE OF THE
SYSTEM OF NATIONAL IDEAS
This article discusses, the peculiarities of the study of the national idea as a system, the peculiarities of the structural structure of the system of national ideas, its theoretical and methodological aspects. The structural and functional analysis of the elements that make up the system of national ideas is also analyzed. The article concludes with the author's personal comments and conclusions.
Keywords: system, element, system of ideas, system of national idea, foundations of national idea, goals of national idea, human consciousness and thinking.
Tarixiy taraqqiyot davomida kishilik jamiyatida g'oyalarni o'rganishning nazariy-metodologik asoslari shakllanib, rivoj topib borgan. Bunda, g'oya va uni ijtimoiy hayotga tadbiq etilishi, keng qamrovli bo'lishi, turli jihatlarining takomillashib borishi, uni ko'plab elementlardan tarkib topgan murakkab tushunchaga aylantirdi. Shundan kelib chiqib, zamonaviy davrda mamlakatimizda milliy g'oya tizimining holati, rivojlanish tendensiyalarini tushunish, avvalo, tizim tushunchasi mazmunini to'g'ri tahlil qilishni zaruriyatga aylantiradi. Shundan kelib chiqib, zamonaviy ilm-fanda qo'llanilayotgan tizim va uning elementlari tushunchalari g'oyalar va ularning shakllarini tizim sifatida
Ibadulla Ergashev
O'zbekiston milliy universiteti professori, siyosiy fanlar doktori
Valisher Sapayev
Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
o'rganishimizga yordam beradi. G'oyalar tizimi va uning bir shakli bo'lgan milliy g'oya tizimi haqida tahlillar, fikr-mulohazalar yuritishdan oldin tizim tushunchasini yoritib o'tish lozim. Tizim - keng qamrovli tushuncha bo'lib, unda quyidagi xilma-xil ta'riflar keltirilgan:
- tizim - ma'lum bir birlik doirasida aloqalar va munosabatlar bilan birlashtirilgan elementlar to'plami.1
- tizim - yagona yaxlitlikni tashkil etuvchi va paydo bo'lish xususiyatiga ega
л
bo'lgan ob'ektlar va ular o'rtasidagi munosabatlar to'plami.
- tizim- ba'zi xilma-xillikning yagona va aniq bo'linadigan yaxlitlikka birlashishi,
"5
uning elementlari butun va boshqa qismlarga nisbatan o'z joylarini egallashidir.
Demak, tizim - yaxlitlikka birlashgan va bu birlashishi alohida faoliyatga yo'nalganidan samaraliroq bo'ladigan elementlar to'plamidir. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo'lsak, milliy g'oya tizimi tushunchasi keng ma'nodagi, murakkab tuzilishga ega bo'lgan, taraqqiyot bilan bog'liq ko'plab tushunchalarni o'zida ifoda etganligi bois tizimli tahlil qilinishi tushunchaning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Xalqning ijtimoiy hayotidagi barcha negizlari, o'zi mansub bo'lgan xalqning orzu-umidlari, maqsad-muddolari, insonlarning ongi va tafakkuri, qarashlari, milliy ma'naviy merosi, qadriyatlari, o'zi e'tirof etgan milliy va umuminsoniy prinsiplar va qadriyatlar milliy g'oya tizimini tashkil qiladi. Milliy g'oya elementlarini ta'riflash ham tizimni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Milliy g'oya elementi deb alohida mazmun kasb etadigan ijtimoiy hayot bilan bog'liq, yakka holda qo'llanishidan ko'ra milliy g'oya tizimining tarkibiy birligi sifatida vazifalarini samaraliroq analga oshiradigan milliy g'oya maqsadlariga xizmat qila oladigan, tizim ichidagi boshqa tarkibiy birliklar bilan aloqaga kirisha oladigan va yaxlitlik kasb eta oladigan tushunchaga aytiladi. Ushbu elementlarning har biri o'zida xos tuzilish va funksional vazifaga ega bo'lib, elementlarning tegishli quyi tizimini tashkil qiladi. Tizim asosida milliy g'oyani o'rganish milliy g'oyaning maqsadi uni amalga oshirish jarayoniini elementlarning tizimdagi o'rnini va rolini tushinishni