Научная статья на тему 'MIGRATSITA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI'

MIGRATSITA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Migratsiya,fuqarolik,islohotlar,vaqtinchalikmigratsiya,mavsumiymigratsiya,ID-karta,O‘zbekistonRespublikasifuqarosi,chetelfuqarosi,fuqaroligibo‘lmaganshaxs

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Farrux G‘aniyev, Gulandon G‘aniyeva, Sevara Shukridillayeva

So’nggi vaqtlarda mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi kengaymoqda, ya’ni mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga ish topish, daromad olish maqsadida ko’chishi, chiqib ketish hollari ko’p kuzatilmoqda. Migratsiya jarayonini tartibga solishni takomillashtirish va boshqarishning nazariy qarashlarini asoslash, mexanizm hamda vositalarini aniqlash davlat va jamiyatning manfaatiga xizmat qiladi. Bunda albatta, ishchi kuchi migratsion joylashuvining asosiy yo’nalishlarini ochib berish aholining bandligini ta’minlash, migratsiya oqimlarini davlat tomonidan boshqarishda ishchi-migrantlarning huquqlarini himoya qilish xalqaro me’yorlarini hisobga olishga qaratilishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIGRATSITA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

ARTICLE INFO

MIGRATSITA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGIISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI

G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston,e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X G'aniyeva Gulandon Ibragimovna Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti Shukridillayeva Sevara Elmurod qizi O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quv

kursi 313-guruh kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.14242268

ABSTRACT

Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:29th November 2024 KEYWORDS

Migratsiya islohotlar migratsiya migratsiya O'zbekiston fuqarosi , chet el fuqarosi fuqaroligi bo'lmagan shaxs.

fuqarolik, vaqtinchalik mavsumiy ID-karta Respublikasi

So'nggi vaqtlarda mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi kengaymoqda, ya'ni mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga ish topish, daromad olish maqsadida ko'chishi, chiqib ketish hollari ko'p kuzatilmoqda. Migratsiya jarayonini tartibga solishni takomillashtirish va boshqarishning nazariy qarashlarini asoslash, mexanizm hamda vositalarini aniqlash davlat va jamiyatning manfaatiga xizmat qiladi. Bunda albatta, ishchi kuchi migratsion joylashuvining asosiy yo'nalishlarini ochib berish aholining bandligini ta'minlash, migratsiya oqimlarini davlat tomonidan boshqarishda ishchi-migrantlarning huquqlarini himoya qilish xalqaro me'yorlarini hisobga olishga qaratilishi kerak.

KIRISH

XXI asrning boshlanishi jahon xo'jaligining sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilganligi bilan xarakterlanadi. Iqtisodiyotning globallashuvi ko'p sohalarni qamrab olganligi sababli mehnat bozorida katta o'zgarishlar yuz bermoqda va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlari yangicha namoyon bo'lmoqda. SHuning uchun ham bu muammoni tadqiq qilish muhim va dolzarb hisoblanadi.

Mamlakat Prezidenti SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda". O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlatga aylanishi va uning xalqaro hamjamiyatga a'zo bo'lib kirishi, bir tarafdan, bandlik bilan bog'liq istiqbolli rejalarni mustaqil ravishda emas, balki iqtisodiyotning globallashuv jarayonini hisobga olgan holda ishlab chiqishni, ikkinchi tarafdan esa, migratsiya bilan bog'liq qarashlar tizimi va bandlik siyosatini ishlab chiqish, uning ustuvor vazifalarini belgilashda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishidagi hududiy o'ziga xosliklarning hisobga olinishini talab qiladi.

Migratsiya odamlarning doimiy yoki vaqtincha yashash joyini o'zgartirish maqsadida bir hududdan ikkinchi hududga ko'chib o'tishini anglatuvchi tushuncha sifatida ko'p ishlatiladi.

Volume 1, Issue 16, November 2024

Page 66

Migratsiya tasnifi mutaxassislarning doimo diqqat markazida bo'lib kelgan. Ayniqsa XXI asrda bu global muammo sifatida ko'p e'tirof etilmoqda. Sotsiologiya, demografiya, iqtisod va psixologiya kabi soha vakillari tomonidan tadqiq etilmoqda. So'nggi paytlarda u global miqyosga ega bo'lib, unga aloqador mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Mamlakatyoki boshqa hududiy birlik (tuman, viloyat) ichidagi migratsiya ichki deyiladi. Aholi qishloqlardan shaharlarga, bir viloyatdan ikkinchisiga ko'chib o'tadi. Migratsiya jarayonlari faqat bir xil aholi punktiga odamlarni ko'chirishni o'z ichiga olmaydi. Tashqi migratsiya davlat chegarasini kesib o'tish bilan bog'liq bo'lib, emigratsiya - aholining chiqib ketishi va immigratsiya - chet elliklarning mamlakatga kirib kelishiga bo'linadi. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatish onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali amalga oshiriladi. Bunda, vakolatli davlat organi va davlat xizmatlari markazlari tomonidan an'anaviy tarzda ID-karta olish, fuqarolikka qabul qilish yoki aksincha, fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish tartibi ham saqlab qolinadi.

