Научная статья на тему 'MEXANIKA FANINI O‘QITISHDA TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

MEXANIKA FANINI O‘QITISHDA TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mexanika / nazariy mexanika / samaradorlik / tavsiya / fan ishchi dasturi / mustaqil ta`lim / ma`ruza / amaliy mashg`ulot / sinov savollari / nazorat ishlari / uslubiy ko`rsatmalar / o`quv adabiyotlari / baholash mezoni. / механика / теоретическая механика / эффективность / рекомендация / рабочая программа по дисциплине / самостоятельное обучение / лекция / практическое занятие / контрольные вопросы / контрольная работа / методические указания / учебная литература / критерий оценки.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, Jumaboyeva Shirin

Maqolada OTMlarda kredit-modul tizimini joriy etishda mexanika fanini o`qitish hamda talabalarning mazkur fandan bilim olish samaradorligini oshirish to`g`risida mulohaza yuritilgan. “Nazariy mexanika” fanini o`qitish, mustaqil ta`limga ajratilgan fan dasturidagi mavzularni talabalar tomonidan muvaffaqiyatli o`zlashtirishlari uchun nimalarga e`tibor berish va qanday usullar qo`llash mumkinligi to`g`risida ma`lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving the Educational Efficiency of Teaching Mechanics.

В статье рассмотрены вопросы внедрения в вузах кредитно-модульной системы преподавания механики и повышения эффективности обучения студентов по данному предмету. Преподавание предмета “Теоретическая механика” дает информацию о том, на что обращать внимание и какие методы можно применять для успешного освоения учащимися предметов предметной программы, отведенных для самостоятельного обучения.

Текст научной работы на тему «MEXANIKA FANINI O‘QITISHDA TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

QISQA XABARLAR

MEXANIKA FANINI O'QITISHDA TALIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich NamMQI, professor, t.f.d., e-mail: sh. yuldashev 1953@gmail. com

Jumaboyeva Shirin NamMQI, dotsent, e-mail: shirinjumaboyeva1953@gmail. com

Annotatsiya. Maqolada OTMlarda kredit-modul tizimini joriy etishda mexanika fanini o qitish hamda talabalarning mazkur fandan bilim olish samaradorligini oshirish to g risida mulohaza yuritilgan. "Nazariy mexanika" fanini o'qitish, mustaqil talimga ajratilgan fan dasturidagi mavzularni talabalar tomonidan muvaffaqiyatli ozlashtirishlari uchun nimalarga e'tibor berish va qanday usullar qollash mumkinligi to'grisida malumotlar berilgan.

Аннотация. В статье рассмотрены вопросы внедрения в вузах кредитно-модульной системы преподавания механики и повышения эффективности обучения студентов по данному предмету. Преподавание предмета "Теоретическая механика" дает информацию о том, на что обращать внимание и какие методы можно применять для успешного освоения учащимися предметов предметной программы, отведенных для самостоятельного обучения.

Abstract. The article discusses the problems of introducing a modular credit system for teaching mechanics at universities and improving the effectiveness of student education in this field. Teaching the subject of Theoretical Mechanics provides recommendations on which aspects to focus on and which methods students can use to successfully master the topics covered by the self-study program.

Kalit so'zlar: mexanika, nazariy mexanika, samaradorlik, tavsiya, fan ishchi dasturi, mustaqil ta'lim, maruza, amaliy mashgulot, sinov savollari, nazorat ishlari, uslubiy ko'rsatmalar, o'quv adabiyotlari, baholash mezoni.

Ключевые слова: механика, теоретическая механика, эффективность, рекомендация, рабочая программа по дисциплине, самостоятельное обучение, лекция, практическое занятие, контрольные вопросы, контрольная работа, методические указания, учебная литература, критерий оценки.

Keywords: mechanics, theoretical mechanics, efficiency, recommendations, work program for the subject, independent study, lectures, practical lessons, exam questions, control work, methodological guidance, educational materials, evaluation criteria.

Mexanika - insoniyatning hayotiy ehtiyojlari asosida paydo bo'lgan juda qadimiy fan bo'lishi bilan birga, zamonaviy matematika usullari, hisoblash texnikasi, axborotlar va materiallarning yuqori texnologiyasi taraqqiy etayotganligini hisobga olgan holda rivojlanayotgan ilmiy soha hisoblanadi.

