XALQARO MIGRATSIYA VA UNING IJTIMOIY TAHLILI
Sh. Sultanova
TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada xalqaro migratsiya bilan bog'liq bo'lgan ichki va tashqi, ob'yektiv va sub'yektiv omillar hamda ularga ta'sir etuvchi hududiy demografik jarayonlar ijtimoiy falsafiy aspektda tahlil qilingan. Yevropa va Markaziy Osiyodagi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni takomillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy, gorizantal va vertikal xususiyatlari haqida mantiqiy fikrlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: xalqaro migratsiya, ob'yektiv va sub'yektiv omillar, demografik jarayonlar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, gorizontal va vertikal xususiyatlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются внутренние и внешние, объективные и субъективные факторы, связанные с международной миграцией, а также влияющие на них территориальные демографические процессы в социально-философском аспекте. Сформулированы логические соображения о социально-экономических, горизонтальных и вертикальных особенностях совершенствования развитых и развивающихся стран Европы и Центральной Азии.
Ключевые слова: международная миграция, объективные и субъективные факторы, демографические процессы, развитые и развивающиеся страны, горизонтальные и вертикальные характеристики.
ANNOTATION
This article analyzes internal and external, objective and subjective factors related to international migration, as well as the territorial demographic processes affecting them in a socio-philosophical aspect. Logical considerations on the socioeconomic, horizontal and vertical features of the improvement of developed and developing countries in Europe and Central Asia are formulated.
Keywords: international migration, objective and subjective factors, demographic processes, developed and developing countries, horizontal and vertical characteristics.
623
April 24, 2024
Migratsiya - bu tabiiy va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni talab etadigan, zamonaviy globallashuv davrida murakkab ko'rinish aks etib borayotgan jarayonlardan biri hisoblanadi. Ishchi kuchining dunyo miqyosida bir yerdan boshqa yerga ko'chib o'tishi xalqaro mehnat migratsiyasi deyiladi.
Mehnat migratsiyasi deyarli barcha milliy iqtisodiyotlarga xos jarayondir. Biroq uning jadallik darajasi jahonning u yoki bu hududlarida sezilarli farq qiladi. Mehnatkash-migrantlarning eng jadal oqimi ishchi kuchini eksport import qiluvchi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasida va tabiiy demografik o'qish sur'atida jiddiy farq bo'lganda kuzatiladi. Migratsiyaning asosiy to'rt yo'nalishlari ichida jami migratsiya oqimining hajmi bo'yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlar tomon ishchi kuchlarining ko'chishi birinchi o'rinda turadi. Mutaxassislar quyidagi migratsiya oqimlarini alohida ko'rsatib o'tishadi: G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari o'rtasida, sobiq sotsiologik mamlakatlardan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarga, rivojlanayotgan yoki o'tish davri iqtisodiyotli davlatlar o'rtasida (mas. Janubiy Amerika chegarasida, Ukrainadan Rossiyaga).
Ishchi kuchi migratsiyasining yana bir yo'nalishi, ya'ni rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan yoki o'tish davri iqtisodiyotli davlatlarga migratsiya uchrasa-da, bu yo'nalishni tanlovchi migrantlar soni unchalik ko'pchilikni tashkil etmaydi va ular TMKlarning shahobchalari va sho'ba korxonalarida band bo'lgan kadrlar, turli xayriya tashkilotlari va fondlari a'zolari, shuningdek, sarguzasht izlanuvchilar hamda tavakkalchilardan iborat. Ishchi kuchini o'ziga tortuvchi markazlar ichida eng yirik va uch yuz yildan beri mavjud bo'lgan markaz Shimoliy Amerika (AQSh va Kanada) hisoblanadi. Amerikalik statistiklarning ma'lumotlariga ko'ra, 90-yillar davomida belgilangan kvota 675 ming kishi bo'lishiga qaramay yiliga 1 mln.dan ortiq migrantlar AQShga kirib kelgan. Migrantlarni o'ziga tortuvchi boshqa bir "ohangrabo" Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridir. Ularga xorijiy ishchi kuchi jami aylanmasining to'rtdan bir qismidan ko'prog'i to'g'ri keladi. Bu hududda Fransiya (mamlakat aholisining 8 foizi xorijliklar), Germaniya (7,5 foiz) yetakchilik qilmoqda. Bulardan tashqari Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Avstriya ham ishchi kuchi qabul qilishda oldingi o'rinlarda turadi. Mehnat migratsiyasining uchinchi yirik markazi -Avstraliyadir. Avstraliya hukumati mamlakat hududining katta qismida aholi zichligi darajasining pastligi va uning tarkibida xitoy etnosi ulushining ko'payib borayotganidan xavotirda. Shuning uchun ham Kanbodja tomonidan Avstraliya mamlakatiga - qit'aga oq irqga mansub aholini, asosan fertil (turmush qurish va
April 24, 2024
624
farzand ko'rishga qodir) yoshdagi ayollarning ko'chib o'tishini rag'batlantirish borasida chora-tadbirlar majmuasini e'lon qilgan.
