Научная статья на тему 'MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH – BARQAROR TARAQQIYOT OMILI'

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH – BARQAROR TARAQQIYOT OMILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
417
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bag‘rikenglik / diniy bag‘rikenglik / millatlararo totuvlik / xavfsizlik / ma’rifat / diniy ma’rifat. / Tolerance / religious tolerance / interethnic harmony / security / enlightenment / religious enlightenment.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Oblomuradova, Xabiba Naimovna

Maqolada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING INTERETHNIC HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE IS A FACTOR OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT

The article covers the importance of ensuring interethnic harmony and interreligious tolerance in Uzbekistan as one of the most important priorities of state policy, as well as comprehensive reforms carried out in this direction.

Текст научной работы на тему «MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH – BARQAROR TARAQQIYOT OMILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIKNI TA'MINLASH - BARQAROR TARAQQIYOT OMILI

Xabiba Naimovna Oblomuradova

TDYU dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD e-mail: h. oblamurodova@tsul .uz

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni ta'minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi hamda mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ahamiyati yoritilgan.

Tayanch so'zlar. Bag'rikenglik, diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, xavfsizlik, ma 'rifat, diniy ma 'rifat.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОЙ ГАРМОНИИ И РЕЛИГИОЗНОЙ ТЕРПИМОСТИ - ФАКТОР УСТОЙЧИВОГО

РАЗВИТИЯ

Хабиба Наимовна Обломурадова

Доктор философии (PhD) по философским наукам, доцент кафедры ТГЮУ e-mail: h. oblamurodova@tsul .uz

АННОТАЦИЯ

В статье освещаются вопросы обеспечения межнационального согласия и межконфессиональной терпимости в Узбекистане как одного из важнейших приоритетов государственной политики и важность проводимых в этом направлении масштабных реформ.

Ключевые слова. Толерантность, религиозная толерантность, межнациональная гармония, безопасность, просвещение, религиозное просвещение.

ENSURING INTERETHNIC HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE IS

A FACTOR OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT

Khabiba Naimovna Oblomuradova

Doctor of philosophy (PhD) on philosophical sciences, associate professor of the Department of TSUL e-mail: h. oblamurodova@tsul .uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

ABSTRACT

The article covers the importance of ensuring interethnic harmony and interreligious tolerance in Uzbekistan as one of the most important priorities of state policy, as well as comprehensive reforms carried out in this direction.

Keywords. Tolerance, religious tolerance, interethnic harmony, security, enlightenment, religious enlightenment.

KIRISH

Mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta'minlash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona, teng huquqli va o'zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu barcha sohada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo'lidagi ezgu maqsaddan dalolatdir. Zotan, fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoniga muvofiq tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"[2]da ham aynan jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan.

Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi O'zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishishni ko'zlagan. Ushbu maqsadlarga erishish yo'lida amalga oshiriladigan sa'y-harakatlar ham aniq. Ular, o'z navbatida, samaradorlik va natijadorlikni nazorat qilishni anchayin osonlashtiradi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirilgan islohotlar natijadorligini taraqqiyotning maqsadlariga erishganlik darajasiga muvofiq ravishda baholash tizimi joriy etildi.

Taraqqiyot strategiyasining beshinchi - Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo'nalishining 74-maqsadi Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik muhitini mustahkamlashni nazarda tutadi. Unda qo'yidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan:

Milliy madaniy markazlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasini izchil amalga oshirish;

Turli millat yoshlari uchun qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish;

Xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan OAVlarni qo'shimcha qo'llab-quvvatlash;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Do'stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

Mazkur vazifalar Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, ma'naviy va ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham g'oyat muhim ahamiyatga ega ekanligining yaqqol namunasi hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi axborot makonida dinlar, ayniqsa, jahon dinlaridagi bag'rikenglik tamoyillarini yoritish va yoshlar ongiga singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, turli din vakillari o'rtasidagi o'zaro murosai madorani ta'minlashda diniy bag'rikenglik eng samarali omildir.

Keling, shu o'rinda biz yuqorida fikr yuritayotgan mazkur tushunchaning mazmun-mohiyatiga to'xtalsak.

Bag'rikenglik (tolerantlik - lot. chidam, sabr-toqat) - o'zgalarga nisbatan mehr-muruvvatli, g'amxo'r, saxiy, kengfe'lli bo'lgan, ana shunday ma'naviy fazilatl arga ega kishilarni ifodalovchi tushuncha. Bag'rikenglik o'zgalarning dunyoqarashi, diniy e'tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an'ana-marosimlariga hurmat-ehtiromda bo'lish, muomala-munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yo'l qo'ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, shaxslararo munosabatlarda, jamoat joylarida bunga rioya etishni anglatadi. Mazkur tushuncha turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, tinch-osoyishta yashashini ifoda etadi.

Shu bilan birga, tolerantlik dunyoqarash sifatida zo'ravonlik ko'rinishi bo'lgan ekstremizmga qarama-qarshidir. Jamiyatda turli xil xalqlar, millatlar va dinlarning o'ziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini O'zbekiston misolida ham ko'rish mumkin.

