Научная статья на тему 'MEVALI BOG‘LAR YERLARIGA ISHLOV BERISHVA QATOR ORALARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHNING O‘ZIGA HOS XUSUSIYATLARI'

MEVALI BOG‘LAR YERLARIGA ISHLOV BERISHVA QATOR ORALARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHNING O‘ZIGA HOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
21
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bog‘larda tuproqqa ishlov berish / shudgor / qator oralarini yumshatish / mahalliy va mineral oʼgʼitlar / oziqlantirish / sugʼorish usullari / muddatlari va texnikasi. / Tillage in gardens / plow / softening between rows / local and mineral fertilizers / feeding / irrigation methods / periods and techniques.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Ergashov Azizbek Ilashboy O‘g‘li, Maxmudov Islom Rustam O‘g‘li

Mazkur maqolada bog‘ qator oralaridan foydalanish, yerni ishlash, sug‘orish va meva daraxtlarini o‘g‘itlash hamda mulchalash,bir so‘z bilan aytganda bog‘larda bajariladigan agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri bajarish lozimligito‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritiladi. Hozirgi kunda Tuproqni ishlashdan asosiy maqsad uning unumdorligini muntazam oshirib borish dolzarbligi hamda qator oralaridan mumkin qadar ko‘proq yuqori sifatli mahsulotlar (meva-chevalar) bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak va texnik ekinlar yetishtirish uchun ham foydalanish kerakligiva ushbu talabni qondirish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the use of garden rows, tillage, watering and fertilizing and mulching of fruit trees, in short, it is necessary to correctly perform agrotechnical activities in gardens. thoughts and comments are made about it. Currently, the main purposeof working the soil is the urgency of regularly increasing its productivity and the need to use it for the cultivation of food products, fodder and technical crops, as well as for the cultivation of as many high-quality products (fruits and vegetables) aspossible, and to meet this demand. information on the practical work to be carried out is given.

Текст научной работы на тему «MEVALI BOG‘LAR YERLARIGA ISHLOV BERISHVA QATOR ORALARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHNING O‘ZIGA HOS XUSUSIYATLARI»

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF WORKING ORCHARD LAND AND CORRECT USE OF ROW SPACE ERGASHOV AZIZBEK ILASHBOY O'G'LI MAXMUDOV ISLOM RUSTAM O'G'LI

Gulistan State University e-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11190661

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS Tillage in gardens, plow, softening between rows; local and mineral fertilizers, feeding; irrigation methods, periods and techniques.

In this article, the use of garden rows, tillage, watering and fertilizing and mulching of fruit trees, in short, it is necessary to correctly perform agrotechnical activities in gardens. thoughts and comments are made about it. Currently, the main purpose of working the soil is the urgency of regularly increasing its productivity and the need to use it for the cultivation of food products, fodder and technical crops, as well as for the cultivation of as many high-quality products (fruits and vegetables) as possible, and to meet this demand. information on the practical work to be carried out is given.

ОСОБЕННОСТИ РАБОЧИХ САДОВЫХ ЗЕМЕЛЬ И ПРАВИЛЬНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ РЯДОВОГО ПРОСТРАНСТВА ЭРГАШОВ АЗИЗБЕК ИЛАШОВИЧ МАХМУДОВ ИСЛОМ РУСТАМОВИЧ

Гулистанский государственный университет e-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11190661

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS

Обработка почвы в садах, плуг, междурядное рыхление; местные и минеральные удобрения, подкормки;

способы, сроки и приемы орошения.

В данной статье изложены соображения и замечания по использованию садовых рядов, обработке почвы, поливу и удобрению и мульчированию плодовых деревьев, короче говоря, необходимо правильно выполнять агротехнические мероприятия в садах. В настоящее время основной целью обработки почвы является актуальность регулярного повышения ее продуктивности и необходимость использования ее для выращивания пищевых продуктов, кормовых и технических культур, а также для выращивания как можно большего количества высококачественной продукции (плодов, и овощи), насколько это

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

возможно, и для удовлетворения этого спроса дается информация о практической работе, которую необходимо провести.