Muhim migratsiya markazlaridan biri Isroilni esga olishimiz ham maqsadga muvofiq. Isroil barcha yaxudiylarni o'zlarining tarixiy vatanlariga qaytarishga harakat qilmoqda. Yahudiylarning "Jannatmakon yer"ga migratsiyasi umumiy siyosiy sabablar tufayli bo'lsada, uning iqtisodiy jihatlari ham mavjud, turmush darajasi past bo'lgan mamlakatlardan Isroilga kelayotgan migrantlar oqimining jadalligi ham bundan dalolat berib turibdi [1.222-224].
Keyingi 20 yil ichida migrantlarni o'ziga jalb etuvchi yangi markazlar vujudga keldi. Ularning ichida Fors ko'rfazi mamlakatlari (Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirligi) va Lotin Amerikasi (Argentina, Braziliya, Meksika) hamda Osiyoning (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tayland) yangi industrial mamlakatlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Afrika qit'asida esa bunday markaz JAR hisoblanadi.
MDH doirasida Rossiya yirik markaz bo'lsada, u ham eksportyor, ham importyor mamlakat sanaladi. Rossiyadan MDHdan tashqariga ishchi kuchi eksport qilinsa (yiliga 10 ming kishi), MDH mamlakatlaridan - asosan Ukraina, Belorusiya, Moldaviya, Qozog'istondan (yiliga 300-500 ming kishi) import qilinadi.
Xalqaro migratsiya aylanmasi tarkibini tushunib yetish uchun mehnat migratsiyasining ko'rinishlarini belgilab chiqish zarur, ularni turli mezonlarga ko'ra saralash mumkin. Migratsiyasining asosiy ko'rinishlari qo'yidagilar:
• Davomiyligiga ko'ra - vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy;
• Ijtimoiy tarkibiga ko'ra - malakasiz ishchilar, o'rta texnik va servis xodimlari, talabalar (ta'til paytida), mutaxassislar, fan, madaniyat va sport arboblari, tadbirkorlar;
• Tabiatiga ko'ra - bevosita va bilvosita (TMK doirasida firma ichida);
• Mehnat shartnomasi ko'rinishiga ko'ra-shaxsiy va jamoaviy;
• Qabul qiluvchi mamlakatlardagi huquqiy holatiga ko'ra - assimilyatsion (keyinchalik fuqarolik berilishi) va noassimilyatsion.
Xalqaro statistika ma'lumotlariga ko'ra, migrantlarning asosiy qismini ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligida band bo'lgan kam malakali ishchilar tashkil etadi. Shunday bo'lsada, mutaxassislarning, ya'ni TMKlar tuzilmasida e'tiborli va yuqori haq to'lanadigan mansablarni egallagan yuqori malakali ishchi kuchining migratsion oqimi o'sib bormoqda (gap "aqllilarning ketib qolishi" to'g'risida bormoqda). Bundan tashqari yildan yilga Yevropa Ittifoqi kabi integratsion birlashmalarda ayollar va yoshlarning safarbarligi kuchaymoqda.
