Научная статья на тему '“ MIFTOH UL – ADL” ASARIDA ADOLATLI PODSHOHLAR TALQINI'

“ MIFTOH UL – ADL” ASARIDA ADOLATLI PODSHOHLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2870
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Poshshaxoja / hukmdor / vazir / qozi / to‘g‘riso‘z / saxovatli / adolatli / oddiy xalq

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sodiqboyeva Durdona Isomiddin Qizi

Ushbu maqolada XVI asr Buxoro adabiy muhitining vakillaridan biri Poshshoxojaning adolatli, saxovatli hukmdor qanday bo‘lishi lozimligi haqida qarashlari “ miftoh ul-adl” asari hikoyalari misolida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ MIFTOH UL – ADL” ASARIDA ADOLATLI PODSHOHLAR TALQINI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

" MIFTOH UL - ADL" ASARIDA ADOLATLI PODSHOHLAR TALQINI Sodiqboyeva Durdona Isomiddin qizi,

O'zbekiston Milliy universiteti magistranti Sodiqboyevadurdona46@gmail.com https://doi. org/10.5281/zenodo. 7993591

Annotatsiya. Ushbu maqolada XVI asr Buxoro adabiy muhitining vakillaridan biri Poshshoxojaning adolatli, saxovatli hukmdor qanday bo'lishi lozimligi haqida qarashlari " miftoh ul-adl" asari hikoyalari misolida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar:Poshshaxoja, hukmdor, vazir, qozi, to'g'riso'z, saxovatli, adolatli, oddiy

xalq

XVI asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib, badiiy nasrning go'zal na'munalarini yaratgan yozuvchi va shoir Poshshaxoja ibni Abulvahhobxoja bo'lib,adabiy taxallusi Xojadir. Uning " Miftoh ul-adl "(adolat kaliti) va " Gulzor " kabi asarlari ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-ta'limiy hikoyatlar jamlanmasi hisoblanib,ko'p yillardan beri adabiyotshunoslarimiz tomonidan o'rganilib kelinmoqda."Miftoh ul-adl" asari XIV asr adabiyoti namunasi sifatida muallifi noma'lum deb qaralgan. lekin o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab bu asar Xojaga tegishli ekanligi aniqlandi.1962-yilda "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" to'plamlaridan namunalar V.Zohidov va S.G'aniyeva tomonidan nashr etildi.Xoja ijodini keng o'rganishda B.Valixo'jayev, N.M.Mallayev, A.Ibrohimov, M.Mirzaahmedova kabi olimlarning xizmatlari bor.

Xojaning "Miftoh ul-adl" asari 1508-1510-yillar orasida yozilgan va Shayboniyxonning o'g'li Temur Sultonga bag'ishlangan. U turli ijtimoiy-axloqiy mavzularga bag'ishlangan15 bobli kitobdir. Yozuvchi har bir bob mavzusiga oid fikr- mulohazalarini nazariy jihatdan bayon qilib, so'ngra fikrlarini tasdiqlash uchun turli masallar va hikoyatlar keltirib o'tadi.Asarning asosiy qismini xalq orzu qilgan insofli, adolatli, odil shoh tasvirlangan bir qator hikoyatlar tashkil etadi.Asar sodda xalqona tilda yozilgan bo'lib, unda tushunilmaydigan so'zlar deyarli uchramaydi, shuningdek, bayon qilish usulida ixchamlik va aniqlik bor.

Asarda yozma va og'zaki adabiyotda mashhur bo'lib ketgan Iskandar, No'shiravon, Mahmud G'aznaviy, Bahramshoh, Anushervon, Nuh va boshqalar nomi bilan bog'liq hikoyalar asosiy o'rin egallaydi. To'plamdagi hikoyatlarning har biri biron axloqiy, siyosiy yoki diniy maslahat berishni maqsad qiladi. Masalan, "No'shiravon, kampir va ozarbayjon hokimi" haqidagi hikoyatda haqiqiy xalqparvar, toj-u taxtga loyiq, adolatli hukumdor qanday bo'lishi lozimligi ochib berilgan.Unda aytilishicha, No'shiravon o'zining beklaridan birini Ozarbayjonga hokim qilib tayinlaydi. U hokim ma'lum vaqtgacha oqilona siyosat olib boradi, so'ngra xalqni mol-u mulkini zulm bilan tortib ola boshlaydi. Hatto, yolg'iz, kambag'al kampirning birdan-bir kun kechirish manbai bo'lgan bir parcha yerini ham tortib oladi.Kampir bekning ustidan arz qilib No'shiravon oldiga boradi.No'shiravon kampirni tinglagach, uni vaqtincha uy-joy va yegulik bilan ta'minlab. beklaridan birini Ozarbayjon hokimining qilayotgan ishlarini surishtirishga yuboradi. Tekshirishlar natijasida hokimnning avval hech qancha mulki bo'lmaganligi ,lekin hokimlikdan so'ngra xalqdan jabr-zulm o'tkazib tortib olgani evaziga kata boylik to'plagani aniqlanadi. Xalqning mol-mulki o'z egalariga qaytarilib, hokim aybiga yarasha jazolanadi. Shundan so'ng , No'shiravon xalq arz-u dodini shohga bemalol yetkazib turishi uchun taxtidan tashqariga uzun zanjir bog'latadi va kimning arzi bo'lsa, shu zanjirni tortishi