MEVALI BOG'LAR YERLARIGA ISHLOV BERISH VA QATOR ORALARIDAN TO'G'RI FOYDALANISHNING O'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI ERGASHOV AZIZBEK ILASHBOY O'G'LI MAXMUDOV ISLOM RUSTAM O'G'LI

Guliston Davlat Universiteti e-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11190661

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS Bog'larda tuproqqa ishlov berish, shudgor, qator oralarini yumshatish; mahalliy va mineral o'g'itlar, oziqlantirish; sug'orish usullari, muddatlari va texnikasi.

Mazkur maqolada bog' qator oralaridan foydalanish, yerni ishlash, sug'orish va meva daraxtlarini o'g'itlash hamda mulchalash, bir so'z bilan aytganda bog'larda bajariladigan agrotexnik tadbirlarni to'g'ri bajarish lozimligi to'g'risida fikr va mulohazalaryuritiladi. Hozirgi kunda Tuproqni ishlashdan asosiy maqsad uning unumdorligini muntazam oshirib borish dolzarbligi hamda qator oralaridan mumkin qadar ko'proq yuqori sifatli mahsulotlar (meva-chevalar) bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak va texnik ekinlar yetishtirish uchun ham foydalanish kerakligi va ushbu talabni qondirish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan amaliy ishlar bo'yicha ma'lumotlar keltirib o'tiladi.

Bog' qator oralaridan foydalanish, yerni ishlash, sug'orish va meva daraxtlarini o'g'itlash, mul'chalash kabi ishlar tushuniladi. Tuproqni ishlashdan asosiy maqsad uning unumdorligini muntazam oshirib borishdir. Ammo, bulardan tashqari bog' qator oralaridan mumkin qadar ko'proq yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirish uchun ham foydalaniladi.

Bog' qator oralarini shudgor qilish butun o'suv davri davomida tuproqda nam to'plash va namlikni bir me'yorda saqlash imkonini beradi. SHu sababli suv kamchil joylarda yerni shudgor qilib qo'yish ayniqsa foydalidir. Qora shudgor tuproqdagi havo va issiqlik rejimini yaxshilaydi, tuproqdagi biologik jarayonlarning kechishiga va oziq moddalar, ayniqsa nitratlarning to'planishiga yordam beradi, yerni begona o'tlardan tozalaydi. SHuning uchun, qora shudgordan keyin hosildorlik ortadi. Ammo, yer uzoq vaqt (5-8 yil) shudgorligicha qoldirilsa tuproqdagi gumusning minerallanishi tezlashadi, tuproq strukturasi buziladi, havo -suv xususiyatlari yomonlashadi, tuproq kukunlashadi va berch tagzamin hosil bo'ladi, bu ildizlar va mikroorganizmlar faoliyatini susaytiradi. Natijada, daraxtlar sekin o'sadi va bog'ning hosili kamayadi, mevalarda quruq moddalar kam to'planadi, uzoq saqlanmaydi. Tik qiyaliklarda qora shudgor tuproq eroziyasini kuchaytiradi.

Bog' qator oralaridan foydalanilganda daraxt tanasi atroflari va tup orasidagi masofalar eni odatda 1,5-2 m qoldiriladi. Ular yil sayin taxminan 0,5 m dan kengaytirib boriladi. Ularning

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

diametri shox-shabba diametridan birmuncha ortiq bo'lishi lozim. SHuning uchun, ekin ekiladigan va ko'chat o'tqaziladigan masofa yildan-yilga torayib boradi.