625
April 24, 2024
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-âumanitarfnlainïï
XIMda migratsiya oqimlarining kuchayib borishi tufayli ularning qabul qilib oluvchi va jo'natuvchi davlatlar iqtisodiyotiga ta'siri yanada sezilarli bo'lib bormoqda. Shuning uchun jahon ishchi kuchi bozorini ana shu nuqtai nazardan ko'rib chiqish joizdir.
Yurtimizda har yili o'rta va maxsus, kasb-hunar muassasalarini 650 ming yosh bitiradi. Ularning chorak qismi oliy o'quv yurtlariga qabul qilinsa, qolgani mustaqil ravishda, jumladan, xorijdan ish qidira boshlaydi. Ushbu talabni qondirish maqsadida O'zbekiston iqtisodiyotida yiliga o'rtacha 300 mingdan ortiq yangi ish o'rni yaratilmoqda.
O'zbekistondan boshqa davlatlarga ish izlab chiqayotgan migrantlarning 43 foizdan ortig'ini o'rta ma'lumotli, qariyb 29 foizini tugallanmagan o'rta ma'lumotlilar tashkil qiladi. Ularning aksariyati xorijda o'z huquq va qonuniy manfaatlarini to'la himoya qila olmaydi. Bunga, birinchi navbatda, til bilmasligi sabab. Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, mehnat migratsiyasi masalasida qator muammolar mavjud.
Bu muammoning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. Yurtimizda horijga ishlash uchun ketish istagidagi mehnat migrantlarini til va kasb-hunarga o'qitish, xavfsizligi va kafolatlangan ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha yangi tizim yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlagandek, "Samarali migratsiya siyosatini amalga oshirish, horijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga har jihatdan madad berish qonun manfaatlarini himoya qilish bo'yicha uzluksiz ishlarni davom ettiramiz" [2.208].
Ammo aksar yurdoshlarimiz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xizmatlaridan foydalanmaydi. Chunki chiqish tartibiga ko'ra, mehnat migratsiyasi uchun chet elga ketayotgan shaxslarning majburiy kasbiy tayyorgarligi to'g'risida sertifikat talab qilinadi. Shu boisdan, ko'pchilik fuqarolar xavfsizligini o'ylamay, Rossiya yoki Qozog'istonga borishni afzal ko'radi.
Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. Lekin ayrim odamlar malaka talab qilmaydigan o'lkalarga o'zlari ham mustaqil ravishda ketyapti. Ularning mehnat va yashash sharoitlari, kasbi, daromadi turlicha.
Bugungi kunda 28 davlatning 300 ga yaqin ish beruvchi va rekruting agentligi bilan O'zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan. 2024 qilga kelib 16 ta, jumladan, iqtisodiy rivojlangan 10 ta davlat ish beruvchilarida O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun 160 mingta ish o'rni aniqlandi. Birgina Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda 100 mingdan ortiq ish
626
April 24, 2024
o'rniga yurtdoshlarimizni jalb qilish bo'yicha 30 dan ziyod loyiha amalga oshirilmoqda [3.1].
Misol uchun,Germaniyaning 23 ta ish beruvchi va rekruting agentligi bilan 60 mingga yaqin yurtdoshimiz tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish sohalariga to'g'ridan to'g'ri va dual ta'lim asosida ishga jalb qilinmoqda. Ularga o'rtacha 2,1 ming dollar ish haqi taklif qilishyapti.
2024 yil boshida esa Buyuk Britaniya elektromexanik, qassoblik va qishloq xo'jaligidagi mavsumiy ishlarga 7,5 ming ish o'rta aniqlangan edi. Bugungi kunda yana tibbiyot yo'nalishida 10 mingta ish o'rniga talabnoma olindi. Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya, Finlyandiya va Yevropaning boshqa davlatlariga ham 27 mingdan ortiq fuqaroni yuk mashina haydovchiligi, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko'rsatish sohalariga ishga yuborish bo'yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, bu yil ilk marta Janubiy Koreyaga ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi va qurilish sohasiga 15,5 ming ish o'rniga kvota olindi. Kanada ham qurilish sohasida 5 ming ish o'rniga buyurtma berdi, soatiga 12 dollardan 30 dollargacha maosh to'lamoqchi.
