Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA HAMDA MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDA MA’NAVIY TIKLANISH MILLIY O‘ZLIKNI TARBIYALASH OMILI'

TA’LIM-TARBIYA HAMDA MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDA MA’NAVIY TIKLANISH MILLIY O‘ZLIKNI TARBIYALASH OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
379
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mafkuraviy tarbiya / inson / ijtimoiy guruh / millat / jamiyat / kosmopolitizm / milliy g‘urur / jamoatchilik ongi / milliy qariyatlar / mahalla. / ideological upbringing / man / social group / nation / society / cosmopolitanism / national pride / public consciousness / national elders / neighborhood.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boqiyeva, Marg’uba Toshmatovna

Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya hamda milliy kadrlar tayyorlashda ma’naviy tiklanish milliy o‘zlikni tarbiyalash omillari yoritib berilgan. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiya ekanligi va milliy o‘zlikni anglash, tarbiyalashda asosiy omil hisoblanishi aytib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPIRITUAL REVIVAL IN EDUCATION AND TRAINING OF NATIONAL PERSONNEL A FACTOR OF EDUCATION OF NATIONAL IDENTITY

This article discusses the factors of spiritual recovery in the education and training of national personnel the education of national identity. It is said that any educational process is, after all, an ideological upbringing in terms of its purpose and essence, and that the understanding of national identity is a key factor in upbringing.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA HAMDA MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDA MA’NAVIY TIKLANISH MILLIY O‘ZLIKNI TARBIYALASH OMILI»

TA'LIM-TARBIYA HAMDA MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDA MA'NAVIY TIKLANISH - MILLIY O'ZLIKNI TARBIYALASH OMILI

Boqiyeva Marg'uba Toshmatovna

Toshkent shaharyuridik texnikumi umumta'lim fanlar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim-tarbiya hamda milliy kadrlar tayyorlashda ma'naviy tiklanish - milliy o 'zlikni tarbiyalash omillari yoritib berilgan. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o'z maqsad va mohiyatiga ko'ra g'oyaviy tarbiya ekanligi va milliy o'zlikni anglash, tarbiyalashda asosiy omil hisoblanishi aytib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: mafkuraviy tarbiya, inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat, kosmopolitizm, milliy g'urur, jamoatchilik ongi, milliy qariyatlar, mahalla.

SPIRITUAL REVIVAL IN EDUCATION AND TRAINING OF NATIONAL PERSONNEL - A FACTOR OF EDUCATION OF NATIONAL

IDENTITY

Boqiyeva Marg'uba Toshmatovna

Teacher of the Department of General Education, Tashkent City Law College

ABSTRACT

This article discusses the factors of spiritual recovery in the education and training of national personnel - the education of national identity. It is said that any educational process is, after all, an ideological upbringing in terms of its purpose and essence, and that the understanding of national identity is a key factor in upbringing.

Keywords: ideological upbringing, man, social group, nation, society, cosmopolitanism, national pride, public consciousness, national elders, neighborhood.

ДУХОВНОЕ ВОЗРОЖДЕНИЕ В ОБРАЗОВАНИИ И ПОДГОТОВКЕ

НАЦИОНАЛЬНОГО ПЕРСОНАЛА - ФАКТОР ОБРАЗОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ

Бокцева Маргуба Тошматовна

Преподаватель кафедры общего образования Ташкентского городского

юридического колледжа АННОТАЦИЯ:

В статье рассматриваются факторы духовного оздоровления в воспитании и подготовке национальных кадров - воспитании национальной

идентичности. Говорят, что любой образовательный процесс - это, в конце концов, идеологическое воспитание по своей цели и сути, а понимание национальной идентичности - ключевой фактор воспитания.

Ключевые слова: идеологическое воспитание, человек, социальная группа, нация, общество, космополитизм, национальная гордость, общественное сознание, национальные старейшины, соседство.

