Научная статья на тему 'EQUITABLE KING ON A VIEW OF NAVOI'

EQUITABLE KING ON A VIEW OF NAVOI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
45
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
СПРАВЕДЛИВЫЙ ЦАРЬ / ПОЭЗИЯ / ИДЕЯ / СОВЕРШЕННЫЙ ЧЕЛОВЕК / РАЗВИТИЕ ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ражабова М.Х.

В статье освещается проблема справедливого царя в творчестве Алишера Наваи.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СПРАВЕДЛИВЫЙ ЦАРЬ ВО ВЗГЛЯДАХ НАВОИ

In this article is given the problem of fair king in the works of Alisher Navoi.

Текст научной работы на тему «EQUITABLE KING ON A VIEW OF NAVOI»

UDC 82

NAVOIY NAZARIDA ODIL PODSHOH

М.Х. Ражабова1

Аннотация

Ма^олада Алишер Навоий ижодида одил подшох гоясининг тахлили ёритилади.

Калит сузлар: достон, одил подшох назм, гоя, мукаммал инсон, адабиёт ривожи.

Butun umrini el yurt farovonligi yo'lida ezgu ishlarga baxsh etgan, ulug' shoir, mutafakkur hamda yirik davlat arbobi Alisher Navoiyning odil hukomronligi to'g'risidagi qarashlari hayotiyligi bilan hamon qadrlidir. Navoiy "Hayrat-ul abror" va "Sadiy Iskandariy" dostonlarida o'z orzusidagi odil podshoh timsolini yaratadi va shunday podshohning siyosati tufayli vujudga kelgan kuchli davlatchilik g'oyalarini tarannum etadi. Shu bilan qatorda qurg'on g'oyalari asoslangan holda " Podshoh ollohning yordamchisi, olloh unga bu vazifani to'g'rilik hamollik odillik bajarishni topshirgan" va hukmdorlikning, ollohning amri deb biladi.

"Hayrat-ul abror" dostonidagi Badiguzzamonga bag'ishlangan 20-maqolada do'sti Husayn Bayqaro taxtining munosib vorisi sifatida unga mamlakat ni odilona siyosat bilan boshqarish haqida nasihat qilar ekan, bu bilan o'z orzusidagi odil podshoh sifatlarini Badig'uzzamonda ham shaklantirishga harakat qiladi.

Navoiy nazaridagi hukmdor mamlakatni adolat bilan boshqarishi, qa'tiyatli bo'lishi, siyosat yuritish va hukm chiqarishda ehtiroslarga berilmay, aql ovoziga quloq tutishi, zarur o'rinlarda kechirishni bilishi, ya'ni nohaqdan tumat bilan aybdor deb topilgan kishilarga adolatpeshalik qilishi, hech qachon qalbida kir, adovat saqlamasligi, xolis bo'lishini, har biri ishini kengash asosida qilishi, doimo el-yurt ahvolidan, kayfiyatdan boxabar bo'lishi, davlat ahamiyatiga molik har bir ishini o'z vaqtida hal qilishini loxim deb hisoblaydi.

Komil insonga xos sifatlarni o'zida mujassamlashtirgan shoir orzusidagi podshohning adolatli uning uning yaxshilarga muruvvatli, yomonlarga esa qahrligisidir:

Bo'lsa kerak fikr ila shohi zamon,

Yaxshilarga yaxshi-yu yomonlaga yomon.

Ko'pgina sharq mutaffairlari va davlat arboblari singari Alisher Navoiy ham mamlakat obodligi, el-yurt osoyishtaligining sababini manaviy barkamol podshohning odil siyosati deb biladi.

Navoiyning. Berilishiga ko'ra bir gala bo'lsa podshoh cho'pondir, agar el bir bog bo'lsa, podshoh bog'bondir. Cho'pon o'z galasini och bo'rilar hujumidan Ehtiyot qilsa, podshoh xalq tinchligini shungalar asrashi lozim. Shu vazifa podshohga iloh tomonidan yuklatilgan deb ogohlantiriladi. Shunda ham taxtu toj egasi bo'lish emas, balki xalq va mamlakatga g'amxo'rlik qilishi iloh tomonidan yuklatilganligini ta'kidlaydi.

Shoir shohni ulug', pishqir... oqayotgan daryoga, aholisi va yaqinlarini esa daryo atrovidagi anhorlaga o'xshatib, bu haqda shunday deydi: "Daryo suvudan ham shu kabi kayfiyat va xosiyat bo'ladi. U achchiq bo'lsa- bu achchiq uchun bo'lsa-bu uchun bu chuchuk- bu tiniq"

Har bir zamon, har bir tariqiy davr o'zining ulug' siymalarini yaratadi. Alisher Navoiy ham o'z davrining ana shunday buyuk siymolaridan biri hisoblanadi.

Ulug' mutafakkir Mir Alisher Navoiyning buyukligi adabiyotimiz rivojidagi. Xizmatlari bilangina belgilanmaydi. Navoiy badiiy ifodida qanchalik xayotda ham shunchalik benazir edi. Jamiyat bor ekan, adolat hamma vaqt odamlarning diqqat markazida turadigan mavzuligicha qolaveradi. Alisher Navoiy ifodida ham bu adolat g'oyasi markaziy o'rinni egalaydi. Navoiy "Xamsa" da odil podsholar timsolini yaratib

ТРажабова Мухтарама Хазратовна - учительница Профессионального колледжа бытовых услуг, Узбекистан.