2023 yilda 38,4 ming fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan bo'lsa, 2024 yilning birinchi choragida bu ko'rsatkich 20,9 mingni tashkil etdi. Bu migratsiya sohasida yuritilayotgan keng qamrovli ishlarning amaliy ifodasidir.
Xorijda taklif etilayotgan ish o'rinlarining aksariyatiga qisqa muddatda (o'rtacha 1-12 oy) ishchi kuchi yetkazib berish talab etilmoqda. Shu sababli hozir ishlar ikkita yo'nalishda tashkil qlingan. Birinchi yo'nalish muddatda to'ldirilishi talab etiladigan ish o'rinlari "Xorijga ish - mahalladan" tamoyilida individual ishlagan holda, ish beruvchilar talabiga mos keladigan kasbiy malaka va chet tilni bilish darajasiga ega nomzodlarni tezkor topish orqali to'ldiriladi.
Buning uchun "labor-migration" dasturi "online-mahalla" axborot tizimiga integratsiya qilinib, bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar va ish beruvchi talablarini to'liq aks ettirgan holda muntazam yangilab boorish tizimi joriy etildi.
Ikkinchi yo'nalishda xorijda aniqlangan ish o'rinlarida ishlash istagida bo'lgan, lekin kasbiy malaka yoki chet tilini bilmaydigan fqaroar aniqlanadi va ular o'qishga jalb qilinib, ish beruvchi talabiga mos ravishda maqsadli tayyorlanadi. Buning uchun 32 ta monomarkaz, 53 ta kasb-hunarga o'qitish va 13 ta qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi, 10 ta xorijiy tashkilot bilan hamkorlikda respublikamizda 48 ta kurs faoliyati yo'lga qo'yildi.
So'nggi o'n yil ichida Fors ko'rfazi arab davlatlari hamkorlik kengash (KADHK) mamlakatlarida, asosan, boshqa arab davlatlaridan kelgan mirantlar mhnatidan foydalanish tizimi yaratilgan. Migrantlar armiyada xizmat qiladi,
April 24, 2024
627
o'qituvchi va muhandis sifatida ham ishlaydi. Shu bilan birga, ular mahalliy aholi bilan bir xil tilda gaplashadi, bu esa ularning ish bilan ta'minlanishi sezilarli darajada osonlashtiradi.
Turli hisob-kitoblarga, jumladan, XMT baholashlariga ko'ra, KADHK mamlakatlarida qariyb 25 mln nafar migrant mehnat qiladi. Shu bilan birga, Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar va Saudiya Arabistonida atigi 29 mln. ish o'rinlari mavjud [4]. Ba'zi mamlakatlarda migrantlar soni mahalliy aholi soniga teng yoki undan ko'p. 2021 yilda KADHK mamlakatlarida ishlayotgan migrantlar o'z yurtiga 100 mlrd. dollarda ziyod pul o'tkazmalarini jo'natishgan.
Ba'zi KADHK davlatlari migrantlar sonini kamaytirishni va ularning o'rnini mahalliy fuqarolar bilan almashtirishni rejalashtirgan. Masalan, Quvayt migrantlar xizmatidan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, 4,4 mln. aholiga ega Quvaytda 700 mingdn 1 mln. nafargacha xorijlik ishchilar yashaydi. Xuddi shunday siyosat "mehnat bozorini umonizatsiya qilish" yo'nalishini e'lon qilgan Ummon tomonidan ham olib borilmoqda.
Global migratsiya jarayonlarining takomillashuvi rivojlangan mamlakatlarda tug'ilish darajasining pastligi va rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining haddan ziyod ko'payishi bilan bog'liq demografik omillar bilan belgilanadi. Bu omillar migratsiyaviy oqimga olib keluvchi harakatlantiruvchi kuch bo'lmoqda, chunki odamlar boshqa mamlakatlarda yashash va ishlash uchun yaxshiroq imkoniyatlarni izlamoqda. Rivojlangan mamlakatlarda aholi sonining kamayishi, rivojlanayotganida esa haddan tashqari ko'payishi jahon mehnat bozorida nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Bu migratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar uchun tahdid bo'lib, migratsiyani boshqarish va duyoning turli mintaqalarida turmush sharoitlarini yaxshilashga bo'lgan kompleks yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadi, natijada undan iqtisodiy rivojlanishga va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga ko'maklashish vositasi sifatida foydalanish mumkin bo'ladi.