Agar bog' qator oralarida uzoq vaqt davomida bir xil o'simlik ekilsa, uning tuprog'i bir tomonlama kuchsizlanadi, oraliq ekinlar hosili kamayadi. SHu sababli, bir yillik o'simliklar vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladi, zarur bo'lgan takdirda qator oralariga ko'p yillik o'tlar, sideratlar ekiladi yoki qora shudgor qilib qoldiriladi. Bundan maqsad, tuproq unumdorligini oshira borish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilish rejasini bajarishga yordam berish, ishchi kuchi va mexanizmlardan to'liq foydalanishdir. Qator oralariga ekiladigan ekinlarningtuproqqa,namlikka, oziq moddalarga bo'lgan talabchanligi hamda ularni o'rib-yig'ish muddatlari ham e'tiborga olinadi.

Hosilga kirgan, shox-shabbasi tutashib ketgan bog' qator oralariga ekin ekilmaydi. Ular shudgor qilib qo'yiladi, har 2-3 yilda bir marta ko'kat o'g'it sifatida gorox, shabdar ekiladi. Meva daraxtlari siyrak o'tqazilgan kamdan-kam hollardagina boqqa sebarga, shabdar va beda ekish mumkin.

Bog' qator oralariga ishlov berishda tuproqning kukunlashib ketamasligiga havo va suv o'tqazuvchanligi yaxshi bo'lishiga, begona o'tlardan tozalangan bo'lishiga e'tibor berish kerak. Ekinlardan va o'tlardan bo'shagan bog' qator oralarini kuzda shudgorlab qo'yish, shuningdek tana atrofidagi doiralar va tup orasidagi masofalarni yumshatish kerak. SHudgorlashda yer 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, bunda daraxt ildizlarini shikastlantirmasdan amalga oshirish kerak. SHuning uchun, ildizlar taralgan chuqurlikni oldindan belgilash lozim. Daraxt tanasi atrofida ayniqsa yosh daraxtlar ildizlari yuzaroq joylashganini e'tiborga olib yuzaroq haydaladi.

SHudgor qilingan yerlar shu holda bahorgacha qoldiriladi; shunday holatda tuproqda nurash jarayonlari yaxshi kechadi. Kuchli shamol tuproqni quritib qo'yadigan, suv taqchil bo'lgan tumanlarda shudgorlash bilan bir yo'la boronalanadi. Aks holda, tuproq juda qurib qolishi va meva daraxtlari qurg'oqchilikdan zararlanishi mumkin.

O'suv davri davomida tuproq yumshoq va begona o'tlardan toza holda saqlanishi lozim. Agar shudgor qilingan yer yetilgan bo'lsa, bunda qurigan zahoti boronlanadi. Agar tuproq zichlanib qolgan bo'lsa, tuproq kul'tivatsiya qilingandan keyin yer betidagi kesaklar va hosil bo'lgan qatqaloq borona bilan yumshatiladi. Kuzda haydalganda va qo'riq yer ochilganda palaxsa ko'chsa, bahorda yer diskli borona bilan ishlanadi.

Bog' qator oralari shudgor qilib qo'yilgan bo'lsa, aprel-may oylarida daraxtlar gullagandan keyin, begona o'tlar o'sib chiqishi bilan kul'tivatsiya qilinadi. Agar tuproq juda zichlashib, o't bosib ketgan bo'lsa, kul'tivatsiya o'rniga boronalash bilan birga chizellanadi. Kul'tivatsiya va boronalash bilan bir yo'la bahorda tana atrofidagi doiralar va tup oralaridagi masofalar yumshatiladi. YOzda bog' qator oralari 2-3 marta kul'tivatsiya qilinadi. Har yomg'irdan so'ng yoki sug'orilgandan keyin tuproq yetilgan paytda ishlanishi lozim. Juda qurib qolganda palaxsa bo'lib ko'chadi, juda nam bo'lsa ham yopishoq bo'lib, keyinchalik tez qotib qoladi. Bog'da o'suv davrida qator oralariga ishlov berish tirgovuchlar qo'yilgunga qadar davom etishi mumkin.

