Научная статья на тему 'YOSHLARDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH MEXANIZMI VA O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARUV USULI'

YOSHLARDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH MEXANIZMI VA O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARUV USULI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
839
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zlikni anglash / struktura / komponent / shaxs / emotsional / qadriyat / etnik jamoa / ijtimoiy munosabatlar / milliy identifikatsiya / self-awareness / structure / component / personality / emotionality / value / ethnic community / social relations / national identity.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saparova, Gulbaxar Aytbaevna

Mazkur maqolada yoshlarda milliy o‘zlikni anglash mexanizmini tadqiq etishda, uning o‘ziga xos xususiyatlari, mazmuni, komponentlarini aniqlash haqidagi qarashlari ilmiy-falsafiy jihatdan o‘rganildi. O‘z-o‘zini bilish, o‘zida emotsional – qadriyatli munosabatlar bo‘lishi va shaxs ahloqiy-ma’naviy o‘zini boshqarish haqidagi qarashlari ilmiy nazariy jihatdan tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISMS OF NATIONAL IDENTITY IN YOUTH AND METHODS OF SELF-GOVERNANCE

In this article, when studying the mechanism of national identity among young people, we consider their views on identifying its specific features, content, components from a scientific and philosophical point of view. His views on self-knowledge, the existence of emotional-value relationships and moral and spiritual self-government of the individual are scientifically and theoretically studied.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH MEXANIZMI VA O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARUV USULI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

YOSHLARDA MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH MEXANIZMI VA O'ZINI-O'ZI BOSHQARUV USULI

Saparova Gulbaxar Aytbaevna

Nukus davlat pedagogika instituti falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yoshlarda milliy o 'zlikni anglash mexanizmini tadqiq etishda, uning o'ziga xos xususiyatlari, mazmuni, komponentlarini aniqlash haqidagi qarashlari ilmiy-falsafiy jihatdan o 'rganildi.

O 'z-o 'zini bilish, o'zida emotsional - qadriyatli munosabatlar bo 'lishi va shaxs ahloqiy-ma'naviy o'zini boshqarish haqidagi qarashlari ilmiy nazariy jihatdan tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: o'zlikni anglash, struktura, komponent, shaxs, emotsional, qadriyat, etnik jamoa, ijtimoiy munosabatlar, milliy identifikatsiya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье научно-философски изучаются взгляды при исследовании механизма национальной идентичности у молодежи. Обосновываются выявление ее специфических черт, содержания, компонентов с научно-философской точки зрения.

Проводится научно-философское исследование взглядов на самопознание, существование эмоционально-ценностных отношений и морально-духовное самоуправление индивида.

Ключевые слова: самопознание, структура, компонент, личность, эмоциональность, ценность, этническая общность, социальные отношения, национальная идентичность.

ABSTRACT

In this article, when studying the mechanism of national identity among young people, we consider their views on identifying its specific features, content, components from a scientific and philosophical point of view.

His views on self-knowledge, the existence of emotional-value relationships and moral and spiritual self-government of the individual are scientifically and theoretically studied.

Keywords: self-awareness, structure, component, personality, emotionality, value, ethnic community, social relations, national identity.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Yoshlarda milliy o'zlikni anglash mexanizmini tadqiq etishda, uning o'ziga xos xususiyatlari, mazmuni, komponentlarini aniqlash muhimdir. Bu masalani ilmiy jihatdan o'rganishda I.I.Chesnakovaning konsepsiyasi biz uchun e'tiborga molikdir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

I.I.Chesnakovaning o'zlikni anglash strukturasida uchta komponentni ajratadi: o'z-o'zini bilish, o'zida emotsional - qadriyatli munosabatlar bo'lishi va shaxs ahloqiy-ma'naviy o'zini boshqarishidan iborat [1]. U quyidagi komponentlar orkali namoyon bo'ladi:

-birinchi komponentni shaxs o'zi haqidagi bilimlarni o'rganish jarayoni tashkil etadi. Unda o'zining "men"i haqidagi dastlabki tassavvurlar paydo bo'ladi, shundan so'ng jamiyat a'zosi sifatida uning qonun va qoidalarini tushunish va o'ziga nisbatan talab shakllanadi;

-ikkinchi komponentda shaxs o'zi haqidagi bilimlarni boyitishi orqali turli darajadagi bilim va emotsional xissiyotlarga ega bo'ladi va o'zining shaxsiga nisbatan talab va ehtiyojlariga mos munosabati va qadriyatlarini bilib olishga erishadi;

-uchinchi komponentda o'z shaxsiga xos emotsional qadriyatli bilim va munosabatlarni va o'z-o'zini bilish natijalarini axloqiy-xulqiy yo'nalishga qo'yish tashkil etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mavjud komponentlar bu jarayonida bilish va emotsional sohalarda tassavvurlarning kengligi, mukammalligi va yetukligini asosida shaxsga o'z-o'zini baholash va harakat darajalarini belgilash imkoniyatini beradi. Zero, shaxsda o'zining muayyan etnik jamoaga oidligini bilib olishi, bu etnik jamoa va ijtimoiy munosabatlar tizimida o'z o'rniga ega bo'lishi, shuningdek ilmiy ehtiyoj va mavjud etnik guruhlarining boshqalar bilan o'zaro aloqadorligini tushunib yetish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda o'zini-o'zi ahloqiy-xulqiy jihatdan boshqarishi, uning mavjudligi va yashashi bilan bog'liq ichki birligini tashkil etadi.