KIRISH

Ta'lim tizimida g'oyaviy tarbiya xalqning tub manfaatlari, asriy orzu-umidlari, ezgu niyatlari, buyuk maqsadlarini ifoda etib, xalqning o'z maqsad-muddaolariga erishish uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat bo'ladigan poydevordir. Bu jarayon jamiyat a'zolarining tub manfaatlarini ko'zda tutadi, binobarin, har bir fuqaroni milliy o'zlikni anglagan holda tarbiyalash shu yurtning farzandlari uchun muqaddas burchdir.

«Tarbiya» tushunchasining tub ma'nosiga e'tibor beradigan bo'lsak, bu insonning o'zi va o'z hulqi haqidagi tasavvurining to'g'ri va xolis bo'lishini ta'minlovchi murakkab jarayondir. Har bir davlatning o'ziga xos tarbiyaviy usul va vositalari bo'ladi. Qadim zamonlardan tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o'zlashtirish shakllaridan biri sifatida qarab kelingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va shu kabi) jarayonida, turli urf-odatlar, marosimlar o'tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U asosan jismoniy baquvvat bo'lishga qaratilgan. Mehnat faoliyatining ko'pqirrali bo'lgani va murakkablashib borishi, ro'y bergan o'zgarishlar natijasida bolalar jamiyati paydo bo'lgan, bu jamiyat kattalar tajribasini o'zlashtirishning turli yo'llarini topib, o'z hayotiy faoliyatlarida takomillashtirib borilgan.

Bu birinchi navbatda kasb-hunar ta'limi turlarining ko'payishi va takomillashib borishi bilan bog'liq. Bola istagan sohasi bo'yicha ta'lim-tarbiya olib, o'zi xohlagan ixtisoslikni egallashga haqli bo'lgan. Lekin ko'pincha, odatda ota kasbini, bobo meros kasbini tutgan yoshlar hayotda ko'proq muvaffaqiyat qozonadi. Chunki bolada otaning qoni, uning layoqati bo'ladi. Demak, kasb tarbiyasi, bola yoshlikdan el-

yurtga foydasi tegadigan mehnat faoliyatiga yo'naltirish ham mafkuraviy ahamiyatga ega.

G'oyaviy tarbiyaning mohiyati. Shaxs tarbiyasining muhim yo'nalishi - bu g'oyaviy tarbiyadir. Bu - inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o'z maqsad va mohiyatiga ko'ra g'oyaviy tarbiyadir.

Bu bolaning dunyo haqidagi, olamning rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o'ziga xosliklar, axloq tamoyillari, go'zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu - tom ma'noda mafkuraviy tarbiyaning asosi, poydevoridir. Shuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, xalq, jamiyat bo'lishi mumkin emas.

Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g'oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayon.

G'oyaviy tarbiyaning maqsadi. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi

- jamiyatning har bir a'zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta'minlashdir. Bu pirovard natijada o'sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg'or g'oyalarning har bir fuqaro tomonidan ongli ravishda o'zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta'minlaydi. Shu ma'noda, milliy istiqlol mafkurasi O'zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog'lom g'oyalar va fikrlar tarzida - xalq tafakkuri tarzida o'z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.

«Ta'lim to'g'risida»gi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qonunlari «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning me'yoriy asosi, uni amalga oshirish usuli va mexanizmidir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'zagi va muhim xususiyati unga asosiy tarkibiy qismlar sifatida quyidagi komponentlar kiradi: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat.

Majoziy ma'noda ta'limni individ - odam obrazini yaratish deb ta'riflash mumkin.

Ta'limning maqsadi - individni, hamjamiyatni rivojlantirish va global ko'lami

- hayotning madaniy va sivilizasion shakllarini saqlash va rivojlantirishga individning har xil faoliyat turlarini o'zlashtirishi vositasida erishiladi. O'qitish va o'qish jarayonida texnologik ko'nikmalar o'zlashtiriladi, bilim olinadi. Tarbiyada va o'z-

o'zini tarbiyalashda an'anaviy qadriyatlar tizimi qabul qilinadi va o'z tizimlar i ishlab chiqiladi.