Bog' yerini ishlashda traktorga osib ishlatiladigan bog' plugi, yumshatgichlar, chizel-kultivator, bog' diskli boronasi, frezalardan foydalaniladi.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

References:

1. Sh. Abrorov. "O'zbekistonda zamonaviy intensiv olma bog'lari" qo'llanma. "Baktria press" nashriyoti. Toshkent-2016

A. Oripov "Urug'li intensiv meva bog'lari" qo'llanma. "Sharq" nashriyoti. Toshkent-2013

2. M.M. Mirzaev. M.Q. Sobirov. "O'zbekistonda bog'dorchilik" ma'lumotga oid adabiyot. "O'qituvchi" nashriyoti. Toshkent-1980

3. P.Egamberdiyev. F. Xo'jaqulov. I.Jo'lbekov. D.Abduraimov. "INTENSIV MEVACHILIK" fanidan o'quv-uslubiy majmua. Guliston-2022

4. Сапаева З. Ш. и др. Влияние низкотемпературной обработки некоторых сортов винограда на их аминокислотный состав //Молодой ученый. - 2021. - №. 22. - С. 117120.

5. Эгамбердиев П. и др. УЗУМНИНГ ХУРАКИ ОЦ ХУСАЙНИ НАВИНИ ВОИШ УСУЛИДА ЕТИШТИРГАНДА КУРТАК ЮКЛАМАЛАРИНИ Х,ОСИЛДОРЛИГИГА БОГЛИЦЛИГИ //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 5. - С. 902-905.

6. Рахматуллаев Р. К., Жулбеков И. C., Ад^амов А. Р. МЕТОДИКА ИССЛЕДОВАНИЯ АЭРОДИНАМИЧЕСКОГО ПОЛЕТА СУШЕНОЙ ВИНОГРАДНОЙ ЯГОДЫ //Евразийский журнал академических исследований. - 2023. - Т. 3. - №. 3 Part 2. - С. 147-151.

7. Jo'lbekov, I., Ungarov, A., Umrzoqova, I., & Adhamov, A. (2023). UZUMNING SANOATBOP NAVLARINI YETISHRISH USULLARIGA DOIR MAVZULARNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA TASHKIL ETISH. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6), 89-93.

8. Sapaeva Z. Sh. va boshqalar. Ba'zi uzum navlarini past haroratda qayta ishlashning ularning aminokislotalar tarkibiga ta'siri // Yosh olim. - 2021. - Yo'q. 22. - 117-120-betlar.

9. Fayziev J. N., Egamberdiev P. E., Zhulbekov I. S. O'. UZUMNING HORAKI KATTA KORGON NAVINI VOISH USULIDA ETISHTIRGANDA KURTAK YUKLAMALARINI HOSILDORLIK KORSATKICHLARIGA BOGLIGI //Oquv fanlaridagi akademik tadqiqotlar. - 2022. - T. 3. -Yo'q. Maxsus soni 1. - 254-257-betlar.

10. Ergashov A., Jo'lbekov I. OLMANI UZOQ MUDDATGA SAQLASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH //Евразийский журнал медицинских и естественных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1 Part 1. - С. 20-23.

11. Ergashov, A. ., & Maxmudov , I. (2024). MEVALI DARAXTLARGA SHAKIL BERISH VA BUTASH ORQALI MAHSULDORLIKNI OSHIRISH. Евразийский журнал академических исследований, 4(5), 43-47. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/31044

12. To'raqulova Ozoda Mamarayim qizi, Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li. (2023). BOG'LARDA MEVALI DARAXTLARNI YETISHTIRISH BO'YICHA AGROTEXNIK TADBIRLARNING O'RNI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(10), 34-38.

13. Ungarov Azizbek Abdumo'min o'g'li, Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li. (2023). QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARINI QURITISH DAVRIDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA QURITGICHLARNING ISH UNUMDORLIGINI OSHIRISH. EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 3(1), 24-27.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.