Migratsiyaning vaqt bo'yicha tahlilida, o'tkazgan vaqtiga ko'ra vaqtinchalik va doimiy migratsiyaga ajratiladi.

Vaqtinchalik migratsiya - bu ma'lum vaqtdan keyin muhojir o'z vataniga qaytishi kerak bo'lgan shartlar bilan bog'liq. Vaqtinchalik migrantlarning maqsadi yangi yashash joyi topish emas, balki yaxshi maosh oladigan ish topishdir.

Mavsumiy migratsiya - bu chet el fuqarosining mamlakatda bo'lishi mavsumiy ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan va bir necha oydan ortiq davom etmaydigan hodisa. Odatda bunday ishchilar qishloq xo'jaligida ishlaydi va bir yildan so'ng ular shartnomani uzaytirish ehtimoli borligiga qaramay, mavsum tugaganidan keyin vataniga qaytishadi. Qisqa muddatli migratsiya uzoqroq davom etadi - bir yilgacha, ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma amal qiladi.

Uzoq muddatli migratsiya mutaxassisning chet elda bir yildan bir necha yilgacha ishlashini nazarda tutadi. O'z vataniga qaytish yoki remigratsiya - bu teskari jarayon bo'lib, migrantlar chet elda biroz vaqt o'tkazgandan so'ng vataniga qaytadilar. Teskari migratsiya repatriatsiya paytida, odamlar o'z otabobolarining vataniga qaytganda ham sodir bo'ladi. Vaqtinchalikdan farqli o'laroq, doimiy migratsiya migrantning yangi joyga doimiy joylashish istagi va qobiliyati bilan belgilanadi. Migratsiyaning har xil turlarining ahamiyati haqida gapirganda shuni ta'kidlash mumkinki, vaqtinchalik migratsiya mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatsa, statsionar (doimiy) migratsiya mamlakatning demografik ko'rinishini ham o'zgartiradi.

Mamlakatimizda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida fuqarolarga hamda O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qo'shimcha qulayliklar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, sohadagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ularning ijtimoiy og'irlik darajasidan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqish va jarima tarzidagi ma'muriy jazolarning miqdorini maqbullashtirish, ma'muriy ish ko'rib chiqilishida aholining ovoragarchiligini, korrupsiya holatlarini hamda ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini aniq belgilash va ma'muriy ishlarni ko'rib chiqishda fuqarolarga yengillik yaratishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Volume 1, Issue 16, November 2024

Xususan, MJtKning 223 va 223-3-moddalarida ko'rsatilgan huquqbuzarliklar uchun belgilanadigan jarimalar miqdori bir xil ko'rinishga keltirilmoqda. Bu ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va elektron ish yurituv tizimidan unumli foydalanishni ta'minlashga xizmat qiladi.

Jumladan, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini aniq belgilash ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelishini hamda aholi orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga yengillik yaratishga xizmat qilishini ta'kidladi. Bundan tashqari, ortiqcha byurokratiya hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish ta'minlanadi.

O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bo''yicha ariza va hujjat topshirish uchun arizachi O'zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasasiga shahsan murojaat etishi talab etiladi. Shu bilan birga, quyidagi hujjatlarni ilova etadi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza - O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash maqsadini bildirgan shaxs, fuqarolikni qabul qilish bo'yicha arizasida O'zbekiston Respublikasi hududida turar-joy yoki ish bilan ta'minlanish masalasini ko'rsatishi lozim;

2. o'rnatilgan tartib bo'yicha anketa-ariza;

3. avtobiografiya va yaqin qarindoshlari haqida ma'lumot;

4. 3 ta surat;

5. Horijiy davlat fuqaroligidan chiqqanligini yoki fuqaroligi yoqligi tasdiqlovchi hujjat;

6. Shaxs, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish to'g'risidagi arizasi bo'yich to'plangan hujjatda otasi yoki onasi, buvisi yoki buvasining O'zbekiston Respublikasi hududida tug'ilganligini isbotlovchi hujjatini ilova etishi lozim.

Fuqarolikka qabul qilish bo'yicha arizaning ko'rib chiqilish muddati 1 yilni tashkil etadi. Arizachidan ko'rib chiqish uchun konsullik to'lovi 40 AQSh dollari+ma'muriy to'lov undiriladi. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:

1. chet el fuqaroligini rad etish;

2. O'zbekiston Respublikasi hududida oxirgi besh yil davomida doimiy yashash;

3. O'zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun qonuniy manbaning mavjudligi;

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tan olish.