osonlashtiradi. Ushbu elementlar inson ongini o'zgarishi mexanimzlarini ham ochib berishga xizmat qildi. Milliy g'oyani tizim sifatida o'rganar ekanmiz uni tarkibini "a)inson ongi va tafakkuri, xalqning tarixiy merosi, xotirasi, v)xalqning orzu-umidlari, og'zaki ijodi, g)milliy ma'naviy merosi, d)urf-odat, an'ana, qadriyatlari, e)ona tili, j)diniy qadriyatlari, z)milliy madaniyati, adabiyoti san'ati; i)umuminsoniy qadriyatlar, demokratik prinsiplar"4 tashkil qilishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu elementlarning barchasi biz yuqorida ta'kidlagan hususiyatlar asosida tizimga birlashgan va uni tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bu
1 Философия науки. Краткий энциклопедический словарь.- М.: Наука, 2008 г. С-117
2 Философия и методология науки (понятия категории проблемы школы направления). Терминологический словарь-справочник, - М.: Наука, 2017. С-243
3 Краткая философская энциклопедия.- М.: Прогресс - Энциклопедия, 1994.- С. 415
4 Saparov B. Milliy g'oya tizimida milliy o'zlikni anglashning tuzilmaviy-funksional tahlili. FAlsafa dokroti (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatisiyasi. -T.:2018. B-13
keltirilganganlaming har birini tizimning alohida elementi sifatida olishimiz mumkin. Chunki, bu tushunchalarning yaxlitligi milliy g'oyani tizim sifatida ishlashiga sabab bo'ladigan omillardandir. Bular tizimning elementlarini tashkil qilib, milliy g'oya ushbu elementlarning doimiy bir butunlikda ishlashi natijasida tizimga aylanishi mumkin. Bugungi taraqqiyotning tezlashish sharoitida g'oyalar tizimlari o'z-o'zidan rivojlanmay bir necha omillar natijasida amalga oshadi. Bu omillar ong va tafakkur bilan bog'liq bo'lib, ijtimoiy hayotimizda tub o'zgarishlar yasash orqali milliy g'oya tizimining insonlar ishonch-e'tiqodiga aylantirish avvalo bu ikki tushunchaga bog'liqdir.
Quyidagi omillar milliy g'oyani tizim sifatida o'rganishni taqozo qiladi :
- Elementlar orasidagi dialek aloqadorlik mavjudligi;
- bosh va asosiy g'oyalarni bu tizimni asosi sifatida ishtirok etish;.
- doimiy va ma'lum bir tarixiy davr uchun g'oyalarning mavjudligi (istiqlol, milliy taraqqiyot)
- asosiy tushuncha va tamoyillarning mavjudligi va h.k.
Jamiyatdagi ijtimoiy g'oyalar tizim sifatida milliy g'oya tizimi o'zining ma'lum tuzilmasiga ega bo'lib, uni tashkil etadigan elementlari o'zaro aloqador va barqaror birlikdan iboratdir. Aynan milliy g'oya tizimi u mansub bo'lgan jamiyatni o'z oldiga qo'ygan maqsad-muddaolari va unga erishish uchun vazifalarini aniqlash, insonlarni ongi-tafakkuriga ta'sir qilib, uni e'tiqodiga aylanuvchi g'oyalarni o'zida birlashtirgan va ularni amalga oshirish uchun safarbar etish kuchiga ega bo'lgan ijtimoiy sistemadir. Demak, milliy g'oya tizimi millatning o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarini amalga oshirishda g'oyaviy asosi bo'lib, inson ongi, bosh va asosiy g'oyalar, asosiy tushuncha va tamoyillar, amalga oshirish institutlari, negizlari va amaliyotga tadbiq etish uchun vosita bo'ladigan elementlardan iborat. Shuningdek, milliy g'oya tizimi inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyg'ular, hayotiy g'oyalar tizimini o'zida mujassam etadi. Bu tizim eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan birgalikda davlatning belgilangan maqsadlariga erishishga qaratilgan harakatlar majmui hamdir. Milliy g'oya tizimi o'z maqsadalriga ko'ra quyidagilarga qaratilgan bo'lishi lozim :
- xalq mavjudligini g'oyaviy asoslarining genezisi va shakllanishiga;
- g'oyaviy asoslarning shakllanishining tarixiy xususiyatlariga;
- g'oyaning o'tmishi, buguni va kelajakining holatlari haqida fikrlar jamlanmasiga va h.k.