Tarbiya keng ma'noda ijtimoiy-madaniy tajribani maxsus tashkil etish yo'li bilan avloddan-avlodga o'tkazish hamda bolaning ichki asoslari ro'yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratish jarayonidir.

Tarbiya tor ma'noda esa katta yoshli odamning bolani hamjamiyat hayotining konkret vaziyatlariga olib kirish borasidagi aniq faoliyati, uning ichki o'sishi uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.

Ta'lim va tarbiya jarayoni - shaxsni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridir. Ushbu jarayonda ta'lim va tarbiya tizimining istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Milliy mustaqillik prinsiplari va maqsadlariga, fan, texnika, texnologiyalarning hozirgi yutuqlariga muvofiq holda, boy madaniy-tarixiy va ma'naviy-axloqiy an'analarni hisobga olgan holda o'quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishini va mazmunini tubdan isloh qilishni davom ettirish kerak.

2. Yosh avlodni tarbiyalash jarayonlariga kuchli turtki berish uchun, birinchi navbatda, tegishli tashkiliy tuzilmalar, bolalar-yoshlar birlashmalari va harakatlarini yaratish zarur.

3. Asosiy maqsadga - kamolga yetgan shaxsni, yangi ijtimoiy ongni shakllantirishga, demak milliy g'oya va mafkurani amalga oshirishga erishish uchun tarbiya jarayonida qatnashuvchi barcha sub'ektlarning samarali hamkorlik qilishi uchun shart-sharoitlar, mexanizmlarni shakllantirish va ta'minlash darkor.

4. Ijtimoiy institutlar bo'lmish ta'lim muassasalarining vazifalarini tubdan qayta ko'rib chiqish zarur. Maktab, litsey, kollej, institut, universitet faqat bilimlar va fan maskaniga emas, shu bilan birga, chinakam madaniy-ma'rifiy markazga aylanishiga erishish kerak.

5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo'yilayotgan talablarni tubdan qayta ko'rib chiqish, ya'ni pedagog-larning malakasini yangi sifat bosqichiga ko'tarish lozim.

6. Milliy o'zlikni shakllantirish ma'nosida bolalar va o'smirlar uchun o'quv -metodik, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotning yangi turkumini ishlab chiqish hamda joriy etishni faoliyatning muhim yo'nalishi deb hisoblamoq kerak.

«Axborotlashgan jamiyat» asrida o'zlikni anglash. Bunday jamiyat axborotni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie, internet kabi ko'plab vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Bugungi kunda

«axborotlashgan jamiyat» fuqarolar va yoshlar faoliyatiga ta'siri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «to'rtinchi hokimiyat» atamasi ham qo'llaniladi. XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytish kerakki, axborotlashgan jamiyat millatning milliy o'zli gini anglashda katta ta'sir kuchiga, vositalarga ega bo'lib, undan jamiyat o'rinli va ijobiy foydalangan taqdirdagina u yoshlar ongiga samarali ta'sir etishi mumkin. Bugungi kunda global miqyosda faoliyat ko'rsatayotgan va ta'sir doirasi katta bo'lgan telekanallar va axborot agentliklari borligini ham ta'kidlash zarur. Dunyoning turli mintaqalaridan mustaqil ravishda axborotlar olish imkoniyati yaratildi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar ham qabul qilindi.

Demak, axborotlar sohasining tez sur'atlar bilan o'sishi, uni avtomat-lashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilar hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o'z navbatida kelajakdagi «axborotli jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.: O'zbekiston, 1997.

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.

4. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,

5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.

6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.

7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

8. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz

Elektron ta'lim resurslari

1. "Xalq so'zi" gazetasi -www info XS. Uz.

2. "Turkiston" gazetasi - www turkiston sarkor. uz.

3. "Ma'rifat" jurnali - www ma'rifat - inform.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.