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

kerak bo'ladi.Kunlardan bir kun zanjir tebranadi chiqib qarasalar bir qari eshak bo'ladi.No'shiravon buyrug'i bilan aniqlanishicha, eshakning egasi uni yoshligida ko'p ishlatar, qarigach esa haydab yuborgan edi.Shoh eshak egasini chaqirtirib uni axtaxona va yem bilan ta'minlashni buyuradi. Hikoyat orqali yozuvchi shohni va amaldorlarini adolatli bo'lishga, oddiy xalqning arz-u holini tinglab,to'g'ri hukm chiqarishga undaydi. Xojaning shaxsiy hayot yo'liga nazr solsak , u umrini sultonlar, bek-u amaldorlar huzurida turli mansablarda faoliyat olib borib o'tkazganini ko'ramiz. Shuning uchun ham xalqning ahvolidan yaxshi xabador bo'lgan. Qaysiki xalqning ahvolini o'ylaydigan shoir shohning oldida yaqin kishisi bo'lsa , unga yaxshi so'z bilan ta'sir o'tkazishga harakat qilgan.

Poshshaxoja "Mitoh ul-adl" dostonini Navoiy, Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sa'diy Sheroziy kabi ulug' ijodkorlarining asarlaridan ta'sirlanib yozganini aytadi. Masalan, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning barcha asarlarida shoh-u amaldorlar, bek-u sultonlar davlat va jamiyat uchun foyladi, xalqning farovon yashashi uchun zarur fazilatlarga ega bo'lishi kerakli uqtiriladi. Adolat Navoiy ijodining asosiy mezoni hisoblanadi. Navoiy bir qancha g'azallarida, "Xamsa" ning barcha dostonlari va "Muhbub ul-qulub" da odil, diyonatli hukmdorlar qanday bo'lishi kerakligi haqida aytilib, zolim, zo'ravon shohlar ayovsiz tanqid qilinadi. "Hayrat ul-abror " dostinining 3-maqolati "Salotin" ya'ni sultonlar bobi deb nomlanib unda adolat tushunchasiga keng to'xtalib o'tadi.Dostonda adolat adl, haq, haqiqat, to'g'rilik so'zlari bilan ifodalanadi.

Shohki ish adl ila buyod etar,

Adl buzuq mulkni obod etar.[4. 244]

Shoir agar har bir hukmdor adolat bilan ish yurgazsa, xalqqa zulm qilsmasdan odil bo'lsa, bundan xalqning ko'ngli ravshanlashib, adolat vayrona yurtni ham obod qilib yuborishi haqida aytadi.

Yurting adolatli rahbari to'g'riso'z, saxovatli,I nsofli bo'lsa, mamlakat obod, xalq osoyishta, baxtli yashashi haqida gapirib munga misol sifatida "Shoh G'oziy" hikoyatini keltiradi. Hikoyatdan ma'lum bo'lishicha, Shoh G'oziyning yurishlaridan birida shu mamlakatda yashayotgan bir kampirning yakka-yu yagona o'g'li shahid bo'ladi. Taxt egallanganda, shoh shahid bo'lgan yigit va uning onasini unutadi. Kampir o'g'lini yo'qotgach, ancha qiynalib qoladi.Kunlardan bir kun shu kampir "sen mening o'g'limni jangda o'ldirib yubording, senda qon haqqim bor", deb shoh G'oziy oldiga arz qilib keladi. Shoh shariat bo'yicha hukm qilinishi so'raydi va ikkisi qozi oldiga boradilar.Qozi "kampir qonga qon olmoqchi bo'lsa,podshoh o'ldirlishi yoki shoh uni rozi qilishi kerak", deb hukm chiqaradi. Shoh bo'yniga sirtmoq solib, kampirning qo'liga qilich beradi, bir yoniga esa xamyon to'la oltin qo'yadi. Shoh qasos olaman desang , istasang jonim bilan, istasang pul bilan ol deydi. O'g'lingni o'limga buyurganimda ixtiyor o'zimda emas edi. lekin sen nima qilsang ixtiyor o'zingda deydi. Shundan so'ng, kampir shohning odilligini ko'rib xursand bo'ladi va uning jonidan kechib, oltinlarni oladi.