Birinchi Prezident Islom Karimov aytganidek, "...ajdodlardan avlodlarga o'tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo'lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umidlarini o'zimizga tasavvur qiladigan bo'lsak, o'ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchani mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo'lamiz"5.Shu o'rinda haqli savol tug'iladi: g'oyalar
5 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.:"Маънавият", 2008. Б -71.
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
ajdodlardan avlodlarga qanday o'tadi? Bunda tashuvchilik vazifasini nima bajaradi? Albatta bu jarayon ong va tafakkur bilan bog'liqdir. Har bir xalqning g'oyasi avloddan -avlodga meros bo'lib o'tishi uni ongida qancha chuqur joylashgani bilan bog'liq. Aynan milliy tizimini o'rganganda ajdodlardan avlodlarga qanday g'oyalar va ularning tizimlari yetib kelganligiga e'tibor berish muhim. Chunki, bugungi kungacha yetib kelgan bu g'oyalar va ularning yetib kelishiga sabab bo'lgan ta'sir ko'rsatuvchilar ham bu tizimning elementi hisoblanadi.
Tizimning o'zini ma'lum bir birlik doirasida aloqalar bilan birlashtirilgan elementlar to'plami ekanligini inobatga oladigan bo'lsak milliy g'oya tizimi nimalarga tayanadi va qanday tushunchalar negizida tizim sifatida shaklanadi degan savolni o'rtaga tashlash lozim. Bu savolga quyidagi jihatlarni inobatga olib javob berish lozim:
Birinchidan, milliy g'oya xalqning orzu- umidlari maqsadlaridan tashkil topadi. Bu orzu-umid, intilish, maqsadlar esa uning ma'naviy merosi namunalariga, masalan xalq og'zaki ijodi va boshqa shu kabi meros namunalariga singdirilgan holda avlodlarga tashib o'tkaziladi. Ertaklar- rivoyatlar, doston, xalq eposi, va boshqa ko'rinishdagi ma'naviy meros namumalari milliy g'oya tizimida faqat oddiygina bir ikkinchi darajali element sifatida qatnashmasdan, balki bu tizimni paydo bo'lishini birlamchi elementi bo'lgan inson ongi va tafakkuri bilan uzviy aloqadorlik kasb etadi. To'g'ri xalq og'zaki ijodi chuqur ilmiy asoslarga tayanmagan bo'lishi mumkin. Lekin mana shu orqali odamlar xalqlar o'zini orzu-umidlarini ifodalagan, ongi va tafakkurini o'zgarishida rol o'ynagan. Bu manbalarni o'qib biz xalqning orzu-umidi va maqsadlarini anglab olamiz. Va bu narsa milliy g'oyaning milliy ma'naviy negiziga kiradi. Bundan tashqari boshqa negizlarga qaraydigan bo'lsak milliy urf-odat, an'analar, qadriyatlar, milliy xarakter, tarixiy xotira, milliy ong, bilan bog'liq manbalar elementlar ham mavjudki ularni har birini tizim ichidagi o'ziga xos aloqadorlik jihatllari va darajalari mavjuddir. Shuning o'zi milliy g'oya tizimidagi elementlar chuqur aloqadorligini ko'rsatib beradi.