Yuqorida qayd etilgan omillar tufayli so'nggi o'n yilliklarda xalqaro migrantlar soni doimiy tarzda o'sishda davom etdi. Bunday migrantlar soni 2017 yildagi 164 mln.nafarga nisbatan 2019 yilga kelib 169 mln. nafardan oshdi. Ushbu mamlakatlar orasida 51 mln. nafar migrant istiqomat qiladigan AQSH migrantlar uchun eng katta magnit hisoblanadi. Shuningdek, mazkur ro'yxatda mos ravishda 16,13,12 va 9 mln. migrantlar soni bilan Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Buyuk Britaniya ham bor. O'z navbatida, migrantlar bu mamlakatlarga dunyoning turli burchaklaridan keladi. Migrantlarning eng ko'p sonli guruhlari hindistonliklar (18 mln. kishi), meksikaliklar (11 mln. kishi), ruslar (10,8 mln. kishi), xitoylar (10 mln. kishi) va suriyaliklar (8 mln. kishi) hisoblanadi [5:84].
April 24, 2024
628
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^^zbekjSton^Hliy^niverMtei
Biroq COVID-19 pondemiyasi migratsiyaning xalqaro mobilligini sekinlashtirib, jarayonni bir necha oyga to'xtatib qo'ydi. Sayhatlar bo'yicha 108 mingta xalqaro cheklovlar joriy etilishi migrantlar soni o'sishini 2 minga qisqartirdi. Pandemiya boshida aviatashuv xizmatlari jiddiy muammolar bilan to'qnashib, butun dunyo bo'ylab turizm industriyasining qulashiga olib keldi. Bu eng yangi tarixda misli ko'rilmagan hodisa bo'ldi. 2020 yilning aprel-may oylarida xalqaro aviatashuvlar 80 foizga kamaydi. Shunday qilib, jahon bo'ylab migratsiya holati o'zgardi va xalqaro migratsiya oqimlari jiddiy taxdidlarga duch keldi.
COVID-19 pandemiyasi sharoitida migratsiya jarayonlari jiddiy zarar ko'rdi. Odamlar harakatini cheklash, chegaralarning yopilishi va iqtisodiy inqiroz tufayli ko'plab migrantlar ishsiz va ko'maksiz qoldi. Ba'zi hollarda migrantlar o'z yurtiga qaytishga majbur bo'lgan. Bundan tashqari, turli mamlakatlarda iqtisodiy vaziyat yomonlashgani bois odamlar yashash uchun yanada qulay sharoitlar va ish izlab, ommaviy ko'chib keta boshladilar. Xususan, 2020 yil oxirida 89,4 mln. kishi dunyo bo'ylab ko'chib yurish sharoitida yashagan Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) "2022 yilgi Jahon bo'ylab migratsiya" mavzusida 2022 yilda xalqaro migrantlar soni 2019 yildagi 272 mln. kishiga nisbatan taxminan 281 mln. kishini tashkil etganini qayt etdi, bu so'nggi yillardagi ko'rsatkichning eng kichik o'sishidir.
REFERENCES:
1. Назарова Г.Г., Хдйдаров Н.Х. Халкаро иктисодий муносабатлар. Укув кулланма. -Т.: ТДИУ, 2005.-222-224 б.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022.-208.b.
3. Xo'jayeva M. Mehnat migratsiyasi muammolari. Endi xorijga ketayotgan migrantlarning harajatlari qisman qoplanadi // Yangi O'zbekiston, 2024 yil 6 aprel, №69(1130).
4. Qutbiddinov Yu. Arab yaqin sharqi. Ko'rfaz arab davlatlarining iqtisodiy sharqi // "Iqtisodiy sharh" jurnali, 2023. №8(20).-32-33 b.
5. Abdumalikov I. Xalqaro migratsiya COVID-19 dan oldin va keyin. Muammolar va yechimlar // "Iqtisodiy sharh" jurnali, 2023.- №6(18).-84 b.
629
April 24, 2024