Bag'rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat. Bag'rikenglik milliy va diniy tusda ham namoyon bo'ladi. Milliy bag'rikenglik -millatlararo totuvlikni anglatsa, diniy bag'rikenglik - turli diniy konfessiyalarga mansub kishilarning hamjihatlikda yashashini bildiradi [3].

Bag'rikenglik dunyodagi turfa madaniyatlar, turli xalqlar milliy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini hurmat qilishni anglatadi. Bunday bag'rikenglik keng dunyoqarash, samimiy munosabat, hur fikr, vijdon va e'tiqod negizida vujudga keladi. Bag'rikenglik faqat ma'naviy burchgina emas, siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir [5, 6]. Bag'rikenglik, eng avvalo, insonning huquq va erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir.

YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil 16-noyabrdagi 28-sessiyasida "Bag'rikenglik tamoyillari to'g'risida"gi Deklaratsiya qabul qilindi [9]. Shundan beri mazkur sana "Xalqaro bag'rikenglik kuni" sifatida nishonlanadi. Bundan ko'zlangan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

asosiy maqsad insoniyatni tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir. Mazkur deklaratsiyada ta'kidlanganidek: "Bag'rikenglik bo'lmasa tinchlik bo'lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo'lmaydi"[4].

Tolerantlik tushunchasining o'zbek tilida turli xil ma'nolari bor: chidamlilik, sabr-toqatlilik, bardoshlilik, kelishuvchanlik, qayishqoqlik, ochiq ko'ngillik, kengfe'llik [7, 8]. Tolerantlik turli xil ezgu qarashlarni, e'tiqodlarni, ko'p qirrali jahon madaniyatini hurmat qilish va to'g'ri tushunish asnosidagi o'zligini namoyon qilish, insoniy individuallikning ko'rinishidir[10, 11]. Tolerantlik - "birlik - xilma-xillikda" prinsipining keng miqyosda amalga oshishini anglatadi. Tolerantlik fuqarolik jamiyatini qurishning me'yoriy normasi va bugungi tamaddunning muhim qadriyatiga aylanib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar"[1] - deb, mustahkamlab qo'yilgan.

Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o'zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, o'z qiziqish hamda layoqatlari bo'yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odatlari, an'analarini saqlash va rivojlantirishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan [14, 15]. Bunday yuksak darajadagi e'tibor natijasida ko'p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi. Barcha millat vakillarining davlat boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy jarayonlarda keng va erkin ishtirok etishi kafolatlandi.

Yurtimizda bugungi kunda 138 ta milliy madaniy markaz, shuningdek, 34 ta do'stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Bu barcha millat hamda elatlar tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini asrash, ularni har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda [14, 15, 16, 17, 18, 19, 20].

Ular "xalq diplomatiyasi" mexanizmi asosida tinch hamda farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlarimiz bilan yaqin, o'zaro manfaatli munosabatlarni yo'lga qo'yishga salmoqli hissa qo'shmoqda [16, 17]. Ta'lim muassasalarida dars mashg'ulotlari 7 tilda olib borilmoqda. Teleko'rsatuv va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

radioeshittirishlar 12 tilda efirga uzatilayotgan bo'lsa, gazeta hamda jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop qilinmoqda.

O'zbekistonda davlat va din munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslangan: Diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi. Diniy bag'rikenglik tushunchasi turli din hamda konfessiya vakillari e'tiqodida aqidaviy farqlar bo'lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o'zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. O'zaro bir-birini tushunmaslik, bilimsizlik va jaholat insoniyat hayotida o'zaro shubhalanish va ishonchsizlikning tug'ilishiga sabab bo'lgan, buning oqibatida yesa turli nizolar va qonli kelishmovchiliklar kelib chiqqan.

Millatlararo munosabatlar shunday jarayonki, unda teng huquqlilik, murosa, hamkorlik prinsiplariga tayaniladi.

Ma'lumki, millatlararo munosabatlarni rivojlantirishda dinning o'ziga xos o'rni bor. Dinga nisbatan, asosan, ikki yondashuv mavjud: birinchisi, din inson faoliyatiga, ongi va intellektiga bog'liq bo'lmagan, transsendental voqelik, ikkinchisi, u inson aqlu idroki, ratsional izlanishlarining bir ko'rinishi, deb hisoblashdir. XXI asrga kelib, ushbu ikki yondashuvning madaniy qadriyatlar umumiyligi negizida bir-biriga yaqinlashishi ro'y bera boshladi. Mehr-muhabbat, orzu-umid, dunyo, adolat, tenglik, oqibat, ezgulik, inoqlik va bag'rikenglik kabi tushunchalar universal ahamiyat kasb yetib, diniy hamda dunyoviy ilmlarni uyg'unlashtirishga asos yaratdi.