Филологические науки

ularning ishlarini ibrat qilib ko'rsatgan bo'lsa, "Maxbul qulub" asarida adolat haqidagi fikrlarini jamlab, go'zal hikmatli jumlardan ixcham qilib bayon etadi.

Navoiy adolat go'yasini podsho shaxsi bilan bog'lab tushuntiradi. Chunki podsho jamiyat hayotining ko'p masalari unga borib taqaladi.

Podshi diyonatli, odil va oqil siyosatdan bo'lsa atrofiga halol, taqavoli kishilarni yig'ib, rayiyat farovonligi yurt obodonchiligi uchun qayg'uradi, badnafs va fosiq kishilarning yo'lishini to'sib, aholini ularning taziyqidan himoya qiladi. Agar buning aksi o'laroq, podshoh zolim bo'lsa, atrofiga o'ziga o'xshamaganlarni yig'ib, yurt boshiga balolar yog'ishiga sabab bo'ladi.

Shuning uchun ham hazrat Navoiy nazarida "odil podsho Haqdin xaloyiqqa rahmattrur". Bunday odam mamlakatda amnu amonlik, tichlik va osyishtalik qaror topishiga sabchi bo'ladi. "Navoiy odil podsho sifatlarini ta'riflar ekan, quyidagilarni misol qilib keltiradi.

1.faqat notavonlar uning himoyasidan mamnun;

2.zulmu sifat ahli uning siyosatidan xafa;

3.savdogarlar, musofir sayohlar qaroqchi -o'g'rilar hujumidan himoyalangan;

4.maktab-madrasalarda tolibi ilm osoyishta ta'lim olish bilan band;

5.uning siyosati zabtidn poraxo'r amaldorlar, poraxo'r amaldorlar, devon xodimlarning ilki bog'liq:

Ana shunday adolat hukmron bo'lgan jo'yda saroyu bog'I mirg'mur va spohi ahlining ko'ngli ko'tarilgan bo'ladi.ilmu ma'rifat rivoj topadi. Bunday podshohning "bir soatlik adolatli siyosati oltmish ibodatga teng". U o'zini Alloh oldida maqul deb biladi. Zeroki xalq rozi bo'lsa haq rozi bo'ladi.

Navoiyning oriqricha adolatli, haq va haqqiqatni qaror toptirish, yomonlarning ko'nglini vayron qilish yaxshilarning mushkulini oson qilish uchun mamlakat merosida zehn o'tkir, dono donishmand tabiatan adolatparvar odamlarni sevaydigan bir shox turishi kerak deydi.

Shuning uchun Navoiy "sultonlar haqida" eng yuksak sazovor tangri ularning hukmrdorlik boshiga podshoxlik dubulg'asini shunining uchun kiydiriladki,ularning adolatlari ko'zining chashmasidagi zilol suv mamlakat bog'ini qondirsin, toki bu bog'da tinchlik va farog'at gullari ochilsin, chunki ular zulm bog'ida may ichib, gul sochchganlarida esa u maydan har lahza o'zgara gullarni gullatardur.

A. Navoiy adolatli hukmdorlarni ta'riflaydi maqtaydi. Uning fikricha, odil va mag'rifatlarvar shox tufayli mamlakat obod, el yurt shod va farovon bo'ladi. Odil podshohlar to'g'risida shunday deydi: "Adolatli podshoh haq taoloning xaloyiqqa yo'qotgan marhamatidir: binday shox mamlakat uchun tinchlik farovonlik sababchisidir. Odil shox quyosh bilan bahor yomg'iridek qora tuproqlar gullar ochadi va mamlakatda xalq boshida oltin bilan dur sochadi. Kambag al va bechoralar uning yaxshi muomolasidan rohatda,zolim amaldor ba mirshablar uning siyosatidan qo'rquvda.

Aholining hovli bog'i uning sharofatidan oboddur;

Sipohlar orzu umidlari etib shodon"

Xullas Navoiy orzulari O'zbekiston davlat mustaqilligi sharoitida ro'yobga chiqdi. Mustaqillik -uning tarixiy-ilmiy qadriyatlarini,asarlarini yaratgan ta'limotlarini yuksak darajada ardoqlaydigan yangi yangi tarixiy davrdir. By davarda kelib Navoiy hazratlari asarlariga tamoyila boshqacha mehr-muhabbat, Hurmat ehtirom bilan qaratiladigan bo'ladi.O'zbek xalqining har bir farzandi, respublikamiz fuqarolari uning asarlarini sevib o'qib-o'rganmoqda, ulardan ta'lim-tarbiya olmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Huquq va burch N2 2009-yil

2. Z. G'afurov "O'zbekistonda siyosiy va manaviy-marifiy ta'limptlari taraqqiyoti" 2001-yil.

3. "Hayrat-ul abror" A.Navoiy.

© MX Pa®a6oBa, 2016

UDC 82

EQUITABLE KING ON A VIEW OF NAVOI

M.H. Rajabova

Abstract. In this article is given the problem of fair king in the works of Alisher Navoi. Keywords: poesy, fair king, poetry, idea, perfect person, development of literature.

© M.H. Rajabova, 2016

УДК 82

СПРАВЕДЛИВЫЙ ЦАРЬ ВО ВЗГЛЯДАХ НАВОИ

М.Х. Ражабова

Аннотация. В статье освещается проблема справедливого царя в творчестве Алишера Наваи.

Ключевые слова: поэма, справедливый царь, поэзия, идея, совершенный человек, развитие литературы.

© М.Х. Ражабова, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.