Ikkinchidan esa milliy g'oya tizimi umuminsoniy prinsiplar va umuminoniyat merosiga negiz tushuncha sifatida qaraydi. Milliy g'oyamiz mustaqillik demokratiya, inson erkinligi, inson shani, qadr-qimmati, insonning eng oliy qadriyat ekanligi va boshqa shu kabi umume'tirof etilgan demokratik tamoyillarga tizimning bacha elementlariga singib ketgan, elementlar orasidagi aloqadorlikni bo'lishiga xizmat qiladigan tushunchalar sifatida qaraydi. Bu prinsiplarni tan oladi, milliy g'oya tizimi ularga tayanadi. Bu yerda o'ziga xos mantiq bor. Ya'ni agarda milliy g'oya milliy ma'naviy merosga tayansa-yu lekin umumdemokratik prinsiplarni tan olmasa o'zining qobig'iga kirib qolgan bo'lar, yoinki tizim sifatida shakllanmagan tushuncha, g'oya qarashalrning oddiy bir yig'indisiga aylanib qolgan bo'lar edi. Milliy ma'naviy meros ezgu bo'lishini o'zigina milliy g'oyani tizimga aylantirmaydi, balki uning umuminsoni y darajaga chiqishi, xalqlarning umume'tirof etgan g'oyalari, tamoyillariga tayanishi,
insoniyatdan yangiliklarni qabul qila olishi, umuminsoniy yutuqlarni tan olishi darajasi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. O'z qobig'idan chiqib, umuminsoniyat darajasiga ko'tarilishi bu g'oyani o'z ishonch-e'toqodiga aylantirgan xalqni taraqqiyotga erishishiga olib boradi. Shu nuqtai nazardan, masalaga kengroq qarash lozim. Bunday g'oyalar bilan yo'g'rilgan milliy g'oya tizimini inson tomonidan qabul qilinishi esa ong o'zgarishining zaruriy shartidir.
Xalqmizining milliy g'oyasining shakllanishida o'rta asrlardagi ijtimoiy sohadagi ilmiy g'oyalarning rivoji va Vatan ozodligi g'oyalari, bosqinchilarga qarshi kurash g'oyalari shular jumlasidandir. Milliy g'oya tizimi millat taraqqiyotining tayanchi sifatida barqaror ijtimoiy rivojlanish va tarqqiyotga asos va tayanch bo'lib xizmat qiladi. Milliy g'oya tizimining asosiy goyalari xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasidan kelib chiqadi va o'zining ma'no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni xalqimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat kiladi. Aynan tizim sifatida aytishimiz mumkinki, milliy g'oya erkin fuqarolik jamiyati, farovon hayot barpo etish maqsadida bo'lgan xalqning qo'lidagi birlashuv qurolidir.
Milliy g'oya tizimida tamoyillar tizim ichida o'z ichki tuzilmasiga ega elementlar to'plami bo'lib, ular milliy g'oya nimalarga asoslanishi va tayanishi, amaliyotga yo'naltirilganda amal qiladigan asosiy qoidalarni ifodalab keladi. Milliy g'oya tizimida insonparvarlik, vijdon erkinligi, fikrlar rang-barangligi, umuminsnoiy qadriyatlar ustuvorligi, milliy qadriyatlarga sodiqlik, Shaxs erkinligi, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tamoyillari mavjud. UShbu tamoyilar milliy g'oyaninginson ongi v a tafakkuriga kirib borishini, ongdagi o'zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vosita hisoblanadi.
Milliy g'oya tizimi tamoyillari quyidagi muhim vazifalarni bajaradi
Birinchidan, milliy g'oya tizimini faoliyatini barqaroirlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan bo'ladi va inson ongiga ta'sir etish orqali bunga erishish;
Ikkinchidan, milliy g'oyani tizim sifatida shakllanishi va bir butunlikda ishlashi elemetnlarning ichki aloqadorligiga putur yetkazuvchi omillarni oldini olish;
Uchunchidan, tizim elementlari o'rtasida aloqadorlikka kirishish va tuzilmaviy bog'liklarni shakllantirish va h.k.
Milliy g'oya tizimi jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy hayotini tartibga soluvchi tarkibiy qism sifatida ishlaydi. Uni barqarorligi va normal ishlashi uchun sharoit yaratadi. O'z navbatida jamiyatning g'oyaviy hayotini rivojlanishini o'ziga xos bosqichi sifati holatini ham ifodalaydi.