Bugungi kunda 28 ta davlatning 295 ta ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O'zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan. Ayni paytda 16 ta davlat, shu jumladan, 10 ta iqtisodiy rivojlangan davlat ish beruvchilarida O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun 160 mingta ish o'rinlari aniqlangan. Birgina Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda 100 mingdan ortiq ish o'rinlariga O'zbekiston fuqarolarini jalb qilish bo'yicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Xususan, Germaniyaning 23 ta ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan 60 mingga yaqin O'zbekiston fuqarolarini tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish sohalariga to'g'ridan to'g'ri va Ausbildung (dual ta'lim) asosida ishga jalb qilinmoqda.

"Xorijga ish - mahalladan" tamoyili yo'lga qo'yiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqaroni aniqlab, "Onlayn mahalla" platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Kasbiy malakasi yo'q va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga o'qitish va profta'lim muassasalarida maqsadli tayyorlash yo'lga qo'yiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga o'rgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi.

Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligiga ko'maklashish ham muhim masala. Shu bois, Sayxunobod tajribasi asosida ularga tomorqada mahsulot yetishtirib, daromad olishi uchun moliyaviy ko'mak beriladi hamda boshqa turdagi bandlik xizmatlari ko'rsatiladi. "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" kompleks dasturiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratiladi. Tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolarini bepul

tibbiy ko'rikdan o'tkazadi. "Inson" markazlari tomonidan otaonasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam ko'rsatiladi.

Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko'maklashish jamg'armasidan oyiga 500 ming so'm subsidiya beriladi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun barcha manbadan 100 milliard so'm ajratiladi. Xulosa. Mamlakat Prezidenti SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda". O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlatga aylanishi va uning xalqaro hamjamiyatga a'zo bo'lib kirishi, bir tarafdan, bandlik bilan bog'liq istiqbolli rejalarni mustaqil ravishda emas, balki iqtisodiyotning globallashuv jarayonini hisobga olgan holda ishlab chiqishni, ikkinchi tarafdan esa, migratsiya bilan bog'liq qarashlar tizimi va bandlik siyosatini ishlab chiqish, uning ustuvor vazifalarini belgilashda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishidagi hududiy o'ziga xosliklarning hisobga olinishini talab qiladi.

O'zbekistonning turli integratsiya tashkilotlariga a'zo bo'lishi bilan birga ijtimoiysiyosiy tuzilmasining barqarorligini ta'minlash yo'lida bandlik va migratsiya muammolarini birgalikda hal qilish ko'zda tutiladi. Shu munosabat bilan yangi ish o'rinlarini yaratish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida mamlakatimiz aholisining faol ishtirokini ta'minlash masalasi mehnat bozorining amal qilishiga, bandlik va aholining turmush darajasiga ta'siri dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masala deb qaralmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining qonuniyatlarini aniqlash va O'zbekistonda namoyon bo'lish xususiyatlarini tadqiq qilish muhimdir. Ayniqsa, mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish, ishchi kuchi migratsiyasining mehnat bozoriga ta'siri masalasi ham muhim sanaladi. Bu masalani hal qilish uchun migratsiyaga moyil bo'lgan aholi va jamiyat manfaatlarini inobatga olishga asoslangan nazariy yondashuvlarni, uning mexanizm va usullarini tadqiq qilish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, uni boshqarishning uslubiy yondashuvlarini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarining ta'sirini, umumiy va hududiy ko'rsatkichlari o'rtasidagi tafovutlarni aniqlash muhim.

FOYDALANiLGAN ADABiYOTLAR:

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonun mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ- 4829-son qarori.

3. "O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4008-son qarori.

4. Abdurahmonov Q. Mehnat iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Toshkent. 2019. -297 b.

5. Игорян Д.И. Теория и практика исследования миграции населения. - М., Наука, 2011. -181 б.

6. Иброх,имов В.А. Международная миграция населения: теория и история изучения. -Ташкент. 2013. - 69 б.

7. Каланов К. Особенности миграционных процессов в Узбекистане. //Материалы второго конгресса социологов тюркоязычных стран на тему Гражданское общества и социальных процесс в XXI веке. - Алматы. 2008.

8. Воробьев О.Д., Топилина А.В. Миграция населения: теория и политика. Учебное пособие. -М.: 2012г.

9. Каланов К. Внутренняя миграция на неформальном рынке труда в

10. Узбекистане.// Россия - Узбекистан:история и современность (ч.2). / ЕвроАзия. -Москва. № (Июнь) / 2008.

11. Максакова Л.П. Миграция и рынок труда в странах Средней Азии. - Ташкент,2002.

12. Нодирова Н. O'zbekiston aholisining migratsion jarayonlaridagiishtiroki (muammo va yechimlar). BMI. - Samarqand. 2015.

13.Ганиев Ф. АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ ^АМДА МУХ,ОФАЗАСИ ТАЪМИНЛАНГАНИГА КАРАМАСДАН СОДИР ЭТИЛАДИГАН ЖИНОЯТЛАР //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.

14.Ганиев Ф. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ТОМОНИДАН УГРИЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙУНАЛИШЛАРИ //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.