Ushbu hikoyadan maqsad Navoiy Husayn Bayqaroni va boshqa shohlarni adolatlilikda, marhamat va saxovatpeshalikda xuddi shunday bo'lishlarini orzu qilgan..Biz yuqorida ko'rgan Xojaning hikoyasidagi podshoh ham xuddi Navoiyning shoh G'oziysi singari oddiy xalq arzi -dodiga quloq tutadi va birdan hukm chiqarishga shoshilmaydi, balki vaziyatni to'laligicha o'rganib keyin to'g'ri qaror qabul qiladi .Demak, har ikkala ijodkor ham xalq dardini eshitadigan, odil siyosat olib boradigan hukmdorlarni orzu qilishgan.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Poshshaxoja boshqa hikoyatlarida ham adolat va xalqparvarlik g'oyalarini izchil davom ettiradi va shohlarga dadillik bilan adolatni tashviq etadi .Zulm va adolatsizlik qanchalar yomon ekanligini , buning islom dinida ham qattiq qoralanganini hadislar keltirish bilan dalillab ketadi. Uning "Sulton Mahmud G'aznaviy, uning oqil vaziri va ikki boyqush suhbati" haqidagi rivoyatning asosiy mazmuni ham shohni adolatli bo'lishi kerakligini ifodalaydi.Ammo bunda yondashuv boshqacharoq , undan oldingi No'shiravon haqidagi hikoyatda podsho odil xalqni tinglab, adolatli siyosat yurgizadigan qilib tasvirlansa, bu hikoyatda sulton nihoyatda zulmkor, zolimligidan yurt vayrona ahvolga kelib qolagan. Uning vaziri esa aksincha, juda dono, topqir va so'zamon bo'lib , ikki boyqush hikoyasi bilan shohni zulmkor ekanligini tan olishga majbur qiladi va adolatli shoh bo'lishga o'rgatadi. Boyqushlar hikoyasidan keyin suton Mahmud o'z qilmishidan iztirob chekib, yurtni vayrona ahvolga tushib qolganidan uyaladi."Hikoya avtori vazirni sultonga qaram- qarshi qo'yib sultonni tarbiyalaydi"[2.76]. Sulton vaziridan adolatli bo'lish uchun yana nima qilish kerak degan savoliga shu paytgacha qilgan zulmlari uchun tavba qilishni maslahat beradi . So'ziga dalil sifatida quyidagi hadisni misol keltiradi: " Payg'ambarimiz aytubdurlar: har kishi gunohdin tavba qilsa, gunoh qilmog'ondek bo'lur "[1.14] . Shundan so'ng sulton kunduzlari adl qilar , kechalari esa darvesh libosini kiyib qayda miskin -bechoralarni ko'rsa yordam qilar edi.

To'plamdagi yana bir kuchli mazmunga ega hikoyatlardan biri "bir soatlik adolat" haqidagi rivoyatdir. Unda hajga bormoqchi bo'lgan podshohni uning dono vaziri qaytargani, agar u hajga borsa, xalq egasiz qolib, yurtda tartibsizliklar kuchayishi uning o'rniga ko'p haj qilgan zohiddan bir hajning savobini sotib olmoqchi bo'lgani hikoya qilinadi. Zohid podshohga bir soatlik adolatning savobini bersang, nafaqat bitta balki barcha hajlarimning savobini beraman deydi. U bir soatlik adolatning savobi butun odamlarning, farishtalarning va hurlarning ibodatidan ortiq ekanligini bayon qiladi.

Demak, adolat tushunchasi hamma zamonlarda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Podshoxoja "Miftoh ul- adl" va boshqa asarlarida odillik, xalqparvarlik g'oyalarini tashviq qiluvchisi sifatida podshohlarni zulm va adolatsizlikdan qaytaradi.Shuning uchun ham Xoja ijodi bugungi kunda ham o'rganilishi ahamiyatlidir.

REFERENCES

1. Poshshoxoja."Miftoh ul - adl" va "Gulzor" dan. -T.: O'zdavnashr, 1962.

2. Мирзаахмедова М . Хожа (монография). -Т.: Фан, 1975.

3. Vohidov R, Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. - Toshkent: yangi asr , 2006.

4. Alisher Navoiy.Hayrat ul - abror. -Toshkent: Adabiyot va san'at,1989.

5. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

6. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

7. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

8. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

9. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

10. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

11. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

12. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

13. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

14. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

15. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

16. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

17. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

18. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно -творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

19. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.