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, diniy bag'rikenglikning millatlararo munosabatlarga ta'siri quyidagilarda namoyon bo'ladi:

birinchidan, din va diniy qadriyatlar etnosiyosiy paradigmaga qarshi chiqmaydi, balki rivojlanishni ta'minlashga o'z vosita va usullari bilan yordam beradi. Etnosiyosiy paradigmaning strategik maqsadi jamiyatning barcha a'zolari, shu jumladan, dinga e'tiqod qiluvchilar, konfessiyalar, diniy tashkilot a'zolariga ham daxldor;

ikkinchidan, xalqlar, millatlar bahamjihatligi strategik maqsadni o'zining hayotiy maqsadi sifatida qabul qilganida ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash mumkin;

uchinchidan, diniy bag'rikenglik destruktiv guruhlarga, fundamentalizm, terrorizm va missionerlikka xushomad, yon bosish emas, u mudom xatti-harakatlar hamda g'oyaviy qarashlarni ijobiy yoki salbiy xarakterga ega ekanini ajrata oladigan voqelik;

to'rtinchidan, millatlararo munosabatlarda dinga, diniy qadriyatlarga tayanish vijdon erkinligi orqali ta'minlanadi. Qaysi dinga e'tiqod qilish, qanday diniy qadriyatlarni e'zozlash, targ'ib etish va qo'llab-quvvatlash shaxsning konstitutsion huquqi [12, 13];

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

beshinchidan, millatlarara munosabatlaróa din va diniy tashkilotto to'plagan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-axloqiy tajribalardan foydalanish har ikki tomon, ayniqsa, ijtimoiy taraqqiyot uchun konstruktiv ahamiyatga ega. Lekin etnosiyosiy paradigma dinda konservativ va dogmatik unsurlar ham borligini, ulardan destruktiv kuchlar foydalanishga intilayotganini unutishi mumkin emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. // www.lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillaгga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taгaqqiyot stгategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. // https://lex.uz/uz/docs/-5841063

3. Ozodovna, T. D. (2022). "VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO'G'RISIDA" GI QONUNNING DINIY EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHDAGI AHAMIYATI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(7), 29-33.

4. Таджибаева, Д. (2020). СВОБОДА СОВЕСТИ - ОСНОВА СОЦИАЛЬНОЙ УСТОЙЧИВОСТИ. Review of law sciences, i (Спецвыпуск), 26-32.

5. Tojiboeva, D. O. (2020). Religious Tolerance Is The Basis Of Society Sustainability And Integration. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 2(11), 21-25.

6. Tadjibaeva, D. O., & Oblomuradova, K. N. (2020). Religious tolerance is a symbol of peace and enlightenment. Elementary Education Online, i9(4), 804-809.

7. Таджибаева, Д. (2017). ОБЕСПЕЧЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В ИНФОРМАЦИОННОЙ СФЕРЕ. Review of law sciences, i(1), 56-61.

8. Ozodovna, T. D. (2021). "MASS CULTURE" AS THE MOST DANGEROUS WEAPON OF IDEOLOGICAL PRESSURE.

9. Tadjibaeva, D. (2017). Ensuring national security in the information sphere. Review of law sciences, i(1), 8.

10. Tojiboeva, D. O. (2021). "MASS CULTURE" AS THE MOST DANGEROUS WEAPON OF IDEOLOGICAL PRESSURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(11), 1106-1111.

11. ТАДЖИБАЕВА, Д. (2017). Ensuring national security in the infoгmation sphere. Юридик фанлар ауборотномаси, (1), 56-61.

12. Таджибаева, Д. (2017). Обеспечение национальной безопасности в информационной сфере. Review of law sciences, i(1), 56-61.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

13. Qo'chqorov, R., & Tojiboyeva, D. (2016). Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: TDYU.

14. Khalimovich, N. O. (2022). THOSE WHO ARE CREATED FOR WOMEN ARE THE CONDITIONS AND PROVIDE THEM WITH WORK. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 515-517.

15. Khalimovich, N. O. (2022). Youth policy in Uzbekistan. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 105-106.

16. Khalimovich, N. O. (2022). THE ESSENCE OF THE LATEST REFORMS IN THE FIELD OF HEALTH CARE. PEDAGOGS jurnali, 10(2), 186-188.

17. Oblomurodov, N. K. (2021). The Labor Heroism Of The People Of Uzbekistan Behind The Front During The Second World War. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 37-46.

18. Khalimovich, O. N., Rasuljanovna, I. N., & Shakarovich, G. I. (2020). The Purpose and Outcome of Diplomatic Missions in the II-I Centuries Between Central Asia And China. Journal of Critical Reviews, 7(9), 126-128.

19. Мухаммадиев, Ж., & Юнусова, М. (2020). ПРАВОВОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫХ ОРГАНАХ И ОСОБЕННОСТИ ЗАЩИТЫ ИНФОРМАЦИИ. Review of law sciences, 5(Спецвыпуск), 172-177.

20. Yunusova, M. (2022). DIGITAL LEARNING TOOL—A MEANS OF SOLVING A PROFESSIONAL PROBLEM. Евразийский журнал академических исследований, 2(13), 10-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.