Milliy g'oya tizimi yaxlitligi shundaki, baz'i bir muhim jihatlari bo'yicha tizim ichidagi elementlarning ulanishi kuchi yoki qiymati elementlarning tashqi tizimlar yoki atrof muhit elemtlari bilan bog'lanish kuchi va qiymatidan yuqoridir. Tizim sifatida milliy g'oya imkoniyatlari tarkibiy qismlari imkoniyatlaridan oshib ketishi bu tushunchani tizim sifatida o'rganishga turtki bo'ladi, hamda bu tizimining umumiy ishlash yoki funksionalligi - uning elementlarning oddiy yig'indisidan yaxshiroq ekanini
ko'rsatadi. Milliy g'oya tizimining har bir elementini ham alohida bir tizim deyish mumkin va o'z navbatida milliy g'oya tizimiga ham mafkuraviy jarayonlarning bir elementi deb qarash mumkin. Xalqlarning har qanday milliy g'oya tizimlari - uni asosiy g'oyalari va uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan elementlarning yig'indisidir. Umuman olganda, shu tizimning eng quyi elementi bo'lib tuyulgan inson ongi va tafakkuri eng muhim bo'lish bilan birgalikda juda murakkab xususiyat kasb etishi bilan ajralib turadi. Inson ongi va tafakkurining element sifatida tizim bilan aloqadorligi uni takomillashtirishga qaratilgan milliy g'oya tamoyillari asosida faoliyat olib boradigan mexanizmlar orqali amalga oshadi.
Xulosa qilib aytganda, milliy g'oyani tizim sifatida o'rganish mumkin. Milliy g'oya tizimi deganda-uni tashkil etuvchi, shakllantiruvchi xalqning maqsadlari, orzu-umidlari, intishlari, urf-odat-an'analari milliy ma'naviy meros va qadriyatlari va muminsoniy demokratik qadriyatlar milliy g'oyta tizimini tashkil etuvchi muhim elementlardir. Milliy g'oya tizimi tushunchasi keng ma'nodagi, murakkab tuzilishga ega bo'lgan, taraqqiyot bilan bog'liq ko'plab tushunchalarni o'zida ifoda etganligi bois tizimli tahlil qilinishi tushunchaning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Milliy g'oyani tizim milliy g'oyani mohiyatini kengroq va chuqurroq ochib beradi.
REFERENCES
1. Философия науки. Краткий энциклопедический словарь.- М.: Наука, 2008 г. С-117
2. Философия и методология науки (понятия категории проблемы школы направления). Терминологический словарь-справочник, - М.: Наука, 2017. С-243
3. Краткая философская энциклопедия.- М.: Прогресс - Энциклопедия, 1994.- С-415
4. Saparov B. Milliy g'oya tizimida milliy o'zlikni anglashning tuzilmaviy-funksional tahlili. FAlsafa dokroti (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatisiyasi. -T.:2018. B-13
5. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.:"Маънавият", 2008. Б -71.
6. Sapaev V. O, The actuality of improvement in rural social standard of living in Uzbekistan // Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 147-151. https://uziournals.edu.uz/namdu/vol2/iss 11/24/
7. Sardor K., Valisher S. INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 4. https://cyberleninka.ru/article/n7inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida
8. Sapaev V., Madrakhimov A. The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan //Norwegian Journal of Development of the International Science. - 2020. - №. 39-4. - С. 54-56.
https://cyberleninka.ru/article/n/the-transformation-of-social-conciousness-and-intelligence-of-rural-population-on-social-life-of-uzbekistan
9. Sardor, Kutlimurodov, and Sapayev Valisher. "INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA." Academic research in educational sciences 4 (2020). https://cyberleninka.ru/article/n/inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida
10. Sapayev, Valisher Odilbek O'G'Li ONG-TAFAKKURNING O'ZGARISHI MEXANIZMLARINING IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI // ORIENSS. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ong-tafakkurning-o-zgarishi-mexanizmlarining-ijtimoiy-hayot-rivojiga-ta-siri (дата обращения: 06.02.2022).