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda mexanika fanining o'rni beqiyos. Respublikamiz OTM larida mexanika fani bir necha qismlarga bo'lib o'qitiladi. Nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, elastiklik nazariyasi, qurilish mexanikasi, mexanizm va mashinalar nazariyasi, mashina detallari hamda shu fanlar asosida yo'nalishlar bo'yicha shakllangan bir qancha maxsus fanlar. Bu fanlar murakkab bo'lishiga qaramasdan, ularda ko'riladigan masalalar hayotiy va jozibador bo'lganligi uchun talabalar tomonidan qiziqib o'rganiladi.

Respublikamiz OTM larda kredit-modul tizimining joriy etilishi sohada dars beruvchi professor-o'qituvchilarning o'z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvni taqozo etdi.

Ma'lumki, kredit-modul tizimining maqsadi, auditoriyada o'qitiladigan dars soatlarini kamaytirib, talabalarni ortiqcha yuklamalardan ozod qilish hisobiga ularni mavzular bo'yicha

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

QISQA XABARLAR

mustaqil ishlashga, o'quv ishlariga ilmiy amaliy yondashishga o'rgatishdan, yo'naltirishdan iborat [1]. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun professor-o'qituvchilar tomonidan tizimga moslangan, o'quv dasturlariga asoslangan yangi o'quv adabiyotlarini yaratish, taqdimotlar, videodarslar tayyorlash, oquv uslubiy ko'rsatmalar, laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun uslubiy ko'rsatmalarning yangi avlodini yaratish, tayyorlash, ishlab chiqish talab etiladi. O'qituvchi bilan birgalikda o'tiladigan dars soatining kamayishi talaba, mazkur fandan kamroq ma'lumot bilishi yoki o'zlashtirishi kerak degan xulosani bermaydi.

Demak, berilgan qisqa muddatda katta hajmdagi ma'lumotni talabalarga yetkazish va talabalar mustaqil o'zlashtirishi uchun o'quv modulining ellik foizini o'rganishlariga yordam berish masalasi jarayonning asosiy muammosi hisoblanadi. Xuddi shunday, "Nazariy mexanika" fanini talabalarga o'rgatish ham soha professor-o'qituvchilarining asosiy muammolaridan hisoblanadi.

Bu yerda, "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasida muhandislik yo'nalishlarining deyarli barchasida o'tiladigan "Nazariy mexanika" fani bo'yicha masalalarni qanday hal qilish mumkinligi to'g'risidagi fikrlar bilan o'rtoqlashmoqchimiz.

1. Umumiy holda masalani bitta fan miqyosida hal etish mumkin emas, balki unga kompleks yondashish zarur deb hisoblaymiz. Ya'ni mexanika fanlari bilan bir qatorda matematika, fizika va axborot texnologiyalari fanlarining ishchi dasturlari va sillabuslarini tuzishda mexanika fanlarida o'tiladigan mavzular, yechiladigan masalalarni nazarda tutish kerak.

Masalan: matematikada differensial va integral hisob formulalarini keltirib chiqarishda va ularni tatbiq etishda, yoki vektorlar algebrasidan o'quv dasturlarini tuzishda mexanika masalalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Amaliy mashg'ulot darslarida ham mexanikadan tatbiq qilinadigan masalalar tanlash kerak deb o'ylaymiz. Fizika fanining mexanika qismini o'qitish ishchi dasturini shunday tuzish kerakki, nazariy mexanika va materiallar qarshiligi fanlari o'qitilayotganda mavzular takrorlanmasin.

Axborot texnologiyalarining dasturlash bo'yicha o'tiladigan mavzularini mexanika fani masalalaridan tanlash kerak.

Yuqoridagi mulohazalarni amalga oshirish uchun mazkur fanlardan dars beruvchi kafedra o'qituvchilarning davriy ravishda ishlab turuvchi qo'shma seminarlarini tashkil qilish kerak. Bu seminarda, har bir fan bo'yicha tuzilgan ishchi o'quv dasturlari, sillabuslar, ma'ruza matnlari, uslubiy qo'llanmalar, uslubiy ishlanmalar muhokama qilinadi. Yozilgan uslubiy qo'llanmalar har bir kafedrada foydalanishga yaroqli va ishlatilishi zarur bo'lishi kerak.