Yuqoridagi fikrlarning tahlilidan o'z-o'zini anglashning quyidagi komponentlarini ajratish mumkin: milliy identifikatsiya, milliy stereotiplar, tarixiy o'tmishni birligini tushunib yetish, xududiy va davlat birligi, ma'naviy-moddiy boyliklar. Bular nafaqat o'zlikni anglashni balki milliy o'zlikni anglash imkoniyatini beradi.

Milliy o'zlikni anglash strukturali va komponetlarning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayonda kechadi va o'ziga xos turlicha ahamiyat kasb etadi.

Scientific Journal Impact Factor

Bu strukturaning asosiy va muqarrar elementi insonning o'z etnogenezisisni bilib olishdir.

Shaxsda ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy sohalardagi rang-barang bilimlar asosida erishilgan milliy o'zlikni anglash umumo'zlikni anglashining tarkibiy qismini tashkil etadi. Lapich K.G. milliy o'zlikni anglash bilan umumo'zlikni anglash o'zviy bog'likliliga asoslanib, uning uch tomonlama bog'liqda: bilish, emotsional qadriyatlar va ahloqiy-tarbiyaviy komponentlarini ko'rsatadi [2].

O'z-o'zini anglash yoki milliy o'zlikni anglash fenonimi to'g'risidagi yuqorida keltirilgan uchta komponentlarni e'tiroq etgan holda bu jarayonning samarali bo'lishi uchun bizningcha, ong shakllaridan bo'lgan omillarni qo'shish lozim. O'z o'zini anglash strukturasi komponentlari quyidagicha qo'rsatilgan:

- suveren davlat, davlat mafkurasi, milliy g'oya;

- milliy va diniy qadriyatlarning shaxs "men"i haqidagi bilimlar mazmunini boyitishga ta'siri;

-milliy madaniy meros va jamiyat tarraqiyotida shakllangan xalq bayramlarining shaxsning shakklanishiga ta'siri;

-umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi.

Jamiyat tarixiy taraqqiyotida o'z-o'zini anglash yoki milliy o'zlikni anglash jarayonida suveren davlat va uning mafkurasi boshqarish va yo'naltirish xususiyatiga ega bo'ladi. Agar biz tarixga nazar tashlasak dastlab, mifologik va diniy dunyoqarashlar zaminida paydo bo'lgan bosh va asosiy g'oyalar mafkura vositasi ila odamlarni uyg'unlashtirish, o'z-o'zini anglab borish yo'li bilan jamoa, jamiyatda nisbatan barqaror munosabatlarni turish imkoniyati rivojlana borgan. Keyinchalik, milliy so'ngra jahon fanlarining shakllanish va unga asoslangan mafkura jamiyat ma'naviy-madaniy hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, shu jumladan o'zlikni anglashga o'z ta'sirini ko'rsatgan.

Din ezgulik manbai. U inson, jamiyat, tabiat va butun bog'liqni yaratgan insoniyat uchun birdan bir to'g'ri, odil, hayot yo'lini ko'rsatadigan ilohiy qudratga ishonishni bir butun tizimga aylantirgan ta'limotdir [3]. Bu ta'limotning qadriyatlari mazmunini, ezgulik va poklikka da'vat e'tuvchi g'oyalarni kishilar diniga soladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Mavjud ta'limotlar bo'yicha tadqiqot olib borgan mamlakatimiz olimlari bu jarayonni o'ziga xos uch taraqqiyot bosqichi yoki davr o'taganligini yozganlar.

Birinchisi-shartli ravishda Qur'oni karim davri deb atalgan. Qur'oni karimda Arabston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiyva ijtimoiy

qarashlar, huquqiy va ahloqiy mezonlar o'z aksini topgan. Bu qur'oniy tasavvurlar

371

Scientific Journal Impact Factor

butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi.

Ikkinchi davr islomda umuminsoniy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar (plyuralizm)ga yo'l qo'yilgani bilan ajralib turadi.

Uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi "chekka" o'lkalarning ahamiyati va o'rni yanada ortganligi bilan bog'liqdir. Batamom o'zga madaniy an'analarga ega bo'lgan xalqlar musulmon dunyosining ma'naviy hayotiga qo'shilgach, islomga o'z diniy-axloqiy tasavvurlarni, huquqiy normalari va odatlarini olib kirdilar [4]. Mazkur bosqichlar davrida o'lkada yashovchi turli millatlar nafaqat yagona e'tiqod qilishga, shu bilan birga o'zligini anlash ham imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Yoshlar o'z-o'zini boshqarish jarayonida xususan milliy o'zlikni anglashda mafkuraning roli davlat tuzilmasining shakliga (totalitar, demokratik va boshqa) ko'p jihatdan bog'liq bo'lgan. Mustabit tuzumda uni butunlay salbiy, xalq manfaatlariga zid va eskilik sarqkti, deb baholangan. Chunki sho'rolar davlati kommunistik mafkuraviy vazifalarga asoslanib bo'lib, dinning har qanday ko'rinishiga, madaniy qadriyatli yondashuvga yo'l qo'yilmadi. Diniy madaniyat, diniy qadriyatlarning ijtimoiy hayotdagi roli nafaqat inkor etildi, balki uning har qanday ko'rinishlariga qarshi qurashildi. Milliy o'zlikni anglash masalasi bu davrda deyarlik unutildi. Chunki milliy masala bilan qiziqadigan kishilar millatchilikka ayblanib, jazolandi.

Shaxsda joy olgan ijodiy va yaratuvchanlik qobiliyati uning erkinligi me'yori bilan munosib ravishda sodir bo'ladi. Metodologik jihatdan erkinlik me'yori cheklangan yoki nazoratga olingan mamlakatda taraqqiyot yo'llari bo'g'iladi. Mustabit tuzumda o'rnatilgan tartib va qoidalarda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizmda inson shaxsi kamsitilgan "meni"ni harakatga keltirish huquqidan maxrum edi. Chunki "meni"ning harakatga keltiruvchi erkinlik va mustaqillikni kishanlovchi tizim yaratildi. Inson shaxsligini ilohiyatlashtirishga qaratilgan nazariy qoidalar -individualizmni tanqid qilish zaylida yuzaga chiqdi. Holbuki, individualizmni o'z-o'ziga mahliyolik, xudbinlik emas, balki o'z-o'zini qadrlashg, shaxsiy kamolot sari intilish, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, o'z "meni"ning mustaqilligi salohiyatini o'rnatishni taqozo etadi [5].

Haqiqatan ham totalitarizm davrida jamiyatning har bir sohasi va uning bo'g'inlari ijtimoiy hayotimizning har bir yo'nalishi, ayniqsa shaxs erkinligi davlat nazorati ostida bo'lib, o'zligini anglash, xususan milliy o'zlikni anglash, xususan milliy o'zlikni anglash cheklab qo'yilgan edi.

Scientific Journal Impact Factor

Milliy o'zlikni anglash jarayonini o'rganishga demokratik yo'nalishdagi mamlakatlar va uning mafkurasi real imkoniyatlar yaratadi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'zining mafkurasini shakllantirdiki, uning asosida milliy o'zlikni anglash uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Milliy o'zlikni anglash uchun uning strukturaviy komponentlari va diniy g'oyani bo'lishi yetarli emas buning uchun davlat mafkurasi bo'lishini taqozo etadi. Chunki mafkura g'oyalar tizimidan tashqari uning bosh g'oya va asosiy ijtimoiy maqsadini odamlar ongiga yetkazuvchisidir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi omillar ta'sirida milliy o'zlikni anglash fazilatlarini o'ziga singdirgan yosh avlod voyaga yetib, jamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida o'z o'rnini topadi. Har bir yosh avlod o'z kelib chiqishi tarixini, etnik ildizlarini hamda jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini idrok etgan inson shaxs sifatida faoliyat ko'rsata boshlaydi. Bunday inson dastavval o'zining jamiyatda tutgan o'rni va bajaradigan vazifalarini belgilab oladi. Yoshlarning, insonning ko'p qirrali va murakkab vazifalari ichida unga singdirilgan millatparvarlik, vatanparvarlik, mehr va murruvvatlilik bilan bir vaqtda boshqa xalqlarning milliy madaniyatiga hurmat bilan qarash tuyg'usi ham faoliyat sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Чеснакова И.И.. Проблема самосознаия в психологии. М.: 1977. -144 с.

2. Латч К.Г. Нацыянальная самасвядомасць и менталггэт беларусау. / К.Г.Лапiч/ / Адукац ыя i выкавание. -2000..-№3. -С.8-12.

3. Nitisn Dubey, India: Harmany in Indian religionis. XXIII world congress of filosofhy, 2013.-Р.176.

4. Ислом: багрикенглик ва мутаассиблик. -Тошкент -1998.

5. Пулатов Х. Мустакиллигимиз кадриятлари. "Узбекистон адабиёти ва санъати" газетаси. -Тошкент, 1993.-Б.2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.