2. Ikkinchi bosqichda bajariladigan ishlar har bir fan o'qituvchisining mahoratiga, foydalanadigan o'quv adabiyotlarining mukammalligiga, vaqtning to'g'ri taqsimlanishiga va shu kabilarga bog'liq bo'ladi.

"Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasida "Nazariy mexanika" fanidan quyidagi ishlanma asosida dars mashg'ulotlarini va mo'ljallangan mustaqil ishlarni talabalar tomonidan o'zlashtirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

Yo'nalishlarning aksariyatida o'n besh haftalik o'quv dasturi asosida dars mashg'ulotlari bo'lib, har haftada ikki soat ma'ruza, ikki soat amaliy mashg'ulotlarga mo'ljallangan.

O'quv moduli dasturiga kirgan barcha mavzular (ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar) o'n besh haftaga teng taqsimlanadi. Bir haftaga ajratilgan bu darslar paketiga o'qituvchi tomonidan o'tiladigan ma'ruza matnlari, amaliy mashg'ulotlarda yechib ko'rsatilgan masalalar, mavzuga oid sinov savollari va undan keyin, shu mavzuga oid talaba mustaqil o'zlashtirishi talab etilgan nazariy ma'lumotlar, amaliy mashg'ulotda hal qilingan masalalarga o'xshagan masalalar, talaba mavzuni qanday o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida tuzilgan nazorat savollari, test savollari joylangan bo'ladi.

Albatta, yuqorida aytilgan mustaqil ishlarni bajarish uchun talabalarni o' quv adabiyotlari

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

QISQA XABARLAR

bilan ta'minlanganlik masalasiga katta e'tibor berilgan bo'lishi kerak. Mavzuga oid ma'ruza matnlari, oquv darslikning [3] shu mavzuga oid sahifalari, masalalar yechish uchun uslubiy qo'llanmalar, masalalar yechib ko'rsatilgan va ma'ruza matnlari o'qilgan video-darslar to'plami "Hemis" tizimiga o'rnatilgan bo'lishi zarur. Haftaga mo'ljallangan topshiriqlar to'plami mazkur hafta ichida topshiriladi, fan o'qituvchisi tomonian baholanadi. Qo'yilgan baho talabalarga yetkaziladi.

Bu yerda albatta, talabaning qaysi yo'nalishda o'qishiga mos ravishda modul mavzulari tanlanadi. Masala variantlari, test savollari har bir talabaga alohida tayyorlanadi.

Talabalarning mustaqil ishlarini topshirish va tekshirish usullari o'qituvchi va talaba vaqtlarini hisobga olgan holda tasdiqlangan ish jadvaliga asosan belgilanadi. Ba'zi hollarda, onlayn topshirish imkoniyatini ham qo'llash mumkin.

Talabalarning auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlarini baholash mezoni [2] yo'riqnomada keltirilgan tavsiyaga binoan, talabalar to'plashi mumkin bo'lgan umumiy balning yigirma foizidan kam bo'lmasligi kerak. Shunga ko'ra, o'n besh paketga bo'lingan, har haftada topshirish kerak bo'lgan mustaqil ish uchun maksimal ikki ball, jami o'n beshta mustaqil ish uchun maksimal o'ttiz ball to'plashi mumkin deb belgilanadi.

Auditoriyadan va o'qituvchi nazoratidan tashqarida amalga oshirilgan mustaqil ishlariga bunday e'tibor qaratish, ularni yetarli baholash talabalarni o'z ustida mustaqil ishlashlari, nihoyat ta'lim samaradorligini oshirish uchun motivatsiya bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1. Kredit-modul tizimga o'tish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik. "Xalq so'zi" (onlayn) gazetasi, jamiyat bolimi. 5 avgust, 2020 yil soni.

2. Talabalar mustaqil talimini tashkil etish. УУК: 738.0/8.4, КБ K: 74.4, 3.49 L.Zaripov, N.Xayitov, Z.Tohirov. Toshkent, Sano-Standart, 2023. 32 b.

3. Shirin Jumaboyeva. "Nazariy mexanika", darslik, Toshkent, "Fan zargari", 2023 y.,

425 b.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.